O‘tgan asrning 50–60-yillaridan boshlab Moskva Markaziy Osiyoda juda katta hududdagi qo‘riq yerlarni o‘zlashtira boshlaydi. Yangi ochilgan yerlarga asosan suv sarflanadigan paxta ekila boshlagan. Shu sababli mintaqadagi ikkita asosiy daryo bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryoning oldi to‘silib, bir necha yirik suv omborlari quriladi.
Bu suv omborlarida yilning yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan fasllarida suv yig‘ilar va yozda paxtaga suv kerak bo‘lganda qo‘yib yuborilar edi. Tojikistondagi «Norak», «Qayroqqum», Qirg‘izistondagi «To‘qtag‘ul», Qozog‘istondagi «Chordara» suv omborlari shu taxlitda ishlagan. Qolaversa, yangi yerlar o‘zlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning o‘zida ham ko‘plab suv omborlari qurilgan. Shu tariqa Pomir va Tiyonshon (Tyan-Shan) tog‘laridan oqib tushadigan suvlar Orolga kamroq borgan. Keyinchalik umuman bormay qo‘ygan.
1961 yilda Orol dengizining umumiy maydoni 66 ming kvadrat kilometr edi. O‘shangacha suvning bug‘lanishi natijasida Orol dengizi sathi har yili 1 metrga pasaygan. Amudaryo va Sirdaryodan borgan suv bu yo‘qotish o‘rnini to‘ldirib turgan. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab har ikki daryodan boradigan suv hajmi kamayib borgan. Oqibatda dengiz sathi nafaqat avvalgi yillardagidan ko‘proq pasaygan, balki qirg‘og‘i ham qisqarib boravergan. Shu tariqa, 1990-yillarga kelib Orol ostonasini dengiz suvlari yuvib turgan Mo‘ynoq shahridan ancha uzoqlashib ketadi.
Paxta yakkahokimligi avjiga chiqqan 1970-yillarda Moskva bir tarafdan Orol dengizining qurib borayotganini ommadan yashirgan. Ikkinchi tarafdan mamlakatga millionlab tonna paxta kerakligi uchun Markaziy Osiyoga Sibir daryolarining suvini olib kelish rejalari ustida ham ishlagan. Bu masalada Qozog‘iston shimolida ishlar boshlab yuborilgan. Ammo Gorbachyov boshlagan oshkoralik siyosati tufayli rossiyalik olimlar, adiblar va boshqa ziyolilar Moskvaning bu rejasiga qarshi chiqishgan.
Mustaqillik yillarida Orolni asrab qolish uchun ancha ishlar qilindi. Xalqaro Orolni qutqarish fondi tashkil etildi. Dengiz o‘rnida ko‘kalamzor hududlarni tashkil etish maqsadida har yili millionlab saksovul ko‘chatlari ekilyapti va urug‘i sepilyapti
Orol dengizidan sugʻorish ishlarini noto'g'ri foydalanish oqibatida, uning suvlari qurib, tuproqda tuzlar va boshqa minerallarni qoldirdi. Ular nafaqat tuproqni ifloslantirdi, balki shamol va boʻronlar orqali koʻtarilib, boshqa hududlarga, shu jumladan ekin maydonlariga ham tarqaldi. Bu nafas olish tizimi kasalliklari va saratonning kuchayishiga olib keldi. Orol hajmining oʻzgarishi mahalliy iqlimga ham taʼsir qildi va boʻronlarning koʻpayishi va kuchayishiga olib keldi.[1]
Orol dengizining qisqarishi natijasida mahalliy aholi salomatligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelgani shubhasiz. Orol dengizi hududining koʻp qismi zarar koʻrganligining asosiy sabablaridan biri „suvdan notoʻgʻri foydalanish“ edi. Orol dengizi mintaqasidagi oʻzgarishlar natijasida inson salomatligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ekologik taʼsirlarga „suv sathining pasayishi, atrof-muhit va oziq-ovqat zanjiridagi pestitsidlar, chang boʻronlari va havodagi oʻzgarishlar“ misol boʻladi.[2]