Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar
Umumiy falsafiy va iqtsodiy qonunlardan to’g’ri foydalanilgan
holdagina iqtisodiyotni
muvaffaqiyatli boshqarish mumkin. Umumiy falsafiy qonunlar tasiri iqtisodiy amaliyotda iqtisodiy
rivojlanishning qonuniyatlari va yo’nalishlarini aniqlash shaklida namoyon bo’ladi. İshlab
chiqarishni boshqarishdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlar fani umumiy falsafiy hamda iqtisod
nazariyasi umumiy qonunlariga bo’ysunadi.
Quyidagi materialistik dialektika qonunlary umumiy falsafiy qonunlardir.
1. Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni narsa va hodisalarning
miqdor va sifat jihatlarini o’zaro bog’liqligi va tasirini tavsiflaydi.
2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni
harakatlantiruvchi kuch, o’z-o’zidan
harakat qilib amalga oshuvchi rivojlanish manbaini ko’rsatadi.
3. İnkorni inkor qonuni uzluksiz rivojlanish va takomillashish yo’nalishini belgilaydi.
Eskini narsani inkor etmay, rivojlanishga erishib bo’lmaydi. İnkor natijasida yangi narsa uchun joy
ochiladi. Shuning uchun inkor yangi bilan eski tutashgan vaqtdir.
Bozor munosabatlari sharoitida menejment eski buyruqbozlik shakl va uslublarini inkor etib,
ularni ilmiy asoslangan yangilari bilan almashtiradi.
4. İjtimoiy borliq ijtimoiy ongga nisbatan birlamchi ekanligani
belgilovchi qonun mehnat
jamoasi, alohida mehnatchi hayotining birlamchi ekanligini ko’rsatadi. Boshqaruv
umumlashtirishida zarur bo’lgan ijtimoiy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarning
bu qonun amal
qilishini hisobga olmay aniqlanishi mumkin emas.
5. İshlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga nisbatan belgilovchi
ekanligini ifodalovchi qonun boshqaruv uchun katta ahamiyatga ega. Aynan boshqaruv vositasida
ishlab chiqarishning ikki tomoni - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
aloqasi yuz beradi.
Falsafaning yuqorida sanab o’tilgan va boshqa qonunlari menejment
metodologiyasi asosini
tashkil etadi va menejment markaziy kategoriyalar bo’lib, uning kontseptsiyasi birligini
mustahkamlash, barcha kategoriyalar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashga imkon yaratadi.
İqtisodiyotni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar etakchilik qiladi. İnsonlar mehnatini
erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshqaruv tizimi maqsadlarini aniq belgilash,
ularni
amalga oshirish yo’llarini izlash, erishilgan natijalarga baho beriish, iqtisodiy samaradorlikda aks
etuvchi iqtisodiy qonunlarning talablarini aniq hisobga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: