FAN BO’YICHA GLOSSARY 1. Tur- barcha tirik organizmlar sistemasining negizini tashkil etadi. Eng yaqin turlar urug`larga
birlashtiriladi. Ilmiy sistemada tur ikki nom — urug`ning va turning nomi bilan ataladi. Urug`lar
oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar esa sinflarga birlashtiriladi.
2. Tip —eng oliy sistematik kategoriya. Har bir tipga kiruvchi guruhlar umumiy tuzilishi bo`yicha
boshqa tipdagilardan farq qiladi.
3. Vegetativ- o`suvchi hujayra
4. Generativ- ko`payuvchi hujayra
5. Simbioz- hamkorlikda birga yashash
6. Bilaterial - ikkiyoqlama simmetriyali hayvonlar
7. Germafrodit - organizmida bir vaqtning o`zida urg`ochilik va erkaklik jinsiy organlari bo`lgan
hayvonlar
8. Polimorfizm- poli - ko`p, morfo - shakl, ko`rinish
9. Partenogenez- partenos bokiralik, qizlik, genezis ko`payish
10. Postembrional- tuxumdan chiqqandan keyingi rivojlanish
11. Anamorfoz yoki bevosita rivojlanish - rivojlanish hech qanday o`zgarishsiz
12. Areal(maydon, makon) – o’simlik va hayvonlarning biror turi, oilasi yoki turkumi tarqalgan
geografik hudud.
13. Biogeagrafiya– tirik organizmlar (mikroorganizmlar, zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlar)
jamoasi va ular komponentlari (tur, avlod, oila, va bosh) ning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini
o’rganuvchi fan.
14. Dimorfizm– bir turga mansub bo’lgan organizmlarda morfo-fizyologik belgilar bilan birbiridankeskin farq qiladigan shakllarning mavjud bo’lishi. Jinsiy dimorfizm hayvonlar orasida
keng tarqalgan
15. Instinkt (uyg'onish, qo'zg'alish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bittj turi uchun xos bo'lgan
murakkab irsiy hatti-xaraktalari majmui. U har bir turda o'ziga xos ko'rinishga ega bo'ladi va
nasldan-naslga o'tadi.
16. Kosmopolit — yer yuzining hayot mavjud bo'lgan katta qismida uchraydigan O'simlik va
hayvonlar turi yoki boshqa taksonlari. Kosmopolit hayvonlarga shahar chumchug'i, qirg'q
qaldirg'ochi, skopa, kulrang kalamush, suvaraklar va boshqalarni ko'rsatish mumkin.
17. Metamorfoz - hayvonlarda organizmning postembrional rivojlanish davridagi tub o'zgarishlar.
Masalan, itbaliqning baqaga aylanishi yoki hasharotlar lichinkasining yetuk individ (imoga)ga
aylanishi.
18. Ontogenez — organizmning individual rivojlanishi. Bunga organizmning paydo bo'lishidan,
hayotining oxirigacha ketma-ket yuz beradigan morfologik, (izioiogik va biokimyoviy
o'zgarishlar majmui kiradi.
19. Filogenez (filogeniya) — tirik organizmlar hamda ular toksonomik guruhlari (olam, tip (bo'lim),
sinf, tur, turkum, oila, avlod va turlari)ning tarixiy taraqqiyoti.
20. Shajara (daraxt, geneologiya) — odam va hayvonlarning kelib chiqishi, ajdodlari va qonqarindoshlik aloqalari majmui.
21. Evolyntsiya — tirik organizmlarning tarixiy o'zgarishi. «Evolyutsiya» termini filogenez
terminining sinonimi sifatida ham qo'llaniladi.
22. Embriologiya~ embrion (murtak, pusht)ning hosil bo'lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini
o'rganuvchi fan tarmog'i. Odam va hayvonlar embriologiyasi hamda o'simliklar embriologiyasi
farqlanadi.
23. Embrion (murtak, pusht) — dastlabki taraqqiyot bosqichidagi hayvon organizmi.
24. Endemiklar(mahaliy) — tarqalishi nisbatan kichik hudud bilan cheklangan o'simliklar va
hayvonlar oilalari, avlodlari, turlari va boshqa taksonlari.
25. Etologiya - hayvonlarning xatti-harakatini o'rganadigan biologiyaning bir bo'limi.
26. Paleobotanika – o’tgan geologik davrlarda yashagan, hozirda faqat qazilma holda mavjud
o’simliklarning tuzilishi, sistematikasi, geografiyasi va hayotini o’rgatadigan fandir.
27. Biotop-bir-biriga yaqin organizmlarning yashashi uchun mos keladigan maydon.