O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə100/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Muammoli darslar. YAngi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslarining yana bir turi muammoli darslardir. O`quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati bunday darslarning psixologik zamini sanaladi. Bu darslarga ham an`anaviy darslarga o`xshab qator pedagogik talablar qo`yiladi. Ilmiylilik, sistemalilik izchillik, onglilik va sh.k. Shunday didaktik talablar sanaladi. Shu bilan birga, muammoli darslarning o`ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Muammoli dasr ta`limining boshqa turlari, tizimlarini metodlarini tomomila inkor etmaydi. Uning asosiy xususiyati ta`lim jarayonining ma`lum zvenosida-yangi bilimlarni o`rganish jarayonida yangicha bilim, yangicha faoliyat ko`rsatish usullarini ijodiy egallash bilan xarakterlanadi.
Muammoli darslar quyidagicha tashkil etiladi:
­­­-darsning boshlanishi bu bosqichda bolalarning o`quv materialiga qiziqishlarini oshirishga oid ishlar qilinadi, mavzuga doir muammo yoki muammolar tizimi qo`yiladi;
-ko`yilgan muammo ustida o`qituvchi va o`quvchilarning birlikda ishlashi. Bu bosqichda o`quvchilar muammo uni bajarish bo`yicha o`z fikrlarini o`rtaga tashlashib fikrlashadi;
-muammoni echish usulini tanlash. Bu bosqichda bolalar aytgan usullar (farzandlardan) biri tanlanadi;
-tinglangan usulni qo`llab muammo bajariladi;
-muammo yuzasidan xulosa chiqariladi, chiqarilgan xulosa yangi o`quv sharoitiga tatbiq etiladi.
Yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslarida mustaqil ishlarning o`rni. Ta`limda mustaqil ishlardan foydalanish darsning tashkiliy qurilishlariga ham ta`sir etadi. O`quv materialining mazmuni, sinf o`quvchilarining tayyorgarlik darajasi, bolalarning yoshi, individual xususiyatlari hamda ularning real o`qish imkoniyatlarini hisobga olib, mustaqil ishlar asosida o`tkaziladigan darslarning quyidagicha turlari farqlanadi.
Birinchi turida o`rganiladigan bilimlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, mustaqil ish o`tkaziladi; mustaqil ishning natijasi jamoa bo`lib muhokama qilinadi. YAngi o`quv materialining mazmuni bajarilgan mustaqil ish natijasi asosida bayon qilinadi. Darsni shu yo`sinda tashkil etish, bir tomondan, o`zlashtirish paytida o`quvchilarning faolligini oshiradi, ularning yangi o`quv materialini faol idrok etishga tayyorlaydi, ikkinchi tomondan esa yangi bilimlar tajribasi o`tgan faktlar asosida izohlanadi.
Bunday mashg`ulotning tashkiliy qurilishi quyidagicha ko`rinishga ega bo`ladi: oldingi sinflarga o`rganilgan bilimlarni esga tushirish; yangi o`quv materiali mazmuniga mos mustaqil ishlarini bajarish; bajarilgan mustaqil ishlarni jamoa bo`lib muhokama qilish; tahlil qilingan faktlar bo`yicha yangi bilimlarni bayon etish: yangi bilimlarni mustahkamlash.
Mustaqil ishlar asosida o`tkaziladigan darslarning ikkinchi turida mashg`ulot o`quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. Bunday darslarning tashkiliy qurilishi quyidagicha bo`ladi: o`quv materialini mustaqil o`rganish uchun ko`rsatma berish; o`qituvchi topshirig`iga ko`ra nazariy materiallarni o`qib chiqish; o`rganilgan materiallari yuzasidan suhbat; bolalar mustaqil o`rgangan bilimlarga qo`shimchalar kiritish; bilimlarni mustahkamlash.
Mustaqil ishlar asosida tashkil etiladigan darslarning navbatdagi turida o`quv materialining bir qismini o`qituvchi bayon qiladi, bir qismini o`quvchilarning o`zlari mustaqil o`rganishadi, mavzu yuzasidan umumiy xulosalar chiqarish bosqichidan keyin o`qituvchi bayon qilgan va o`quvchilar mustaqil o`rgangan qismlar bo`yicha mashq o`tkaziladi, bilimlar mustahkamlanadi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin