3. Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va aloqalarning samaradorli gini oshirish yo’llari
Davlatning vakolatlarni taqsimlash muammolarini hal qilish borasidagi faoliyati mahalliy boshqaruvni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlangan kuchli demokratik davlat qurishning zarur sharti sifatida mahalliy boshqaruvning samaradorligi, roli va maqomini oshirishga yo’naltirilgan davlat boshqaruvi sohasidagi yagona davlat siyosati doirasida amalga oshirilishi lozim.
Mazkur maqsadga erishish uchun respublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash sohasidagi siyosat:
- fuqarolarning mahalliy o’zini-o’zi boshqarishni amalga oshirish
konstitutsiyaviy huquqlarini ro’yobga chiqarish;
- mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’z faoliyatiga davlat tomonidan kafolat berilishini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy vakolatlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Umuman, o’zaro aloqalarning yo’nalish va tamoyillari universal xususiyatga ega, chunki ular davlat hokimiyatining nafaqat ijro etuvchi, balki boshqa organlarining va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’zaro aloqa usullari hisoblanadi. Boshqaruv aloqalarining asosiy turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
- vakolatlarni taqsimlash;
- vakolatlarni o’zaro o’tkazish (berish);
- mahalliy hokimiyat organlariga ko’maklashish (davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash);
- turli boshqaruv bo’g’inlari o’rtasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
- turli hokimiyat organlarining faoliyati ustidan davlat nazoratini o’rnatish.
O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan respublika, mintaqaviy va mahalliy organlarning o’zaro munosabatlari tamoyillarini umumlashtirib, mintaqaviy boshqaruv organlari yuqorida zikr etilgan maqsadlarga erishish uchun qo’llashlari mumkin bo’lgan, qonun hujjatlari va huquqiy nazoratning tabiatiga zid kelmaydigan quyidagi nazorat shakllarini ajratish mumkin:
- mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining me’yoriy hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish (mahalliy tuzilmalarning ustavlari, ularni ro’yxatdan o’tkazish tartibi);
- mahalliy o’zini-o’zi boshqarishning me’yoriy huquqiy hujjatlarini muvofiqlashtirish;
- mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini tasdiqlash;
- mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organi (mansabdor shaxs) vakolatlarini to’xtatish;
Tayanch so’z va iboralar
Davlat hokimiyatining turli pog’onalari o’rtasidagi vakolatlarni taqsimlash vazifalari va tamoyillari. Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash zaruriyati, muammolari. Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash jarayonining hozirgi holati Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va aloqalarning samaradorligini oshirish yo’llari.
Dostları ilə paylaş: |