10-MAVZU: Ta’limda innovastion jarayonlar. Mavzu rejasi: 1. “Innovatsion metod” tushuncha
2. O’quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar
3. Interaktiv metodlarni turkumlash
4. Tarbiya texnologiyasi tushunchasi
5. Ta`lim texnologiyalari tasnifi va ularga tavsif.
6. Modulli ta`lim texnologiyalari
Insoniyat tsivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta`lim berishga yo’naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ta`lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o’ta qatiy hamda murakkab talablar qo’yilmoqda. Chunonchi murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to’laqonli anglash imkoniyatiga ega, favqulotda ro’y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal etuvchi malakali mutaxasisni tayyorlashga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj ta`lim jarayonini texnologik yondoshuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.
Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kegayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalana olish mazkur fan oldiga ham qo’yilgandir.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko’lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor suratda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o’quvchiga yetkazib berishni yo’lga qo’yish ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta`lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammolarni ijobiy hal etigan xizmat qiladi.
Ta`lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi o’tgan asrning boshlarida G’arbiy Yevropa hamda AQShda ta`lim tizimini isloh qilish, ta`lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta`minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o’rtaga tashlandi. Mazkur g’oya 30- yillarda ta`lim jarayoniga “pedagogik texnika” (ta`lim texnikasi) tushunchasini olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta`lim) texnika(si)” tushunchasi “o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul va vositalar yig’indisi” tarzida talqin etildi hamda o’quv jarayoniga o’quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko’rsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta`lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya boholanadi.
XX asrning 50-yillarida ta`lim jarayonida texnik vositalarni qo’llash “ta`lim texnologiyasi” yo’nalishini belgilab beruvchi omil deya e`tirof etiladi, asosiy e`tibor o’quvchilar auditoriyasini kengaytirish, texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarni imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularni axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta`lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratiladi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob`ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o’quv jarayoni “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o’rganishga alohida urg’u berildi.
60 yillarning boshlarida ta`limni dasturlash asosida ta`lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasininng mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko’rina boshlandi. Dasturiy ta`lim o’quvchilarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berishni nazarda tutadi. Ta`lim jarayoninng yaxlit, maqbul dasturiga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQShda faoliyat yurita boshlagan “dasturiy ta`lim va o’rgatuvchi mashinalar bo’yicha birlashgan Qo’mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta`lim o’zida ta`lim maqsadlari, ularni o’zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta`lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. (1-jadval).
Ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasining shakllanishi uzoq muddatli vaqt oralig’ida kechdi. Qator mamlakatlarda ta`lim texnologiyasi va uning muammolarini tadqiq etishga alohida etibor qaratiladi. Ta`lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar tuzildi, maxsus jurnallar nashr etildi:
“Ta`lim texnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichlari.
№
BOSQIChLAR
YILLAR
TA`LIM TEXNOLOGIYaSI--TT
1
1-BOSQICh
XX asning
30-yillari
T T- o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishda ko’maklashuvchi usul va vositalar yig’indisi (ped texnologiya)
2
2-BOSQICh
XX asrning
50-yillari
T T—Ped tex.+jarayonida texnik vositalarni ( TV qo’llash, ularning imkoniyatlarini takomillashtirish, axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, o’quvchi faoliyatini indviduallashtirish.
3
3-BOSQICh
XX asrning
60- yillari
TT=ped tex. + TV + dasturiy ta`lim (DT). Dasturiy ta`lim-ta`lim maqsadlarini aniqlanishi, ta`lim jarayonini umumiy loyihalash, o’quvchilar tomonidan nazariy bilimlarni o’zlashtirilishi ehtimolini oldindan tashxislash, ta`lim jarayonining samaradorligini aniqlash, maqsadining natijalanganligini o’rganish, faoliyat natijalarini tahlil etish.