Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni. Mustaqil ishlash uchun talabalarga evolyutsion ta’limotga oid ma’lumotlar mavjud bo’lgan turli adabiyotlar tavsiya etiladi. Mustaqil ishlash uchun beriladigan mavzular va ishlar individual xarakterda bo’lib, talabalarning tirik organizmlar evolyutsiyasini yanada chuqurroq o’rganishga qaratilgandir. Tavsiyalar individual talabga asoslanadi va joriy, oraliq nazorat shaklida yoki referat hamda muloqot tarzida topshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash:
amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish:
yangi texnikalar, texnologiyalar bilan ishlashni o’rganish;
talabaning o’quv-ilmiy –tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va avzularni chuqur o’rganish:
faol va muammoli o’qitish uslublaridan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari:
masofaviy ta’lim.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzular ruyxati:
1. O’simliklar evolyutsiyasining bosqichlari. O’simliklar evolyutsiyasining o’ziga xos xususiyatlari.
2. Hayvonlar evolyutsiyasi: a) sodda va tuban ko’p hujayrali hayvonlar evolyutsiyasi, b) halqalilar va hasharotlar evolyutsiyasi, v) xordalilar evolyutsiyasi, g) amfibiyalar evolyutsiyasi, d) reptiliyalar evolyutsiyasi,
e) qushlar evolyutsiyasi, yo) sut emizuvchilar evolyutsiyasi.
3. Mikroorganizmlar – genetik va evolyutsion tadqiqotlar ob’ekti sifatida.
4. Viruslar evolyutsiyasi.
5. Tur hosil bo’lish: a) irqlar va turlar, b) alohidalovchi mexanizmlar,
v) ekologik tabaqalanish, g) geografik tur hosil bo’lish,
d) tur hosil bo’lishning boshqa usullari.
6. Makroevolyutsiya: a) makroevolyutsiyaning tabiati, b) yo’naltirilgan evolyutsiya,
v) ixtisoslanish, g) evolyutsiyaning tezligi, d) molekulyar darajadagi o’zgarishlar, ye) yirik guruhlar evolyutsiyasi.
7. Odam evolyutsiyasining asosiy omillari.
8. Evolyutsion ta’limotning nazariy, amaliy va ijtimoiy ahamiyati.
9. Atrof-muhit va inson salomatligi