O‘zbekistonning eng yangi tarixi


partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan. Mustabid tuzum



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix20.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#166411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
660tarixLazizbek


partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan. Mustabid tuzum 
yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor 
qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi 
(VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi – Oʻzbekiston leninchi 
kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan. 
Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqi 
tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat 
hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa 
bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik 
vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish 
huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa ham, amalda 
Oʻzbekistonning huquqi Rossiya SFSR tarkibidagi oblastlar yoki avtonom 
respublikalar huquqi bilan ten
glashtirilib qoʻyilgan edi. Yuqori 
lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal 
qilinar edi. 
OʻzSSR Xalq Komissarlari Sovetining raislari 
Fayzulla Xoʻjayev (1925–1937) 
Abdulla Karimov (1937) 
Sulton Segizboyev (1937
–1938) 
Abdujabbor Abdurahmonov (1938
–1946-yilgacha) 


OʻzSSR Ministrlar Sovetining raislari 
Abdujabbor Abdurahmonov (1946
–1950) 
Abdurazzoq Mavlonov (1950
–1951) 
Nuriddin Muhiddinov (1951
–53; 1954–1955) 
Usmon Yusupov (1953
–1954) 
Sobir Kamolov (1955
–1957) 
Mansur Mirzaahmedov (1957
–1959) 
Orif Alimov (1959
–1961) 
Rahmonqul Qurbonov (1961
–1971) 
Narmaxonmadi Xudoyberdiyev (1971
–1984) 
Gʻayrat Qodirov (1984–1989) 
Mirahad Mirqosimov (1989
–1990) 
OʻzSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining raisi 
Islom Karimov (1990-yil 1-noyabrdan) 
OʻzSSR Kompartiyasi MKning birinchi kotiblari 
Vladimir Ivanov (1925
–1927) 
Nikolay Gikalo (1929) 
Akmal Ikromov (1929
–1937) 


Usmon Yusupov (1937
–1950) 
Amin Niyozov (1950
–1955) 
Nuriddin Muhiddinov (1955
–1957) 
Sobir Kamolov (1957
–1959) 
Sharof Rashidov (1959
–1983) 
Inomjon Usmonxoʻjayev (1983–1988) 
Rafiq Nishonov (1988
–1989) 
Islom Karimov (1989
–1991) 
OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raislari 
Yoʻldosh Oxunboboyev (1925–1937-yilgacha) 
OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari 
Yoʻldosh Oxunboboyev (1937–1943) 
Abduvali Moʻminov (1943–1947) 
Amin Niyozov (1947
–1950) 
Sharof Rashidov (1950
–1959) 
Yodgor Nasriddinova (1959
–1970) 
Nazar Matchonov (1970
–1978) 
Inomjon Usmonxoʻjayev (1978–1983) 


Olimjon Salimov (1983
–1986) 
Rafiq Nishonov (1986
–1988) 
Poʻlat Habibullayev (1988–1989) 
Mirzaolim Ibrohimov (1989
–1991) 
OʻzSSR Oliy Soveti raisi 
Shukrulla Yoʻldoshev (1991-yil 12-iyundan) 
4.mavzu. 
1.
Oʻzbekistonda paxta ishi yoki paxta ishi (boshqa nomi oʻzbek ishi) 
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida Leonid Brejnev 
hukmronligining soʻnggi yillarida boshlangan va 1989-yilgacha davom 
etgan keng koʻlamli repressiv antikorrupsiya mojarosi edi. 
Turgʻunlik davrida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosiblik 
kuchayib borishi bilan aholining hukumatga nisbatan ishonchini oshirish 
maqsadida paxta ishiga aloqador boʻlgan keng miqyosdagi jinoiy sud 
jarayonlari eʼlon qilindi. Jami 800 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilib, 4000 dan ortiq 
shaxs ushbu ish bilan bogʻliq turli ayblovlar boʻyicha aybdor deb topildi. 
Tarixi 
Sharof Rashidov 1959-yil 15-
martda O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi 
kotibi etib tayinlandi. Hukmronligi davrida O‘zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasi O‘rta Osiyoning boshqa Sovet Sotsialistik Respublikalari 
qatori Sovet Ittifoqining asosiy paxta manbaiga aylandi. 1970-yillarning 
boshlariga kelib Oʻzbekiston SSRda deyarli barcha ekin maydonlari 
paxtachilikda foydalanish uchun oʻzlashtirildi[1]. Paxta yetishtirishni 
yanada oshirishning imkoni boʻlmasa-da, davlat reja qoʻmitasi yoki 


Gosplan paxtani import qilishdan qochish maqsadida ishlab chiqarishni 
yanada oshirishni talab qila boshladi[2]. 
Natijalar halokatli boʻldi. Pestitsidlar va zaharli oʻgʻitlardan keng 
foydalanish hamda almashlab ekishdan voz kechish atrof-muhit uchun 
halokatli oqibatlarga olib keldi. G‘o‘zaning o‘sishini yaxshilash 
maqsadida suvning isrof qilinishi Orol dengizining qurib qolishiga sabab 
boʻlib, bu esa mintaqadagi ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtirdi. 
Shunga qaramay, paxta yetishtirish darajasi oshmadi. Qoʻshib yozish 
yoki besh yillik rejalar natijalarini sunʼiy ravishda oshirish natijasida 
millionlab dollar mablagʻlar yoʻqotildi. Statistik maʼlumotlarning 
ishonchsizligi esa iqtisodiy qarorlar qabul qilinishiga toʻsqinlik qildi[2]. 
Shunga qaramay, Sharof Rashidov O‘zbekiston ustidan nazoratni saqlab 
qolib, mavjud bo‘lmagan miqdordagi paxtani yetishtirish uchun Sovet 
hukumatidan jami to‘rt milliard rubl mablagʻ oldi[1]. 
2.
Bunday salbiy holatlar, afsuski, O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 
1989 yilning may oyi oxirlari 
– iyunning boshlari butun Farg‘ona viloyati 
millatlararo to‘qnashuvlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may 
kuni boshlangan fojea ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so‘ng 
esa Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlariga ham yoyildi. 
Qadimdan o‘zining bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-shafqatlilik 
fazilatlari bilan shuhrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan 
adovatda bo‘lmagan, qo‘l ko‘tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi 
buzg‘unchi kuchlar ta’sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojea 
sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo‘ldi. 
Keyinchalik, aniq tarixiy dalillar asosida ma’lum bo‘ldiki, ana shu 
tartibsizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutloqo zid bo‘lgan 
harakatlarga milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga 
mansub bo‘lgan, maxsus tayyorgarlik bilan ko‘chaga chiqqan kishilar 
tashkilotchilik qilishgan, ular tinch aholini qo‘zg‘ab, janjal chiqarishga 
da’vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa millat vakillariga qarshi 
ig‘vo va bo‘hton gaplarni tarqatib, sodda olamonni g‘alayon ko‘tarishga 
chaqirdilar va 
ba’zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga 
oshirishga erishdilar ham. 


Faqatgina O‘zbekiston mustaqilligi yillarida paxta monokulturasi 
oqibatlarini bartaraf etish maqsadida maxsus taftish qilish komissiyasi 
ikki yildan ko‘proq vaqt mobaynida 40 ming tomlik ishni ko‘rib chiqdi, 
paxta tajovuzi oqibatida ayblangan 3,5 mingdan k
o‘proq kishi oqlandi. 
Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, katta qismi Prezidentimiz 
farmonlariga binoan avf etildilar. Xulosa qilib aytganda paxta 
monokulturasi va paxtaga faqat bir yoqlama yondashish, uni etishtirishni 
ko‘paytirish oxir oqibat o‘zining salbiy oqibatlarini qoldirdi. Bunday 
g‘ayriekologik siyosat oqibatida odamlar turmush tarzida salbiy holat 
vujudga keldi. YAqin o‘tmishning achchiq saboqlaridan etarli xulosalar 
chiqarib ish olib borish esa siz va bizning burchimizdir. 
3.
Farg‘ona pogromlari — 1989-yil may-iyun oylarida O‘zbekiston SSR 
Farg‘ona viloyatida o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasidagi millatlararo 
mojaro bilan bog‘liq voqealar. 
Sababi 
Qonli voqealarni sharhlar ekan, SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashi raisi 
(O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining sobiq birinchi kotibi) 
Rafiq Nishonov Xalq deputatlari syezdi majlisida: Bozorda „bir tovoq 
qulupnay“ uchun janjal bilan boshlangan (turk xaridor o‘zbek 
sotuvchisiga qo‘pollik qilib, qulupnayni urib yuborgan, o‘rnidan turib, 
janjal boshlangan va hokazo) degan edi. 
Xuddi shunday fikrlarni O‘zbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisi G‘ . H. 
Qodirov[2] ham bildirgan. 
4.
. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz 
tutishi. 
1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada 
davlat to‘ntarilishiga urinish bo‘ldi. To‘ntarish tarafdorlarining asl 
maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka 
erishuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda mamlakatdagi parokandalikdan 
foydalanib qolish edi. Lekin O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-


siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy 
etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quvvatlash 
yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun 
imkoniyatlaridan foydalandilar. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti 
Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun 
Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston 
nuqtayi-
nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim 
bo‘lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko‘rsatmalarni bajarish mumkin 
emas»,-
deb hisobladi. 20 avgustda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot 
qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan 
chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini 
ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat 
davlat komitetining g‘ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va 
boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. SHunday murakkab 
sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora 
taranglas
hib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan har bir jumhuriyat 
o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri 
baholagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash 
sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun 
qabul qilishni talab qildi. CHunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam 
teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish 
mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining 
XII chaqiriq navbatdan tash
qari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini 
boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur 
sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda «O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston 
Respub
likasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga 
qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston 
Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A.Karimov 
ma’ruza qildi. U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib 
borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskva 
Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, 
jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘y-rost bildirildi. 
Oliy Kengash deputatlari moddama-
modda muhokamadan so‘ng 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni 
qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi 
Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston 
Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1991 yil 1 
sentyabrdan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. 


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek 
xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi. 
O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI 
sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi va O‘zbekistonning 
mustaqil davlat deb e’lon qilinishida katta tarixiy ahamiyat kasb etdi. 
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” hamda 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar 
kun tartibiga qo‘yilib, qizqin muhokama qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident 
I.A.Karimov ma’ruzasi tinglandi. Prezident I.Karimov O‘zbekistonning 
tanlagan mustaqillik yo‘li xalq manfaatiga mos ekanligi va bu yo‘ldan 
qaytmasligini ta’kidladi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda 
muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi 
to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. O‘zbekiston SSRning nomi 
O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. So‘ngra, “O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti” 
qabul qilindi. Oliy Kengash mazkur Bayonot orqali xalqaro-huquqiy 
hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, 
respublika xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatini anglab 
O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — 
O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon 
qildi. 
O‘zbek xalqi ko‘pgina avlodining orzu-istagi ro‘yobga chiqdi — 
O‘zbekiston suveren, mustaqil davlat bo‘ldi. Endilikda bizning davlatimiiz 
xalqining hoxish irodasini, manfaatlarini ifoda etib, o‘zining milliy-davlat 
va ma’muriy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini 
mustaqil ravishda belgilaydi, o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga 
oshirib boradi. 1992 yil 8 dekabr kuni Oliy Kengash tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi yangi 
mustaqil davlatning inson haq-huquqlari va davlat suvereniteti 
tamoyillariga tarafdorligini; hozirgi va kelgusi avlodlar oldida yuksak 
darajada javobgarligini; o‘zbek davlat tuzumi taraqqiyotining tarixiy 
tajribasiga tayanishni; demokratiya va ijtimoiy adolat ideallariga 
sodiqligini; xalqaro huquqning hamma tomondan qabul qilingan qonun-
qoidalari ustivorligini tan olinishini; respublika fuqarolariga munosib 
turmushni ta’minlab berish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, 
fuqarolar totuvligi va milliy hamjihatlikni ta’minlashga intilishini tantanavor 
suratda ma’lum qildi. 


Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi. Xalqimiiz kelajakka ishonch 
bilan boqadi, u o‘z yurti barcha boyliklarining chinakam egasi bo‘lish 
niyatiga to‘lib toshgan. 
Mustaqilligimiz sharofati bilan bugun bizning oldimizda shunday tarixiy 
imkoniyat paydo bo‘ldiki, biz bosib o‘tilgan yo‘limizni tanqidiy baholab, 
milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab olib yangi jamiyat qurilishiga 
tadbiq etmog‘imiz lozim. Bu esa, milliy davlatchiligimiz tarixini ham 
nazariy, ham amaliy masalalari bilan g‘oyat asosli ravishda 
shug‘ullanishni taqozo etadi. 
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi qonun 17 
moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha 
konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi. 
Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, 
ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini 
mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi 
hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. SHuningdek, 
ushbu hujjatda O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari 
xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy 
yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi 
e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan 
yutuqlarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. SHunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar 
davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, yurtboshimiz 
I.A.Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi 
orqali erishildi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga 
Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. 
O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda 
referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash 
VIII sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish 
to‘g‘risida qaror qabul qildi. SHunga muvofiq 29 dekabrda; «Siz Oliy 
Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon 
qilinishini ma’qullaysizmi?» mavzuida referendium o‘tkazishga katta 
tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan 
aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. 
O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi 
tomonidan 
ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida 
Amerika Qo‘shma SHtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning 


I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda SHvetsiya bosh vaziri 
K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24 sentyabrda 
Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning 
birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991 
yil 14 sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII 
s’ezdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS 
tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat 
ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o‘rnida Xalq-Demokratik 
Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin