O’zbekiston quyidagi nufuzli xalqaro tashkilotlarga a`zo: - BMT (1992 yil 2 mart)
- UNESCO, UNICEF
- YXHT
- JSST
- Xalqaro mehnat tashkilot
- UNCTA
- EKO
- ShHT (2001 yil)
- ADB (1995 yil)
- WORLD BANK
- NATO(“Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturi) va h.z.
Mustaqil O`zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq yakdillik talablariga asoslanadi. 1992-yil 2-martda O`zbekiston xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo`lib dunyo miqyosida tan olindi. Bu voqea Respublikaning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin olishda ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. 1993-yil fevral oyiga kelib Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. Xolid Malik BMTning O`zbekistondagi vakili etib saylandi.
- Xalqaro munosabatlarni o`rnatish tartibini belgilovchi yangi huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi;
- Sobiq ittifoq ishtirokchi bo`lgan xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasi respublika manfaati nuq`tai nazaridan qayta ko`rib chiqildi;
- O`zbekistonning milliy manfaatlariga mos tushadigan hujjatlar ratifikatsiya qilindi.
Tashqi siyosat faoliyati uchun huquqiy negiz yaratish maqsadida quyidagilar amalga oshirildi: “Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a’zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat”,-deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o`z tashqi siyosatining asosiy yo`lini belgilab olgan O`zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitusiyamizning 17-moddasida bu yo`lni qonun bilan mustahkamladi.
O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillarini mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov o`zining asarlari, ma’ruzalari va nutqlarida nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. Uning tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
milliy-davlat manfaatlarini ustun qo`ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; umumbashariy qadriyatlarni ustun qo`ygan holda nizoli mojorolarni tinch yo`l bilan hal etish; tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlikni o`rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlarga aralashmaslik; barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o`rnatishga intilish;
xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish;
tashqi siyosatda ko`p tomonlama aloqalarni o`rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O`zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitusiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasidan, va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shu o`rinda aytib o`tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo`nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikisi o`zining tashqi siyosatdagi yo`nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo`lgan davr ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O`zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi, ularning 100 dan ortig‘i bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O`z navbatida O`zbekistonning elchilari dunyodagi 20 dan ortiq yirik davlatlarda faoliyat ko`rsatib turibdi.