ishlaydi. Korxona ishlab chiqarish, ijtimoiy faoliyati, mehnatga haq to’lash mehnat jamoasi
tomonidan ishlab topilgan mablag’ hisobidan amalga oshiriladi. Korxona xarajatlarni ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotishdan qilgan daromad hisobidan qoplaydi.
Korxonaningtenghuquqli egasi bo’lgan mehnat jamoasi ishlab chiqarish va ijtimoiy
rivojlanish masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi. Korxona faoliyatida erishilgan yutuq va
ko’rilgan zararlar korxona sof foydasi darajasida, har bir ishlovchi farovonligida aks etadi. Kam sarf
qilib, eng yaxshi mahsulot ishlab chiqarish va uni bozorda sotishni taminlay oladigan korxona katta
foydaga erishadi va ishlab chiqarish hamda ijtimoiy rivojlanish, mehnatga haq to’lash sohasida
imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Samarali mehnat qiluvchi, istemolchi va jamiyat uchun zarur, yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi, doimo xarajatlarni qisqartirish yo’llarini izlovchi, mahsulotni
arzonlashtirishga harakat qiluvchi korxona yaxshi foyda, yaxshi ish haqiga ega bo’ladi, o’z mehnat
sharoiti va turmush farovonligini yaxshilashga erishadi.
Bozor iqtisodiyoti yillar davomida rivojlanishga harakat qilmaydigan, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish ustida bosh qotirmaydigan, istemolchi uchun zarur mahsulot ishlab
chiqarishga intilmaydigan, o’z faoliyatiga xo’jasizlarcha, javobgarlikni
xis qilmagan holda
munosabatda bo’ladi, intizomsiz, tartibsizlarga nisbatan keskin munosabatda bo’ladi. Yaxshi
ishlaydigan, umumiy yaxshi ishlashga harakat qiladigan bozor iqtisodiyotida sharoitida o’z
qobiliyati, tashabbuskorligi, ijodkorligini namoyon qilish uchun keng imkoniyat yaratadi. Bozor
ijodkor, unumli, samarali mehnatni taqdirlab, xafsalasizlarni pul bilan jazolaydi.
Korxonaning asosiy vazifasi - ijtimoiy ehtiyojlarni yuqori istemol sifatlariga ega bo’lgan
mahsulotlar bilan kam sarf qilib taminlanishi, buning asosida bugun jamoa farovonligi, korxona
mulki egasi manfaatlarini taminlashga erishishdir. Bu vazifani amalga oshirish yo’lida korxona
quyidagilarga erishishi lozim:
- ishlab chiqarishning rivojlanishi va samaradorligi ortishi; uni har tomonlama
jadallashtirish, fan-texnikani taraqqiy ettirish,
mehnat unumdorligini oshirish, resurslarni tejash,
foydani ko’paytirish;
- jamoani ijtimoiy jihatdan rivojlantirish, ijtimoiy sohaning zamonaviy moddiy asosini
shakllantirish,
yuqori unumdor mehnat uchun imkoniyatlar yaratish, mehnatga qarab taqsimot
tamoyilini amalga oshirish, atrof muhitni himoya qilish va yaxshilash;
- mehnat jamoasining o’z-o’zini boshqarishi, har bir ishlovchini davlat, jamoa, xususiy
mulqdan haqiqiy mulkdor sifatida foydalanishga qiziqtirish, shuningdek, ularda jamoa va davlat
ishlariga qiziqish uyg’otish.
Dostları ilə paylaş: