Boshqaruv texnikasi tushunchasi va turlari
Boshqaruv texnikasi — bu aqliy mehnat texnikasi, boshqaruv tizimida axborotni qayta
ishlash texnikasi. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo’lsa boshqaruv texnologiyasi,
boshqaruv mehnatini tashkil etish va butun boshqaruv jarayoni shunchalik samarali bo’ladi.
Xisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar
arifmetik operatsiya bajarishi zarur bo’lsa, boshqaruv xodimlari 10 ta, yani 10 ming marta kam
operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun
boshqaruv mehnatini takomillashtirish, axborot to’plash va qayta ishlashni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish zarur. Boshqaruv texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog’lash
noto’g’ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil avval paydo bo’lgan ruchka, chizg’ichdan tortib
EHM va kompyutergacha bo’lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
orgtexnika va hisoblash mashinalari.
Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot
olish va qayta ishlash, ko’chirish, ko’paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat
ko’rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Boshqaruv mehnati
turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va
boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng so’nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika
vositalari (qalam va chizg’ich) o’rnini to’liq bosa olmaydi. qulay, oddiy chidamli bu vositalar
texnika vositalari singari juda muhimdir. Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash
bosqichlari bo’yicha guruxlarga ajratish mumkin. Bu avvalo yozuv vositalari (qalam, ruchka,
mo’yqalam, trafaret), tasvir vositalari (jadval, diafamma, nazorat va nozirlik jurnallari, marshrut
sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka, pefokarta va h.k.), axborot qabul
qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, o’lchov vositalari, ko’chiruvchi
mashinalar), aloqa vositalari (telefon, ATS, rahbar va dispecher kommutator, radio aloqa, radiofon,
signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna,
metall), boshqaruv mashinalarida qo’llaniladigan axborot uzatuvchilar (magnit lentalari, disklar,
qog’oz).
Dostları ilə paylaş: |