O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


-MAVZU: Motiv va motivatsiya va hissiyotning namoyon bo’lishi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə126/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

6-MAVZU: Motiv va motivatsiya va hissiyotning namoyon bo’lishi
Mashg’ulot rejasi:
1.Inson faolligi, uning shakllari va determinantlari
2. Ehtiyoj, motiv va votivaciyalarni aniqlash
3. Emocional holatlar
4. Shaxsning irodaviy sifatlarining rivojlanishi
5. Motiv va motivatsiya tavsifi.
6. Motivlarning turlari.
7. Motivatsiya nazariyalari (A. Maslou, A.Adler, Z.Freyd)
Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo‘lib hisoblanadi.

Faoliyat haqida tushuncha



Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. SHuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA. Galperin va boshqa ko‘pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.[2]
Faoliyat – bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi.
Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.
Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.
Faoliyatning predmeti va sub’ektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog‘liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo‘lib, moddiy yoki ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.[1]
Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
- faollikning ichki motivga ega shaklidir;
- inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama etuk mahsulotning yaratilishi;
- insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi;
- insonning faoliyati o‘zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo‘ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o‘zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi.
Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.
Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.
Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. YUqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.
Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.
Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o‘zida hulqatvor akti ham bo‘lib hisoblanadi .
Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat.[2]
Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo‘ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang‘ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub’ekt organizmiga joylashtirilishi lozim.
To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi».
Harakat doimo maqsad bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin.
Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo‘linadi, ular ham o‘z o‘rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo‘linishi mumkin va h.k. SHunga mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o‘tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog‘lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so‘zlashuv telefon tarmog‘iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo‘ladi va h.k.
Muolaja – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko‘paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda echish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo‘ladi.[1]
Qo‘llaniladigan muolajalarning xususiyati nimaga bog‘liq bo‘ladi? Avvalambor, ular harakat amalga oshiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Agar harakat maqsadning o‘ziga javob bersa, muolaja maqsad qo‘yilgan sharoitlarga javob beradi. Bunday sharoitlarga tashqi vaziyatlardan tashqari, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning imkoniyatlari yoki ichki vositalari ham kiradi.
Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko‘rsatish lozim.
Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab beradigan harakatlardan tamomila farq qiladi.
Muolajalar ikki turga bo‘linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, bevosita taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni avtomatlashtirish vositasida paydo bo‘ladi. Birinchi turdagi muolajalar anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular osongina dolzarb anglanuvchilarga aylanishi mumkin.[1]
Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to‘shaluvchi» muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo‘lgan ongli va anglanmagan faoliyatlar o‘rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo‘nalgan harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o‘zgarishini anglatadi. CHegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo‘linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g‘oya tug‘ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko‘plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan bo‘lasiz. Ularning barchasi birgalikda g‘oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo‘ladilar.
Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik vazifalarni ko‘rib chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, o‘tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar haqida so‘z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo‘ladi.[1]
Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo‘lmaganimizda, bu faoliyatni amalga oshira olmagan bo‘lardik. Mnemik vazifalar tug‘ma bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo‘lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo‘lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgaradi.
«Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o‘rgangan mashhur rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa avval sodir bo‘lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun ovqatlanganmi yoki yo‘qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga kitobiy asarning o‘ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o‘qib berganini yodidan chiqarib yuborib, beto‘xtov o‘qib berardi va, shu asnoda bir necha o‘n martalab takrorlardi. Agar bunday bemor biror matnni yod olishga urinib ko‘rsa, u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningrni o‘zini ham yodidan chiqarib yuborishi mumkin.
Shunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, harakatlar va muolajalarning bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining ham imkoniyati mavjud emas.[2]
Istalgan faoliyat tuzilishida ichki va tashqi tarkibiy qismlarni ajratish mumkin. Ichki tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladigan faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik tuzilmalar hamda jarayonlar, shuningdek, faoliyatni boshqarishga taalluqli psixologik jarayonlar va holatlar kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa faoliyatni amaliyotda bajarish bilan bog‘liq turli harakatlarni kiritish mumkin (N.A. Bernshteyn).
Faoliyatning taraqqiy etib va o‘zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy qismlarning ichkilariga tizimli o‘tishi amalga oshiriladi. Bunda interiorizatsiya, avtomatizatsiya va eksteriorizatsiya ham kuzatiladi.
Shunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish mumkin. Bunday faoliyatning vazifalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu vazifalar ichki harakatlarning tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, shuningdek, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradilar. Masalan, odam kitob javonlarini devorga qoqib qo‘yish uchun joyni mo‘ljallaydi. Bir yo‘lni tanlab olib, baholaydi, so‘ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‘tadi, nihoyat, o‘ziga mos va qulay holatda to‘xtaladi. Garchi bu vaqt ichida bir marta ham «barmog‘ini qimirlatib» qo‘ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga oshirmaydi.[2]
Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, ma’lum maqsadda amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o‘zaro farqlari va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va vazifalariga ega. Perseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin. Bunday vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan chamalash masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.k.da bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa harakatlar ko‘rinishidagi perseptiv harakatlar amalga oshiriladi.
Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.)ni faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar – faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va h.k.ni qo‘llash mumkin va zarurdir.[2]

2. Faoliyatning tuzilishi va turlari


Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga - predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo‘lib, u avvalo o‘sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o‘zgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat - birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki - aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab predmetli tashqi faoliyat ro‘y beradi, tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ichida o‘zicha gapirishga o‘rganib, o‘ylaydigan, mulohaza yuritadigan, o‘z oldiga maqsad va rejalar qo‘yadigan bo‘lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo‘ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar o‘ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi etakchi faoliyat aqliy bo‘lgani bilan uning peshonalari, ko‘zlari, hattoki, tana va qo‘l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to‘xtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan - misol uchun, uzum ko‘chatini ortiqcha barglardan halos etayotgan bog‘bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.[1]
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
perseptiv – ya’ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
imajitiv - («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo‘lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o‘tish ro‘y bergan bo‘lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g‘oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko‘chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.[2]
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda, malaka hosil bo‘ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar - doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko‘nikma va malakalar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham o‘quv faoliyati jarayonida shakllanadigan barcha ko‘nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli o‘qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo‘lsak, uning shakllanish yo‘llari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
tushuntirish yo‘li bilan;
ko‘rsatish bilan tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni engillashtiradi. O‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikatsiya qilish va turlarga bo‘lishning yana bir keng tarqalgan usuli - bu barcha insonlarga xos bo‘lgan asosiy faollik turlari bo‘yicha tabaqalashdir. Bu - muloqot, o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlaridir.[2]
Muloqot - shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. SHaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha, kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.
O‘qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo‘lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir.[1]
I

3. Motiv va motivatsiya tavsifi


nson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi.[1]
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.1[3]
Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz.
O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan odamni eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang.
Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka va g’oyalarni egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga intilishi sifatida ko’rsatgan.
Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz mumkin, yuqori darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi.
Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayoti davomida o’rganilgan. Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq kasbiy muvaffaqiyat qozonganlarni solishtirganida motivatsion farqlarni topishdi. O’sha muvaffaqiyatliroqlar izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq edi.Bolaligida ularning faol mashg’ulotlari ko’p bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p guruhlarda qatnashishgan va tomoshabindan ko’ra sport musobaqalarining ishtirokchisi bo’lgan ( Golmen,1980). Iqtidorli bolalar qobilyatli o’rganuvchilardir. Tajribali kattalar matonatli ijrochilardir.
O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda o’zlashtiish,davomat va obro’ uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, g’oyalar va odamlarni egallash, yuqori standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” degan xulosaga kelishdi tadqiqotchilar.
Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan bir xil iqtidordagi o’g’il bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini tushuntiradilar(2005,2006).
Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida top-skripkachilar o’qituvchi bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan ikki marta ko’p – 10000soat jamg’arishgan(Erikson va b., 2001,2006,2007). Iqtisod bo’yicha Nobel mukofotini olgan psixolog Gerbert Saymon(1998)ning tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga keldi: jahon ekpert-klasslari sohasi bo’yicha o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga qirq soat, yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, sportchilar va rassomlar o’rganilganida aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy intizomga ega, o’z maqsadiga erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga tayyor ( Blum,1985). Bu yorqin yulduzlar nafaqat o’zining noodatiy talanti, balki kundalik intizomi bilan ajralib turgan. Yuqori natija gallon(4,5litr) ter bilan bir choy qoshiq ilhomning aralashmasiday tuyuladi.1[3]
Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori iqtidorli tengdoshlaridan jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan jo’shqin sadoqat ajratib turadi. Shunga qaramay intelligent qo’nq’iroqsifat egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. Bu bizga muvaffaqiyat xom iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun tashkilotchi psixologlar oddiy ishda ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va motivatsiyalash yo’llarini qidirmoqdalar.
Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi.
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida so‘z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dispozitsion va vaziyatli motivatsiyalar haqida hulq-atvorni determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z yuritiladi. SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi.
Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan farqli o‘laroq, – bu hulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning ma’lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dispozitsiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin.
Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning jisga bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va ma’naviy madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir.
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan maqsad ongning motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi.
Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil etuvchilari bo‘lib hisoblanadi.
SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin. Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj va maqsadlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan hisoblanadi.
Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi.
Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lanmagan, alohida motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan harakatni bajarishda organizm engib o‘tishi zarur bo‘lgan to‘siqlarga duch kelganida paydo bo‘ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko‘pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o‘zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv holat.[2]
Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi.
SHunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. SHaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
T

4. Motivlarning turlari


urli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. SHunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqka erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar - tanish-bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar.[1]
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvafikiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. SHu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «O‘zi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o‘rinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o‘zimizdagi real qobiliyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi o‘rniga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.1
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan o‘zimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo‘ladi. Masalan, mas’uliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtixon oldidan juda qayg‘uradilar, hattoki, qo‘rqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bo‘lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. YAna uchinchi toifa kishilari umuman beg‘am bo‘lib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha bo‘ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo‘lganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga o‘rinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana o‘qituvchi bilan tortishmaydilar ham.
O
1. Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari.

dam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:


a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.1[3]
Imagine conducting an experiment measuring the physiological responses of emotion. In each of four rooms, you have someone watching a movie: In the first, the person is viewing a horror show; in the second, an anger- provoking film; in the third, a sexually arousing film; in the fourth, an ut¬terly boring movie. From the control center you monitor each person's physiological responses, measuring perspiration, breathing, and heart rates.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo‘ladi.
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib, biror hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan reflekslar tizimini mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.[1]
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi. 1[3]
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: «Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim murakkab hisni tashkil qiladi.[2]
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
U
2. Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.SHaxtyor, D.Zinger). Qarama-qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha).


zoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib, hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.[2]
1872 yilda CH. Darvin «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi» asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyusion ta’limot nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keldi.
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda U. Djemsning «Hissiyot nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djems va undan mustaqil ravishda G. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, «yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.1[3]
Lekin Djems-Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va emotsional jarayonlarning nisbatiga U.Kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham hissiyotli kechinmalar birgalikda kuzatilmaydi. Keyinchalik, P.Bardning ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va limbik tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi.
Lindsey-Xebbning faollashtirish nazariyasi Djems-Lange va Kennon-Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir.
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida, birinchi navbatda, L. Festingerning kognitiv dissonans nazariyasini ta’kidlab o‘tish lozim. Uning asosiy tushunchasi dissonansdir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat konsonans sifatida xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.[2]
S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar axborot beruvchi konsepsiyasi ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H = E (M – A), bunda H – hissiyot, uning kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.[2]
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi.
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.P. Pavlov tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi, po‘stloq osti markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin. Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar.
Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega, chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, tomosha qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. Hozirda ikkinchi signal tizimi intellektual, ahloqiy, estetik yuksak insoniy hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.1
Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini keltirib o‘tish zarur, bular: 1) sub’ektiv kechinma, 2) organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga kelgan va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos yuz ifodasi, 5) umumlashtirilgan hissiyotli reaksiyalar: salbiy hissiyotda atrofdagi voqealarga nisbatan munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu hissiyot bilan assotsiatsiyalangan harakatlarga moyillik.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan, hissiyotlar – turli psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv omillar hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig‘indisi uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi individual sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin.
Shaxsning xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda ushbu odamning nimani yoqtirishini, nimadan nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi va qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ barqaror hislari predmeti, ularning jadalligi va xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami, hislari va bu bilan, uning individualligini ochib beradi. S.L. Rubinshteynning yozishicha, shaxsning xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa odamlarga munosabatlarining barcha o‘ziga xos xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning kamalak rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi.
Emotsionallik tug‘ma bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq.
Inson emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. Lekin bir davr sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga nisbatan kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda yo‘naltirishdir.
Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda, frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida, hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim.
M
3. Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari
a’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o‘zgaradi. Shu bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi. [2]
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga etishish uchun yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va qiyinchiliklarni engish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi.
Odam faqat o‘ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda-gina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi.
Odam tevarak – atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. [2]
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko‘pincha impul’siv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo‘talish, aks urish, ko‘z qovog‘ini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o‘ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo‘ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.[2]
Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo‘ladi. Odam o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni engib bo‘lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo‘lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo‘lsa ham engib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo‘lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o‘qishni davom ettira beradi.
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir.
Odamning irodaviy harakati to‘la-to‘kis determinizmga, ya’ni sababiy bog‘lanish qonuniga bo‘ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo‘lishi mumkin.[1]
Odamning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan bog‘langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to‘la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko‘p jihatdan o‘zini ma’lum sharoitda anglaydi, o‘z hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin.
Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o‘ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakat deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo‘lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so‘ng hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan qoniqishga butun e’tiborini qaratishdan iboratdir.
Ko‘p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g‘alaba qozonish emas, balki o‘z-o‘zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo‘zg‘aluvchan, sust kishilarga xos bo‘lib, o‘zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.
Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi.
I
4. Irodaviy akt va uning tuzilishi. Shaxsning irodaviy sifatlari.

xtiyoriy harakatning dastlabki boshlang‘ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o‘rtaga qo‘yilishidir va uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin.


Maqsad-kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir. Masalan, inson pedagogika universitetiga kirib o‘qishni zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib kelish zarurligini tushundi, deylik. Bularning hammasida kishining maqsadi o‘z-o‘zidan zohir bo‘layotganga o‘xshaydi, ba’zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi.[1]
Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagini va zarur ishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin. Ehtiyoj ko‘ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb ataladi. Ammo odam o‘z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga etishish yo‘llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to‘la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba’zan zo‘r xayol surish bilan, ba’zan esa cheksiz orzu bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko‘ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari to‘lib-toshgan kishilar ham mavjud. Bu kishilar doimo xo‘rsinadilar, armon qiladilar, o‘zlarini ham tevarak-atrofdagi kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar ko‘pincha yaxshi orzular qilishadi-yu, amalda kam faoliyat ko‘rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko‘rsatishmaydi.1[1]
Harakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu maqsadga etish uchun biron yo‘l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo‘llar bilan emas, balki mana shu yo‘llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko‘ngildan o‘tkazadi. Maqsadni va unga etish yo‘lini tanlash jarayonida unga ma’qul yoki noma’qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
Maqsadni va unga etishish yo‘llarining ma’qulligi yoki noma’qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko‘rishni, yoki ish ko‘rmoqchi bo‘layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlar g‘ayri ixtiyoriy (irodadan tashqari) harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo‘ladi.
Qarorga kelish. Maqsadga etishish yo‘llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog‘langan bo‘lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynagan bo‘ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o‘rtog‘ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi.
Qarorni ijro etish. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir. Irodaviy harakatlar ikki xil bo‘ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala echish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko‘p vaqt takrorlanib, o‘zlashib ketgan ko‘nikma va odat bo‘lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir.
Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.
Kishining irodaviy sifatlari ya’ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo‘ladi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo‘yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya’ni doimiy xislatlari) bo‘lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o‘ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo‘lishi shu kishi xarakterining xislati bo‘lavermaydi.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin