O’zbekistonning respublika, mintaqa, va maxalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi vakolatlarni taqsimlash mexanizmi


Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash



Yüklə 17,77 Kb.
səhifə2/4
tarix02.04.2022
ölçüsü17,77 Kb.
#54595
1   2   3   4
6-маъруза матни 90810e489c120f107fffea8dbbfb2c10

2. Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash

zaruriyati, muammolari

Mahalliy boshqaruv organlariga davlat tomonidan kafolatlar berish hamda davlat hokimiyati va mintaqa boshqaruv organlari tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi va mahalliy boshqaruv sohasida amalda bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini ta’minlash respublika, mintaqa va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni samarali taqsimlashning muhim shartidir.

O’zbekistonda respublika mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlashning quyidagi asosiy tamoyillariga asoslanadi:

- davlat, mintaqaviy va mahalliy siyosat maqsadlari, yo’nalishlari, vazifalari hamda vakolatlarini taqsimlash mexanizmlarining yagonaligi prinsipi;

Respublika, mintaqa va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mahalliy boshqaruv organlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va aloqa o’rnatish prinsipi;

mahalliy islohotni amalga oshirishning turli bosqichlarida davlat siyosatining vorisiyligini ta’minlash prinsipi;

mahalliy boshqaruv organlarining vakolatlariga davlat hokimiyati yuqori organlarining aralashmasligi prinsipi va h.k.

Respublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni yanada aniq taqsimlash davlat hokimiyatining mazkur bo’g’inlarini boshqarish mexanizmining samaradorligini oshirish, har birining mustaqilligini kengaytirish, muayyan vakolatlar ularni mumkin qadar samarali amalga oshirishga qodir hokimiyat organlari zimmasiga yuklanishi uchun tegishli hududlarning o’ziga xos (geografik, iqtisodiy, demografik, etnik va h.k.) xususiyatlarini e’tiborga olishni tabaqalashtirish imkonini beradi.




Yüklə 17,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin