O’zbekistonning yeng yangi tarixi



Yüklə 12,51 Kb.
tarix23.10.2022
ölçüsü12,51 Kb.
#65931
tarixdan savollarga javoblarim


1-mavz 1)“O’zbekistonning yeng yangi tarixi” qaysi yillarni o’z ichiga oladi?
1991-yildan manashu kungacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
2)“Bashariyat” so’zi qanday ma’noda qo’llaniladi?
Insoniyat,odamzod degan maʼnolarda qoʻllaniladi.
3)Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish-O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ilgari surgan 5 tashabbusning nechanchi yo’nalishida belgilangan?
2-yoʻnalishida belgilangan.
2-mavzu
1)Farg’ona voqyealaridan xabar topgan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov qaysi sanada Farg’onaga keladi?
1989-yilning 25-iyyunida borgan.
2)1989 yil 21 oktyabr-O’zbekiston tarixida qanday tarixiy sana sifatida iz qoldirgan?
1989 yil 21-oktyabrda O’zbekiston Oliy Sovetining 11-sessiyasi ”O’zbekiston SSR ning davlat tili”xaqidagi qonuni qabul qilindi. O’zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi.
3)1990-yil 20-iyunda qabul qilingan «Mustaqillik deklarasiyasi» nechta moddadan iborat?
12-moddadan idorat bo’lgan «Mustaqillik deklarasiyasi»ning qabul qilinishi yedi.
3-mavzu
1)“Referendum” atamasining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
lot. referendum — Xabar berilishi, bildirilishi kerak boʻlgan ma’nosida
2)“Iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, hususiy mulkchilikni himoya qilishni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlari to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimovning farmoni qachon qabul qilingan?
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimovning 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, hususiy mulkchilikni himoya qilishni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlari to’g’risidagi” farmoni butun mamlakat taraqqiyotining muhim bosqichi bo’ldi.
3)Respublika hududlarida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish bo’yicha nechta davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirildi.
Iqtisodiyotning turli sohalarida va Respublika hududlarida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish bo’yicha 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda.
4)Moddiy tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni, jahon iqtisodiy tizimiga kirib borishini ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish iqtisodiy islohotlar sohasidagi strategik maqsaddlari nechanchi yo’nalishida belgilangan?
3-yoʻnalishda joylashgan.
5)O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash aynan bir paytda uchta yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish asosida amalga oshirilmoqda. Ular qaysilar?
6)Ommaviy uy-joylarni hususiylashtirish bosqichi qaysi yillarda ommalashgan?
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimovning 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish, hususiy mulkchilikni himoya qilishni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlari to’g’risidagi” farmoni butun mamlakat taraqqiyotining muhim bosqichi bo’ldi.
7)O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov qachon O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi etib saylandi?
O’zbekiston Birinchi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1989-yilning iyunidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi etib saylandi.
8)Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan turib, … (Fikrni to’ldiring.)
Iqtisodiy mustaqillikka bozor munosabatlarini shakllantirish va ularning amal qilish uchun huquqiy kafolatlar yaratish, tub iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali yerishish mumkin boʻlgan lekn iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan oldin bular boʻlmagan.
9)Islom Abdug‘aniyevich Karimov qaysi orden va medallar sohibi bolgan? Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi edi. Ayni vaqtda u iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘plab xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademigi etib saylangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham mukofotlangan edi.
10)Xalqaro logistika markazi qaysi aeroport negizida tashkil etilgan?
“Navoiy” aeroporti negizida xalqaro logistika markazi tashkil etildi va O‘zbek milliy avtomagistrali qurilishi yakuniga yetkazildi.
11)O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tug’ilgan joyi qaysi viloyat?
I.A.Karimov 1938-yil 30-yanvar kuni Samarqand viloyatida dunyoga kelgan.
4-mavzu
1)Islohotlar – islohot uchun emas,…………..?
“Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun”
2)O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini belgilashda …………asosiy o’rinni egallaydi.Fikrni to’ldiring.
Dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan.
3)Taraqqiyotning O’zbek modelida nechta tamoilga asoslangan?
Oʻzbek modeli 5ta tamoilga asoslangan.
4)O’zbek modelining birinchi tamoili nima deb ataladi?
iqtisodiyotning siyosatdan ustivor bo’lishi.
5)Bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy yo’ldan emas, balki O’zbekiston qaysi yo’ldan bordi?
Bozor munosabatlarini zo’ravonlik yo’li bilan shakllantirib bo’lmaydi. Bozor iqisodiyoti huquqiy meyorlar va qoidalarga tayanishi bilan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi.
6)1990 yili O`zbekistonga qo`shni respublikalardan qaysi maxsulotlar olib kelingan?
1990 yili O`zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo`shni respublikalardan olib kelishga majbur bo`lingan.
7)Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qaysi davlat bilan xamkorlikda barpo etilgan?
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Fransiya bilan hamkorlikda barpo etilgan.
8)Qonun va qonunlarga rioya qilishning hamma narsadan ustunligi “Taraqqiyotning o’zbek mo’deli”da nechanchi tamoili etib belgilangan?
4-tamoilda keltirilgan.
9)1990 yili O`zbekistonga chetdan necha ming tonna un olib kirilgan?
454,8 ming tonna un olib kelingan.
10)Konstitusiyaning tarkibi…………?
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat .
11)O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaysi sessiyasida qabul qilingan?
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
12)Davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma bu-………
“Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma”
13)1990 yil iyun oyida I.A.Karimov rahbarligida konstitusiya loyihasini tayyorlash jarayoni uchun necha kishidan iborat konstitusiyaviy komissiya tuzildi?
64 kishidan iborat komissiya tuzilgan.
14)Konstitutsiya atamasining ma’nosi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang?
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk)
5-mavzu
1)Mustaqil O’zbekistonda hokimiyat nechta prinsipga bo’linadi?
O‘zbekiston Konstitutsiyasining xalq hokimyatchiligiga bag‘ishlangan 11-moddasida ham davlat hokimiyati 3 ta bo‘linish prinsipiga asoslanishi bayon etilgan.
2)O‘zbekiston Konstitutsiyasining nechanchi moddasida davlat hokimiyati 3 ta bo‘linish prinsipiga asoslanishi bayon etilgan?
11-moddada keltirilgan.
3)Respublikasida qonun chiqaruvchi organ bu-…………
Qonun chiqaruvchi organ bu-PARLAMENT
4)Yurtimizda ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligi, qonun ustuvorligini taʼminlashga, inson huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan xokimyat bu-
Sud hokimiyati.
5)Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 106-moddasida Sud xokimyati togrisida qanday faoliyat yoritilgan?
Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustahkamlanishicha, "Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi" (106modda).
6)Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechinchi moddasi mahalliy o’zini-o’zi bo’shqarish organlariga bag’ishlanadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105-modda) va "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1999 yil 14 aprel)da Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan.
7)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5938-son farmoni to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang?
PF-5938-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirli tashkil etildi.
8)Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyat koʻrsatmoqda.
(1999 yil 14 aprel)da Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari - huquqiy holati koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu qonunga koʻra, F.oʻ. oʻ.b.o. quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yigʻini; fuqarolar yigʻinining kengashi; fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan maʼmuriy komissiya.
9)F.oʻ.oʻ.b.o.ning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublikamizda qanday kengash tashkil etilgan?
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari.
10)F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyatining moliyaviy asosi qayerdan tashkil topadi?
F.oʻ.oʻ.b.o. faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi.
11)Ombutsman qanday organ ?
Ombutsman ham fuqarolar himoyasining mustahkam qo’rg’onidir.
12)Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qachon a’zo bo’lgan?
1992-yil 2-mart kuni.
13)Dunyoda 1945 yil 10 dekabr sanasida inson omili bilan bog’liq bo’lgan qanday xalqaro deklaratsiya qabul qilingan?
Inson Huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi.tashkil topgan.
14)Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O’zbekistonda Oliy majlis tarkibida inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi organ-………?
Advokatlar jamiyati.
Yüklə 12,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin