O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə103/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari
Bilim va malakalarni umumlashtirish darslarida ma`lum katta mavzu yoki bo`lim bo`yicha o`zlashtirilgan bilimlar qayta umumlashtiriladi, mavzu yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslarda o`rganilgan bilim, hosil qilingan malakalar tizimga keltiriladi, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash shakllantiriladi.
Ta`lim jarayonida bilimlar o`zaro bog`langan ikki xil darajada: empirik va tushuncha darajalarida umumlashtiriladi. empirik umumlashtirishda urganilaetgan hodisaning his qilingan xususiyatlariga o`zaro taqqoslanadi, ikkilamchi belgilar hisobga olinmaydi, o`xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi. Masalan, 4-sinfda ”Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanilishi” mavzusi o`tilayotganda birlik (qalam) va ko`plik (qalamlar) o`zaro taqqoslanadi,-lar qo`shimchasining boshqa belgilari (hurmat, kesatish, tur ma`nolarini bildirish) hisobga olinmaydi, ular formatning umumiy xususiyati sifatida ko`plik ma`nosi, ko`pchilik ziddi sifatida birlik ma`nosi ajratiladi. Mashg`ulot shu belgilar (ko`plik, birlik) atrofida tashkil etiladi.
Psixologik tadqiqodlardan ma`lumki, bola turli hodisalarni, predmetlarni ularning belgilarini ma`lum tushuncha ostida to`playdi. Psixologiyada bunday bog`lanish ”Lokal assotsiyatsiya” termini bilan yuritiladi. Bolaning turmush tajribasi oshgan sari, u predmetlarni konkret ajrata boshlaydi. Bola ongida hosil bo`lgan lokal assotsiatsiya asta-sekin o`z xusisiyatini yo`qotadi. Ta`lim jarayonida ham Xuddi shu hodisani kuzatish mumkin. O`quvchi biror mavzuni o`rganish paytida unga oid bilimlarni boshqa xodisalardan farqlay olmaydi, mavzuga doir fakt keltirishda qiynaladi. Mavzu bo`yicha etarli fakt to`plab, ular tahlil qilingach, o`quvchi bilimlarni o`z so`zlari bilan erkin ayta oladi, shu mavzu bo`yicha berilgan faktlarni ajrata biladi. O`qituvchining vazifasi shu bog`lanishlarga oid faktlarni tahlil qilish, o`quvchilar bilimini tizimga keltirish, lokal asotsiatsiyalarni umumlashgan bilimlar darajasiga ko`tarishdan iborat. Ko`rinadiki, empirik umumlashtirish tushunchasi umumlashtirishni taqozo etadi. Demak, bilim va malakalarni umumlashtirish darslarining psixologik zamini tushuncha darajasida umumlashtirish hisoblanadi.
Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma`lum xodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o`rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi. Mashg`ulotlarda yuqori darajada abstraktsiyalashni ta`minlaydigan muammo, mashq, savol, topshiriqlardan foydalaniladi.
Tizimga keltirilgan bilimlar fikrlash jarayonidagi izchillikni ta`minlaydigan, o`rganilayotgan hodisalarning mohiyatini chuqurroq anglashga ko`maklashadi. Masalan, 7-sinfda aniqlovchi, o`rganilgach, umumlashitirsh darsi quyidagi savollar atrofida o`tkaziladi: sifatlovchi va qaratgich aniqlovchilarning o`xshash tomonlari va farqlari nimalardan iborat? Izohlovchi qaysi tomondan sifatlovchi aniqlovchiga o`xshaydi? Aniqlovchining barcha turlari (sifatlovchi, qaratgich aniqlovchi, izohlovchi) uchun qanday xususiyat umumiy hisoblanadi?
O`quv yili boshida va oxirida o`tkaziladigan takrorlashning o`ziga xos vazifalari bor. Ammo bu ikki xil takrorlashning asosida ham tushuncha darajasida umumlashtirish etadi. Shu tufayli o`quv yili boshida va oxirida o`tkaziladigan takrorlash mashg`ulotlari ham bilim va malakalarni umumlashtirish darslari doirasiga kiradi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin