“O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li”



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#161609
  1   2   3
D.Baratova Ochiq dars muhokamasi. 0 (2)


O`zbekiston tarixi kafedrasi o`qituvchisi Baratova Dildora Bekmurodovnaning Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 023-48-guruh talabalariga O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan “O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars seminar mashg‘uloti muhokamasi


B A YO N N O M A S I




2023 yil 23-oktyabr Qarshi shahri


Qatnashdilar: Tarix fakulteti dekani dots. D.Xudoyberdiyev, O`zbekiston tarixi kafedrasi mudiri dots. M.To‘rayeva, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi, O’quv uslubiy boshqarma uslubchisi va kafedra professor-o`qituvchilari


Kun tartibi:
1. Kafedrada e’lon qilingan bo‘sh vakant o‘rinlariga tanlov muhokamasi hamda Pedagogika fakulteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 023-48-guruh guruh talabalariga O`zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi Baratova Dildora Bekmurodovnaning O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan “O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li” mavzusida o‘tkazilgan ochiq seminar mashg‘uloti muhokamasi
Eshitildi: Kafedra mudiri t.f.n., dots. M.To`rayeva “Qashqadaryo” gazetasining 2023-yil 14-sentabrdagi №038 (15916) sonida chop etilgan e’longa muvofiq O`zbekiston tarixi kafedrasidagi bo‘sh o ‘qituvchi-stajyor lavozimiga e’lon qilingan tanlov natijasiga ko‘ra, 1nafar o‘rin uchun 2ta nomzod hujjat topshirgan edi. Nomzod Baratova Dildora Bekmurodovna belgilangan talablarga ko‘ra ochiq dars o‘tib berish lozim edi, D.Baratovaning “O`zbekistonning o`ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo`li” mavzusidagi ochiq dars mashg’uloti rejaga to‘la amal qilgan holda o‘tildi va o’qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishdi. Darsning tashkiliy qismlari (davomatni olish, о‘tilgan darsni mustahkamlash) o’z vaqtida amalga oshirildi. Shundan sо‘ng seminar mashg`uloti o’tilgan mavzu rejasi asosida tushunchalar berildi va mavzuda o’rganilgan tayanch tushunchalar izohi takrorlanib o’tildi. Mana shunday saviyadagi ochiq darslar muntazam ravishda о‘tkazilsa, bu nafaqat talabalar uchun balki, yosh о‘qituvchilar uchun ham tegishli malakalarni hosil bо‘lishida katta о‘rin tutadi.





Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin