8-mavzu:
BOShQARUV USULLARİ VA ULARNİNG TAVSİFLANİShİ
Reja:
1. Boshqaruv usullari
2. Boshqaruvning iqtisodiy usullari
3. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usuli
4. Boshqaruvning ijtimoiy -ruhiy usullari
Tayanch iboralar: iqtisodiy
vositalar, boshqarish usullari, sotsiologiya, psixologiya,
huquqiy usullar, tarbiyaviy usullar, markazlaishagan tamoyil,
ijtimoiy javobgarlik, nizo,
asabbuzarlik.
Boshqaruv usullari
Boshqaruv usullari bu boshqaruv subektining boshqaruv obektiga maksadli yo’naltirilgan
tasir o’tkazish usullari, yani boshqaruvchining o’zi boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga
qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyatini uyg’unlashtirishni taminlashdir.
Boshqaruv usullari vositasida iktisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga
moddiy, moliyaviy,
energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga
erishish maqsadida tasir etiladi. İshlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari
mukammalligi va to’g’ri shakllanligi bilan uzviy bog’liqtsir.
Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv konun va tamoyillari
bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga tasir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun
bozor iqgisodiyoti sharoitida boshqaruv obektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilargina eng
maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning
mohiyati shundaki, boshqaruv usullari
bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir.
Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar tasirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va
ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohotlarni amalga oshirish, xalq
xo’jaligining texnikaviy taminlanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy
islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi.
İchki omillar jumlasiga: yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish
uyg’unlashuvini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida
uning bir guruhtsan
ikkinchisiga o’gkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi o’zgarishi; mehnatning texnika
bilan taminlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning
mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (tarmoqli rejalashtirish va boshqarish;
ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni
avtomatlashtirilgan
tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin.
Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tasir etuvchi ishlab chiqarish
usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. İqtisodiyot
muvaffaqiyatli rivojlanishida boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega.
Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning malum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari
orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha
boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, tsex, korxona, birlashma, mintaqani
boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini
boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek,
turli subektlar tomonidan
qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat
tashkilotlarini boshqarish usullaridir. YOki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan
boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni
ham ko’zda tutish lozim.
Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish
uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu erda so’z vazirliklar,
assotsiatsiyalar, aktsiyadorlar jamiyati,
davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida so’z boradi.
Nihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar,
bo’limlarning boshliqlari tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Demak, boshqaruv nazariyasi va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular
boshqaruv usullarining har bir guruhi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan.
Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy,
ijtimoiy, ruhiy va xuquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir,
shu sababli ularning
birortasiga ortiqcha ahamiyat berilsa butun ishlab chiqarishning meyoriy borishi buzilishiga olib
keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Dostları ilə paylaş: