Xorij bilan xalqaro aloqalar. Xalqaro munosabatlar ravnaqi mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikning, aholi turmush darajasini yuksaltirishning o`ziga xos kafolati ekanligi hech kimga sir emas. Shu bois ham O`zbekiston rahbariyatining tashqi siyosatda mintaqaviy barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ilgari surgan tashabbuslari ko`pgina davlatlar va BMT tomonidan doimo tasdiqlanib kelindi.
BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi yig‘ilishlarda O`zbekiston prezidentining kiritgan aniq tashabbuskorligi, mintaqa xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklifi BMT boshchiligidagi “6+2” guruhining tuzilishiga asos bo`lgan edi. (O`zbekiston, XXR, Rossiya, Eron, Pokiston, Tojikiston, kuzatuvchi sifatida BMT, Birlashgan front va “Tolibon” harakati) Ushbu guruhning 1999-yil iyul oyida Toshkentda o`tkazgan uchrashuvi muhim xalqaro voqea bo`ldiki, bu uchrashuv mintaqaning o`zida bo`lib o`tdi.
Uchrashuvning yakuni sifatida 19-iyul kuni “Afg‘onistondagi mojorolarni tinch yo`l bilan hal qilishning asosiy prinsiplari to`g‘risidagi” tarixiy hujjat imzolandi. Ushbu hujjat BMTning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Mazkur anjuman O`zbekiston rahbariyatining ko`p yillik sa’y-harakatlari natijasi edi. O`zbekiston rahbariyatining tinchlik yo`lidagi harakatlari mazkur uchrashuvdan Afg‘onistonda muxolif kuchlar o`rtasida boshlangan jangavor harakatlarning oldini olish uchun Respublika Tashqi ishlar vazirligining Bayonotida ham yaqqol ko`zga tashlandi. Mazkur Bayonot o`zaro qon to`kilishning oqibatlari haqida jiddiy tashvishlangan holda muxolif tomonlarning harakatlarini qoralab o`tdi. Bularning barchasi dunyo hamjamiyati oldida O`zbekistonning tinchlik yo`lidagi real harakatlarining asosi sifatida yaqqol ko`zga tashlanib qoldi. O‘zbekiston va BAA yetakchilari ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifi davomida 2 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Amirliklar tomonidan Vitse-prezident Mansur Ol Nahayon, Bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf Ol Nahayon, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri, COP28 sammiti prezidenti Sulton Ahmad al-Jobir ham qatnashdi.