Toshkentni "Islom madaniyati poytaxti" deb e'lon qilish va uning ahamiyati.
«ТОШКЕНТ – ИСЛОМ МАДАНИЯТИ ПОЙТАХТИ» – мамлакатимизда ислом маданияти ҳамда маънавий қадриятларни тиклаш ва сақлаб қолиш бўйича амалга оширилаётган эзгу ишларнинг халқаро кўламдаги эътирофларидан бири. 2007 йил январда Ислом конференцияси ташкилоти таркибидаги муассасалардан бири – Таълим, фан ва маданият масалалари бўйича халқаро ислом ташкилоти (ISESCO) Тошкентни ислом маданиятининг пойтахти, деб эълон қилди. Тошкент билан бир қаторда Фес (Марокаш), Триполи (Ливия), Дакар (Сенегал) шаҳарлари ҳам «Ислом маданиятининг пойтахти», деб эълон қилинди. Президент Ислом Каримов бу эътирофни «ўзбек халқининг ислом маданияти ривожига қўшган беқиёс ҳиссасига берилган муносиб баҳо», деб таърифлади.
Шу муносабат билан шаҳарда бунёдкорлик ишлари янада авж олдирилди. Жумладан, қисқа муддатларда Ҳазрати Имом мажмуаси тубдан қайта таъмирланди, янги минора, масжид, хиёбонлар бунёд этилиб, унда кўплаб шаҳарликлар ўз беминнат меҳнатлари билан ҳисса қўшдилар. Кўкалдош мадрасаси (16-аср), Шайх Зайниддинбобо (13–19-асрлар), Зангиота (14–20-аср), Хўжа Аламбардор (19-аср), Шайх Хованди Тоҳур (15-аср), Юнусхон (15-аср) мақбаралари, Абулқосим мадрасаси (19-аср) ва бошқалар таъмирланди. 2007 йил 14–15 августда Тошкент, Самарқанд шаҳарларида «Ўзбекистонннинг ислом цивилизацияси ривожига қўшган ҳиссаси» мавзуида халқаро илмий-амалий конференцияси ўтказилди.
Mustaqillik yillarida madaniyat va san'atning rivojlanishi to`g`risida ma`lumot bering.
Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etildi. 1991-1994 yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993 yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan "Turkiston" saroyi nafaqat me'morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli artistlarning chiqishlari bo’ladigan dargohga aylandi. 1998 yil 26 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning "O’zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to’g’risida"gi Farmoni e'lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O’zbekiston tomosha san'atining ko’p asrlik an'analarini o’rganish, boyitish va targ’ib qilish, teatr san'atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta'minlash maqsadida "O’zbekteatr" ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Teatrlarning 90-yillarning ikkinchi yarmidagi repertuarlarida tarixiy p’esalar keng o’rin oldi. 1996 yili Amir Temurning 660 yillik yubileyi munosabati bilan 10 ta yangi spektakl sahnalashtirildi. "Navro’z-97" teatr festivali munosabati bilan Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 spektakl namoyish etildi. 1998 yili al-Farg’oniy, al-Buxoriylar yubileylariga bag’ishlangan p’esalar yaratildi.
Mamlakatimizning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkenting yetakchi teatrlaridagina emas, barcha viloyatlarning teatr sahnalarida qo’yildi. 1995-1997 yillari respublika teatrlari tomonidan 313 ta yangi spektakl qo’yildi.
O’zbekistonda musiqa va raqs san'atini rivojlantirish maqsadida "O’zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa-raqs san'atini rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash masalalari ko’zda tutildi. San'atning barcha sohalari, madaniy-ma'rifiy muassasalar uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika Prezidentining doimo diqqat-markazida bo’lib keldi. Sovetlar davridagi madaniyat o’quv yurtlari qayta tuzilib, ko’plab yangi o’quv maskanlari tashkil etildi. 90-yillar oxirida mamlakatda 27 maxsus o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatdi. Shundan bittasi oliy o’quv yurtlari, 20 ta o’rta maxsus bilim yurtlari, 2 tasi maktab-internatdir.
Mustaqillik yillarida o’zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli, o’zlari millatchi, deb nohaq baholangan Cho’lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvar Qori singari millatparvar yozuvchi, ma'rifatparvarlar ijodi xolisona o’rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr sahnalarida o’z o’rnini egalladi. Mustaqillik yillarida madaniy-ma'rifiy muassasalar ishlarida ham keskin o’zgarishlar yuz berdi. Bu muassasalarning soni 1997 yili 9442 ta bo’lsa, bulardan 60 tasi muzeylar, 2657 ta klublar, 6725 ta kutubxonalardir. Mustaqillik yillari bu muassasalar aholi o’rtasida madaniy-ma'rifiy tarbiyaning o’chog’iga aylandi.
Aholi o’rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni tashkil qiluvchi muassasalardan biri kutubxonalar bo’lib, ularning soni 1996 yil 6723 ta edi. Kutubxonalarda jami kitobxonlar 6 mln. 211 kishini tashkil qilsa, shundan 4 mln. 425 mingi qishloq tumanlarida edi. Kutubxona xodimlaridan 65 foizi oliy va o’rta ma'lumotli mutaxassislardir.
Millatimizning o’zligini anglashda, milliy, tarixiy qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o’rin tutadi. Shu jixatdan Prezident I.A.Karimovning 1998 yil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida"gi Farmoni muzeylar ishlarini rivojlantirishda dastur rolini bajarmoqda.
Mustaqillik yillari respublikamizda muzeylarga bo’lgan e'tibor oshib bormoqda "Temuriylar tarixi davlat muzeyi", Shaxrisabzdagi “Amir Temur muzeyi” Termizdagi “Tarix muzeyi”, Nukusdagi “Davlat san’at muzeyi”larning qurilishi, "O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi", "Xalq amaliy san'ati muzeyi"ning qayta jihozlanishi buning dalolatidir. Hozirgi kunda davlat qaramog’idagi muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix muzeylari, 23 ta o’lkashunoslik, 10 ta badiiy san'at koshonasi, 20 ta memorial muassasa, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylaridir.
Shuningdek, mamlakatning shaharlari va tumanlarida 510 muzey xalqimizning boy tarixiy-madaniy xazinalarini namoyish etmoqda va kishilarimizni, yosh avlodni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalashga o’zlarining hissalarini qo’shmoqda.
Dostları ilə paylaş: |