O’zbekiton respublikasi oliy va o’rta talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qaraqolpoq davlat universiteti



Yüklə 405,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/53
tarix19.01.2023
ölçüsü405,43 Kb.
#79741
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
 
Xulosa 
1. Korxona yuridik shaxs xuquqiga ega bo’lgan, mustaqil xo’jalik yurituvchi subektdir. 
2. Korxona faoliyatining xaridor va istemolchilar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalari 
tashkil etadi. 
3. Korxonaning bosh vazifasi uning ish va xizmatlarida, mahsulotlarida jamoa talabini 
qondirishdir. 
4. Korxona faoliyati korxona tasischilari tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga 


oshiriladi. 
5. Korxona, mustaqil ravishda foydalanish xuquqiga ega bo’lgan korxona mulkining asosiy 
va aylanma fondini tashkil etadi. 
6. Korxona xo’jalik mexanizmi, bu - xo’jalik shakli, uslubi va tamoyillari. 
7. Yangi xo’jalik mexanizmining shakllanishi boshqaruvning butun tizimi islohotlarisiz 
mumkin emas. 
Savollar 
1. Bozor iqtisodiyotida korxonaning qanday turlari mavjud? 
2. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qanday amalga oshiriladi? 
3. Korxonani yaratish va qayd qilish tartibini gapirib bering. 
4. Korxona mulki qanday unsurlardan tashkil topgan? 
5. Korxona xo’jalik mexanizmi deganda nimani tushunasiz? 
 
 
 
 
 


4-mavzu: MENEJMENT NAZARİYaSİ VA AMALİYOTİNİNG RİVOJLANİShİ 
Reja: 
1. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi
2. Menejmentning turli xorijiy maktablari 
3. Menejment nazariya va amaliyotining Rossiadagi rivojlanishi 
4. Menejment rivojlanishida yangi bosqich 
Tayanch iboralar: nazariya, amaliyot, ilmiy boshqarish maktabi, boshkarishda klassik 
maktablar, insoniy munosabatlar maktabi, mulk ilmiy maktabi, islohot, xo’jalik yuritish, mamuriy 
maktab, konventsiya 
Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi 
Xorijiy menejment monopol kapitalizm davrida vujudga kelgan. U shakllanishidan oldin 
boshqaruv vazifalarining ajratilishi, unga xos bo’lgan boshqaruv mehnatining tarqalishi, uning 
maxsus nazariy asosi yaratilishiga ehtiyoj o’sishi yuz berdi. 
Menejment nazariyasining asoschilari Teylor, Ford, Gilbert, Emerson, Fayol va 
boshqalardir. Boshqaruv nazariyasining tarixan dastlabki yo’nalishi ananaviy mumtoz maktab 
nomini olgan. Bu maktabning vujudga kelishida amerikalik muhandis va tadqiqotchi Frederik 
Teylorning xizmati katta. Teylor xizmat pog’onasining barcha darajalarini AQShdagi 
Bostlegemdagi yirik metallurgiya korxonasining kichik xizmatchisidan boshqaruvchisigacha 
bo’lgan lavozimlarda ishlagan. U birinchilar qarorida ishlab chiqarishning ayrim jarayonlarini 
tashkil etish hamda butun korxonani boshqarishga ilmiy yondashishni qo’lladi. Uning «korxonani 
ilmiy boshqarish asoslari», «Boshqarishni ilmiy tashkil etishning tamoyil va usullari», «Sanoat 
korxonalarini mamuriy-texnikaviy tashkil etish» kabi mashhur asarlari xorijda chop etilgan, ishlab 
chiqarishni boshqarishni ilmiy tashkil etish bo’yicha adabiyotlarning katta to’plamiga asos soldi. 
Teylor mehnat jarayonlarini maxsus funktsional boshqarish zarurligini asoslab berdi, jismoniy 
mehnat bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etishni tarkibiy unsurlarga ajratib ko’rsatishga 
harakat qilgan. Ularda eskicha tarzda o’lda-jo’lda, pala-partish ishlash mumkin emasligi, har bir 
narsa oldindan o’ylangan, ishning barcha shartlari va usullari oldindan aniq, belgilangan bo’lishi 
aks ettirilgan. 
Teylor kishi aql-zakovatiga katta etibor bergan. Masalan, xona ustasi quyidagi to’qqiz 
sifatga ega bo’lishi kerakligini takidlagan: 
1. Aql-zakovat; 
Muayyan malumot; 
3. İsh tajribasi; 
4. Odob; 
5. ¢ayrat; 
6. Ziyraklik; 
7. Halollik; 
8. To’g’ri fikr yuritish; 
9. Yaxshi salomatlik. 
Shu bilan birga Teylor bu sifatlarning barchasiga to’liq ega bo’lgan kishini topish juda 
mushkul ekanligini aytgan. Ko’pchilik faqat uchta sifatga ega bo’ladi - ular oddiy ish haqi 
to’lanadigan ishga olinishi mumkin. Bu sifatlarning to’rttasiga ega bo’lgan kishi nisbatan ko’p haq 
to’lanadigan ishga olinishi kerak. Beshta sifatni o’zida jam etgan kishini topish ancha mushkul, olti, 
etti, sakkiz sifatga ega kishini topib bo’lmaydi. Agar yuqorida sanab o’tilgan to’qqiz sifatga ega 
bo’lgan kishi topilsa, uni usta lavozimiga emas, boshqaruvchi lavozimiga qabul qilish lozim. Teylor 
ayniqsa ish joylarini tashkil etish. İshlashning maqbul usullarini tanlash, aniq vazifalarni belgilash, 
kishilarni to’g’ri tanlash va ishga qo’yishga alohida axamiyat berardi. U tomonidan ishlab 
chiqarishni boshqarish bo’yicha qator tavsiyalar ishlangan. Masalan, u boshqarish bo’yicha 
faoliyatning 8 ta vazifasini ajratib ko’rsatgan: 


1. İshlarni bajarish va taqsimlash tartibi; 
2. Chizmalar va qo’llanmalarni tuzish; 
3. Vaqtni meyorlash va mehnatga haqto’lash; 
4. İntizomga rioya qilish; 
5. İsh uslublarini belgilash; 
6. Uskunalar ish tartibiga rioya qilish; 
7. Uskunalarni tamirlash va saqlash 
Sifatni nazorat qilish Teylorning funktsional boshqaruv tizimi hozir sanoatd

qo’llanmasa-
da, boshqarish jarayonini funktsional taqsimlash g’oyasidan boshqarishning tartibli (yo’nalishli) 
tizimida ham foydalanadi. Teylor mamuriyat va taminlovchi ijtimoiy jihatlarini hisobga olish 
muhimligini takidlab, bu ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning muhim tamoyillaridan 
biri ekanligini aytgan. U ijtimoiy demagogiya usullarini inkor etmay, ulardan foydalanishni tavsiya 
qilgan. U ishchilar va tadbirkorlar o’rtasida «sinfiy hamjihatlik»ni taminlash, ular o’rtasida 
munozaraga yo’l qo’ymaslik zaruriyatiga tayangan va uni menejmentning eng muhim vazifalaridan 
biri deb hisoblagan. Teylor fikriga binoan, bunday vazifani faqat ilmiy jihatdan tashkil etilgan 
boshqaruv tizimi - menejment nazariyasigina hal etishi mumkin. 
Teylorizm ilmiy boshqaruv harakatini boshlab berdi. Bu harakat AQShni qamrab olib, 
boshqa kapitalistik mamlakatlarga ham yoyiddi. Teylor tizimi ilmiy menejment rivojlanishi uchun 
asos bo’lib xizmat qildi. 
İqtisodiyotni boshqarish sohasining yana bir yirik nazariyotchisi - Garrington Emerson 
(1853-1931) edi. U «Unumdorlikning o’n ikki tamoyili» asarini yozib, bu asarda u birinchi bo’lib 
inson faoliyatini maqbullashtirishga qarashlar tizimini bayon qilib berdi. Emerson quyidagi 
tamoyillarga asoslangan maksimal mehnat unumdorligiga erishish usulini ishlab chiqdi. 
1. Aniq belgilangan g’oya va maqsadlar; 
2. Aqli rasolik; 
3. Asosli maslahat; 
4. Qatiy intizom; 
5. Xodimlarga nisbatan adolatli munosabat; 
6. Markazlashtirish; 
7. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va doimiy hisob-kitob; 
8. Meyor va tartib; 
9. Sharoitni mo’tadillashtirish; 
10.Operatsiyalarni meyorlash; 
11.YOzma standart qo’llanmalar; 
12.Unumdorlik uchun rag’batlantirish. 
O’z xulosalariga qo’shimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif klassik 
kontseptsiyaga salmoqli xissa qo’shadi Saoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini 
o’rgangan yana bir amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) o’z diqqat etiborini 
boshqarishning umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farqli 
G. Cherch tayyor qonun-qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxonalarini boshqarishning 
umumiy nazariy vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko’rsatib berdi. O’zining «İshlab 
chiqarishni boshqarish asoslari» kitobida boshqarish vazifalarining quyidagi tasnifini bayon qilib 
bergan: loyihalashtirish, uskuna bilan taminlash, buyuruvchilik, xisob-kitob va amalga oshirish. G. 
Cherchning ayrim nazariy qoidalari hozirga davrda ham ilmiy va amaliy qimmatga egadir. 
İlmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob-kitob va rejalashtirishning chizma usulini 
ishlabchiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishni maqbullashtirish uchun standart harakatlarni qo’llab 
ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli hissa qo’shganlar. 
Shuningdek menejment nazariyasiga frantsuz muxandisi Anri Fayol muhim hissa qo’shgan, u 
boshqaruv vazifalarini maqbullashtirish — oldindan ko’ra olish, tashkil etish, buyurish, kelishuv
nazorat qilishga tenglashtirgan. 1916 yilda uning «Umumiy va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda 
«Mehnatni ilmiy tashkil etish» va «İjobiy boshqaruv» asarlari chop etildi. Genri Ford ishlab 
chiqarish korxonalarini boshqarishningtashkiliy-texnikaviy tamoyillarini yaratdi. Bu faqat 


boshqaruv texnikasi va tashkil etishning rivojlanishida emas, balki mehnat unumdorligi o’sishida 
ham yangi bosqich bo’ldi. Ford ham Teylor singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga 
erishishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa-da, unga boshqa yo’l bilan erishishga harakat qildi. Teylor 
inson mehnatini tashkil etishga alohida etibor bergan bo’lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab 
chiqarishni takomillashtirishga etibor bergan. 
Shunday qilib, Teylor va uning izdoshlari boshqaruv nazariyasi rivojlanishining boshqaruv 
kontseptsiyasi vujudga kelgan XIX-XX asrlar chegarasida asrimizning 20-yillarigacha davom etgan 
davrni qamrab olgan birinchi bosqich namoyondalaridir. 
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab chiqarish 
extiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar teylorchilikni nisbatan 
moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular boshqarishning ijtimoiy va ruhiy 
jihatlariga etibor berib, ularni ilmiy menejment tarkibiga kiritdilar. 
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy g’oya 
rivjlanishiga hissa qo’shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, İbn Sino (1X-X asr), Xos 
Xojib (XI-XII asr), Amir Temur. İbn Xoldun (XIII-XIV asr), Bobur, Alisher Navoiy (XIV- XV asr) 
asarlarida yoritilgan. 

Yüklə 405,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin