O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə76/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Ta`lim prinsiplari maqomi. Har bir prinsipning o`z o`rni bor. Ularning birortasini boshqasi bilan almashtirish mumkin bo`lmaganidek, birini ikkinchisi o`rnida qo`llash ham mumkin emas. Shu bilan birga, ta`lim prinsiplaridan biri ikkinchisi uchun o`lchov sanaladi. Masalan, ilmiylik prinsipini ta`limning turli bo`g`inlarida, boshlang`ich, o`rta, maxsus va sh.k. maktablarda amalga oshirish uchun tushunarlilik prinsipiga rioya qilinadi. Tushunarlilik prinsipi, bir tomondan, o`quv-tarbiya ishlarini ta`lim darajalariga qarab asta sekin murakkablashtirib va qiyinlashtirib borishni taqozo etsa, ikkinchi tomondan, o`quvchilarning o`z ichki imkoniyatlari faollik, onglilik kabi qator omillarni hisobga olishni talab etadi. Xuddi shunday, sistema izchillik, mustaqillik faollik, ko`rgazmallik onglilikka olib keladi. Yuqoridagilarga ko`ra ta`lim prinsiplari tizimini quyidagicha belgilashni maqul deb topdik: ilmiylik-tushunarlilik, sistemalilik-izchillik, mustaqillik-faollik, ko`rgazmalilik-onglilik, hayot bilan- bog`liqligi, aloqadorligi-puxtalik.
Ta`lim prinsiplari tavsifi
O`quvchilar sinf osha o`z atrofidagi voqealar narsalar mohiyatini chuqurroq anglay boradi. U tabiat, jamiyat, ongda amal qiladigan qonuniyatlarni bilib borgan sari ulardan hayotda, amaliyotda foydalanish sirlarini ham egallaydi. Ta`limning vazifasi bolani tabiatda, jamiyatda va inson ongida amal qiladigan hodisalarni umumlashgan, yaxlit shaklda anglashga yetaklashdan iborat Bu vazifani amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga rioya kilinadi.
Ta`limning ilmiyligi va tushunarliligi . Ta`limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi prinsiplari o`zaro bog`langan, bir birini to`ldiradigan didaktik kategoriyalardir.
Fan - o`quv predmeti tizimida amal qiladi. Fan va o`quv predmeti o`rtasidagi aloqadorlik hamda ularning o`zaro farqlarini sharhlamasdan turib bu prinsipning mohiyatini, maqomini to`g`ri tushunish mumkin emas.
Maktablarda o`qitiladigan har bir o`quv predmetida o`ziga oid fanning umumiy asoslari bayon etiladi. Bu fan va o`quv predmeti bir narsa yoki o`quv predmeti fanning kichraytirilgan modeli degan xulosalarga olib kelmasligi kerak. Fan va o`quv predmetlari o`zaro tubdan farq qiladi. Fan uni o`rganuvchi barcha kishilar uchun umumiy hisoblanadi. Haqiqiy fanda sinfiy, irqiy chegaralar bo`lmaydi. Fan hamma uchun bir xil xizmat qiladi. O`quv predmeti esa o`quvchilarlarning yosh xususiyatlari, real o`qitish imkoniyatlari, qiziqishlarini hisobga olish asosida yaratiladi. Uning adresati o`qituvchi va o`quvchi. Ma`lum yoshdagi o`quvchilarga mo`ljallab tuzilgan o`quv predmeti, masalan, boshlang`ich sinflarda o`zlashtirilgan fizika elementlarini 8-sinflarda o`tish bolalar uchun zerikalidir. Bulardan ko`rinadiki, ilmiylik prinsipini amalga oshirish tushunarlilik prinsipidan kelib chiqadigan talablarga rioya qilishni taqozo qiladi.
Ta`limning ilmiyligi va tushunarliligi prinsiplarining o`zaro aloqadorligi asosida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: o`quv rejalari, dasturlari, darsliklarnini hozirgi zamon fan, texnikasi, san`at va adabiyoti yutuqlari, hozirgi zamon fikrlashi bilan uzluksiz boyitib yangilab turish; o`quv predmetlari, ularga oid o`quv materiallarini o`quv yillariga ratsional bo`lish; o`quv dasturlari, darsliklardagi ortiqcha, ikkinchi darajali narsalarni bartaraf etish.
Yuqoridagilardan ma`lumki, ilmiylik prinsipi o`quv predmetlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab etsa, tushunarlilik prinsipi o`quv predmetlarini bolalarning yosh, individual xususiyatlari, hayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni taqozo qiladi. Bu prinsip «O`quvchi real o`qish imkoniyati» tizimida amal qiladi.
O`quv predmetlarini o`rgatishda bolalarning real o`qish imkoniyatlarini hisobga olish maqsadida qator qoidalarga rioya qilinadi: yaqindan uzoqqa, oddiydan murakkabga, osondan qiyinga qarab borish.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin