urug‘ jamoalari turli ijti moiy tabaqalarga bo‘linadi. Shu davrdan e’tiboran
tarixiy
3 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.
– T.: «O‘zbekiston». 1997.
141-
bet; Asarlar to‘plami. 6-jild. 128-bet.
voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog‘liq holda ke
cha digan, har bir ijtimoiy ta baqa o‘z manfaati nuqtayi nazaridan ha ra kat
qiladigan, ayrim hollarda ular ning siyosiy, iqtisodiy manfaati to‘q
nashadigan, qo‘zg‘olonlar ko‘tariladigan bo‘Iib qoladi.
4.
Tarix taʼlimining uzviyligi va uzluksizligi tamoyili tarix oʼquv fani
mazmunining uzviyligini oʼrnatishda muhim oʼrin tutadi.
Bu tamoyil didaktikaning
muhim tamoyili– oddiydan murakkabga, nomaʼlumdan maʼlumga qarab borishda
va oldingi oʼzlashtirilgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini oʼzlashtirishga
tayyorlash
omili sifatida kirish, umumlashtiruvchitakrorlash darslarini oʼtkazishga
masʼuliyatni oshiradi. U DTS, oʼquv rejalari, dasturlar, darsliklarda
materiallarning
bir-biri bilan mantiqiy bogʼliq boʼlishini, taʼlimning har bir bosqichida maʼlum
darajada bilim koʼnikma va malakalarni shakllantirishni talab qiladi hamda yoshlar
tarixiy ongining shakllanishiga muvofiq tarzda fan yutuqlarini oʼzlashtirib
borishni
taʼminlaydi. Maʼlumki, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida har bir davr tarixi bir
marta oʼqitilib, yuqori bosqichlarda takrorlanmaydi. Bundan mustasno holda 5-sinf
tarixdan hikoyalar kursida esa qadimgi davrdan hozirgi kungacha boʼlgan
muhim
tarixiy voqealar fan asoslari sifatida emas, balki epizodik (voqeaband) hikoyalar
tarzida oʼrganilishi sababli undagi mavzular xronologik izchillikka
uncha
asoslanmaydi. Umuman, tarixiy materialni xronologik izchillikda bayon qilinishi
oʼquvchilar tarixiy
bilimlarini tizimlashtirib, uning uzviyligini taʼminlash bilan
birga yangi tarixiy faktlarni yaxshiroq oʼzlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek,
tarixiy jarayondagi yangi faktning oʼrnini aniqlashga, uni tarix
bilimlari tizimiga
kiritishga yordam beradi. Bu tamoyil ikkita tarix kursini oʼzaro aloqadorlikda
oʼrganishda tarixiy materiallar bir-birini takrorlamagan holda, bir-birini
toʼldirishini nazarda tutadi.
2.mavzu
1.