O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


O`tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarining qurilishi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə102/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

O`tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarining qurilishi. O`tganlarni takrorlash va malakalarni hosil qilish darslari yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darslaridan farq qiladi: Takrorlash va malaka hosil qilish darslaridan keyin o`quv predmetining navbatdagi mavzusini o`rganishga o`tiladi. Mashg`ulotlarning birinchisi o`quvchilar anglab etmagan, ular uchun mavhum bo`lgan qonun-qoidalar ustida o`tkazilsa, ikkinchisi o`quvchilar anglab olgan, ularning ongidan, faoliyatidan bir marta o`tgan bilimlar bo`yicha tashkil etiladi. O`tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarida o`quvchilar oldin o`rganilgan bilimlarga takroriy duch keladilar, shu bilimlarga duch kelib faoliyat ko`rsatishadi. Bilimlarni turli o`quv hayotiy sharoitlariga tatbiq etish natijasida o`rganilgan bilimlarning ko`lami kengayadi, konkretlashadi. Demak, bu dars tipining eng xarakterli xususiyati o`quvchilarning fan asoslarini yanada puxta, to`liq o`zlashtirishga qaratilganligidadir.
Takarorlash va malaka hosil qilish darslarida ko`proq turli tuman mashqlaridan foydalaniladi, o`rganilgan bilimlar ustida o`quvchilar faoliyati tashkil etiladi, bilimlar turli o`quv sharoitlarida tatbiq etiladi. Bilimlarni esga tushirish, faoliyat ko`rsatish, ularni o`quv va hayotiy sharoitlariga tatbiq etish natijasida o`quvchilarda shu bilimlarga oid malakalar shakllanadi. Demak, bu dars tipining yana bir belgisi o`quvchilarda malakalarni hosil qilishdir. O`tganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarini nazariy bilimlar o`rganilgach, tashkil etiladi. U yangi o`quv materialini o`rganish va mustahkamlash darsining davomi sifatida unga bog`lab tashkil etiladi. Yuqoridagi xususiyatlarga ko`ra bu dars tipining asosiy va shu bilan birga doimiy etapi ajratiladi.
Oldingi mashg`ulotda o`rganilgan bilimlarni ongli esga tushirish bosqichi. Bilimlar quyidagi yo`llar bilan esga tushiriladi: savollarni o`rtaga tashlash; mashq, masalarni echish, mustaqil ish, o`quv topshiriqlarini bajarish.
Esga tushirilgan bilimlarni turli o`quv sharoitlariga tatbiq etish bosqichi. Bilimlarni berilgan sharoitlarga tatbiq etish yo`li bilan o`rganilgan bilim va undan faoliyatda foydlanish o`rtada bog`lanish hosil qilinadi.
Bilimlarni kengaytirish bosqichi. O`rganilgan o`quv materialiga takroriy duch kelish jarayonida bolalar o`rganilayotgan ob`yektning hali sezilmagan, anglanmagan xususiyatlarini payqab olishadi. Bu bilimlarning yanada kegayishiga olib keladi. Didaktikada shu xodisa kumulyatsiya deb yuritiladi. Demak, takrorlash va malaka hosil qilish darslarida bilimlar yanada kengayadi, malakalar takomillashadi.



Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin