7-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
1.Mustaqil O’zbekistonda hokimiyat bo’linish tizimi.
2. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
3. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi.
O'zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e'tirof etilgan uchta asosiy davrga bo'linadi.
Birinchi davr: 1991-1994 yillar O'tish davri parlamenti deb atash mumkin bo'lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi, "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o'n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo'lib o'tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko'p partiyaviylik asosida o'tkazildi
Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar Oliy Kengash o'rniga O'zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida O'zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan 69 nafar, "Adolat" sosial-demokratik partiyasidan 47, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan 14 va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan ko'rsatilgan 7 nafar deputat bo'lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko'rsatilgan shaxslar tashkil etdi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va ikki palatali parlamenta o'tish (2004 yil dekabr — 2005 yil yanvar)