İnson faoliyati muayyan rag’batlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, malum maqsadga
erishishga qarashlgandir. Rag’batlantiruvchi omil — maqsad munosabati inson faoliyati o’zagidir.
Umumiy manoda rag’batlantiruvchi omil, bu —insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil
bo’lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xohlagan narsadir.
Rag’batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada uzoq va qisqa
rag’batlantiruvchi omil farqlanadi. Agar inson faoliyatini rag’batlantiruvchi omil va o’z oldiga
qo’ygan maqsad yaqin kelajakka mo’ljallangan bo’lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq
istiqbolni qamrab olsa uzoq muddatli deyiladi. Rag’batlantrivchi omil darajasi bilan insonning
mehnatga, yutuq va muvaffaqiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog’liqdir. Faqat uzoq
muddatli rag’batlantruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir.
Rahbarga xos bo’lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillarni
yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu, vazifani bajarishga qiziqtira olishdir.
Bu ayniqsa, biror
korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda
muhimdir. Rahbar ishini kim, qachon, qaysi skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishni
o’rgangan, kim noto’g’ri chalishi mumkinligi, kimni qaysi erga qo’yish kerakligini bilishi lozim
bo’lgan dirijyor mehnati bilash solishtirish mumkin.
Kishi ruhiy xususiyatlarining u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan
qoniqmaslik uni o’zgartirishga harakat qilishga, xato qilish extimoli ortishiga
va natijada mehnat
unumdorligi pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson o’z qobiliyatini to’liq namoyon qila
oluvchi ish bilan band bo’lsa, u o’z mehnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat
unumdorligi yuqori bo’ladi.
İnson uchun faqat moddiy rag’bat muhim deb hisoblash noto’g’ri. Unga juda ko’p narsa
katta umumiy ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mehnat orqaly namoyon etish, o’z malakasi
bilan g’ururlanishi, o’rtoqlari hurmatiga sazovor bo’lish va h.k.lar ham muhimdir. Ko’pchilik
kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas,
mamlakat iqtisodiyotiga qo’shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini takidlaydilar.
1. İzlanishlar mehnat, mehnatga nisbatan munosabatga tasir etuvchi rag’batlantiruvchi
omillar quyidagi tartibda taqsimlanishini ko’rsatdi: mehnatning mohiyati, ish haqi, yuqori
lavozimga ega bo’lish
imkoniyati, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, mamuriyatning
ishchiga nisbatan munosabati.
Dostları ilə paylaş: