Jadval.Genotiplardagi tanlaniSh koeffitsienti (S) ni aniqlaSh
Ayniqsa, katta populyatsiyalarda retsessiv mutatsiyalardan halos bo’liSh qiyin, chunki bunday getYerozigota formalarning o’zaro qo’Shilib, gomozigota holatga o’tiSh imkoniyati cheklangan bo’ladi. TanlaniSh samarasi ko’p jihatdan tanlanayotgan belgi (gen)ning populyatsiyadagi kontsentratsiyasiga ham bog’liq. Mabodo biror populyatsiyada tanlanayotgan gen kontsentratsiyasi oz yoki ko’p bo’lsa, u tanlaniSh tahsiriga juda sekinlik bilan bYeriladi. Agar gen kontsentratsiyasi o’rtacha bo’lsa, unga tanlaniSh kuchli tahsir etadi.
Binobarin,tabiiy tanlaniSh tushun chasiga populyatsion genetika nuqtai nazaridagi yondaShiSh tabiiy Sharoit dagi tanlaniSh qanday tezlikda borayotganligini va qanday samara bYerayotganligini tahlil qiliShga imkon beradi.
Tabiiy tanlaniShning xilma-xil tahsirini o’rganiSh jarayonida uning asosiy formalarini ajratiSh zaruriyati tug’ildi. Klassik evolyutsion tahlimot vakillari o’z diqqat-ehtiborlarini organizmlarning mahlum hayot Sharoit iga moslaniShini o’rganiShga qaratdilar. Lekin organizmlarning turlicha hayot faoliyati (oziqlaniSh, himoya vositasi, urchiSh usuli, nasl uchun qayg’uriSh va hokazolar)da o’z ifodasini topadigan, xususiy moslaniShlar bilan bog’liq bo’lgan tabiiy tanlaniShning ko’p formalari mavjud. Tabiiy tanlaniShning bevosita, bilvosita, aktiv, passiv, individual, jinsiy, oilaviy, koloniyali va boshqa formalari ham bor.
Populyatsion genetika rivojlanishi bilan tabiiy tanlaniShni o’rganiSh jarayonida asosiy ehtibor populyatsiya va turning genetik tuziliShi o’zgariShiga qaratildi. Natijada tabiiy tanlaniSh populyatsiyaning genetik strukturasini o’zgartiradigan evolyutsiyaning boShlang’ich omili sifatida talqin qilina boShladi. SHunga ko’ra, hozirgi vaqtda tabiiy tanlaniShning 4 turi: 1) harakatlantiruvchi; 2) stabillaShtiruvchi; 3) dizruptiv; 4) destabillaShtiruvchi turlari farqlanadi.
Xarakatlantiruvchi tanlaniSh. Tabiiy tanlaniShning bu turi populyatsiyadagi irsiy o’zgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi, belgi-xossalarning o’rtacha mohiyatining siljiShiga imkon yaratadi. Harakatlantiruvchi tanlaniSh o’zgargan Sharoit da moslaniSh ahamiyatini yo’qotgan eski reaktsiya normasi o’rniga yangi reaktsiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkamlaydi. Buning oqibatida kelgusi bo’g’inlarda oldingi bo’g’inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Binobarin, optimum moslaniSh o’rtacha darajadagi fenotip formalarning emas, balki keskin o’zgargan chetki formalarning tanlaniShi orqali ro’yobga chiqadi. TanlaniShning bu formasi belgi-xossalar eski individlar o’rniga muhit Sharoit iga moslaShgan yangi individlar vujudga keltiriShi bilan xaraktYerlanadi. Harakatlantiruvchi tanlaniSh natijasida belgi-xossalar kuchayiSh yo susayiSh tomonga qarab o’zgaradi.
Tabiiy tanlaniShning bevosita yoki bilvosita tahsiriga doir Darvin keltirgan ma’lumotlarning hammasi tanlaniShning harakatlantiruvchi turiga mansub. CHunonchi, organizmlarda biror organning funktsional jihatdan kerak bo’lmasligi, tabiiy tanlaniSh natijasida uning reduktsiyalaniShiga sabab bo’ladi. Ba’zi bir quShlar, haSharotlar qanotining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g’orlarda yaShovchi hayvonlarda ko’zning, parazit o’simliklarda ildiz va bargning yo’qligi harakatlantiruvchi tanlaniSh tahsiri natijasidir. Binobarin, muhit Sharoit ining asta-sekin o’zgariShi tufayli tabiiy tanlaniShning bu turi fenotip va genotip jihatdan yangi formalar hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo’liShi va organik olamdagi evolyutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |