Ta`lim texnologiyasi muammolarin tadqiq etuvchi tashkilotlar hamda ilmiy jurnallar
(2 jadval)
№
|
Mamlakatlar
|
Tashkilot nomi
|
Tash.top.
yil
|
Jurnal nomi
|
Nashr et. y.
|
1
|
AQSh
|
Ta`lim komunikatsiyasi Assotsiatsiyasi
|
1971
|
“Ta`lim texnologiyasi”
|
1961
|
2
|
Angliya
|
Pedagogik ta`lim Milliy Kengashi
|
1967
|
“Ta`lim texnologiyasi va dasturli ta`lim”
|
1964
|
|
|
|
|
“Ta`lim texnologiyasi”
|
1970
|
3
|
Yaponiya
|
4 nomda ilmiy jamiyatlar faoliyat olib bormoqda
|
1965-70
|
“Ta`lim texnologiyasi”
|
1965
|
|
|
|
|
“Ta`lim texnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar”
|
1965
|
4
|
Italiya
|
|
|
“Ta`lim texnologiyasi”
|
1971
|
Rivojlangan mamlakatlarda ta`lim texnologiyasi borasida katta tajribalar to’plangan bo’lib, ayni vaqtda ulardan samarali foydalanib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasida ham bu borada muayyan tajribalar to’planayotgan bo’lsada, biroq bir qator muammolar ham mavjud. (2- shakl): (ko’rsatiladi.)
Respublika ta`lim muassasalari faoliyatiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish muammolari. (2 - shakl)
Ta`lim tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etish yo’llaridagi muammolar
Ta`lim texnologiyasi g’oyalarining ta`lim jarayoniga to’laqonli tadbiq etilishi uchun mintaqaviy ichki imkoniyatlarni puxta o’rganish
Xususiy fanlarning o’qitilishi jarayoniga ilg’or texnologiya-larni joriy etish choralarini belgilash, zarur shart-sharoitlarni yaratish
Barcha turdagi ta`lim muassasalarini pedagog xodimlarini qayta tayyorlash, ularni ta`lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish malakalarin oshirish
Nazariyaning yagona nom bilan nomlanishga erishish (bu pedagoglar o’rtasida mayyan tushunmov-chiliklarni keltirib chiqarmoqda)
Ta`lim subektlarining texnika-viy savodxonligiga erishish
Tezkor axborot xizmati-ni yo’lga qo’yish
Pedago-gik jarayon-ning demokratlashuv va insonparvarlashu-viga erishish
O’quvchining individuallashuviga alohi-da ahami-yat berish
Tadqiqotlar natijalari-ni taxlil etish, umumlashti-rish, tavsiyalar ishlab chiquvchi Markazni tashkil etish.
Zamonaviy o’qitish texnologiyalari-majmuaviy integral ( butun, uzviy bog’liq) tizim bo’lib, unda ta`lim maqsadlari asosida belgilangan ko’nikma va malakalar o’quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o’zlashtirish, ulardan muayyan ma`naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat usullarinnig ma`lum tartibga solingan to’plami sifatida aks etadi. Bu o’rinda ta`lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqish (nima?), ta`lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta`lim metod va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, o’qituvchilarning malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo’l bilan?) inobatga olish lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy tarzda qo’llanishi o’quv jarayonining mohiyati va texnologiyasini belgilab beradi.
Pedagogik vazifani belgilashda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiqdir:
ta`lim maqsadlarini hal etish asosida o’quv predmeti mazmunini aniqlash;
o’quv predmeti axborot tuzilmasini ishlab chiqish va uni o’quv unsurlari tizimi ko’rinishida ifodalash;
o’quvchilarning o’quv unsurlarini o’zlashtirish darajalarini avvaldan belgilash;
o’quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash ( bu ko’rsatkich o’quv predmetining mazmuni asoslanadigan o’quv materialini o’zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi);
moddiy baza hamda ta`limning tashkiliy shakllariga qo’yilgan chegaralarni belgilash.
Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta`minlovchi o’qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan o’qituvchi faoliyati ta`limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati o’ta asosiy omil bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot almashish jarayonining turi, axborotni uzatish vositalarining tiplari va bilish faoliyatini boshqarish.
O’qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish kontseptsiyasiga asoslanib, uni tashkil etishning quyidagi mantiqiy ketma-ketligini asoslash mumkin. Dastlab o’quv materiali mazmunining tavsifi, uni o’rganishdan ko’zlangan maqsad (o’zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo’yilish shartlari tahlil etiladi. So’ngra o’qitishning mos ravishdagi metodlari hamda o’quvchilarning bilish faoliyatining boshqarish tizimi ishlab chiqiladi. Shu asosda o’qitish vositalarining ro’yxati tuzildi. Ushbu usul bilan hosil qilingan metod va ta`lim vositalarining yaxlit tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg’unlashtirildi, ya`ni muayyan texnologiya ishlab chiqildi.
Umumlashgan pedagogik texnologiyalar ma`lum psixo-pedagogik asoslarda qurilgan “sintetik nazariya” sifatida qaraladi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tadbiqiy asosini shaxsiy faoliyatli yondoshuv, tanqidiy-ijodiy, fikrlash muammolarni hal etish, qaror qabul qilish va jamoada hamkorlikni qaror toptirishga oid pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji yuzaga kelmoqda. Ayni vaqtda ta`lim muassasalari amaliyotida quyidagi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. (3- jadval)
Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan ta`lim-tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o’zida metodlar tizimi, maqsad, shakl, vositalari, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari hamda yakuniy natijalarga erishish borasidagi majmuani mujassamlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |