O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə107/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

O’quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
yangi bilimlarni shakllanpshrishga olib keladigan noma`lumning bo’lishi;
talabalarda noma`lumni topish yo’lida talantni amalga oshirshi uchun zarur bo’lgan muayyan bilim zahirasining bo’lishi.
O’quv muammosini yechish jarayoinda talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o’ylab topish yoki gipoteza qilish hamda uni asoslashdir.
O’quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uni hal qilinishida bir bosqich bo’lib xizmat qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari, malum va nomalumiing o’zaro munosabati xarakteri bilimga bo’lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo’lgan izlanishga undaydi.
Ta`kidlash joizki, muammoli o’qitishning zaruriy sharti talabalarda uning natijasini izlash jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabitni vujudga keltirish hisoblanadi.
Talabalarning muammoli o’qitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati muammoli vaziyat paydo qilinganda talabalar mashg’ulotda muammoni ifodalab berishdan iborat bo’ladi, yani bilishdagi qiyinchiliklarning paydo bo’lishi mohiyatini (ya`ni ushbu damda unga nima
ma`lum bo’lsa) so’z bilan ifodalab beradi, so’ngra muammoning yechilish usullarini qidiradi va bunda turli taxminlarni olg’a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan taxminlardan birini faraz sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish muammo yoki vazifa bajarilgandan so’ng tugallanadi.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat - o’quv muammosi - o’o’uv muammosini yechish uchun izlanish - muammoning yechilshii.
Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta`limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo’lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (echimini) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo’lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo’ladi.
Muammoli o’qitish bilimlarni ongli va mustahkam o’zlashtirish, atrof-muhitga o’zining faol munosabatini belgilab olishda talabalar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega.
Muammoli o’qitishda o’qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo’lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.
Ayrim hollarda o’qituvchi talabalarda nafakat qiziqshi uyg’otishi kerak, balki o’quv muammosini o’zi hal qilib qo’ymasligi va boshqa hollarda talabalarning o’quv muammosini yechishdaga mustaqil ishlariga rahbarlik qilish lozim, natijada talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza qo’yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi, bilimlarni bir muammodan boshqa ko’chirish ko’nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasavvurlari rivojlanadi. Talabalar muammoli o’qitish jarayonida muammoli vaziyatda o’quv materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy harakat usullarini o’zlashtirar ekan, o’rganilganlarni mustaqil tahlil qilar ekan, gipotezalar qo’yish va ularni isbotlash orqali o’quv muammolarini shakllantirar ekan, unda talabalarning intellektual faolligi ta`minlanadi.
Shunday qilib, muammoli o’qitishning vazifasi talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o’zlashtirishga xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo’llash malakasini hosil qilish, bilish, mustahkamlashga o’quv va tarbiya muammolarini hal qilishidir.
O’quv jarayonining amaliy tahliliy muammosi o’qitishning o’ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o’qitishning mohiyati ta`lim oluvchi tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgai axborotlarni o’qituvchining maxsus tashkil qilishidan iboratdir.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin