O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə108/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Muammoli o’qitishni tashkil etishning birinchi sharti o’quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir.
Muammoli o’qitishning ikkinchi shartida muammoli o’qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o’quv vazifasiga o’tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati ko’zda tutiladi.
Muammoli o’qitishning uchinchi sharti talim oluvchining subektiv mavqei, ularning bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish ia natijani qo’lga kiritish uchun o’zlarining ixtiyorida bo’lgan vositalarni baholay bilishidir.
Muammoli o’qitishga asoslangan o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi unda qo’llanadigan metodlarni asoslab berishni talab qiladi. Bunda: ijodiy, qisman-ijodiy evristik, axborotlarni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish asosiy metodlar hisoblanadi.
Ijodiy metod ta`lim oluvchining ijodiy mustaqilligini to’la amalga oshiradi. Unda talaba o’qituvchining bergan vazifasini bajaradi, ayni vaqtda o’zlari ham o’quv muammosini shakllantiradi, o’zlari mustaqil gipotezani yechishga harakat qiladilar, izlanishni amalga oshiradi va pirovard natijaga erishadilar. Shu tariqa ijod metodi qo’llash bilan talabalar faoliyati olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yaqinlashadi. O’qituvchi faqat talabalarning ilmiy izlanishlariga umumiy rahbarlik qiladi, vazifalar esa ularning mustaqil o’quv-bilish xatti-harakatlarining to’la davriyligiii ko’zda tutadi: yo tahlilgacha axborotlar kelishiladi yoki yechilishiga qadar o’quv muammosi qo’yiladi hamda yechimlar tekshirib ko’riladi va yangi bilimlar joriy qilinadi.
Ijodiy metoddan o’rganilayotgan kursning umumiy asoslarini qamrab olgan eng muhim mavzularni o’tishda foydalanish tavsiya kilinadi. Bu esa boshqa barcha materiallarning tobora ongli o’zlashtirilishiga olib kelishi lozim. Shuningdek, bunday metodda mashg’ulot o’tkazish uchun o’qituvchi tanlangan bo’lim yoki mavzu talabalarning idrok qilishlariga qulay bo’lishini nazarda tutishi lozim bo’ladi.
Ijodiy metod ta`lim oluvchidagi uzoq vaqtni va maxsus sharoit yaratilishini talab qiladi.
Talabalarning ijodiy ishlari shakliy jihatdan rang-barangdir. Ular ma`ruza matnini tayyorlash va seminarga tayyorgarlik ko’rish, u yoki bu masalaning nazariy holatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, hujjatlarni arxivdan o’rganish) o’rganish, ko’rgazmali qurollar, didakgik materiallar tayyorlash va boshqalardir.
Qisman ijodiy metod murakkab muammoni bo’laklarga ajratib, uning qulay masalalarini bosqichma-bosqich aniqlab olishda qo’llanadi va unda hal qilingan har bir bosqich (qadam) masalaning keyingi bosqichini yechishda asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda talabalar o’quv mummosining qo’yilishida, gipotezani taxmii qilish va isbotlashda faol kirishadilar. Ular faoliyati reproduktiv va ijodiy unsurlarini o’zida qamrab oladi. Bunda o’qitishning qidiruv (izlanish) suhbat, talabalarning javoblari va to’ldirishlariga qo’shimcha qilgan holda o’qituvchining faktlarini kuzatish va umumlashtirish usullari qo’llanadi. Bu hollarda talabalarning reproduktiv va qidiruv (izlanish) faoliyatining muvofiqligiga muhim ahamiyat kasb etadi. Ular biror bosqichdagi o’quv muammosining mustaqil hal qilishdan to ulardan aksariyati yechilgunga qadar kuchli o’zgarib turishi mumknn.
Mashg’ulotlarda ijodiy suhbatni qo’llash maqsadga muvofiq topiladi. Talabalar bunday suhbat jarayonida o’zlarida avvaldan mavjud bo’lgan bilimlari, ijodiy faoliyati tajribasiga asoslangan holda o’qituvchi rahbarligida muammoni izlaydi va mustaqil ravishda uning yechimini topadlar. Talabalar o’z tashabbuslari bilan savollarga javob beradilar yoki o’z chiqishlarida turli mulohazalarni bildiradilar, muammoning yechilishidagi o’z variantlarini ilgari suradilar, hodisalar o’rtasidagi rang-barang, aloqalar borasida bahslashadilar, boshqalarning fikriga tanqidiy munosabat bildiradilar. Bu jarayonda o’qituvchining talabalarga yordam berish darajasi ularning mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish darajasiga bog’liq bo’ladi.
Ijodiy suhbatga tayyorlashda o’qituvchining unga o’ta mas`uliyat bilan yondoshishi talab qilinadi. O’qituvchi bunday suhbatga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko’rishi lozim: avvaldan shunday savollar o’ylab topishi kerakki, ular talabaning u yoki bu hodsaning mohiyatini anglab yetish va uning yechilish yo’llarini bashorat qila olsin. O’qituvchi talabalarning umuman muammoni yechish uchun yetarli darajada tayyorgarlik ko’rib kelmasligini ham ko’zda tutishi va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirib boruvchi qo’shimcha savollarni tayyorlab qo’yishi lozim, bunday savollar orqali talabalar ijodiy hal qilishi shart bo’lgan vazifalarni qismlarga ajratish ham zarur bo’ladi, yani muammo kichik muammolarga bo’linadi va muammoli vazifa yechiladi. O’qituvchi bunday vaziyatda vazminligini saqlashi, talabalarga tezroq yordam berish, kamchiliginn tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga tanbeh berishga shoshilmasligi, balki qo’shimcha savollar bilan o’zlarining xatosini anglashga va to’g’ri qaror qabul qilishga erishish maqsadga muvofiqdir.
Ijodiy suhbat davomida kamroq tayyorgarlik ko’rgan, jonli fikr olishuvlarda, shuningdek, indamaslikni xush ko’radigan talabalarga alohida ahamiyat berish lozim. Bunday talabalarning hulqlarini ko’zda tutgan holda ulardan ham “nido chiqishi”ga erishish maqsadida ular uchun ham avvaldan savollar tayyorlab qo’yish ma`qul bo’ladi.
Ijodiy xarakterdagi suhbat o’quv-tadqiqot ishlarining zaruriy bosqichi hisoblanadi. Unda talabalarning o’zida tadqiqot ishlari unsurlari mavjud bo’lgai qisman-ijodiy faoliyatning bajarilishini talab qiladigan muammoli xarakterdagi mantiqiy masalalar diqqatni jalb qiladi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin