Seminar mashg’uloti-8. Organizmlarning muhitga moslaShganligi va uning xillari. Reja: MoslaniSh va uning turlari
Trofik koopYeratsiya
Konstitutsial koopYeratsiya
Organik olamdagi moslaniSh organizm va tur doirasida bo’liShi mumkin. Organizmlarning moslaniShi, avvalo, morfologik belgilarda yorqin namoyon bo’ladi. Hayvonlarning himoya rangi, ogohlantiruvchi rangi, chalg’itadigan rang, mimikriya bunga misol bo’ladi.
Hayvonlarning himoya rangi ham xilma-xil va ajoyib. Ko’pgina hayvonlar tanasining rangi atrofdagi muhitga moslaShgan bo’ladi. Masalan, uzoq Shimol faunasi — ayiq, tovuShqon, kaklik oq rangda, cho’l hayvonlari — ilon, toShbaqa, echkemar qum rangida bo’ladi. Doim yaShil o’tlar orasida yaShaydigan beShiktYervatar, ko’p Shiralar yaShil rangda, daraxtlarda hayot kechiradigan quShlar — boyo’g’li, kakku patining rangi bilan daraxt po’stlog’ini eslatadi. Himoya rangi duShmandan saqlaniShda muhim ahamiyatga ega. U hayvonlarga o’z hayotini saqlab qoliShga yordam beradi. Himoya rangining 4 xili mavjud. Bular niqoblaniSh, namoyiSh qiliSh, mahlum narsalarga taqlid qiliSh va mimikriyadir. Odatda, himoya rangi niqoblaniShning bir turidir, kriptik rang, bilintirmay qo’yadigan aks soya va chalg’itadigan rang niqoblaniShning aniq turlaridir. Agar hayvon kriptik rangga ega bo’lsa, uning rangi muhitdagi narsalar rangi bilan qo’Shilib ketib, ko’zga taShlanmaydigan bo’lib qoladi. Muayyan ekologik Sharoit da mahlum kriptik rang ustunlik qiladi. CHo’l hayvonlarida qum rang, SHimoliy qutbda yaShovchi hayvonlarda esa oq rang ustunlik qiladi. Ko’p hollarda hayvonlarning rangi faslga qarab ham o’zgaradi. Masalan, qiShda ko’p qor yog’adigan joylardagi hayvonlarning muayyan rangi yozda boshqa, qiShda boshqa bo’ladi.
A B . A. SHoxli kaltakesak va B.aksis bug’ularining himoya rangi Muhitning o’zgariShiga qarab tez-tez o’zgarib turadigan kriptik rang eng murakkab hisoblanadi. U hayvonlar to’qimasidagi maxsus hujayralarda joylaShgan xromatoforlar pigment donachalarining ko’chiSh layoqati bilan uzviy bog’liq. CHunonchi, boShoyoqli mollyuska bo’lgan kalg’marlar suvning rangini darhol o’zgartiradi. Ularda bunday rang hosil qiluvchi organlar pigmentli hujayralardan taShkil topgan bo’lib, ularga nYerv bilan tahminlangan bir qancha muskul tolalari birikkan. Tolalar qisqarganda, pigmentli hujayralar cho’zilib-yoyiladi va pigment oldingiga nisbatan kattaroq sathni egallaydi. Tolalar bo’shaShganda esa pigmentli hujayralar egallagan sath kichrayadi. Binobarin, tana rangining o’zgariShi nYerv sistemasi iShtirokida boshqariladi. Bunday o’zgariSh boShoyoqli mollyuskalardan taShqari, baliqlar (kambala), amfibiyalar (baqalar), reptiliyalarda (ba’zi kaltakesaklar, xameleonda) ham uchraydi.