EVOLUTSIYANING DIVERGENT XARAKTERDALIGI Tur ichidagi o’zgarishlar xilma-xil yo’nalishda ro’y beradi. Bir xil organizm guruhlaridaindividual farq bir yo’nalishda, boshqa organizm guruhlarida esa o’zgacha yo’nalishda bo’ladi. Darvin xilma-xil formalar vujudga kelishini divyergensiya yoki belgilarning tarqalish hodisasibilan tushuntirdi. Bir turga mansub formalarda farq bo’lishi foydalidir, chunki u organizmlaro’rtasidagi yashash uchun kurashni bartaraf qilishga qaratilgan bo’ladi. Tabiiy tanlanishda hamsun’iy tanlashdagiga o’xshash belgi- xossalarning tarqalishi xodisasi yoki divyergentsiya ro’yberadi. Tabiatda divyergentsiya ro’y berishi Darvin tomonidan ochilgan organik formalarningturli-tuman bo’lishi foydali ekanligi to’g’risidagi qonundan kelib chiqadi. Darvin bir turgamansub organizmlarda xilma-xil m orfologik va fiziologik hossalar bo’lishi foydali moslanishekanligini, ular turning keng tarqalishiga, xilma-xil j oyni egallashiga qaratilganligini ko’rsatibo’tdi.
Uzluksiz o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish doim f oydali xossalarni saqlay boradi.Tanlanishning har xil yo’nalishi bir xil yoki har xil muhit sharoitida amalga oshadi. Tur kengareal doirasida tarqalgan bo’lsa, har xil hayot keng sharoitning ta’siri tufayli tanlanish har xilmoslanishlarni keltirib chiqaradi. Ayrim hollarda tur unchalik keng bo’lmagan arealda tarqalgantaqdirda ham tabiiy tanlanish turli yo’nalishda davom etib, organizmlarning turli hayot sharoitigamoslanishiga olib keladi. Masalan, tor arealda tarqalgan biror hayvon, chunonchi, bo’rilar to`riniolsak, ular tuyoqli hayvonlarning iziga tushib, ba’zilarini kuch bilan, boshqalarini chopqirlikbilan, uchinchi xilini hiyla bilan o’lja qiladi. Bo’rilarga oziq yetishmagan bir davrda ularning engtez chopar g’animlari, chunonchi, bug’ular qandaydir sabablarga ko’ra tez ko’payib, boshqahayvonlarning soni kamayib ketdi, deb faraz qilaylik. Bunday sharoitda eng chopqir va engchaqqon bo’rilar tabiiy tanlanish tufayli saqlanib qolib ko’payadi. Boshqa sharoitda esa, ya’ni tezchopmaydigan hayvonlar ko’p bo’lgan taqdirda, bo’rilarning kuchlilari yashash uchun kurashdachopqir formalar ustidan g’olib k yelishi mumkin. Darvin Shimoliy Amerikaning Kotskiltog’larida ikki xil podadagi qo’ylarga hujum qiladigan yirik gavdali, qisqa oyoqli bo’rilar vabug’ularni doim 'taqib qiluvchi chopqir bo’rilar yashashini qayd qilgan. Tabiiyki, ularning harikkalasi ham bir boshlang’ich ajdoddan kelib chiqqan biroq, oziqlanishidagi farq keyinchaliktabiiy tanlanish tufayli bo’rilarlling ikki xil yo’nalishda rivojlanishiga olib kelgan. Xuddishuningdek, okean orollarida yashaydigan hasharotlar ham ikki xil yo’nalishda rivojlangan.Masalan, Madeyra orolida tarqalgan 550 tur qo’ng’izdan 200 turi qanotsiz. Odatda, okeanda teztez sodir bo’ladigan kuchli dovul-shamol hasharotlarning ko’plab nobud bo’lishiga olib keluvchiomildir. Bu kuchli dovullar natijasida tabiiy tanlanish yoki mut1aqo uchramaydigan yoki judayaxshi uchadigan formalarning saqlanib qolishiga olib kelgan. Divergenyaning dastlabki davridaajdod turiga xos bo’lgan belgilar ornizmlarda saqlansa-da, keyinchalik oraliq belgilarga egaformalar nobud bo’lishi tufayli tur xillari, kenja turlar va nihoyat yangi turlar vujudga kelgan .
Yuqoridagi masalalarni tushuntirish uchun Darvin «Turlarning kelibchiqishi» deganasarida divyergensiyani sxema sifatida keltirdi. Sxemada biror mamlakatda yashaydigan hayvonlarning yoki o’simliklarning bir avl odga mansub turlari latin xarflari bilan A dan L gachaif odalangan. Gorizontal chiziqlar oralig’i (1 dan XIV gacha) har biri mingdan ortiq bo’g’inni o’zichiga oladi. Punktir chiziqlar har bir turga mansub naslning taqdirini ifodalaydi. Sxemadanko’rinib turibdiki, ba’zi turlar (E, F) bir necha ming bo’g’in mobaynida o’zgarmas- dan, dastlabki ajdodlarga xos belgi-xossalarni o’zida saqlab qolgan. Masalan, hoziryashayotganopossumlar – bo’r, cho’tka qanotli latimyeriya balig’i devon davridagi o’z ajdodlaridan deyarlifarq qilmaydi. Ayrim turlarga u mansub organizmlar esa tarixiy rivojlanishda individualo’zgarishlar hisobiga o’zgara borgan. Masalan, A harfi bilan ifodalangan tur juda tez o’zgaribturadigan tur deb faraz qilaylik. A turdan vyertikal tarzda chiqqan punktir chiziqlar uningo’zgargan avlodlarini ifodalasin. Tabiiyki, juda kichik, ammohaddan tashqari xilma-xil individual o’zgarishlar bora-bora tur ichidagi ikki yoki undan ortiq tur xillariorasidagi farqnivujudga keltiradi. Shunga ko’ra Darvin bunday individual farqlar kichik va ko’z ilg’amasbo’lganligi sababli sistematiklar nazar- pisand qilmasalar-da, nihoyatda katta ahamiyatga egaekanligini, chunki ular tur xilari h osil bo’lishidagi dastlabki qadam ekanligini ta’kidlaydi.
Organizm uchun f oydali o’zgarishlar tabiiy tanlanish tufayli saqlanib qoladi. Binobarin, mazkursharoitda organizm uchun foydali belgilar bo’g’indanbo’g’inga o’tib to’planib b orib, individlarorganizmlar o’rtasidagi farqni kuchaytiradi, oqibatda tur xillari paydobo’ladi. Sxemadanma’lum bo’lishicha ana Shunday individual farq zaminida A turdan dastlabki ming bo’g’in mobaynida a1 va m1 tur xili hosil bo’ladi. Bu tur xillari ularning ajdodlari qanday sharoitdao’zgargan bo’lsa, o’sha sharoit ta’sirida qolaveradi va bundan keyin ham o’sha yo’nalishdao’zgarib boraveradi. Agar bu tur xillari o’zgaruvchan bo’lsa, bu holda ulardan yanada ko’p farqqiladigan a2, m2, s2 tur xillari paydobo’ladi. Sxemada A va L turlar o’n minginchi bo’g’ingachaqanday o’zgara borganligi aniq ko’rsatib borilgan. O’tgan tarixiy davr ichida A turidan uchtayangi tur, I turidan esa ikkita. yangi tur vujudga kelgan. Binobarin, divyergentsiya tufayli A va Iturlaridan o’z belgi- xossalari bilan tobora kuchli farq hiladigan tur xillari, ular zaminida esayangi a1o, f10, m1o, w1o, z10 turlari vujudga keladi. Dast1abki ajdod A turi bilan yangi vujudgakelgan a1o, f10 m1o turlari, I turi bilan w1o, z10 turlari o’rtasida oraliq formalar uchramasligigaasosiy sabab shuki, ular tarixiy davr m obaynida nobud bo’lgan. Ularni faqat qazilma xolatdauchratish mumkin. Binobarin, tarixiy rivojlanish jarayonida tabiiy tanlanish natijasida bir turdanbir necha tur vujudga keladi. Masalan, A tur 14 ming bo’g’indan keyin 8 ta yangi turni (aI4_t14gacha), I tur esa 6 ta yangi turni (n14 _ zl4 ni) vujudga keltirgan. Holbuki, shu davr ichida Ye, Fturlari deyarli o’zgarmagan. Boshlang’ich turlarning qolgan 8 tasi yashash uchun kurash, tabiiytanlanish tufayli nobud bo’lgan .Tabiiyki, 14 ta yangi tur o’rtasidagi qarindoshlik munosabatlaribir xil bo’lmaydi. A ning 8 xil naslida al4, ql4, p14 harflari bilan ifodalangan uch turqarindoshlik tomondan bir-biriga juda yaqindir. Chunki ularning hammasi bundan taxminan 4ming bug’in ilgari ,mavjud bo’lgan ajdod - a1o dan kelib chiqqan va b14 va f14 turlariningajdodi f10 turi hisoblanadi. U birmuncha ilk davrda a5 dan paydobo’lgan va qarindoshlikjihatdan dastlabki uch turdan birmuncha uzoqdir nihoyat, qolgan o14, e14, m14 turlari m1oturidan tarqalgan. Shunga ko’ra, ular qarindoshlik jihatidan o’zaroyaqin. Divergensiyajarayonida u qolgan boshqa turlardan farq qilib, ,dastlabki davrda A turidan ajralib chiqqan.
Xulosa qi1ib aytganda, al4, q14 r14 turlar bitta avl odni, b14, f14 turlar ikkinchi avlodni, o14,e14, m14 turlar uchinchi avlodni tashkil etadi. Ularning hammasi bir oilaga - A ga mansub.Shuningdek, p14• r14, ul4 turlari bitta avlodga, y14, v14,Zl4 turlari boshqa avlodga, har ikkiavlod esa bitta I oilasiga mansubdir.
Yuqorida bayon etilganlardan ko’rinib turibdiki, Darvin divergensiya sxemasidafaqattur paydobo’lishini emas, balki uning rivojlanishini ham tushuntirib berdi. Keltirilgan sxematurlarning kelib chiqishi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo’lib, bu jarayonda tabiiytanlanish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.Darvin sxemasini davom ettirib, yangi turkumlar, sinflar va tiplar tarixiy rivojlanishjarayonida paydobo’lishini ham tushuntirsa bo’ladi. Darvinning divyergentsiya sxemasi hozirgidavrdagi organik dunyo vakillari tuzilishi va rivojlanishiga ko’ra bir-biridan keskin farq, qilsada, ular bir tarmoqdan tarqalganligini, ya’ni monofilektik xarakterda ekanligini namoyish etadi.