Erkin iqtisodiy zona – bu zonalarda bozor iqtisodiyotining ochiq tizimi tashkil
etiladi. Xorijiy va milliy tadbirkorlar uchun qulay, imtiyozli sharoit yaratiladi.
Maxsus iqtisodiy zona – bu zonalar alohida maqomga ega bo‘ladi. Maxsus
imtiyoz va chegirmalar asosida savdo, boj imkoniyatlari beriladi.
Erkin industrial-iqtisodiy zona – bu zonalarda korxonalar faoliyatini
jadallashtirish, sanoatni modernizatsiya qilish, ichki bozorni tovarlar bilan to‘ldirish,
eksport-importni kengaytirish amalga oshiriladi.
Maxsus industrial zona – bu zonalarda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish,
alohida sohadagi sanoatni rivojlantirish, hududning o‘ziga xos ijtimoiy imkoniyatlari
hisobga olingan xolda maxsus sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etiladi.
Logistika – (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) inson faoliyatining u
yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.
Konvertatsiya – (lot. convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valutaning
amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda
almashtirilishi.
Skrining – (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez
aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish.
Infratuzilma – ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti uchun zarur
bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan turli-tuman yordamchi
xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui.
Baynalmilal – (arabcha – millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) xalqaro,
umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.
Mentalitet – (nem. – aql, idrok) jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning
tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti
ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini
qamrab oladi.