1.Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2.Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3.Individualtipologikxususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.