O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


-Tema: Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə125/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

5-Tema: Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi
Mashg’ulot rejasi:
1.Tafakkur bilish jarayonlari tizimida
2. Tafakkur turlari
3. Nutqning psixologik tavsifi

I


1. Tafakkur va uning xususiyatlari.
nson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «YUzaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.[1]
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
SHunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) ifodalangan. SHuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.[1]
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.
Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.1[3]
Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan A.A. Smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson toliqqan bo‘lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.[2]
Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.[1]
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.
T

2. Tafakkur turlari va shakllari


mыshleniya
afakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi.[2]
Tafakkur – bu o‘z tuzilishi va turlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos faoliyat. Tafakkurning turlarga bo‘linishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va voqelikka moslik darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi.
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va sub’ektiv aks ettirish imkonini beradi. SHunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.[2]
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.
YAna til vositalari asosida vazifa bajaruvchi so‘z-mantiqiy tafakkur mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir.
Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi. Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni to‘g‘ri aks ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan, ob’ektga emas, affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.[2]
Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: tushuncha, mulohaza va xulosa farq qilinadi.
Tushuncha – bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya, jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu belgi o‘rganish predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa, mavhum tushuncha hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, vijdoniylik va boshqalar kiradi.1[3]
Tushunchalar ayrim va umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. ayrim tushunchalarga Moskva, Toshkent, Baykal ko‘li va boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.[1]
Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlariga, tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so‘zda o‘z ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.
Hukm – jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol sifatida: «Psixika miyaning vazifasi», «Barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», inkor etishga – «Suvda hech qanday yog‘ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish mumkin.
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfning jislaridan birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‘lishiga bog‘liq ravishda hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim hukm: «Bu odam hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm: «Ba’zi metallar suvdan og‘irroq». Umumiy hukm: «Suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi».
Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta bo‘lishi mumkin. CHin hukm jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «Massa – inertlik o‘lchovi» chin hukmdir. Xato hukm ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan aloqani ifodalaydi, masalan: «Barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas».
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur shakli xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar xulosa dalillari deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi ma’lum, va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida xulosa yasash mumkin.
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli sillogizm hisoblanadi. Masalan: «Barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay – elektr tokini o‘tkazadi».
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan foydalanadi. Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qoidalar va qonunlar o‘rnatish usuli.
Deduksiya – bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni bilish.[1]
F

3. Tafakkur operatsiyalari va qonuniyatlari.


ikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, abstraksiya va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz – bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‘ladi.
Sintez – bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. Xuddi shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib chiqadi, so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni tahlil qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi.
Taqqoslash – bu jism va hodisalar, yoki ularning alohida belgilari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash. Taqqoslash bir tomonlama (chala) va ko‘p tomonlama (to‘liq); yuzaki va chuqur; bevosita va vositali bo‘lishi mumkin.[2]
Umumlashtirish – jism va hodisalarni ularning umumiy va ahamiyatli belgilari bo‘yicha fikran birlashtirish. Masalan, olma, nok, olxo‘ri, o‘rik va h.k.lardagi o‘xshash belgilar «mevalar» so‘zi bilan ifodalanadigan yagona tushunchada namoyon bo‘ladi. Sodda umumlashtirishlar ob’ektlarni alohida, tasodifiy belgilar asosida birlashtirishdan iborat, majmuiy umumlashtirish murakkab bo‘lib hisoblanadi, bunda ob’ektlar turli asoslarga ko‘ra birlashtiriladi.
Abstraksiya – bu jism va hodisalarning muhim bo‘lgan xossa va belgilarini fikran ajratib, bir vaqtning o‘zida ahamiyatsiz belgilar va xossalardan ayro holatda ko‘rsatish. Xuddi shunday, mas’uliyatlilik hissi haqida so‘z yuritganimizda, biror-bir ishchi, muhandis, talabaning emas, balki har bir insonning muhim xususiyati sifatida gapiramiz. Abstraklashtirish odatda tahlil natijasida amalga oshiriladi. Aynan, abstraktlashtirish vositasida uzunlik, kenglik, miqdor, narx va boshqa tushunchalar yuzaga kelgan.
Aniqlashtirish – bu umumlashtirilgan bilimlardan yagona, alohida vaziyatga fikran o‘tish. O‘quv faoliyatida aniqlashtirish – umumiy nazariy qonun, qoida, nizomni tasdiqlovchi misol, rasm, aniq dalilni keltirish demakdir.
Jism va hodisalarni tizimlashtirish yoki tasniflash ularni bir-biriga o‘xshashlik yoki farqlari asosida guruhlarga bo‘lish. Masalan, o‘quvchilarni o‘zlashtirish, intizom, jamoat ishlaridagi faollik bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.[2]
Tafakkur quyidagi asosiy qonuniyatlarga bo‘linadi:
1. Tafakkur muammoni hal etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi; muammoli vaziyat yuzaga kelish sharoiti vazifasini o‘taydi, u boshlang‘ich ma’lumotning taqchilligi, sub’ektning aqliy faolligi yordamida engib o‘tish zarur bo‘lgan ma’lum bilish to‘siqlari, qiyinchiliklarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
2. Tafakkurning asosiy mexanizmi, uning umumiy qonuniyati sintez orqali tahlil qilish: ob’ektni boshqa ob’ektlar bilan taqqoslash vositasida unda yangi xossalarni ajratish hisoblanadi; shunday qilib, «ob’ektdan, yangi mazmun yig‘ib olinadi, u har safar o‘zining boshqa tomonlari bilan o‘girilgandek bo‘ladi, unda yanada yangi xossalar namoyon bo‘ladi» (S.L. Rubinshteyn).
3. Tafakkurning asoslanganligi: har bir dalil, har bir hodisa o‘tmishdagi dalillar va hodisalar asosida tayyorlanadi. Hech bir narsa etarlicha asossiz sodir bo‘lmaydi. Etarlicha asoslash qonuni inson fikrining har bir mulohazada o‘zaro bog‘langan bo‘lishini, birining ikkinchisidan kelib chiqishini talab etadi. Har bir xususiy fikr umumiyroq fikr bilan asoslangan bo‘lishi kerak.
4. Selektivlik (lot. – tanlash, tanlanish) – ma’lum vaziyat uchun zarur bo‘lgan bilimlarni tanlash, barcha imkoniyatga ega bo‘lgan holatlarni chetlab o‘tgan holda ularni muammoni hal etishga safarbar qilish.
5. Antitsipatsiya (lat. – oldindan sezish) voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, oldindan sezishni bildiradi. Inson voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, ularning natijalarini bashorat qilish, muammo echimining ehtimolligi chizmasini tasavvur qilish qobiliyatiga ega.
6. Tafakkur refleksivligi. Fikrlovchi sub’ekt doimiy refleksiya holatida bo‘ladi, o‘z mulohazalarini aks ettiradi, ularni tanqidiy baholaydi, o‘zini baholash mezonlarini ishlab chiqadi. Refleksiya deb sub’ektning o‘zini aks ettirishi bilan birga muloqotda bo‘ladigan sheriklarini ham o‘zaro aks ettirishiga aytiladi.[2]

4. Tafakkur sifatlari.


Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o’zining individual xususiyatlariga ega bo’lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyat-lari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi. [2]
Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to’g’risida ongda qay miqdorda, ko’lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o’tilgan xarakterdagi g’oyalar to’lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo’ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o’zaro bog’lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to’liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay yo’sinda sistemalashganligiga qarab to’g’ri va ratsional yo’l nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to’g’risida qat’iy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi o’zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada bo’ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan o’tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to’g’risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg’oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.[1]
Inson tafakkuri o’zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o’z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz o’zining aqliy izlanishi tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo’ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o’z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo’yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga etkazishda echimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o’zi izlashi, aqliy zo’r berib intilishi, ularga taaalluqli qo’shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo’lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez echishda, echish paytida yangi usul va vositalarni o’z o’rnida aniq qo’llashda, trafaretga aylangan eski yo’l hamda usullardan forig’ bo’lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O’zining o’zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo’lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammoli vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o’ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi ob’ektiv va sub’ektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash, o’z-o’zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to’g’ri ochilishiga, ba’zan etalonga asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi. Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og’ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqidiylik deyiladi. Sub’ektiv tanqidiylik salbiy oqibatlarga olib keladi, shuningdek insonlar o’rtasida anglashilmovchilik g’ovini vujudga keltiradi, ikki shaxs o’rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo’ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi deb atash mumkin.[2]
Maqsad, muammo va vazifalar o’zga shaxslar tomonidan qo’yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o’zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o’sishdan orqada qolish xavfi tug’iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo’lish o’rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo’lib voyaga etadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to’siq bo’lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog’langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig’ida bajarilgan ish ko’lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o’lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala echish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo’lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o’zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog’imiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan o’zgartirishdan va to’g’ri yo’nalishga yo’llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval g’oyani noto’g’ri yoritayotib, o’z-o’zicha birdaniga xatosini anglab to’g’ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz etkazib berish garovidir.[1]
Tafakkurning tezligi qo’yilgan savolga va muammoga to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga – insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko’nikma va malakalariga ham bog’liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi talabalar va o’quvchilarga zarur psixologik qurol bo’lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg’ulotlarida faol ishtirok qilgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib o’zini yo’qotib qo’yadi. O’rinsiz salbiy emotsiyalar uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqqiyatsizlikka olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo’lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar aksincha, imtihonda hayajonlanib fikrlari ravshanlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg’onib, funktsiyasi jadallashib ketadi va fikr birdaniga ravshanlashishi mumkin. SHuning uchun o’qitish jarayonida talaba va o’quvchilarning aqliy faoliyatini to’g’ri baholashda ularning individual tipologik xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.[1]
Jahon psixologlarining ko’rsatishiga qaraganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog’liqdir. Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jihatlarni ajratib mustaqil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to’g’risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib qolmaydi, balki hodisa mohiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy qonuniyatni yaratishga harakat qiladi. SHubhasiz, inson tafakkuri hali izlanmagan, to’la foydalanilmagan zahira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zahirani to’la ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. CHunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. SHu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko’p jihatdan bog’liqdir. [2]
I

5. Tafakkurning individual xususiyatlari va rivojlanishi.


nsonlar fikrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik, tafakkur kengligi, chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi sifatlarida ifodalanishi mumkin.[2]
Aqlning pishiqligi – u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda har tomonlama bilishga intilish; tafakkur kengligi – bu savolni yaxlitligicha, shu bilan birga zarur bo‘lgan xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati. Tafakkur kengligi inson dunyoqarashi va har bir hodisani boshqa hodisalar bilan turli aloqalarda ko‘rib chiqish qobiliyatida ifodalanadi. Tafakkurning chuqurligi murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy holatni ikkinchi darajalilardan, zaruriyatni tasodifiydan ajratish malakasida ifodalanadi. Tafakkur chuqurligigiga qarama-qarshi sifat bo‘lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam mayda-chuydalarga e’tibor qaratib, asosiysini ko‘rmaydi. Tafakkurning mustaqilligi insonning yangi vazifalarni ilgari surishi va boshqalarning yordamidan foydalanmasdan ularning echimini topish malakasi bilan xarakterlanadi. Fikrning egiluvchanligi masalalarni echishda avvaldan qo‘llanilib kelayotgan usullarning ta’siridan holi bo‘lishda, sharoit o‘zgarganda harakatlarni tezda o‘zgartirish malakasida ifodalanadi. Tafakkurning tezligi – insonning yangi vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, o‘ylab olgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati. Aqlning sertashabbusligini insonning o‘ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab olib, qaror qilishga shoshishi, etarlicha o‘ylanmagan javoblar bildirishida ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim. Aqlning tanqidiyligi – bu inson o‘zining va boshqalarning fikrlarini ob’ektiv baholashi,ilgari surilayotgan nizomlar va xulosalarni izchillik bilan har tomonlama tekshirib chiqish malakasi. Tafakkurning mantiqiyligi – tadqiq etilayotgan ob’ektning barcha ahamiyatli tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalarning qat’iy izchilligiga rioya qilish qobiliyati. Tafakkurning isbotlanganligi – zarur vaqtda hukm va xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati. Aql ijodkorligi – ijodkorlik tafakkuriga bo‘lgan qobiliyat. Tafakkurning salbiy sifati uning rigidligi – hodisa mohiyatiga nisbatan xolis bo‘lmagan munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi baholarga berilganlik hisoblanadi.[1]
Inson aqliy rivojlanganligining ko‘rsatkichi sub’ektning tashqi cheklovlar bilan bog‘lanmaganligidir.
SHunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari eqorida ko‘rib chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg‘unlikda ifodalanadi.
Tafakkur shakllanishi va rivojlanishida bir nechta bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga bo‘linishiga nisbatan yondoshuvlarning ko‘pchiligida inson tafakkuri rivojlanishining dastlabki bosqichi umumlashtirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda bolaning birinchi umumlashtirishlari amaliy faoliyatdan ajralmasdir, bu bolaning o‘zaro o‘xshash jismlar bilan bajaradigan bir xildagi harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bu intilish bola hayotining dastlabki yilining oxiriga kelib namoyon bo‘la boshlaydi. Jismlarning alohida xossalarini bilgan holda ikki yoshli bola ma’lum amaliy masalalarni echa oladi. Xuddi shunday, bir yoshu uch oylik bola narsalar solingan og‘ir qutini joyidan surish uchun narsalarning yarmini olib tashlaydi, so‘ngra zarur harakatni amalga oshiradi.
Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan bog‘liq. Bola bilib olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. Ular tez orada bola uchun umumiy ma’noga ega bo‘lib, bir jismdan ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. Lekin ko‘p hollarda jism va hodisalarning qandaydir alohida belgilari bola o‘sha jismlarga nisbatan qo‘laydigan birinchi so‘zlar ma’nosini bildiradi. Xuddi shunday, ko‘pincha «olma» so‘zi bolalar tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi jismlar bilan solishtiriladi.
Bola tafakkurining navbatdagi bosqichida bola bir xildagi jismni bir necha so‘zlar bilan atashi mumkin. Bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va solishtirish tafakkur operatsiyasining shakllanishidan dalolat beradi.
Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining bir nechta ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan bog‘liqligidan iborat. Bola harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyat – tafakkur aniqligida namoyon bo‘ladigan ko‘rgazmaliligidir.
Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. Bu hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. Tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. Maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. Maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. Lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi.[2]
Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Amaliyotda tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy yo‘nalishlari mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi. Ontogenetik yo‘nalish bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, tajriba yo‘nalishi tafakkurni tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq.

intellekt va kreativlikni


Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud.
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. YUqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.SHterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan. [1]
Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.
Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.
Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi. SHaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik ) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi. [2]
Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib ko‘raylik.
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.
Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. YAna yuqori darajadagi talantga ega bo‘lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‘lishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. 1
Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. SHu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin. CHunki undagi jismoniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda yordam beradi.
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan.
Gardner o‘z tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan shikasitlangan sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. YUqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deb aytib bo‘tgan. 1
R. SHtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‘oyasiga qo‘shilishgan Lekin shaxsda aqlni 3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan:
Masalani echishda akalemik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni aqliy testlardagi yagona to‘g‘ri javobni belgilash bilan baholanadi
Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun muammolarning ko‘plab echimidan qulayini tanlashga yordam beradi.
Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o‘zining reaksiyasini ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo’lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o’rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab (“create” - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil ravishda o’rganilmoqda. Lekin biz o’z tadqiqotimizda “kreativlik” atamasini o’zbek tilida shartli ravishda “aqliy ijodiylik” deb atadik va uni mustaqil fikrlashning psixologik asosi sifatida o’rganishni lozim topdik. SHunday qilib, bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi.
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi.
1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan ma’lumotni matbuotda e’lon qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan, xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi), innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal - Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish)
Hozirgi davrda to’plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning o’zi ijodiy harakatni talab qiladi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni o’zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta’riflaydilar
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan biri M.Wallachning [10] ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori ko’rsatkichlarda o’zaro bog’lanmagan. U 11-12 yoshli o’quvchilar o’rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib ko’rsatadi:
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o’quvchilar o’zlarini to’g’ri baholaydilar, ularda o’zini-o’zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar;
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini pasaytirib baholaydilar;
intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar;
intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar o’zlarini to’g’ri baholaydilar.
Shunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o’rtasidagi munosabat o’quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta’sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ijodiylik mezonlaridan biri - bu nostandartlikdir. E.P.Torrance ta’kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos tushavermaydi. Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda aralashtirish holati ro’y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi, nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o’ziga xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir [3].
Ikkinchi mezon - anglanganlikdir. Bu asnoda so’z borganda sinaluvchi tomonidan muammo yechimining a1nglanganligi nazarda tutiladi.
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik- bu birvaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni yaratuvchi ijodkorlik qobiliyatidir.
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab chiqishgan.
SHaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo‘ladi.
Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.
Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish mumkin. YA’ni birinchisi tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi qat’iylikda deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.
Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb javob bergan.
Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.1[3]
Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib etish va uni engib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini qabul qilish, ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional etuk shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar engib bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar hisoblanishadi.
Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular quyidagilar:
Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash)
Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish)
Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan foydalanishni bila olish)
Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish[412]
Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror joyidan jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog Antonio Damasio o‘z tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiona va turli tabiiy offtlar orqali insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his yo‘qligini bilgan va uni ifodalay olmagan. U endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada Elliot o‘z ishi va oilasini yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib muvaffaqiyatsizlikka erishdi.
Lekin ba’zi olimlarning fikricha, emotsional intellekt – intellektdan yiroq tushuncha. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, emotsional intellekt bizdagi bor hohish va qiziqishni aktivlashtiradi. Muammoning ma’nosini kamroq o‘ylashga majbur qiladi. Bu jarayon kreativlik uchun muhim hisoblanadi.
Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani tadqiq etishganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining og‘irligi normal odamning miyasidan anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan qarashlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini aniqlashgan.1
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi o‘rtasida deyarli hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning miyasining kuyi qismi kanadalikning miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy ma’lumotlarga javob beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari pastroq joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa fiziklarning gapirish va o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan.
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
Unga fransuz maktablarida yaxshi o‘zlantirmayotgan yoki aksincha juda yaxshi o‘zlashtirib maxsus ta’lim programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq etish topshirilgan. Bunning sababi ularning qobiliyatlaridagi farqlar bo‘lishi mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o‘z xodimi Tedor Simon bilan birga maktabda o‘zlashtirishda ma’lum muammolarga duch keluvchi o‘quvchilarni aniqlovchi ob’ektiv testlarni yaratishgan. Bine va Simon aqliy yosh va xronalogik yosh degan hodisani o‘rgantishni boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik yoshiga mos kelishi kerak edi. Agar kimda bu mutanosib kemasa, uni maxsus ta’lim metodi orqali moslashitirish mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon Galtondan farqli o‘laroq aqliy qobiliyatni muhitga bog‘liq deb bilgan.[416]
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va Simonning intellekt testlari Stanford universitettining talabalariga mos kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish kiritdi. Endilikda unga Stenford- Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy qobiliyat koeffitsenti hisoblangan o‘sha mashhur IQ atamasini fanga kiritdi.
Aqliy yosh
IQ ------------------------------------------------ x100
Xronologik yosh
Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni tadqiq etgan. Lekin unda buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. Xuddi Galton dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi bu ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan. [417]
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli kuchlimi? F.Galtonning fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola deb hisoblashga tg‘ri keladi.
Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti deyarli bir xil natijani ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin.[427]
Yana bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta bo‘lgan bolalarning intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan. Lekin ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik kamayib borishini kuzatishgan. Aynan aqliy qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini tadqiqotlar isbotlab bergan. Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-onalariga qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan. Irsiyat va ijtimoiy muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga ega bo‘lgan bolani maxsus matematikaga yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar o‘tib uning itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Buning sababi ham irsiyat ham ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz bizning muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan. [427]
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tadqiq etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini kuzatgan. Tarbilovchilar bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. Natijada bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q qoloq bolalar bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi.
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni yaratdi. Dastur davomida Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11 oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani aniqlandi. Natijada o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi. [430]
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib qoladi. [430]
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz qilishimiz bilan uni testlar orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin. Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z ahamiyatini zararcha ham yo‘qotmagan.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin