O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə114/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan talablar. O’quvchilarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan pedagog talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta’rifida berishni ma’qul deb topdik) ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan:

  1. har bir o’quvchining o’quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki guruhning o’quv ishi natijalari o’quvchining shaxsiy natijalarining o’rnini almashtirishga yo’l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;

  2. nazoratni ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang’ich idrok etishdan to bilimlarni amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida o’quvchilarning o’quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;

  3. nazoratning o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga o’quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;

  4. o’quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o’quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko’nikma va malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko’lamliligi;

  5. o’quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o’qituvchining xato xulosalar chiqarish, sub’ektiv munosabatda bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, shuningdek, o’zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (ob’ektivligi);

  6. har bir fan, uning bo’limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek, o’quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;

  7. muayyan sinf (guruh) o’quvchilarining o’quv ishlarini nazorat qilishda barcha o’qituvchilar tomonidan qo’yiladigan talablarning bir xil bo’lishi.

Yuqorida ko’rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o’z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.
4. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakl va metodlari. Pedagogika fani bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:

  1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.

  2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o’quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.

  3. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko’rsatadi, ularda ko’tarinki ruh, o’z kuchiga bo’lgan ishonch va qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib o’quvchilar o’quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har bir fan bo’yicha o’quvchining o’quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:

  • joriy nazorat;

  • oraliq nazorat;

  • yakuniy nazorat.

Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’zlashtirilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o’qituvchi tomonidan o’tkazilib, o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo’yicha kundalik ballar qo’yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o’quvchilar tomonidan o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o’quv materiallari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo’lib, o’rganilgan mavzular bo’yicha yozma, og’zaki, test shaklida o’tkaziladi.
O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og’zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo’lishi mumkin.
Og’zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og’zaki tekshirishning mohiyati shunda ko’rinadiki, o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o’zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og’zaki tekshirish o’quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og’zaki tekshirishda o’qituvchi o’rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o’quvchilarga savollar beradi. Biroq, o’quvchilarning nutqini o’stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo’lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko’pgina fanlarda og’zaki tekshirish o’quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida to’ldirib boriladi. Masalan, o’quvchilarning «qo’shma gaplar» mavzusini qanday o’zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo’l tutish mumkin. Ular o’z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og’zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko’nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga qaramay o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og’zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo’llash jarayonida:

  • nisbatan ko’p mehnat sarflanadi;

  • dars mobaynida 3-4 nafar o’quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.

Shu bois o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.




Og’zaki ommaviy tekshirish o’quvchilardan og’zaki so’rash bo’lib, ular guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo’ladi. Mazkur so’rash ko’pchilik o’quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo o’quvchilarning nutqini o’stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so’rashda ko’zga tashlanmaydi. Ammo so’rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o’quvchilarning to’laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o’qituvchi bir necha o’quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og’zaki javob beradi, 3-4 nafar o’quvchi esa kartochkalar bo’yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo’lib, o’qituvchidan etarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi hamma o’quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
Yozma tekshirish – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo’lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o’qituvchi alohida mavzu yoki o’quv dasturining ma’lum bo’limini o’tib bo’lganidan so’ng o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. Yozma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o’qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko’p mehnat va vaqt sarflanadi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to’g’riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo’lishi mumkin.
O’quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo’lib, u o’quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo’yish bilan yakunlanadi. Bu o’quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikastiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash tushuniladi.
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o’zgarishlarga aylantirishga yordam beradi.
Reyting nazorati asosida o’quvchilarning o’quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so’rovidan nafaqat o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abiturientlarni oliy o’quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko’zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:

  1. nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;

2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o’zida ko’p sonli o’quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o’qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o’quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o’quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo’yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o’quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo’llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko’lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko’zga tashlanayotgan bir vaqtda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin