“O`zbekistonning eng yangi tarixi” o`quv
fanining predmeti
, maqsad va
vazifalari. Fanni o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
Tarixiy haqiqat to`la ro`yobga chiqishida, haqqoniy tarix yozilishida tarix fani
predmetining to`g‘ri belgilanishi o`ta muhim ahamiyatga ega. O`zbekiston tarixi
fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o`laroq mustaqil fan. Bu uning o`rganish
predmeti hamda vazifasida to`la namoyon bo`ladi. U fan sifatida o`zining butun
diqqat e’tiborini faqat o`tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosi chiqaradi,
ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o`rganadi.
O`zbekiston tarixi fanining o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib
turadi. O`zbekiston tarixini o`rganish predmetiga Vatanimiz hududidagi
jamiki
xilma-xil voqea va hodisalar
, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik
hamda qonuniyatlar va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik
faoliyatiga kiradi.
Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir
xalq, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo`lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarni
yaxlitlikda o`z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun zamon va makon
ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir.
Tarixbilanboshqaijtimoiygumanitarfanlarningo`rganishob’ektibitta, ya’nijamiyat.
Shuninguchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning
ro`yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shu bilan birga tarix
boshqa
fanlarning ham tarixidir
, chunki ularning hammasi tarixiy ong, tafakkur,
umuman tarixning mahsulidir. Boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat va jamiyat
ham avvalo tarixda aks etadi. Ular ham tarix fanini o`rganish ob’ekti va predmeti
hisoblanadi. Xulosa shuki, Vatan tarixi millatni murabbiysi sifatida uni ravnaq
topishida muhim o`rin tutadi. Mustaqillik sharofati bilan bu fanni o`rganishga
bo`lgan munosabat tubdan o`zgarib, uni barcha oliy o`quv yurtlarida shu paytga
qadar o`qitilib kelindi.
Har qanday fan kabi O`zbekiston tarixi fani ham o`zining g‘oyaviy nazariy
asoslari, ilmiy ta’limotlari, usuli va uslubiy talab va tamoyillarga ega. Bular
bu
fanning asosini tashkil etib
, uning maqsad va vazifasini to`laroq ro`yobga
chiqarishga yordam beradi va tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
O`zbekiston tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari v uning tamoyillari
quyidagilardan iborat:
•
Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o`rganish va
tahlil qilish;
•
tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o`rganish va tahlil qilish;
•
tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o`rganish
va yozish
;
•
tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom
bilan e’tiborli bo`lish;
•
xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor
va qahramon kishilarning tarixda tutgan o`rniga alohida e’tibor berish;
•
tarixiy voqea va hodisa, hujjat va faktlarning to`g‘ri va noto`g‘riligini
aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;
•
tarixni o`rganishda tarixiy izchillikka amal qilish;
•
tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o`rganish;
•
etnografiya,
arxeologiya
, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning
yutuqlari hamda usullaridan foydalanish;
•
tarixni o`rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal
qilish.
O`zbekiston tarixi jahon tarixi bilan hamda dinlar bilan bog‘liq. Ijtimoiy hayotni
dindan ajratib bo`lmaganidek, tarixni dindan ajratib bo`lmaydi. Tarixni
soxtalashtirmasdan, qanday bo`lsa, shundayligicha o`rganish kerak, degan
tushuncha
hamisha
ustuvor
bo`lishi
kerak.
O`zbekiston tarixi fanining uzviy va mantiqiy davomi sifatida “O`zbekistonning eng
yangi tarixi” fanini o`qitish xaqida so`z ketganda, avvalo mustaqillik
qo`lga
kiritilganidan keyingi
, ya’ni 1991-yildan beri mamlakatimiz bosib o`tgan
tarixiy yo`lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon
qanday o`tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning
dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganligini tushunish muhimdir.
“O`zbekistonning eng yangi tarixi”, ya’ni O`zbekistonning davlat mustaqilligiga
erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining
e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini,
O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga
har tomonlama integratsiyasini
, xalqaro
munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib
beriladi.
“O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`qitishning
maqsadi
– mustaqillik
yillarida O`zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o`zgarishlar, tub
islohotlarning mazmun-mohiyatini ko`rsatish va jamiyat hayotida aholining,
jumladan,
talaba-yoshlarning
o`rnini,
o`zligini
anglatishdan
iborat.
O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`qitishning
vazifalari
– mustaqillikka
erishish arafasida O`zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda
mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi,
ijtimoiy-iqtisodiy
, siyosiy va ma’naviy
hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga
tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda
milliy
g‘ururni
shakllantirishdan
iborat.
“O`zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari
O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini,
shuningdek mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda
ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik,
tizimlilik
, tarixiylik, ob’ektivlik va
qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.
2.
Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish va yoritishda
Dostları ilə paylaş: |