O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


– MAVZU: Elektron pedagogika asoslari



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə111/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

11 – MAVZU: Elektron pedagogika asoslari
Mavzu rejasi:
1. Elektron pedagogika –pedagogikaning zamonaviy tarmog’I sifatida
2. Ta’lim portallari
3. Masofaviy ta’lim
4. Elektron darslik
Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o’zlashtirilishiga mo’ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o’quv hajmini to’liq qamragan va masofaviy o’qitish hamda mustaqil o’rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo’lib, unda materiallar (o’quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o’quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o’lchamli grafik ko’rinishida, video, animatsiya va qisman virtual (matn) shaklida, ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi.
Elektron kitoblarni yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o’quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo’llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo’ladi.
Elektron kitoblar to’rtta yo’nalishdan iborat bo’ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi; o’qituvchi; imtihon oluvchi.
Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga etkazib berish bilan shug’ullanadi. Bunda multimediali kitoblar – bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo’lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan bo’ladi.
Yarimmedia kitoblar – bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma’lumotlarni etkazib berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.
Gipermedia kitoblar – bu multimediali kitoblarning takomillashgan shakli bo’lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo’shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilishi mumkin.
Intellektual kitoblar – bu imtihon oluvchi kitoblarga o’xshash bo’lib, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim darajalari maxsus testlar yordamida ularning kompyuter bilan muloqot jarayonida aniqlanadi va baholanadi.
Telemedia kitoblar – bu telekommunikatsiya vositalari yordamida masofadan o’qitishga xizmat qiluvchi kitobdir.
Kibernetik kitoblar – bu matematik modellashtirish vositalari yordamida hodisalarni va ob’ektlarni har tomonlama o’rganish va tadqiq qilishga yordam beruvchi kitobdir.
Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo’yicha yaratilgan elektron o’quv qo’lanma, elektron ko’rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug’atlar virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
Elektron nashr – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto va boshqa axborot ob’ektlari majmuasidan iborat bo’lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog’i orqali taqdim etishga mo’ljallangan.
Elektron o’quv nashri – bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o’zlashtirishiga ko’maklashuvchi nashr bo’lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialini o’z ichiga oladi.
Elektron uslubiy qo’lanma – bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani (amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo’ljallangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanma – bu muayyan fanning o’quv rejasidagi vaqt va o’quv dasturidagi ma’lumot hajmini qisman yoki to’liq qamragan va fanni o’rganishga tegishli ma’lumotni to’liq adaptatsiya qila olgan masofaviy o’qitish va mustaqil o’rganish uchun mo’ljallab tayyorlangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanmalar
Multimediali elektron o’quv qo’llanmalar yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan kompleks foydalanishning quyidagi jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi:
1. Ichma – ich joylashgan turli bo’g’inlar va rangli bezaklarda gipermurojatlardan foydalanish.
2. Ma’lumotlarni tasvirlashda turli xil rangli bezaklardan foydalanish.
3. Audio va video effektlar va ularni boshqarishning samarali metodlaridan foydalanish.
Multimedia muhitida elektron o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablag’larni talab qiluvchi jarayondir. Shuning uchun ham multimediya muhitida elektron o’quv qo’llanmalarni yaratishning barcha bosqichlarini hamda har bir bosqichida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlarni oldindan belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi bosqichlarni bajarish zarur bo’ladi:
• tanlash bosqichida multimedia muhitida ko’rsatilishi kerak bo’lgan o’quv fani tanlanadi;
• tayyorgarlik bosqichida kurs matnni yozish, ko’rgazmali va ma’lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o’quv dasturining stsenariylarini yaratish bo’ljallanadi;
• asosiy bosqichda elektron o’quv qo’llanmani bevosita yaratish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi;
• yakunlovchi bosqichda elektron o’quv qo’llanmani testdan o’tkazish va maqomiga etkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda o’quv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi, shuningdek foydalanuvchi bilan o’zaro aloqa mexanizmi loyihalashtiriladi. Asosiy va qo’shimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning ierarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida bloklar va ekranlar o’rtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.
Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki o’ljamli grafikadan va “Macromedio Flash” dasturiga joylashtirilgan interaktiv tizim Wib – sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.
Multimediali elektron o’quv qo’llanmani yaratishda giperment, giperko’rsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish hamda ularni o’zaro bog’lash maqsadida HTML – giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.
Multimediali elektron – o’quv qo’llanma quyidagi afzalliklarga ega:
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada o’quv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o’quvchilarga berilayotgan o’quv materialini chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish, dars mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada berilayotgan ma’lumotlarning harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg’unligi mavzuni o’rganishda monotonlik (bir xillik) ga chek qo’yadi;
• o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida interfaol tizim vujudga kelib, bevosita aloqa o’rnatilishi natijasida o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo’ladi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada o’qish darajasi va sur’atini o’rganuvchining o’zi tanlash imkoniyati o’qitishni individuallashtirish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o’z – o’zini tekshirish uchun savollar o’quvchini o’z – o’zini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
• olingan bilimlar o’quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi [6].
Elektron pochta – bu axborot almashish xizmatini ko’rsatish vositasidir. Undan foydalanuvchi har qanday o’quv muassasasi va hattoki o’z uyida terminal orqali kerakli manzilni ko’rsatgan holda axborot jo’natish mumkin yoki qabul qilib olish mumkin. Buning uchun axborot kompyuterda yuboriladi, u erda esa tegishli manzilning elektron qutisiga fayl jo’natiladi.
Elektron pochta orqali bosma materiallar, fotografiya, jadval, grafik ish qog’ozlari va jurnallar kerakli manzilga jo’natiladi. Bunda asosan axborotlar (xat - xabarlar)ni uzatish va qayta ishlashning elektron usulidan foydalaniladi.
Axborot uzatishning ushbu imkoniyatidan ta’lim oluvchilar, masofaviy ta’lim bilan shug’ullanuvchilar samarali foydalanishi mumkin.
Elektron forumlar – bu internetning xalqaro tarmog’i va elektron pochtalardan foydalanib o’tkaziladigan seminarlardir. Seminarning moderizatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning mazmun – mohiyatini tushuntiradi, so’ng savol beradi yoki mavzu mazmunini muhokama etadi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga javob beradi, o’z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok etadi. Muhokama natijalari asosida xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to’g’ri, yakuniy javobni oladi. Bu esa olgan bilimlarni mustahkamlashga ta’sir etadi [7].
Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar.

11. O’qituvchilarni o’quv dasturlari va darsliklardan ijodiy foydalanishga yo’llash


O’qituvchi – bu ta’lim oluvchilarni hayotga, ongli mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida, jamiyat oldida javob bera oladigan, yoshlarga ta’lim – tarbiya berish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan va pedagogik faoliyat bilan kasbiy jihatdan shug’ullanuvchi shaxsdir.
O’qituvchi va o’quvchining dasturli faoliyati – bu o’quv jarayonida ahamiyatsiz harakatlarni yo’qotish, samarali o’zaro aloqani ta’minlash va rejalashtirilgan natijalarga o’z vaqtida erishish jarayonidan iboratdir. Bunda o’qituvchi texnolog – nazoratchi sifatida qatnashadi. Ushbu jarayonda ta’lim maqsadini aniq ifodalab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o’rganilayotgan o’quv materiallarining mazmunini saralashda o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyat darajalarini, fanni bayon qilishning ilmiy tilini hisobga olishi va nihoyat, tashkiliy shakllarining mosini tanlab belgilangan vaqt doirasida samarali didaktik jarayonni tashkil etadi.
O’qituvchilar o’z kasbiy faoliyatini olib borishdagi o’quv dasturlari va darsliklardan foydalanishda quyidagi savollarga javoblar doimo ularda bo’lishi kerak:
1. Ta’lim oluvchilar qanday kontseptsiyani (qarashni) talqin qilishi va unga amal qilishi kerak?
2. Kontseptsiya bilan tanishish uchun ta’lim oluvchilar qanday faoliyatni amalga oshirish kerak?
3. Ta’lim oluvchilar nimalarni kuzatishlari va yozib borishlari kerak?
4. Ta’lim oluvchilarga qanday ko’rsatmalar berish kerak?
5. Ta’lim oluvchilar axborot yoki kashfiyotlarning qanday turlari to’g’risida fikr yuritishlari kerak?
6. Ularning “Kashfiyotlari”ni umumlashtirish uchun Men ta’lim oluvchilarga qanday yordam bera olaman?
7. Men ta’lim oluvchilarni qanday boshqarishim va xatto, ularning tushunishlari etarlicha bo’lmasada, ular aniqlashi mumkin bo’lgan narsalarni ularga etkazishdan o’zimni to’xtatib turishim mumkin. Ular kontseptsiyani to’g’ri shakllantirishlari (ifodalashlari) uchun ulardagi mavjud axborotdan foydalanishda Men ularga qanday yordam bera olaman?
8. Agar ta’lim oluvchilar nima uchun ana shu kontseptsiya muhim bo’lib hisoblanadi, deb mendan so’rashsa, men ta’lim oluvchilarga qanday javoblarni keltirishim mumkin?
9. Ta’lim oluvchilar ushbu kontseptsiyaga daxldor bo’lgan avvalgi tajribalarga egadir! Men ushbu kontseptsiyani ta’lim oluvchilar intellektual salohiyati va tajribasi bilan qanday bog’lay olaman?
10. Ushbu kontseptsiya ta’lim oluvchilarga muayyan fandan o’zlari uchun foydani ko’rishda yordam berishiga qanday misollar bor? Fan, texnika – texnologiya va jamiyatning o’zaro munosabatlarini tushunishda yordam berishigachi? Fan tarixi va mohiyatiga oid axborot olish uchun ularga yordam berishigachi?
Ma’lumki, o’qituvchilarning kasbiy shakllanishi – bu ta’lim oluvchining oliy o’quv yurti dargohida o’quv – biluv faoliyatidan iborat bo’lgan jarayon. Albatta, ularda tayyorlanadigan mutaxassis yo’nalishga mos o’quv reja hamda DTSga mos o’quv dasturlari ishlab chiqiladi va ularga mos pedagogik jarayon davom ettiriladi. Bu orqali ta’lim oluvchilarga kasb sir – asrorlarini o’rgatish, ilmiy bilimlar berish, ta’lim oluvchining kasbiy mahorati haqida ma’lumotlar berib boriladi va ular o’qituvchilik kasbi haqidagi bilimga ega bo’lishi bilan birga ma’lum ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’quv dasturlari bo’yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko’nikmaga aylantirishgagina emas, balki ta’lim oluvchilarni amaliy faoliyatga ijodiy yondasha oladigan qilib tayyorlash ham e’tiborda bo’lmog’i lozim. Bunday mashg’ulotlar egallamoqchi bo’lgan kasbining to’g’ri tanlanganligiga ishonch hissini uyg’otadi va o’z sohasining deyarli barcha jabhalariga ijodiy yondasha olish qobiliyatini shakllantiradi.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin