Baliqlar va antilopalarda himoya rangi Bilintirmay qo’yadigan aks soya. Bunda hayvonning yelka tomoni to’q, qorin tomoni esa och rangda bo’ladi. Bu holat qurtlar, baliqlar, ilonlar, ko’pgina sut emizuvchilar, quShlarda namoyon bo’ladi. Agar Shu rangdagi hayvonga yorug’lik yuqoridan tuShsa, uning yelka tomoni birmuncha ochroq tusga kiradi, ayni vaqtda qorin tomoniga soya tuShib, hayvon tYerisining rangi bir xil bo’lib qoladi. Uning konturi atrofdagi narsalar bilan qo’Shilib ketadi va kuzatuvchiga bilinmay qoladi. CHalg’ituvchi rang. Bunday hayvon tanasi boShdan oyoq dog’lar va ola-chipor yo’llar bilan qoplangan bo’ladi. Bu dog’lar, ola-chipor yo’llar kuzatuvchi hayvonni o’ziga qaratib, uning diqkat-ehtiborini chalg’itadi. CHalg’ituvchi rang qancha xilma-xil bo’lsa, ular Shu qadar ko’p samara beradi. CHalg’ituvchi rang haSharotlarda, amfibiya va sut emizuvchilarda uchraydi. Yo’lbars, zebra, jirafalar tYerisining rangini bunga misol qilib ko’rsatiSh mumkin. Ogohlantiruvchi rang kriptik rang hodisasiga qarama-qarShidir. Bunda hayvonlarda ko’zga yaqqol taShlanadigan qizil, qora, sariq, oq ranglar bir-biriga qo’Shilib ketadi. Xonqizi, tillaqo’ng’iz, yarqiroq kapalaklar, qovoqari va oddiy arilar ogohlantiruvchi rangli haSharotlarga misol bo’ladi. Odatda, ogohlantiruvchi rangga ega bo’lgan organizmlar o’z duShmanlaridan qo’Shimcha moslamalari bilan himoyalanadi. Ular, odatda, zaharli modda, yoqimsiz hid chiqaradi yoki tuk, nayzali qattiq xitin qavatli bo’ladi.
Ilonlarda ogohlantiruvchi rang
HimoyalaniShning yana bir xili mahlum narsalarga yoki boshqa organizm turlariga taqlid qiliShdir. Ko’pgina hayvonlar o’z kuShandasi yoki o’ljasi uchun befarq xisoblangan biror narsaga o’xShaydi. Masalan, dengiz paxmoq toychasi taShqi ko’riniShidan suvo’tga o’xShab ketadi. Tropik o’rmonlardagi ko’p ilonlar chirmovuqqa, daraxt po’stloqlarida yaShaydigan ba’zi kapalaklar, mo’ylovli qo’ng’izlar, o’rgimchaklar liShaynikka o’xShaydi. Malayyada yaShaydigan kallima kapalagi esa qanotlarining Shakli, naqShi va tomirlaniShi bilan daraxt bargini eslatadi Mimikriya hodisasi Odimchi qurt daraxt so’galiga o’xShaydi. Bu hodisa tayoqcha qurtda ayniqsa ko’zga yaqqol taShlanadi. Bunday hodisa tabiatda juda ko’plab uchraydi. Taqlid qiliShning yana bir xili mimikriya hodisasidir. Mimikriya bir qancha olimlar tomonidan o’rganilgan. CHunonchi, Uolles Malayya arxipelagida tarqalgan va Rarilio avlodiga mansub kapalaklarda mimikriya hodisasini kuzatdi va uning sabablarini tushun tirib berdi. U Shuningdek, Kallima rara11esta kapalagi qanotlarining old va orqa tomonlari turli rangda ekanligini, xavf-xatar tug’ilgan vaqtda u qanotlarini birlaShtirib, so’ligan barg Shakliga kiriShini va Shu tufayli duShmandan o’zini himoya qiliShini aniqlagan. Mimikriya deganda, bir organizmning rangi va Shakli jihatdan boshqa organizm yoki uning ayrim organlariga, taShqi muhitdagi narsalarga o’xShaShligi tushun iladi. Mimikriya 2 xil bo’ladi. 1862 yili Bets duShman tomonidan ko’plab istehmol qilinadigan kapalaklar soxta ogohlantiruvchi rangta ega bo’lsa, ya’ni taShqi qiyofasi bilan yeb bo’lmaydigan ogohlantiruvchi rangga ega kapalaklarga o’xShaSh bo’lsa, duShmandan himoyalaniShi mumkin ekanligini kuzatgan. Mazkur faraz yordamida olim Janubiy AmYerikada tarqalgan o’zaro qon-qarindoSh bo’lmagan kapalaklarning rang tomondan o’xShaShligini tushun tirib berdi. SHunga binoan, Bets mimikriyasida o’xShaShlik hosil qiluvchi juftning taqlid qiluvchi organizmi himoyalaniSh xossalaridan mahrum bo’ladi, lekin uning rangi, Shakli himoyalangan nusxaga o’xShaydi. CHunonchi, oq kapalak taShqi ko’riniShidan gelikonid oilasiga mansub, yeb bo’lmaydigan kapalakka, tukli ari paShShasi esa tukli ariga, arisimon kapalak esa ariga o’xShaSh bo’ladi va hokazo.
1879 yili F. MyullYer organizmlar orasidagi o’zaro o’xShaShlik boshqacha yo’naliShda ham vujudga keliShini qayd qildi. Uning mulohazasiga ko’ra, quShlar qaysi haSharotni yeb bo’ladi, qaysisini yeb bo’lmaydi, degan muammoni yechiShi uchun ogohlantiruvchi rangga ega haSharotlarning bir nechtasini «tatib ko’riShi» kerak. Bunday Sharoit da agar ikkita yeb bo’lmaydigan haSharot turi o’xShaSh bo’lsa, ularning har ikkisining soni nisbatan kamayadi. SHunga ko’ra, har bir turdagi qirilib ketgan organizmlarning soni bir turga mansub organizmlar qirilganiga qaraganda ancha kam bo’ladi. Binobarin, MyullYer mimikriyasida himoyalangan ikkita yoki bir nechta organizm taShqi tomonidan bir-biriga o’xShaydi, natijada mimikriya halqasi hosil bo’ladi. CHunonchi, Janubiy AmYerikaning ba’zi yerlarida birgalikda yaShaydigan kapalaklarning Danailoe, Neotropidae, Heliconidal, Acralinae oilalarida o’zaro taqlid qiliSh xususiyati mavjud. Albatta, bu kapalaklarni yeb bo’lmasligi haqida quShlarda Shartli refleks hosil bo’lguncha, har bir turdan mahlum miqdordagi organizm nobud bo’ladi. Lekin o’zaro taqlid qiliSh mavjudligi tufayli har bir turdan qirilgan organizmlar soni anchagina kam bo’ladi. Arilar ko’pchilik turining tanasi qora va sarg’iSh rangda bo’ladi. Ko’p asalarilarda ham Shunday ranglarni ko’riSh mumkin. Binobarin, ular ham mimikriya halqasini hosil qiladi. Organizmlar orasida keng tarqalgan xilma-xil rang va Shakllarning asosiy kategoriyalari ana Shulardan iborat.
Morfologik moslaniSh bilan bir qatorda fiziologik moslaniSh ham mavjud bo’lib, u tana tempYeraturasining, qonda tuz va qand kontsentratsiyasining turg’un holda saqlaniShiga qaratilgan. Fiziologik moslaniSh dinamik va statik xillarga bo’linadi. Dinamik moslaniShda organizm Shaxsiy hayotining turli bosqichlarida atrof-muhitdagi tuz, namlik, tempYeratura o’zgariShlariga nisbatan moddalar almaShinuvi birmuncha o’zgargan holda o’z turg’unligini saqlaydi. Statik moslaniSh fiziologik turg’unlikni saqlaShga qaratilgan. Agar statik moslaniShda fiziologik turg’unlik ro’y bYersa, aksincha, dinamik moslaniShda moddalar almaShinuvini o’zgartiriSh orqali taShqi muhitning salbiy tahsiri kamaytiriladi.
Bioximiyaviy moslaniSh fYermentlar yordamida hujayra, organlar, organizmdagi bioximiyaviy reaktsiyalarning tartibga soliniShiga asoslanadi. Oqsillar, uglsvodlar, yog’larning va boshqa organik kislotalarning sintezlaniShi, parchalaniShi orqali moddalar almaShinuvining boshqariliShi bioximiyaviy moslaniShga misol bo’ladi. Bioximiyaviy moslaniShlar taShqi muhit omillariga bog’liq holda har xil kechadi. CHunonchi, quruqlikda yaShaydigai umurtqasizlar, sudraluvchilar, sut emizuvchilarda ammiak siydik kislota holida taShqi muhitga ajraladi, suvda yaShaydigan hayvonlarda nafas oliSh davrida butun tanasi orqali ajralib, suv bilan tezda yuvilib ketadi. Etologik moslaniSh umurtqasiz yuksak va umurtqali hayvonlar taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatilib, hayvon xatti-harakatining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bunga oziq topiSh va to’plaSh, yirtqichlardan himoyalaniSh, ob-havo noqulay kelgan vaqtda o’zini panaga oliSh, jinsiy qo’ShiliSh davridagi xatti-harakatlar, jinsiy qo’ShiliSh, naslni himoya qiliSh kabi moslaniShlar kiradi. Etologik moslaniSh tug’ma va yaShaSh davrida orttirilgan bo’ladi.
D. K. Belyaev ma’lumotiga ko’ra, yirtqich hayvonlarda hurkovchanlik, xuShko’rmaslik kabi xatti-harakatlar tug’ma bo’lib, genetik zaminga ega. YaShaSh davrida orttirilgan moslaniShlar Shartli reflekslar Shaklida bo’lib, u hayvon organizmining atrof muhitga yaxShiroq moslaniShiga imkon beradi. Organizmlarning moslaniShidan taShqari, tur doirasidagi moslaniShlar ham mavjud. Ularga kongruentsiya, mutabillik, tur ichidagi polimorfizm, populyatsiyadagi organizmlarning zichligi, miqdori hamda nasl bYeriSh darajasi kiradi. Kongruentsiya turning urchiShi va mavjudligini tahminlovchi individning bir qancha morfofiziologik va xatti-harakat belgilaridir. Turning urchiShi uchun reproduktiv kongruentsiya muhim ahamiyatga ega. Reproduktiv kongruentsiyaning bir qismi urchiSh bilan bevosita bog’liq. Yerkak va urg’ochi organizmlarning jinsiy organlarini bir-biriga, Shuningdek, ona organizmning o’z bolasini sut bilan boqiShga mosligi Shular jumlasidandir. Reproduktiv kongruentsiya urchiSh bilan bilvosita bog’liq bo’liShi ham mumkin. Bunga boshqa jinsni topiShga yordam bYeruvchi signallar kiradi, ular ko’riSh, tovuSh, hid biliSh Shaklida bo’ladi.
Ko’riSh signallari ko’riSh organi yaxShi rivojlangan sut emizuvchilar, quShlar, haSharotlarda va o’rgimchaksimonlarda uchraydi. Ko’riSh orqali Yerkak va urg’ochi organizmlar, har xil turga kiruvchi organizmlar bir-biridan farq qilinadi va o’z turidagi boshqa jinsga mansub organizmlar orasidan tanasining Shakli, rangi, harakati, turiga qarab o’ziga joy tanlaydi. Hayvonlar o’z juftini topiShda tovuSh signali ham muhim ahamiyatga ega. CHunonchi, ba’zi quShlarning Yerkaklari (masalan, bulbul, kanareyka, bedanalar) xilma-xil tovuShi bilan urg’ochilarini, chigirtkaning urg’ochisi chirillaSh orqali Yerkagini o’ziga jalb qiladi. CHivin, paShShaning Yerkaklari qanotini tez-tez qoqiShi tufayli chiqarilgan tovuSh hisobiga urg’ochida jinsiy qo’zg’aliShni uyg’otadi. Boshqa hollarda Yerkak yoki urg’ochi hayvon tanasidan ajralgan hid ham o’z juftini topiShda signal vositasini o’taydi. Masalan, tungi kapalaklarning urg’ochisi tanasidan ajralgan hid uchuvchi modda — fYeromon Yerkak kapalakni bir necha yuz metr naridan ham o’ziga jalb qiladi. Sut emizuvchilar sinfining vakillari bo’lgan juft tuyoqlilardan bug’ular, kiyiklar, itsimonlar (bo’ri, tulkilarning urg’ochisi) jinsiy qo’ShiliSh davrida alohida hid ajratiSh yo’li bilan Yerkaklarini o’ziga jalb qiladi. Reproduktiv kongruentsiya jinsiy qo’ShiliSh oldidan Yerkak organizm tomonidan urg’ochini jalb qiliSh uchun bo’lgan turli tana harakatlari «o’yin»larda ham kuzatiladi. Ular ayniqsa o’rgimchaklar, baliqlar, quShlar, sut emizuvchilarning ko’pgina turlariga xos. Masalan, yovvoyi o’rdakning Yerkaklari jinsiy qo’ShiliSh oldidan 12 ta tana harakati «o’yin» ko’rsatiShi kerak. Turuxton deb ataladigan quShlarning juftlaShiSh davridagi xatti-harakati nihoyatda qiziq. JuftlaShiSh vaqtida ular daryo, ko’llar yaqinidagi vodiylarda to’planadi va urg’ochilari bilan qo’ShiliSh uchun Yerkaklari o’rtasida qattiq jang bo’ladi. Jannat quShlari, argus qirg’ovuli va tuyaquShlarda esa Yerkaklari chiroyli patlarini yoyib tovlanadi va turli tana harakatlari — «o’yin» qilib, urg’ochlariga o’zini ko’z-ko’z qiladi. Bu xatti-harakat to ularning birortasi urg’ochi tanlaguncha davom etadi. Ajablanarlisi Shundaki, ba’zi bir o’rgimchaksimonlar va parrandalarnnng urg’ochilari ana Shunday «o’yin»ni maromiga keltirib bajarmagan Yerkaklari bilan juftlaShmaydi. YaShaSh uchun kuraShda va urchiShda g’olib chiqiSh uchun organizmlarning xilma-xil to’dalaniShi — koopYeratsiya ham nihoyatda katta ahamiyatga ega. KoopYeratsiya ayniqsa guruh bo’lib yaShaydigan asalari, ari, chumolilar, quShlar, sut emizuvchilarda ko’p uchraydi. Organizmlarning urchiShi va yaShab qoliShi reproduktiv koopYeratsiya bilan uzviy bog’liq. Odatda, sudralib yuruvchilar, quShlar, sut emizuvchilar ayrim turlarining Yerkaklari qo’ShiliSh oldidan maxsus joyga to’planadi va urg’ochisi uchun ular o’rtasida qattiq kuraSh boradi. Ana Shu kuraShda g’olib chiqqan Yerkak organizmlar urg’ochi bilan qo’Shiladi. Bu esa kelgusida baquvvat nasl qoldiriSh imkonini beradi. CHunonchi, ayiqlarni olib ko’raylik. KuyikiSh vaqtida bir populyatsiyaga mansub ayiqlar bir-biri bilan qo’ShiliShga intiladi va keng tYeritoriyada tarqalgan individlar endilikda zich guruhlarni hosil qiladi. Odatda, guruh markazida urg’ochi ayiq bilan qo’ShiliShga intilgan Yerkak ayiq joy oladi. Uning yonida boshqa subdominant yirik Yerkak ayiqlar tYerritoriyasi bo’ladi. Ularga yaqin, lekin unchalik katta bo’lmagan maydonda urchiShga qatnaShmaydigan Yerkak ayiqlar o’rin oladi. Yerkak ayiqlar guruhi tarqalgan tYerritoriyada urg’ochi ayiq 1—2 yoShli ayiqchalar bilan yaShaydi. Jinsiy qo’ShiliSh vaqtida Yerkak ayiq urg’ochi ayiq bolalarini nobud qiliShi mumkin. SHu sababli yoSh ayiqchalar Yerkak ayiqdan juda qo’rqadi. Bularning hammasi Yerkak ayiq urg’ochi ayiqqa yaqinlaShuvida birmuncha qiyinchilik tug’diradi.
Tulkilarga kelsak, qo’ShiliSh davrida urg’ochi tulki atrofiga Yerkak tulkilar to’planadi. Ular o’ta harakatchan bo’ladi, sakraydi, o’ynaydi, dumini harakatlantiradi, bir-birini tahqib qiladi. Agar bunday xatti-harakat g’oliblarni aniqlaSh imkonini bYermasa, Yerkak tulkilar o’rtasida qattiq kuraSh boShlanadi. SHundan so’ng g’olib Yerkak tulki urg’ochi tulki bilan qo’ShiliSh imkoniga ega bo’ladi.
O’simliklarning bir turga mansub formalarining birgalikda rivojlanishi ularning Shamol, haSharotlar orqali changlaniShiga yordam beradi. YoSh nihollarning birgalikda rivojlanishi yaShaSh uchun kuraShda katta afzallikka ega, CHunonchi, chigit uyaga bitta yoki ikkitadan ekilsa, ko’p hollarda yoSh nihol qatqaloqni yorib, yer yuzasiga chiqolmay nobud bo’ladi. Sabzi, bug’doy siyrak ekilsa, yoSh nihollarning ko’pchiligi yetarli urug’ hosil qilmaydi. Reproduktiv koopYeratsiya quShlar bilan sut emizuvchilar yoSh organizmlarni boqiShi va himoya qiliShida ham mahlum rolg’ o’ynaydi.