O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi



Yüklə 11,64 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü11,64 Kb.
#203705
  1   2   3
ozbekiston


O’zbekiston va Jahon hamjamiyati
Reja:
  • O`zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi;
  • Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a’zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi;
  • Xorij bilan xalqaro aloqalar.

XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o`z taraqqiyot ko`lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O`zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish maqsadida o`zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi.
O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o`rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo`lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O`zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to`g‘ridan to`g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo`lib, respublikaning o`rni faqat qog‘ozlarda federatsiya subyekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O`zbekiston o`z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko`rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
 O`zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo`lda Birinchi Prezident I. A. Karimovning o`rni beqiyosligini ham aytib o`tmoq lozim.

Yüklə 11,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin