O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


I MAVZU: PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI. PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI VA TARMOQLARI



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə122/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

I MAVZU: PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI. PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI VA TARMOQLARI
REJA:
1.1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari.
1.2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
1.3. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiya soxalariga psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
1.4. Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi.
1.5.Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari
1.6.O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi.
1.7. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
1.8. Psixologiyaning asosiy tamoyillari
1.9 Psixologiyaning tadqiqot metodlari
P
1.1. Psixologiya fanining predmeti va vazifalari
sixologiya oliy o‘quv yurtlarda o‘quv predmeti va fan sifatida o‘rganiladi. O‘quv predmeti sifatida ta’lim muassasi o‘quv rejasiga kiritilgan bo‘lib, talabalarning umumkasbiy tayyorgarligiga yo‘naltirilgan o‘quv fanlari tizimidan joy olgan, uni o‘rganish uchun ma’lum o‘quv soatlari ajratilgan va turli shakldagi mashg‘ulotlar: ma’ruza, seminar va laboratoriya-amaliy, shuningdek, nazorat ishlari va imtihonlar ko‘zda tutilgan.
Psixologiyani fan sifatida o‘rganish bilan uning qanday fan ekanligi, xususiyatlari va nimalarni o‘rganishi haqida bilimlarga erishiladi. Psixologik bilim va malakalarni o‘zlashtirish talabalarga atrofdagi odamlarni ular bilan muloqot amaliyotida, munosabatlarda, o‘zaro hamkorlik faoliyatida bilish uchun; ularning fikri, maqsadi, kechinmalari, qiziqish va qobiliyatlari, ehtiyoj va motivlari va h.k.larini bilish va qo‘llash uchun zarurdir. Psixologik bilim va malakalar talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyati, oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi va boshqalarda asqotadi. Va, nihoyat, eng muhimi, psixologik bilimlar talabalarga o‘zlarini anglashda, o‘z ustilarida ishlashda va qiziqish, ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirishlarida, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya fani o‘ziga xos fan bo‘lgani uchun oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rganadigan ilmiy fanlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. Psixologiyaning fan sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, bu fan hozircha inson uchun noma’lum bo‘lgan, eng murakkab – psixika, insonning ichki olami haqidagi fandir, ikkinchidan, bu fanda bilishning ob’ekti va sub’ekti tutashib ketgan. Bu holat va fikrni shunday ifodalash mumkin: avval inson o‘z fikrlarini tashqi dunyoga yo‘naltirib, so‘ngra o‘ziga murojaat qiladi. Bunda fikr o‘ziga qarata burilish yasagani uchun psixologiyaning vazifalari boshqa fan vazifalari bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada murakkabdir. Va, uchinchidan, psixologiyaning o‘ziga xosligi uning noyob amaliy oqibatlarga ega bo‘lishidir. Axir biror narsani anglash – uni egallab, boshqarishni o‘rganishdan iborat. Insonning o‘zida kechayotgan psixik jarayonlar, ularning vazifalari, qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganish, misol uchun, koinotni zabt etishdan ko‘ra o‘ta murakkab va muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bunda inson o‘zini anglab borgani sayin o‘zini va atrofidagilarni o‘zgartirib borishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. SHuning uchun, psixologiya – insonni faqatgina anglovchi emas, balki uni yaratuvchi fan.1[4]
Biz har qanday fanni ikki katta asosiy guruhlarga bo’lishimiz mumkin: Positiv Fanlar va Normativ Fanlar. Fizik va hayotiy fanlar positiv fanlar deb atalishiga qaramasdan, logika, falsafa va etika kabi fanlar tabiy fanlar kategoriyasiga kiradi.
Normativ fanlarni positive fanlar bilan taqqoslasak, positive fanlar faktlarni o’rganadi, “nima?”ligini tasvirlaydi va “nima bo’lishi kerak” degan savollarga javob beradi.
Psixologiya hech qanday shubhasiz Positive fanlar guruhiga kirib ketadi.
Psixologiyaning vazifalari asosan, quyidagilardan iborat:
- psixik hodisalarning mohiyatini va ularning qonuniyatlarini anglashni o‘rganish;
- ularni boshqarishni o‘rganish;
- olingan bilimlardan shakllangan fanlar va sohalar bilan bir qatorda turgan amaliyotning boshqa sohalari samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish;
- amaliy xizmatning nazariy asosi bo‘lib xizmat qilish.
Ko‘rsatilgan umumiy vazifalardan tashqari hozirda psixologiya quyidagi xususiy vazifalar bilan ham shug‘ullanmoqda: psixikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi; psixik faoliyatning neyrofiziologik asoslari; tashqining ichkiga o‘tish qonuniyatlari; inson psixikasining ijtimoiy-tarixiy omillarga bog‘liqligi; olam psixik obrazlarining shakllanishi va va ularni tashqi, amaliy faoliyatga tadbiq etish qonuniyatlari; inson psixikasining boshqariluvida biologik va ijtimoiy omillarning birligi; inson psixikasi tuzilishi; bilish,irodaviy va hissiy jarayonlarning aks ta’sir-boshqariluvchi mohiyati, insonning ijtimoiy muhitdagi individual-psixologik hulq-atvori; inson faoliyatining ma’lum turlari psixologiyasi.
Har bir fanning asosi – maishiy tajriba. Masalan, fizika jismlarning harakati va pastga tushishi, yorug‘lik va tovush, issiqlik va yana ko‘plab boshqalar haqidagi bilimlarga tayanadi. Falsafa, iqtisod, jamiyatshunoslik va, albatta, psixologiya ham o‘z boshlang‘ich manbalarini kundalik hayotdan oladilar, chunki har birimiz bitta ham adabiyotni o‘qimay turib v a oliygohning psixologiya fakultetida tahsil olmasdan inson psixologiyasining ba’zi tomonlarini tushuntirib bera olamiz deb hisoblaymiz.
Kundalik maishiy bilimlar aniq bo‘lib, haqiqiy vaziyatlarga bog‘liqdir, ilmiy psixologiya esa asosli umumlashtirishga intilgani uchun nazariy tushunchalardan foydalanadi va tekshirilgan ma’lumotlarga tayanadi. Ular ichki fahm xususiyatiga ega bo‘lgani uchun amaliy ruhshunoslarning ko‘pchiligini ayollar tashkil etadi. Ilmiy psixologik bilimlar umumlashtirilgan,maqsadga muvofiq va anglangan bilimlardir.
Kundalik maishiy bilimlar chegaralangan bo‘lgani uchun qiyinchilik bilan o‘tkaziladi, ilmiy psixologik bilimlar esa to‘planadi va o‘tkaziladi, shuning uchun doimo kengayib boraveradi.
Maishiy psixologiyada bilimlarga ega bo‘lish metodi sifatida kuzatish va mulohaza yuritish qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada ularga tajriba metodi ham qo‘shiladi.
Ilmiy psixologiyaning afzalligi shundan iboratki, u keng, turli-tuman, noyob ma’lumotlarga egadir. Ular to‘planib, psixologiya fanining maxsus sohalarida, deylik, yosh yoki muhandislik psixologiyasida o‘rganiladi. Ularga biror bir shaxsning alohida o‘zi egalik qilolmaydi.
Insonning xarakterini o’rganuvchi psixologiya fanini fizika, kimyo, botanika, zoologiya, astronomiya va matematika kabi boshqa positive fanlar bilan bir qatorga qo’ya olishimiz mumkinmi ? Javob salbiy. Bu fanlarni bir biriga taqqoslasak, psixologiya unchalik ham rivojlangan fan emasligini bilamiz. Shunisi aniqki, bu organizim hususiyatlarini o’rganuvchi xarakterik fandir. Bu o’zgaruvchi va aniq bashorat qilib bo’lmaydigan xarakterdir. Bu fanni o’rganuvchi metodlar ham tabiy fanlardagidek aniq va obyektiv emas. Boshqa tomondan, fizik va kimyoviy reaksiyalarni o’rganuvchi tabiy fanlarda o’rganish jarayoni va tabiy moddalar tuzulishidan kelib chiqib aniq ma’lumotlar aytish mumkin. Natijada shuni aytishimiz mumkinki, psixologik xarakterlar faniga qaraganda tabiy fanlar yanayam aniqrod va obyektivdir.
Shunday qilib, psixologiyani fizik va tabiy fanlar bilan bir qatorga qo’yish unchalik to’g’ri ish emas. Psixologiya texnikalari va obyektiv va imkoni boricha aniq bo’lishga intilishi juda kuchliligiga qaramasdan o’z o’rnini va fan sifatidagi obro’sini topa olmayabdi. Bu fan bir o’zi rivojlangandan ko’ra positive fanlar sifatida rivojlanishi uning uchun yanada yengillik tug’dirardi.
Biz psixologiyani tuzilishi va hususiyatlarini o’rgangan holda bu fanni rivojlanishdagi xarakterni o’rganuvchi positive fan deb aytishimiz mumkin1
Ilmiy psixologiyani to‘liq o‘rganilgan va mubolag‘asiz yaxlit bir fan deb bo‘lmasligi ayni haqiqatdir, chunki bu sifatlar asosiy masalalar bo‘yicha muntazam ravishda munozaralar yuzaga keladigan, yangi maktablar yo‘nalishlar paydo bo‘ladigan, olingan bilimlar qaytadan tekshirib chiqiladigan va aniq haqiqatlar rad etiladigan fanning tabiatiga zid bo‘lib hisoblanadi.

1.2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar


«Psixologiya» atamasi ikki yunoncha so‘zdan kelib chiqadi: «psyuxe» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, so‘z.
Bir necha yuz yilliklar davomida psixologiya tomonidan o‘rganiladigan hodisalar umumiy «ruh», tushunchasi bilan belgilanib, falsafa fani bir bo‘limining predmeti bo‘lib hisoblanar edi. «Psixologiya, aniqrog‘i «psixe» so‘zining kelib chiqishini tushuntirib berish uchun yunon afsonalariga murojaat qilamiz. Afroditaning o‘g‘li (lotin an’analarida – Veneraning) Erot (Amur), go‘zal Psixeyani sevib qoladi. Lekin Afrodita camo ma’budi bo‘lgan o‘g‘lining o‘z qismatini oddiy qiz bilan bog‘lamoqchi ekanligidan norozi bo‘lib, Psixeyani qator sinovlardan o‘tishga majbur qilgan holda sevishganlarni bir-biridan judo qilishga urinar edi. Ammo Psixeyaning muhabbati shunday kuchli, Erot bilan uchrashishga intilishi esa shunchalik yuksak ediki, bundan barcha ma’budlar kuchli ta’sirlanib, unga Afroditaning barcha talablarini bajarishga ko‘mak berishga rozi bo‘ldilar. Erot, ham o‘z navbatida, Zevsni Psixeyani ma’budaga aylantirish uchun ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Psixeya abadiylikka erishdi, va ular birlashdilar. YUnonlar uchun bu afsona haqiqiy sevgining, inson ruhi yuksak ro‘yobining mumtoz namunasi edi. SHuning uchun, Psixeya – abadiylikka erishgan oddiy qiz, o‘z mukammaligini izlovchi ruhning timsoli bo‘lib qoldi.[2]
Psixologiyaning maqsadi
Psixologiyaning maqsadi degandan biz nima tushunamiz ? bu savol quyidagi ikki fikr bilan muhokama qilinishi mumkin:
Uning faoliyati va turlarining imkoniyatlari
Uni muhokama qiluvchi faktlar, mavzular va tarmoqlar
Psixologiya faning faoliyati va turlarining imkoniyatlari juda kengdir. U yashovchi organizimning xarakterlarini o’rganadi, tushuntiradi va tasvirlaydi. Bu yerdagi “xarakter” va “yashovchi orgonizim” terminlari noodatiy keng ma’nolarni beradi. Xarakter termini har qanday turdagi harakatlar va tajribalarni – bilish, his – tuyg’u, tushunish yo tushunmaslik, sezish, sezmaslik kabilarni o’z ichiga oladi. Boshqa tomondan, “yashovchi organizim” atamasi o’z ichiga har qanday rangi, jinsi, yoshi, fizik va aqliy hususiyatlari, turlarini qamrab olgan tirik hilqatlarni oladi. Shunday normalar, bolalar, yoshlar, o’smirlar, o’qtuvchilar, ishchilar, jinoyatchilar, talabalar, ota – onalar, haridorlar kabi har xil sohalarga oid bolgan odamlarni psixalogiya fani o’rganadi. Shu bilan birga psixologiya fani bu bilan cheklanib qolmaydi, bundan tashqari u hayvon, qush, hashoratlar va ,hattoki, o’simliklarni tushunishga ham harakat qiladi.1
Shunday ekan, tirik organizim bor bo’lgan har qanday joyda, ularni tushunish va o’rganish uchun psixologiya fani kerak bo’ladi. Bizga ma’lumki, yashovchi organizmlar va ularning hayot faoliyati judayam xilma xil, shunday ekan psixologiya fani uchun bularni o’rganishda hech qanday to’xtov va chegara yo’q, bu fan hech qachon rivojlanishdan to’xtamaydi.[1]
Har qanday boshqa fan kabi psixologiya ham o‘z o‘rganish predmetiga ega. «Psixologiya» tushunchasining ma’nosidan kelib chiqqan holda, uning o‘rganish predmeti psixika bo‘lib hisoblanadi, deb aytish mumkin. Psixologiya ushbu predmetining maxsus xossalarini ajratish mumkin. SHunday qilib, psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik. Psixika – turli odamlarda yoshi, jinsi, asab tizimining turi, muhit va tarbiya sharoiti, orttirilgan tajriba, ma’lum hayotiy vaziyat va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq ravishda bir talay o‘ziga xos takrorlanmas, noyob turlari, belgilari, turli ifodalari mavjud bo‘lgan bir nusxaga ega bo‘lmagan va bir qolipda ishlab chiqilmagan ob’ekt. 2
Psixika – faol, maqsadga muvofiq jarayon. Idrok qilish, xotira, ong yoki psixomotorikaning o‘zini emas, balki sЬhu kabi hodisalar, jarayonlar xos bo‘lgan insonning psixik faolligini namoyon qiladi. S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, psixikaning o‘ziga xos xususiyati uning individga, sub’ektga tegishliligidir. Boshqa xususiyati esa – sub’ektning psixikadan, ongdan mustaqil ob’ektga bo‘lgan munosabati. «Har qanday psixik hodisa boshqalaridan ajratilib, nimaningdir kechinmasi ekanligiga binoan, ma’lum kechinma sifatida belgilanadi, ichki tabiati uning tashqi olamga bo‘lgan munosabati orqali namoyon bo‘ladi»1. Psixikaning o‘ziga xosligi uning voqelikning haqiqiy tomoni ekanligi – haqiqiylik va mukammallik birliginining aksi ekanligidan iborat. Psixika – bu ob’ektiv olamning sub’ektiv tasviri. Psixika individning hulq-atvori va faoliyatida shakllanadi, rivojlanadi va namoyon bo‘ladi. SHunday ekan, psixikani ob’ektiv voqelikning insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini tartibga keltiruvchi ideal obrazlarda sub’ektiv aks etishi, deb ta’riflash mumkin mojno. Psixikaning mazmuni o‘zida psixik obrazlarnigina (his-tuyg‘uli va maqsadga muvofiq) emas, balki, obrazdan tashqari tarkibiy qismlarni – shaxsning umumqadriyatlarni nazarda tutib ish ko‘rishini, hodisalarning mazmun, mohiyatini, shuningdek, aqliy faoliyatni ham jamlaydi.
L.M. Vekkerning fikriga asosan, psixikaning empirik belgilari sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi: predmetlilik – obraz tashuvchining emas, balki, psixik obrazning yakuniy xususiyatlarini ob’ekt xossalarining atamalarida ifodalash; sub’ektlilik – psixik obraz yoki ko‘rinishda organning rivoji ko‘rsatilmagan taqdirda; tuyg‘ularga erishib bo‘lmaslik – obrazni emas, ob’ektning o‘zini ko‘ramiz; jonli mavjudotlar (hayvonlar)ning tirik organizmlarning xususiy shakli sifatidagi ichki sabab natijasida vujudga keladigan faolligi.
Shunday qilib, ilmiy tilda psixikani miyaning tashqi, shuningdek, ichki olamni aks ettirish va shu asosda harakatni, hulq-atvorni tartibga solish qobiliyati sifatida ta’riflash mumkin. M.I. Enikeevning ta’rifiga ko‘ra, inson psixikasi – bu umuminsoniy tajribani o‘zlashtirish asosida uning atrof-olam bilan faol o‘zaro ta’sirini ta’minlovchi aks ettirib-tartibga soluvchi faoliyati.
Psixikaning paydo bo‘lishini sxema tarzida quyidagicha tasavvur qilish mumkin: fizik, moddiy, voqelik jismoniy jarayonlar psixikada aks etishi (birlamchi va ikkilamchi obrazlar).
SHu asosda, hodisalar mustaqil fan hisoblanmish psixologiyaning predmeti bo‘lib xizmat qiladilar. Psixik hodisalar sifatida tuyg‘ular, fikrlar, istaklar, hislar, kechinmalarni o‘z ichiga olgan insonning ichki, sub’ektiv tajribasi qabul qilinadi. Bunday tajribaning asosiy xossasi bo‘lib bevosita sub’ektga taqdim etilganlik hisoblanadi bu esa: psixik jarayonlarning faqat o‘zimizda sodir bo‘libgina qolmasdan, balki, bevosita bizga ayon bo‘lishini anglatadi: biz faqat ko‘rib, his etib, fikrlab, xotirlab, istab qolmasdan, ko‘rishimiz, his etishimiz, fikrlashimiz va shu kabilarni bilamiz; intilib, ikkilanib yoki qaror qabul qilib qolmasdan, shu intilishlar, ikkilanishlar, qarorlar haqida bilamiz ham.
P

1.3. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiya sohalariga psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.


sixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va etakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi
Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar.
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari etarli bo‘lmaydi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o‘sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.
Shuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo‘lib ajralib chiqqan tarmoqlar to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin.

M
1.4. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy rivojlanishi tarixiy bosqichlari


avzu tarixiy fon nafaqat uning bosqichma-bosqich rivojlanish ajoyib hikoya, ammo turli mafkuralar, tushunchalarni turli qiymatlarni kiriting ham yoritib boradi, alohida-alohida yoki birgalikda, yondashuv va nufuzli olimlar bilan himoyalangan vaqti-vaqti bilan mavzu vazifalari. Shu shuningdek psixologiya mavzu uchun amal qiladi. Quyida ko'rsatilgan quyidagi sahifalarda suiqasd asosiy boblarda, ba'zi psixologiya predmeti tarixiga qarash amalga oshiriladi:


Erta yosh ilmiy psixologiyagacha.
Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
Zamonaviy psixologiyada so’nggi tendensiyalari.
Erta yosh ilmiy psixologiyagacha - qanday qilib biz muomala va nima uchun biz qadim zamonlardan buyon qiziqish uyg'otdi masalalar sifatida tarqaladi. Quyidagicha psixologiya tarixi erta davrda, ular faqat taxmin va xurofot asosida juda ilmiy javob berdi:
Inson xulq sayyora harakat ta'siri ostida bo'lishi kerak edi, uning taqdiri, natijasidir deb hisoblaydi. Biz har qanday bir vaqtda sayyoralar pozitsiyasi, biz aytish mumkin va uning munajjimlar bashorati qadrlamaydigan, inson xatti oldindan bilar edi, agar. Sayyoralar o'rni tashqari, jinlar, ruhlar, arvohlar va boshqa g'ayritabiiy kuchlar ham inson faoliyati o'zgarishlar uchun mas'ul edi. Shunday qilib, sabablari va inson xulq shakllari inson tashqarida biror narsa joylashgan edi.
Yunon faylasufi xatti inson kalitlari ichida qarash uchun kirim. Suqrot kosmosning tabiatning o'rganish foydasiz, deb. Natijada, u savolga usuli olish va inson tabiatda peeping uchun javob berishga harakat qildi. Aflotun sobiq albatta xatti shakllantirishda asosiy roli tayinlash, aqli va jismi o'rtasidagi aniq farqni qaratdi. jon Arastu tushunchasi ko'p asrlar davomida psixologiya asosiy toshni o'girildi. U zot: «hayot» ma'nosini anglatuvchi sifatida "jonga" yoki "psixika" deb hisoblanadi va tana harakat faoliyatini yo'naltiradi tirik hodisasi sifatida fikringizni ko'rib chiqildi. Shunday bo'lsa-da, u kishi sifatida ong va tanani ko'rib, va shu tariqa bioloiya uchun psixologiya keltirdi.1
Psixologiya tushunchasining rivojlanish tarixi:
1 bosqich: Psixologiya – ruhni o’rganadigan fan (mill.avv.6 asr-16milodiy). Qalbni mavjudligi tufayli har doim hayotdagi tushunarsiz hodisalarni tushuntirib berishga harakat qilinib kelingan. Boshlang’ich tushunchalar animistic xarakterga ega bo’lgan , ya’ni har bir jism o’z ruhi bilan ajralib turgan deb tushinilgan. Jonlilikda hodisalarning va harakatlarning sabablari ko’rib kelingan. Aristotel barcha organik jarayonlarda psixologiya tushunchasini kiritgan, shuningdek o’simlik, hayvonot va ongli mavjudotlarni belgilab chiqqan. 1
Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o‘lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi. Ular fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur etardilar.
Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar «animizm» deb ataladi. Animizm so‘zi –anima «jon» degan ma’noni anglatadi. Jon o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit tomonidan ta’kidlangan.[1]
Platonning «ideyalar tug‘ma bo‘ladi» degan g‘oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shdi. Platon ta’limotiga ko‘ra «ideyalar» mohiyati abadiy va o‘zgarmas, ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo‘lib, ularni odam ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi.
Platon psixologiyada «dualizm» oqimining asoschisi hisoblanadi. Dualizm so‘zi ikki yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma’noni anglatadi. Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi.
Platonning dualizm shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr 384-322 yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi. Aristotelning «Jon haqida» asari o‘sha davrdayoq psixologiya maxsus fan sifatida maydonga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ana shu tufayli psixologiya jon haqidagi fan sifatida maydonga kelgan va hozirgi kunda psixologiya fani o‘z mazmunini batamom o‘zgartirgan.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi. Unga ko‘ra, jon qismlarga bo‘linmaydi, lekin u faoliyatimiz davomida oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Birinchi qobiliyatlar o‘simlik uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlarga, to‘rtinchisi esa insonlar uchun xosdir. O‘simliklar, hayvonlar ruhi va aql idrok odam ruhi ta’limoti bilan Arastu oliy qobiliyatlar va ularning negizida paydo bo‘lishini bildiradigan rivojlanish tamoyilini joriy etdi. Arastu organizmning tabiatdan olgan qobiliyatlarni faqat o‘zining xususiy faolligi orqali ruyobga chiqarishga asoslangan holda xarakterning faoliyatda shakllanishi to‘g‘risidagi nazariyani ilgari surdi.
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi.[2]
Mazkur davrlarda SHarqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. SHarqda psixologik qarashlarning paydo bo‘lishida buyuk SHarq mutafakkirlarining roli katta bo‘lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabilar o‘zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa, tibbiyot haqidagi fikrlari o‘sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shug‘ullangan olimlardan biridir. Uning ruh, asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so‘ng ham zamonaviy psixologiyada o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo‘lib psixoterapevtik usullarni qo‘llab ko‘rgan olimlardan biridir. [1]
Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko‘rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo‘llana boshlandi. Psixika kategoriyasining negizida idrok va tafakkurdan tashqari ong tushunchasi yuzaga keldi, buning natijasida ixtiyoriy harakatlar va ularni nazorat qilish imkoniyati tug‘ildi. Masalan, Galen (eramizdan oldingi II asr) fiziologiya va tibbiyot yutuqlarini umumlashtirib, psixikaning fiziologik asoslari to‘g‘risidagi tasavvurlarini yanada boyitdi. Uning ilgari surgan g‘oyalari «ong» tushunchasi talqiniga muayyan darajada yaqinlashadi.
XVII asr biologiya va psixologiya fanlari uchun muhim davr bo‘lib hisoblanadi. Jumladan fransiya olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-atvorning reflektor (g‘ayriixtiyoriy) tabiatga ega ekanligini kashf etilishi, yurakdagi mushaklarning ishlashi (faoliyati) qon aylanishning ichki mexanizmi bilan boshqarilayotganligini tushuntirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, refleks (lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy ravishdagi javob reaksiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi. Sezgi, assotsiatsiya, ehtiros yuzaga kelishini izohlashga imkon yaratildi.[2]
Psixologiya fanining ilmiy asosga qurilishida ingliz olimi Gobbs (1588-1679) ruhni mutlaqo rad etib, mexanik harakatni yagona voqelik deb tan olib, uning qonuniyatlari psixologiyaning ham qonuniyatlari ekanligini ta’kidladi. Uning negizida – epifenomalizm (yunoncha eri - o‘ta, rhainominon – g‘ayritabiiy hodisa) vujudga keldi, ya’ni psixologiya tanadagi jarayon-larning soyasi singari ruy beradigan ruhiy hodisalar to‘g‘risidagi ta’limotga aylandi.
Niderlandiyalik olim Spinoza (1632-1677) ongni katta ko‘lamga ega materiyadan sira qolishmaydigan voqelik, ya’ni yaqqol narsa deb, tushuntirdi. U determinizm (lotincha demmerminara - belgilayman) tamoyilining, ya’ni tabiat, jamiyat hodisalarining, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanligi haqidagi ta’limot targ‘ibotchisi edi.[2]
XVII asrdagi yirik nemis mutafakkiri Leybnits (1646-1716) ning ta’limoti matematika, jumladan, integral va differensial hisoblar kashf etilishiga ta’sir etgan edi. Psixika hayot manzarasi arifmetik yig‘indi tariqasida emas, balki integral tarzda namoyon bo‘ladi. Leybnits tasavvurlarning uzluksiz chegaralanishi g‘oyasiga tayangan holda persepsiya (bevosita ongsiz idrok)ni appersepsiyalar diqqat va xotirani o‘z ichiga olgan anglangan idroklardan farqlagan edi. Leybnits psixologiyaga psixikaning faolligi tabiati va uzluksiz rivojlanishi hamda psixikaning onglilik va ongsizlik ko‘rinishlari o‘rtasidagi murakkab nisbat haqidagi g‘oyani olib kirdi.
J.Lokkning tashqi va ichki tajriba to‘g‘risidagi ta’limoti ikki xil xarakterga ega ekanligi ham materialistik ham idealistik ta’limotlarning taraqqiyotiga turtki bo‘ldi. Materialistlar Gartli (1705-1784) bosh bo‘lgan fransuz, A.N.Radishchev (1749-1802) boshchiligidagi rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos qilib, olib inson psixikasining ichki mazmuni asosida odam atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati yotadi degan edilar.
XVIII asrga kelib nerv sistemasini tadqiq qilishda ulkan yutuqlarga erishildi (Galler, Proxazka). Buning natijasida psixika miya funksiyasi ekanligi haqidagi ta’limot vujudga keldi. Ingliz tadqiqotchisi CHarlz Bell va fransuz Fransua Majandi tomonidan yoyiluvchi va harakat nervlari o‘rtasidagi tafovut ochib berildi. Uning negizida psixologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha paydo bo‘ldi. Bularning natijasida ixtiyoriy (ongli) va ixtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilindi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar ta’sirida rus olimi I.M.Sechenovning (1892-1905) reflektor nazariyasi ruyobga chiqdi va ushbu nazariya psixologiya fanining fiziologik asoslari, mexanizmlari bosh miya reflekslarining o‘ziga xos xususiyatlari tabiatini ochib berish imkoniyatini yaratadi. [1]
«Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olim R. Goklenius tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X. Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi.
Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyursburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi.
XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada, ko‘plab masalalar hal etilmagan edi.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana boshladi.[1]
Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo‘lida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan holda, o‘rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o‘zgartirib bordi. L.D. Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to‘rt bosqichga ajratadi.
Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar.
Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R. Dekart, B. Spinoza, D. Lokk, G. Leybnits, D. Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi. O‘rganishning asosiy metodi bo‘lib, insonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi.
Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo‘ldi (D. Uotson, E. Torndayk). Psixologiyaning vazifalari – tajribalar qo‘yish va bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganlarni, aynan, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta’sirlanishga javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi).
To‘rtinchi bosqich. Psixologiya ob’ektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o‘rganuvchi fan sifatida.[2]
P
1.5. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari
sixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali bo‘lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo‘nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yo‘nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo‘nalishi hayvonlarda o‘tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo‘lib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. «Bixeviorizm» ingliz tilida “hulq-atvor” degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, hulq bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi.
Freydizm yo‘nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko‘ra hayvonga o‘xshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga aylantirib, g‘arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.1
Bu yo’nalish psixologiya tushunchasiga mutlaqo yangi nazariyalarni, strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm yoki geshtal-psixologiya yo’nalishlarining odam ruhiyati tushunchalariga qarama-qarshi fikrlarni olib keldi. Keling bu qarashlar haqida so’z yuritsak:
1.Behushlik dunyosi Freyd to’kidlardiki hayotda psixologik jarayonlar ong bilan, ya’ni inson hushida bo’lgan vaqtdan ko’ra ancha ko’proq.Inson hushi psixologik hayotining atigi o’ndan bir qismini tashkil etadi. Aslida bundanda kuchliroq psixologik jarayon mavjud . Bu keng tushuncha insonning psixologik hayotida yashirin va erishib bo’lmaydi. U barcha yashirin hohish va istaklarni tuyg’ularni , motiv va tajavuzkorlik kabi xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Inson psixologik hayotining eng katta qismini mana shu yashirin psixologik jarayon olib boradi.Ruhiyat bilan bog’lik bo’lgan barcha muammolar yechimining kaliti ongsiz ravishda ongli ravishga o’tish darajasini ta’minlab berishdir.
2.Psixoanalitik metod: Freyd katta yoshdagi odamlarning ruhiyatidagi muammolar ularning yoshligidagi yoddan chiqqan kechinmalar sabab bo’lishini ta’kidlab o’tgan. U ruhiyat bilan bog’lik muammolarni yechish uchun yangi g’ayri tabiiy psixoanalitik metodni yaratdi.Bu metod o’z ichiga behushlik holatida analiz jarayonini oladi.Mana shu maqsadda Freyd quyidagi metodlarni sanab o’tgan.2
Erkin uyishma . Bu metodda ular individni yotqizishib, uning miyasiga ya’ni hayoliga nima kelsa shuni aytib berishi kerak bo’ladi.
Tush Tahlili: Freydning fikricha orzu bu inson tetik vaqtidagi uning hohish istaklarini yashirin ko’rinishi. Bu istak va kechinmalar inson tushida aks etadi. Tushlarning taxlili inson ichidagi barcha haqiqiy tuyg’ularni chiqarib berishi mumkin.
Har kungi psixopatologiya tahlili yashirin xohish-istaklar yoki kechinmalar behush vaziyatdagi ko’rinishini kundan-kunga psixopatologik nuqtai nazaridan inson , hatti harakatlar orqali bilib olish mumkin. Masalan gapirish ohangidan , harakatlaridan.
3.Psixikaning tuzilishi Freyd uch xil tushunchani yaratdi , identifikator, ego va super ego. Bu inson psixikasini tuzilishi, uning shaxsiyatini , ruhiyatini tushintirib beruvchi tushunchalardir.
Identifikator inson shaxsiyatining eng chuqur va kam ma’lumotga ega bo’lgan qismidir. U hech qanday realikka ham, qoidalarga ham ega emas. Psixologiyani rivojlanishi ,tarixiy tasvirlanishi .
Ruhiyatning super ego etik ahloqiy qismi. Bu ideallik va haqiqiy reallik haqida óylamaslik. Mukammallik bu uning maqsadi , lazzatlanishni qidirish yoki vayron qilish emas . Barcha harakatlar Freydning fikricha id , ego , va super –ego órtasidagi dinamik muvozanat tomonidan tushunarli bólishi mumkin. Idning talablari ózining muhtojlarini va appetiteni qoniqtirish bilan birga , ó sha vaqtda ikkalasini tichlantiradi. Voqeylik nuqtayi nazari tomonidan identifikatorni boshqarish va super egoni tinchlantirish uchun . Yaxshi tartibdagi inson óz egosi tomonidan boshqariladi , nevroz ayb xissidan tashvishlangan , uning super egosida chiqayotgan; uning idi telbalik.
«Psixik tahlilning maqsadi muvozanatni tiklashdan iborat: Qayerda bolgan bolsa o`sha yerda bólishi kerak». ( Freyd 1935).
Psixo-seksual rivojlanish: Freyd kórsatmasiga muvofiq jinsiy aloqa – hayot biror ish qilish yoki hayotdagi fundamental maqomdir. Jinsiy aloqa faqatgina kattalarga xos emas. Bolalarham boshidan jinsiy aloqa xohishida bólishadi. Bola bir necha turli hil psixo-seksual quyidagi bosqichlardan o’tadi.1
Oral bosqich: Freyd bo’yicha og’iz bolaning rohtlanishi uchun birinchi jinsiy organ xisoblanadi. Avvaliga onaning ko’krgidan yoki butilkadan rohatlanadi. Keyin uning o’rniga konfet, tayoqcha yoki o’z barmog’ini so’rish orqali rohatlanadi.
Anal bosqich : Bu yoshda bolaning qiziqishlari og’iz bo’shlig’I va tarqtish a’zolari bilan qo’shilib ketadi, yaniy anus yoki uretra. Bu bosqich , qoyida bo’yicha ikki yoshdan uch yoshgacha bo’ladi.
Genital bosqich: bu faza to’rt yoshdan bolaning o’zgaruvchan qiziqishlaridan boshlanadi. Bu bosqichda bolalar ayollar va erkaklar o’tasidagi biologik farqlarni bila boshlashadi va ular bilan uynab rohatlanishadi . Bu bosqich Freyd bo’yicha bir necha hodisalarga sabab bo’lishi mumkin . Masalan: Qizlarda genrivatsiya va elektrokompleks va o’g’il bolalarda kastrasiya va Edip kompleksi. Edip va elektro faz haqida Freyd aytadiki : ular jinsiy qiziqish va lazzatlanishning natijasidir.
Latent bosqich : Bu davr qiz bolalarda 6 yoshdan o’g’il bolalarda esa 7-8 yoshdan boshlanadi va balog’at yoshigacha davom etadi. Bu bosqichda o’g’il bolalar va qizlar o’zining o’rtoqlari bilan birga bo’lishni maqul ko’rishadi .va hattoki qarama qarshi jins vakillaridan nafratlanishlari ham mumkin .
Fallik bosqichi : Pubertat fallik bosqichining yo’naltiruvchi nuqtasi hisoblanadi. O’spirin bola va qiz endi qarama qarshi jins vakillariga o’zgacha xissiyotni xis qila boshlashadi , o’zlarini o’zlari sevib qolishlari mumkin , turli hil bo’yoqlarga o’z a’zolarini bo’ya boshlashdi.
Shunday qilib Freyd o’z psixo tahlili orqali psixologiya sohasiga umuman boshqa o’lchovni olib keldi. Uning oa inson fe’l atvoridagi total terminlar ( shu bilan birga ongli , ongsiz va beixtiyor fe’l atvor ) psixika tuzilishi , repressiyani anglash, katarsis ongsiz , psixo-seksual rivojlanishni namoyon bo’lishi sifatida va inson hulqiga jinsiy aloqani loyiq o’rinda saqlashning ta’siri doimo maqtovda buladi. Keyingi hodisalar yo’lida psixoanalistik harakat psixoanalizning rivojlanish asosiatsiasini 1902 yilda shakllantirdi. 2 usul , individual psixologiyada Alfred Adler (1370- 1937) va analitik psixologiyada ( 1875 – 1961 ) . Bu ikki yo’nalishda ularni eslab o’tish zarur.
Boshqa esda qolarliklari : neo- Freydist ( yoki neo – Adlerian ) , yangi davrda Anna , Karen Horni , Garri Stek Sallivan , Erix Frimm , Erikson va Xayns Xartmannlar say harakati bilan an’anaviy psixoanalistik nuqtai nazarga kichik o’zgarishlar kiritishdi. Asosan deemfizin roli yoki jamiyat rolida jinsiy aloqa va stress.2
Mutlaqo bu tushunchaga qarshi bo’lgan, zamonaviy psixologiya inson ruhiyatiga yangi tushuncha va nazariyalarni kiritdi.
Biroq mana shu yo’nalish bilan bir qatorda psixoanaliz va bixeviorizm yo’nalishlarini bir xil xususiyat va kuchga egaligi uchun qo’yishimiz mumkin. Qolgan katta kuchlar, masalan, gumanistik psixologiya , transpersonalagik psixologiya va kognitik psixologiyalar ularni to’ldirib turadi.
Gumanistik (Ijtomoiy) Psixologiya.
Psixologiyaning bu yangi maktabi psixologiyadagi oxirgi tendensiyalarni ko’rsatadi. Uning rivojlanishida Abraxam Maslov, Kevlar Rodjers, Rollo Mey, Artur Kombs, Gordon Olport kabi psixologlar o’z xissalarini qo’shishgan. Gummanistik psixologiya insonga eng qadrli narsalarni beradi.Bu yo’nalish maqsadga yo’naltiruvchi atrof muhitga moslashtiruvchi xususiyatlarga ega. Bu maqsadlar fizik ehtiyojlarni qondirish uchun yoki o’z-o’zini aktuallashtirish va reallashtirish kabi oddiy bo’lishi mumkin.3
This new school of psychology reflects the recent trends of humanism in psychology. The personalities like Abraham Maslow, CavlarRogers, Rollo May. Arthur Combs. Gordon Allport and others have contributed towards its growth. Humanist psychology gives more value to the human being by not considering him merely as a sophisticated machine or the victim or conflict between the ego and id. It considers him as a purposeful being. capable of adapting himself to his environment and choosing his own course of action in order to achieve the goals which he has selected for himself. These goals may be as simple as mere satisfaction of a common physical need or as lofty Is the attainment of self-actualization or self-realization.
Mana shunday tarzda gumanistik psixologiya insonning farqli tomonlarini, shaxsiyatini erkinligini noyob qobiliyat va maqsadlarini, maqsadini tushintirib beradi.
Transpersonalagik psixologiya.
Transpersonalagik psixologiya zamonaviy psixologiyadagi eng yangi yondashuvlardan biridir. O’z-o’zini aktuallashtirish borasidagi Abraxam Maslovning ishi: u o’zining e’tiborini ozining shaxsiy tajribasiga asoslanib o’tkazgan. Biz nimani o’ylashimiz, o’zimizni qanday his qilishimiz, holatimizni o’zgarishi bularning barchasi transpersonalagik psixologiyaning bir qismidir. Bu holatlar inson kuchli stress va hayajonda bo’lgan paytda yuzaga chiqadi. Ular ko’pincha uyqu yoki chuqur konsentratsiya vaqtida paydo bo’ladi. Ular tashqi ta’sir, ma’lum bir narkotik vositalar,diniy targ’ibot, yoga va meditatsiya yo’llari orqali eksperimental tarzda chaqiriladi.
Kognitik psixologiya.
Bu ham zamonaviy psixologiyaning yangi maktablaridan biridir. U intellektualizm natijasida paydo bo’lgan insoniyat qobiliyatlari va atrof muhitga moslashuvi yashash uchun kurashini o’rganuvchi yo’nalishdir. Bu yo’nalishning boshlang’ich ildizlari gestalistlar fikrlariga borib taqaladi.1
This new school of contemporary psychology is the result of the wave of intellectualism demonstrating faith in the higher cognitiveabilities and capacitiesof human beings for his adaptation to his environment and struggle for perfection. The roots of this psychology may be discovered in the cognitive outlook of the gestalists who advocated an overall mental functioning by bringing the idea or Gestalt and insight in place of a molecular and mechanistic approach for the study of human behaviour.
Kognitik psixologiya insoniyat tafakkuri, xotirasi, nutqi, rivojlanishi, qabul qilishi kabi xususiyatlarini o’rganadi.Kognitiv psixologiya bixevioristlar yondashuvi mutlaqo qarama qarshi turadi.
Shu tarzda,Kognitik psixologiya ruhiyat mexanizmining ishlash tizimini tushintirib beradi. Bu ttizimda barcha ta’sirlar, atrof-muhit ta’siridan kelib chiqadi.
Inson onggining kognitik funksiyasi, misli bir uning ishlab chiqariluvchi mahsuloti sifatida ish yuritadi.
Kognitik psixologiya kundan-kun mashxur bo’lib bormoqda. Edvard Tolmen kognitik psixologiyasining asoschilaridan biri bo’lib, bu borada ko’plab bilim va malakaga ega bo’lgan. U ongli organizmlarning ruhiyatidagi muammolarni yechishda mana shu organizmlarning aqliy gipoteza yordamida topishga harakat qilgan. Keyin uni amalda qo’llashga va uni tekshirib ko’rishga hrakat qilgan.
Shveysariyalik psixolog Jan Piaje , u kognitik psixologiya bo’yicha eng taniqli shaxslardan biri bo’lgan . U bolalarda kognitik psixologiyaning ta’siri va funksiyalarini o’rgangan. U bolalarning biologic tayyorgarligiga qarab iqtidorlarining rivojlanishi bosqichlarini aniqlagan.
Qisqacha xulosa.
Psixologiya fanining rivojlanish evolutsiyasi tarixdan o’rganish oson va u o’z navbatida 3 qismga bo’linadi:
Ilmiy davri,
Imiy va zamonaviy davri,
Zamonaviy davri.
Ilmiy psixologiya (o’n to’qqizinchi asrning o’rtalariga qadar davom etgan) uning dalillari quyidagilar:
1.Inson ruhiyati -ma’lum bir qadimgi irimlarga ko’ra insoniyatga aloqasi bo’lmagan, noreal borliq sifatida tushinilgan,ya’ni planeta va iblis, ruh va boshqa g’ayritabiiy kuchlar bilan ta’riflangan.
2. Suqrot, Platon , Aristotel kabi faylasuflar nuqtai nazari bo’yicha irimlarning hayotdagi ma’nosini tugatish kerak edi. Aynan shuni o’zgartirish uchun 17 asrda yetakchi psixologlar tomonidan falsafa asoslari paydo bo’lib, renessans davrida Dekardning dualiz, empirizm kabi tushunchalari paydo bo’ldi. 1
3. O’n to’qqizinchi asrda Lokk nuqtai nazariyasi. Kann va uning shogirdlari Buyuk Britaniyada psixologiyada birinchi assotsionizm maktabini yaratishdi. U bunda tuyg’u va fikrlarni bir-biriga bog’laydi.
4. Assotsionizm va emperizmlarning kuchli ta’siri psixologiyada yana bir yangi naturalistic yo’nalish yaralishiga sabab bo’ldi. Bu yo’nalishni tarqatuvchilari Russo, Pestalotsiy, Fredel, Kristian Volf.
5.Yigirmanchi asrda nemis professori Gerbart tomonidan yaratilgan yangi gerbartian psixologiyasi , psixologiya fakultetida yangi tushunchalarni kiritdi.
Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
O’n to’qqizinchi asr o’rtalaridan boshlab, zamonaviy ilm va texnika davrida inson ruhiyatini o’rganuvchi yangi ilmiy metodlar yaratildi.Quyidagi yo’nalishlar aynan shu davrda yaratilgan:
1.Strukturalizm, nemis professori Vilgelm Vundt (1832- 1920) aqliy faoliyat va uning tuzilishi , taxlilini yaratgan.
2.Funksionalizm, amerikalik psixolog Uilyam Jeyms(1842-1910) ong evolutsiyasi jarayonida rivojlangan, buning sababi bo’lsa atrof-muhitga moslashish bo’lgan deb tushintiradi. U yana bu yo’nalishda nerv sistemasini ham yoritib o’tgan.
3. Bixeviorizm, Jon B. Uotson o’zining bor e’tiborini inson ruhiyati va xatti-harakatlariga qratgan.
4.Germaniyada bir qator psixologlar guruhi bixeviorizmdan ajralib turuvchi yangi geshtaltpsixologiya maktabini yaratdi.
5.Psixoanaliz.Zigmund Freyd yangida –yangi fikrlarni kiritdi. U tajribalarini ongli va ongsiz ravishda, ruhiyatni psixoanaliz orqali o’rgangan.
6.Shaxsiy va analitik psixologiya.Keyingi davrda Alfred Adler(1870-1937) va Karl Yung (1875-1960)ikk alasi ham Freydning izdoshlari bo’lib, ular ham jinsiy aloqa borasida o’z maktablarini yaratishdi.
Zamonayi psixologiyadagi oxirgi tendensiyalar.
Psixologiya dunyosining rivojlanishida turli xil yo’nalish va maktablarning aralash bo’lishi kata o’rin tutadi. Masalan; bixeviorizm, psixoanaliz, gumanistik psixologiya,transpersonalogik psixologiya va kognitik psixologiya
Gumanistik psixologiya asoschilari Maslou, Rodjers, Artur Kombs,Gordon Olportlar insoniyatni psixologiyadagi eng oxirgi tendensiyalarini tushintiradi.
Transpersonalogik psixologiya insonning his-tuyg’ulari, ong ta’siridagi o’zgarishlarni o’rganadi.1
Kognitik psixologiyaning chuqur ildizlari geshtaltpsixologiyaga borib taqaladi. Edvard Tolmen va Jan Piaje uning keying tarqalishidagi xissalari kata bo’lgan,
O’n sakkizinchi asrda emperik va assotsianistlar fikri bilan bir qatorda psixologiyaning yangi oqimi dunyoga keldi.Bu oqimni Frebel,Pestolotsiy,Russo kabi naturalistlar ommaga targ’ib etishgan.Ular ratsionalist va emperiklar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori ong nazariyasiga qarshi turishgan.Ular odam faqat aql va fikrdan iborat degan tushunchaga qarshi xissiyot va tuyg’u birinchi o’rinda turishini ta’kidlab kelishgan.2
Empirik va naturalistlarning nazariyasiga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan psixologiyaning yangi yo’nalishi paydo bo’ldi (nazariyaga muvofiq qalb va ruhiyat tafakkur,tafakkur,xotira kabilarga bo’lingan).Bu oqim o’n sakkizinchi asrning birinchi yarmida nemis tafakkurchisi Kristian Volf tomonidan amalda qo’llana boshlandi.Psixologiyaning bu yo’nalishi o’n to’qqizinchi asrgacha, ya’ni nemis olimi Gerbart yaratilgan yangi gerbartian yo’nalishi paydo bo’ldi.Shu nazariyaga muvofiq yangi fikrlar eskisidan ustun chiqdi.Shaxsning harakatlari va aqliy faoliyati Gerbartning aytishicha fikrlar o’rtasida doimo kurash bo’lib o’tadi, har bir fikr harakatda va ularning hammasi inson onggida qolishga harakat qiladi.Manashu tushunchani isbotlash uchun u matematik formulalar,aqlni tashkil etuvchi qonun-qoidalarni ishlab chiqqan.
Shu bois psixologiya fan davriga qadar ma’lum bir darajadan boshqa bir darajaga o’tib kelgan.
O’n to’qqizinchi o’rtasiga kelib, psixologiyaning noilmiy darajada rivojlanib kelishi to’xtadi va boshqa fanlar singari ma’lum bir fan mavqeyida qarash boshlandi.
Ilmiy psixologiyaning zamonaviy davri.
O’n to’qqizinchi asrning ikkinchi yarmiga kelib fizika,kimyo,zoologiya,geologiya va boshqa fanlarni o’rganish chuqurlashgai natijasida insonning ruhiyati ma’lum bir laboratorik tajribalariga asoslanib emas, balki ilmiy metodlar bilan o’rganish mumkinligi ilgari surila boshladi.1
Strukturalizm: Vilgelm Vundt psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida katta xissa qo’shgan(1832-1920 nemis professori birinchi bo’lib 1879-yilda Leypsigda psixologik laboratoriyani ochdi).Uning bu yondashuvi psixologiyada strukturalizm deb atalgan.
Vundt va uning shogirdlari tajriba xonalarida o’z-o’zini analiz qilish va kuzatish bo’yicha ko’plab tajribalar o’tkazishgan.Tajribalar mobaynida ular nur,rang,tovush va sezgi orqali tajriba o’tkazilayotganlarning qanaqa his-tuyg’ularni his etayotganliklari aniqlangan.
Leysigdagi laboratoriyada ko’plab yetuk psixologlar yetishib chiqqan.Ular ichidan eng mashxurlaridan biri Edvard Bredford Titchener Amerikaning Kornelsk Universitetida yetuk professor psixologlaridan biri bo’lgan.Uning so’zlari bo’yicha psixologiya ong va tajribani o’rganadigan fan.Ong yoki tajriba faqat uch holatda yuzaga chiqishi mumkin:jismanan sezish,tuyg’u va obrazlar(masalan,xotirlash va orzu). Masalan, bizning banan bilan bo’lgan tajribamizni izohlash uchun biz avval uni jismonan his qilishimiz mumkin(ya’ni uni ko’ramiz), sezamiz(ya’ni bananni yoqtirish yoki yoqtirmasligimiz) keyin oldingi banan bilan bo’lgan tajribalarimizni eslaymiz.
Shu orqali, Vundt va uning Titchener kabi izdoshlari, aqlni uning tuzilishi orqali o’rganishga harakat qilib kelishgan.
Shu bilan birga, yaqin yillarda struktualizm maktabi ko’plab tanqidlarga uchradi va aniq,ishonchli ma’lumotlarni isbotlab berolmagani uchun muvofaqqiyatsizlikka uchradi.
Funksinalizm:Strukturalistlarning sharofati bilan psixologiya mustaqil fan sifatida qarala boshlandi.Bu inson ruhiyatini o’rganishga yangidan yangi foydali yo’llarni ochib berdi.
Shunday qilib, yangi funksionalistik maktab paydo bo’ldi.2
Amerika psixologiyasining asoschisi Uilyam Jeyms(1842-1910), psixologiya maktabining tuzilishiga juda katta xissa qo’shgan psixologlaridan biridir. U Darvin nazariyasining ta’sirida , bundan tashqari anatomiya, fiziologiya va meditsinaga qiziqishi tufayli psixologiyaning o’rganishda biologic usullardan foydalandi.U Vundt va Titchenerning fikrlari noto’g’ri ekanligini ta’kidlab kelgan.Ongning tuzilishi va tarkibini bilgan holda uning faoliyati va vazifalarini o’rganish mumkin.Uning ta’kidlashicha, evolutsiya jarayonida ilk ongli rivojlanish boshlangan,buning sababi esa atrof-muhit ta’siriga moslashuv bo’lgan. U o’zining nuqtai nazarini rivojlantirgan holda, odat bu faqat asab tizimining ma’lum bir vazifasi degan qarorga keldi.Ma’lum bir faoliyatni takrorlanayotgan vaqtda , asb tizimi shu faoliyatga mos ravishda o’zgaradi va kelgusi marta shu faoliyatni beixtiyor takrorlaydi.
O’n to’qqiz va yigirmanchi asrning keying yillarida Uilyam Jeymsning fikrlari Jon Dyu(1859-1951), Jeyms Roulend Enjel(1869-1949) J.M.Kattel, L.Edvard, Torndayk va R. S.Vudvard kabi psixologlar tomonidan yanada mustahkamlanib,rivojlantirib borildi.
Bixeviorizm:Strukturalizm va funksionalizmga mutlaqo qarama qarshi holatda Jon B.Vatson yangi bixeviorizm nomli yo’nalishni kiritdi.Uning fikricha,Ongni ilmiy tarafdan tasvirlab berib bo’lmaydi,uni ko’rish ham , tegib ko’rish ham mutlaqo bo’lmaydi.Xatto u mavjud bo’lsa ham uni ilmiy nuqtai nazardan o’rganib bo’lmaydi.Shu sabab psixologiya fanini ilmiy tomondan emas, balki ma’lum bir tajriba va kuzatuvlar orqali bayon etish mumkin.
Shunga ko’ra, bixeviorizm inson ruhiyatini o’rganish uchun o’zini bor diqqtatini kuzatiluvchining xatti-harakatiga qaratadi.Mana shu maqsadda inson faoliyatini , fikrlarini ,his-tuyg’ularini butunlay tushuntirib berish uchun kuzatish va har birini yozib boorish kerakligini bayon etadi.1
Mana shu tufayli, bixevioristlar,masalan, aynan qo’rquvning o’ziga emas , balki yurak urishini tezlashishiga, arterial bosimga e’tibor berishgan.Chunki,qo’rquvni uni o’zini o’lchab bo’lmaydi,ularni va ma’lum bir darajada o’rganish mumkin.Bixeviorizm nazariyasi rus psixologi Ivan Pavlov(1849-1936 )ning nazariyalariga asoslanib Uotson tomonidan faktlarga asoslanib yaratilgan.
Pavlov o’z nazariyasi tajribasida kuchukni avval faqat qo’ng’iroq tovushiga , keyin uni go’sht xidiga almashtirib kuchukning har bir javib reaksuyasiga atrof muhit ta’sir qilishini aniqladi. Uotson shu usulni inson psixologiyasini o’rganib ko’rishga qo’llab ko’rdi. U 11 oylik Albert ismli chaqaloqqa o’z tajribasini o’tkazdi. U chaqaloqni avval kalamushlarga bo’lgan qo’rquvni yaratib, keyin uni to’satdan baland shovqinga o’zgartirdi. Shunga ko’ra, u bizning har bir xatti-harakatimizni atrof muhit ta’siriga nisbatan bo’lgan javob reaksiyasi ekanlligini isbotladi.
Quyida ko’rsatilganidek Uotson 1926-yilda qat’iy tarzda inson avtomatik ravishda javib berishi atrof-muhit ta’siri ekanini isbotladi:
“Menga bir qator yosh, sog’lom bolalarni bering, men ularni o’z dunyoyimda o’zgartirishga kafolat beraman, ularni har qanaqa kasb egasi bo’lib yetishib chiqishiga olib kelaolaman.Masalan, shifokor,yurist,rassom savdogar ,kambag’al odam va o’g’ri , buni barchasini ularni qobiliyati ,iqtidori, mavqei va qaysi elatga mansub ekanligiga qaramasdan bajara olaman”.
Uotson va shogirdlarining yangi bu bixeviorizm yo’nalishi eramizga psixologiyaning yangi mexanik, materialist, obyektiv, fizik va boshqa aniq fanlar ko’rinishini olib kirishdi. Ammo buning ham o’ziga xos kamchiliklari mavjudligi sabab, zamonaviy psixologlar tomonidan bir qator tanqidlariga uchradi.
Geshtaltpsixologiya.
Amerikada strukturalizm va funksionalizmga qarshi bo’lganlar chegarasiz edi. Germaniyada bixeviorizmdan ozroq farq qiluvchi yangi geshtaltpsixologiya nomli maktab ochildi. Bu maktabning eng mashxur namoyandalari: Vertgeymer (1890-1943), Koffka(1886-1941),Volfang Keler(1887-1967) va Kurt Levin (1990-1947). Geshtalt so’zi nemischa ot bolib. Geshtaltni inglischa tarjimasi “Konfuguratsiya” yoki oddiy kilib “uyishik butun”. Shuning uchun geshtalt-psixologiyasi atomistik va molekulyar yondashuvlarga karshi tura oladi. Bu bilan birgalikda inson murakkab bulaklarning kolleksiyasi yoki element kilib emas buyumni butun kabul kiladi. Geshtalt-psixolog , sezgilar yoki idrok ma’nosi har doim umumiy vaziyat bilan bog’lik. Narsa jinsdagi alokadek kabul kilinadi. U o’z ichiga narsa, tamoshabin va murakkab fonni ichiga oladi. Geshtalistlar bundan tashkari mexanik yondashuv yurishini rad qilishdi, oddiy stimul – reaksiya orqali qoriqlanuvchi tarzda. Ular shuni tastiklashtiki stimul bilan reaksiya o’rtasida o’zini rodidagitashkilotlar mavjud va ular yangi geshtalt shakillanishiga yordam beradi.Gestalistlarning ta’kidlashlaricha behosdan fikrda(ongda,tafakkurda) yangidan barpo bo’lgan narsalarning tuzilishlari eskilariga nisbatan yanada mukkamalroq va zarurroq holatda o’zicha kelishlari mumkinmi,natijada ular bir biridan umuman farq qilishlari ham mumkin.Natijada inson tafakkuri oddiy rag’batlantirilishining natijasigina emas,balki uning rivojlangan intelek onggining , tafakkurining xulosasiga aylanadi.
Individ-sharoitni yaxshilab o’rganib vaziyatga turlicha berilgan fikrlar bilan tanishib, haqiqatga yaqinroq bo’lgan yo’lni “qarorni” tanlaydi va uni amalga oshirish maqsadida kutilmagan,qat’iy qarorlarni qabul qiladi.
Gestalt-psixologiya RZM(sayt)- insonning xususiyatlarini rivojlanishini uch turga ajratadi:
a)sharoitni bor holatda qabul qilish;
b)sharoitni ko’rib ,o’rganib ,uni kelib chiqish sabalarini aniqlash;
v)tezlik bilan qaror qabul qilish va shu asosida faoliyat olib borish.
Shunday qilib, Gestalt-psixologiya qat’iy ravishda sharoitni strukturalash(kesimlarga ajratish), funksiyalash (vazifalash) va qilinishdan iborat bo’lgan ilmiy psixologiyaga qarshi chiqdi.Jumladan, u bu tizimning tuzilishiga “g’isht va quyma”, o’zaro bog’lanishiga ularni kesimlarga “g’isht” ajralishiga qarshi chiqdi va ular to’g’risidagi tushunchalarni achinarli hol deb hisoblagan.1

O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi.
Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. Chunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. Yoqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G‘.B.Shoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi.[1]
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘r­ganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘zbekistonda psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, ularda hozirgi mustaqillik sharoitida shaxs va turli ijtimoiy guruhlar psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik etnik professional guruhlarga mansub bo‘lgan kishilarning ijtimoiy tasavvurlari, ular asosida ijtimoiy xulq-atvorni ilmiy boshqarish asoslari ishlab chiqilishi lozim. Ya’ni, ishlab chikarish ijtimoiy psixologiyasi, boshqarish psixologiyasi, guruhlar psixologiyasi hamda ommaviy psixik jarayonlarning ta’siri masalalari o‘zbek psixologlaridan o‘z echimini kutmoqdaki, ularda ilg‘or fan yutuqlaridan foydalanilgan holda xududning milliy o‘ziga xos qirralari ishlab chiqilishi kerak.[2]
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G‘.B.SHoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. YUqorida nomlari tilga olingan olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan «mustaqillik», «tanqidiylik» kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar.
H
Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi.
ozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Shu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg‘ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi
Bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o‘rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhandislik psixologiyasi («inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o‘rganuvchi mehnat psixologiyasining bo‘limi); koinot psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida psixik faoliyatning xususiyatlarini o‘rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o‘rganish predmeti – odam va hayvon psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi mustaqil bo‘limlarga shakllandilar.1
Psixologiyaning ko‘plab sohalari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi:
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar);
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar);
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, sinf psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.).
Sohalar bo‘yicha faoliyat maqsadiga ko‘ra tafovut muhim ahamiyat kasb etadi (yangi bilimlarga ega bo‘lish va ularni qo‘llash): asosiy va amaliy fanlar; tadqiq etish predmetiga ko‘ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida yuzaga kelgan fanlar sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik psixologiya va boshqalarni keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy, muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu kabilarda kuzatish mumkin.
Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o‘tadilar. Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan.
Shuningdek, psixologiyaning maxsus bo‘lim va yo‘nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o‘rtasidagi individual tafovutlarni o‘rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi.
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo‘lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o‘sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko‘zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko‘rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psixologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiyasi, xususiylik psixologiyasi, o‘quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o‘qituvchi psixologiyasi, tashqi ko‘rinish psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psixologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psixologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo‘rquv psixologiyasi, o‘lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda.
An’anaviy psixologik fanlar – umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya chuqur o‘zgarishlarga uchramoqda.
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy qonunlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganuvchi umumiy psixologiya tashkil etadi. U ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy konsepsiyalar va tajriba tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan nomini olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida rivojlanib, o‘z oldiga asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bundan farqli o‘laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi bilan ish ko‘radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar, xususan: psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o‘zini o‘stirish treninglari, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, shaxsiy o‘sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar.
Psixologiya tarmoqlari
Psixologiya fani qanday sohaga taluqligi bilan bir necha guruhlarga bo’linib ketadi. Biz buni birinchi bo’lib nazariy va amaliy psixologiya deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lamiz.
Nazariy psixologiya bizlarga fundament bo’lib hizmat qiluvchi asosiy qonun qoidalarni va psixologik teoriyalar va prinsiplarni o’rgatadi. Bu bizlarga juda hilma xil analizlash, baholash, modifikatsiya qilish va hususiyatlarni rivojlantirish metodlari va texnikalarini o’rgatadi.
Amaliy psixologiyada esa nazariy psixologiyada muhokama qilingan va o’rganilgan bilimlar sinaladi. Bu yerda biz psixologik qoidalar, prinisplar, teoralar va texnikalarni haqiqiy hayotda qo’llab ko’ramiz va o’z bilimimizni sinab ko’ramiz.
Yuqorida takidlab o’tilgan nazariy va amaliy psixologiyalar ham turli tarmoqlarga bo’linib ketgan. Kelinglar birinchi bo’lib nazariy psixologiyanign tarmoqlarini ko’riib chiqamiz:
Umumiy psixologiya – normal odamlar xarakterlarini o’rganishga bog’liq bo’lgan asosiy fundament vazifasini o’tovchi qonun – qoidalar, teoralar va prinsiplarni o’rganadi;
Psixopatologiya – Ruhiya kasalliklarning kelib chiqish sababini, tasir darajasini o’rganuvchi va uni davolash yo’llarini izlovchi psixologiya bo’limidir.
Ijtiomoiy psixologiya – kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruxiy faoliyati va xulq – atvorini, ijtiomoiy psixologik qonuniyatlarni, holatlar, hodisalar, ularning qiziqishlarini, nimani yoqtirishi va yoqtirmasligini kabilarni o’rganuvchi va tushuntirib beruvchi psixologiya sohasidir
Ekspirimental psixologiya – psixik jarayonlar va hodisalarni ilmiy metodlar yordamida labaratoriyalarda ularni o’rganuvchi psixologiya bo’limi. Bu ekspirimentlar asosan hayvonlarda va qushlarda, so’ngra ixtiyorga qarab odamlarda amalga oshiriladi.
Fizologik psixologiya – psixologiyaning bu bo’limi hatti harakatlarning fizologik va biologik asoslarini o’rganadi. Atrof muhit, tananing fizologik tuzilishi, miya ishi, nerv sistemalari va ularning ishlash faoliyati va shunga oxshash boshqalar bu bo’limning asosiy predmetlaridir.
Para – psixologiya – qo’shimcha sezgi turlari, qayta tug’ilish asoslari, telepatiya va o’zga sayyoraliklar haqidagi muomolarga javob izlaydi
Geo – psixologiya – landshaft, tuproq, havo o’zgarishlarining tabiatga aloqador tamonlarini o’rganuvchi psixologiya bo’limi.
Rivojlanish psixologiyasi – psixologiyaning bu bo’limi induvid tug’ilganidan boshlab to o’guniga qadar davom etadigan jarayonlarda yuzaga keladigan o’zgarishlarni organadi. Psixologiyaning bu bo’limi o’z navbatida bolalar psixologiyasi, o’rta yoshlilar psixologiyasi va katta yoshlilar psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linib ketadi.1[4]
P
1.8. Psixologiyaning asosiy tamoyillari

sixikani o‘rganish qator boshlang‘ich boshqaruv nizomlariga asoslangan tamoyillarga tayanadi, bu tamoyillar tadqiq etilayotgan ob’ektni mazmunli bayon etish, tajriba ma’lumotlariga ega bo‘lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi.


Psixologiyaning asosiy metodli tamoyillari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
1. Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga asosan, barcha mavjudliklar ma’lum sabab, qonuniyatga ko‘ra paydo bo‘ladi, o‘zgaradi va nobud bo‘ladi. Psixologik tadqiqotda psixika hayot tarzidan kelib chiqib, mavjudlikning turli tashqi sharoitlari ta’sirida o‘zgarishini bildiradi.
Hayvonlar psixikasi haqida so‘z yuritilganda, uning rivojlanishi biologik qonun sifatidagi tabiiy tanlanish bilan belgilanishini ta’kidlash lozim. Odam psixikasini oladigan bo‘lsak, inson ongi kelib chiqishining shakllari va rivojlanishi oxir-oqibat hayot uchun zarur moddiy vositalarni ishlab chiqish usulining rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi. Determinizm tamoyilidan kelib chiquvchi xulosa sifatida inson ongining ijtimoiy-tarixiy xususiyatini tushunish xizmat qiladi.
2. Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Ong va faoliyat uzviy birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash emas. Ong faoliyat jarayonida uning ichki rejasini, dasturini hosil qilgan holda shakllanadi. Aynan, ongda voqelikning harakatchan ko‘rinishlari yuzaga keladi, ular yordamida inson atrof muhitda o‘z yo‘nalishini aniqlay oladi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili ruhshunoslarga hulq-atvor, faoliyatni o‘rgangan holda, samarali maqsadga muvofiq harakatlarning ichki psixologik mexanizmlarini aniqlash, ya’ni, psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochib berish imkonini beradi.
3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanish tamoyili. Ushbu tamoyil psixika haqida uning faoliyat jarayoni va natijasi sifatida uzluksiz rivojlanishda ko‘rib chiqilgandagina to‘g‘ri tushuncha hosil bo‘lishini bildiradi.
Har bir psixik hodisaning tadqiq etilishi shu hodisaning aynan hozirgi vaqtga tegishli bo‘lgan xususiyatlarining ta’rifini, yuzaga kelish va shakllanish tarixini, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.[2]
Olimlar inson psixologiyasi va hulq-atvorini o‘rganishda ularni bir tomondan, organizmning biologik tuzilishi va faoliyati nuqtai nazaridan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy rivojlanish qonunlari yordamida tushuntirib berishga harakat qiladilar.
H

1.9. Psixologik tadqiqot metodlari


ar bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Ob’ektiv voqelikning bunday hodisalarini to‘plab, solishtirib, guruhlarga ajratib va umumlashtirib, fan yaratilishi kabi eng muhim zaruriyatni, aynan, irodamiz va ongimizdan mustaqil ravishda mavjud olamning ob’ektiv qonunlarini ochib beradi. Bu ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi. SHunday qilib, metod – ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi yoki biror-bir reallikni bilish usuli. Ilmiy metod o‘z tuzilishiga ko‘ra, yondoshuvlar va muolajalar yig‘indisidan iborat. Ilmiy tadqiqotlarning metodlari yordamida olimlar keyinchalik ilmiy nazariyalar tuzish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun ishonchli ma’lumotlar oladilar.
Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan metodlarning barchasini to‘rt guruhga ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, longityud va majmua metodlari kiradi. Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi.[1]
Endi esa psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to‘liqroq holatda ko‘rib chiqamiz.
Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish.
Qiyosiy va longityud metodlari o‘z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa vaqt ichida ko‘p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-birini to‘ldiradi.
Majmuiy metod – tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar, masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o‘rtasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni o‘rnatish imkonini beruvchi o‘rganish usuli.
Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan), erkin (oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo‘ladi.
O‘tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga bo‘linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‘tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida ob’ektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo‘yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo‘ladi.
O‘rganilayotgan hodisaning o‘tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko‘lamiga ko‘ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to‘ldirish uchun tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida o‘tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko‘lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli kuzatishlarga bo‘linadi.[2]
Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko‘pgina ko‘rinishlari va turli vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim;
- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lishi kerak (kamida 2-3 oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o‘tkazilishi kerak, ularning davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi;
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan tadqiqotchi bu metodni qo‘llagan holda baholamoqchi bo‘lgan psixologik xususiyatlar o‘rtasidagi aloqa oldindan o‘rnatilishi kerak;
- tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur;
- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o‘rtasidagi rolli munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
- sinaluvchi bir vaqtning o‘zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo‘lishi va olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o‘rtachasini tashkil etgan bo‘lishi kerak.
Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog‘langan bo‘lmasliga zarur. Bunday holat natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi).
O‘zini kuzatish metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga fransiyalik faylasuf Rene Dekartning fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo‘lmagan substansiya bo‘lib, sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y berishi haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bilimlari to‘g‘risidagi dohiyona yorqin g‘oyalari turtki bo‘ldi. O‘ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Psixo-fizik metodlar
Jismoniy va ruhiy hodisa deb nomlangan psychophysics o'rtasidagi munosabatlar o'rganish bilan shug'ullanadi psixologiya filiali. Shu ma'noda, muddatli psixo-jismoniy usullari urinishlar vazn his, yorqinligi, hajmi, va boshqa shunga o'xshash o'zgaruvchilar sifatida ma'lum psixologik tajribalar ilmiy o'lchovlar uchun jismoniy qurilmalar foydalanish ashyodan barcha usullarini ulanishi mumkin. va hokazo uyqu oralig'ida yoki xotira kabi boshqa murakkab psixologik hodisalar, shuningdek, psixo-jismoniy usullarini foydalanish o'rganib mumkin.[4]
Nemis fiziolog va fizik Fechner (1801-1887) tomonidan ishlab chiqilgan uch klassik psixofizik usullari, haligacha psixofizika otasi. Ular:
(I) usullari yoki cheklashlarni minimal o'zgarishlar usuli.
(II) doimiy rag'batlantirishning yoki to'g'ri va noto'g'ri javoblar usuli.
(III) O'rtacha yoki o’rtacha xato usuli.
Bu usullar, birinchi navbatda, mutlaq arafasida va arafasida o'rtasidagi farqni o'lchash uchun ishlatiladi. Va mutlaq, pol va pol farqlar statistik tushunchalar va ham deyarli bir xil tarzda o'lchanadi. Mutlaq, pol ishonchli hissi ishlab chiqaradi jismoniy rag'bat, minimal qiymati sifatida belgilanishi mumkin.
Mutlaq chegara Shunday qilib, biz, biz, nur yorqinligi, biz nima mumkin emas va shuning uchun ko'rish mumkin olmaydi kishilardan hidlarni hidi mumkin olmaydi o'sha eshitasiz tovushlarni ajratib turadi.1[4]
O'zlari esa farq mavzu orqali idrok qilinishi mumkin, ikki rag'batlantirishning o'rtasida qiymati eng kam farq sifatida belgilangan bo'lishi mumkin. Bir kishi uning qo'lini qo'yish uchun ma'lum bir og'irlik kechirmoqda qachon umumiy birinchi ajratib bo'lmaydigan bo'lib, masalan, eng kam vazn, pol farq, unga ilova qilinadi. Keling, endi yuqorida aytib o'tilgan uch psixofizik usullarini qisqacha fikr berish chiqaylik.
Minimal o'zgarishlar yoki cheklashlar usuli usuli.
Bu usul mutlaq ostonasini va chegara (porog) farqini aniqlash uchun foydalanish mumkin. quyidagicha tartibi tasvirlangan:
1. An shaxs his duchor bo'ladi. Misol uchun, u bir ob'ekt (80 sm, masalan), ma'lum bir masofada yotgan yoki yo'q ko'rishni ega yoki yo'qligini so'rang mumkin.

Psixologiyaning asosiy metodi bo‘lib tajriba hisoblanadi. Tajriba metodi tadqiq etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, qonuniyatlar, yangi bilimlarga erishishdagi xossalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan sababiy-oqibat aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida qo‘llaniladi. Kuzatishdan farqli ravishda tajribada tasviriy ma’lumotdan tashqari, aloqalar, munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi.


Nizom bo‘yicha tajribaga qo‘yiladigan muhim talablardan psixologlar quyidagilarni sanab o‘tadilar: tadqiqot farazlariga ko‘ra aniq yo‘nalganlik; tadqiqot ob’ektini yuqori darajada bilish va to‘liq ta’riflash; tajriba muolajalarini olib borishni qat’iy nazorat qilish, ularning aniqligini ta’minlash; qayta ishlab chiqish, takrorlash imkoniyati; ijtimoiy ob’ektga mos keluvchi metodlar, kuzatish va o‘lchash vositalarining mavjudligi.[2]
Tajriba tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim.
Tajriba predmeti – o‘rganilayotgan ob’ekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar va aloqalar.
Tajribadagi o‘zgaruvchi – o‘rganilayotgan ob’ekt holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. O‘zgaruvchilar tizimi tajribadagi vaziyatda etakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o‘zgaruvchilar mustaqil va bog‘langan bo‘lishi mumkin. Mustaqil o‘zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o‘zgartiriladigan va tajriba guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog‘langan o‘zgaruvchi – mustaqil o‘zgaruvchi ta’sirida o‘zgaradigan omil.
Tajribaviy vaziyat – tajriba o‘tkazilayotgan sharoitlar yig‘indisi. U dala va laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin.
Tajriba ob’ekti – ijtimoiy guruh, jamoa, shaxs (tajriba ishtirokchilari). Tajribada ikki xil ob’ekt: nazorat va tajriba guruhlari ajratiladi. Ikki guruhning tuzilishi tafovutlarni aniqlashga va kutilgan o‘zgarishlar ro‘y bergani yoki bermagani haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Tajriba ishtirokchilarining soni, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmaydi, aksariyat hollarda 10-15 kishidan oshmaydi.
Tajriba guruhi tajriba omili (mustaqil o‘zgaruvchi) ta’sir ettiriladigan guruht.
Nazorat guruhi tajriba omillarining ta’sirini sezmaydi.
Agar tajriba guruhida nazorat ostidagi (mustaqil) o‘zgaruvchilar o‘zgartirilsa, nazorat guruhidagi mustaqil o‘zgaruvchilar o‘zgarishlarsiz sqlanib qoladi. Nazorat guruhi qiyosiy birlik bo‘lib xizmat qiladi.
Kengroq tarqalgan tajriba metodlarini ko‘rib chiqamiz.
Laboratoriya tajribasi sun’iy shroitlarda maxsus asboblarni qo‘llagan holda ta’sir etuvchi omillarning qat’iy nazorati yordamida amalga oshiriladi. Masalan, inson tafakkuri xususiyatlarini o‘rganish. Sinaluvchiga ajratilgan vaqt ichida echishi lozim bo‘lgan aqliy vazifalar qatori taklif etiladi. Har bir vazifani bajarish ma’lum ballar miqdori bilan baholanadi, ballar yig‘indisi esa aqliy rivojlanish darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
Tabiiy tajriba – sinaluvchiga sezilarsiz tarzda uning faoliyati yoki muloqotiga kiritilgan psixologik tajriba, u tabiiy sharoitlarda tadqiqotchining aralashuvisiz o‘tkaziladi. Tabiiy tajribani hayotning o‘zi qo‘yadi, tajribaviy vaziyat esa tadqiqotchining faol ishtirokisiz yuzaga keladi. Masalan, odam to‘satdan kasal bo‘lib qoldi, bunda kasallik uning psixikasi va hulq-atvoriga nisbatan biror-bir ta’sirga ega bo‘lishi ma’lum. Qanday qilib? Bu savolga tajribadan javob topish mumkin, tajriba davomida bemor psixolog tomonidan kuzatiladi va u bemorning kasalikkacha va kasallikdan so‘nggi holatlarini qiyoslaydi.[1]
Shakllantiruvchi (ta’limiy) tajriba – psixik jarayon, shaxs holati yoki sifatini tadqiq etish va shakllantirish metodi. Masalan, bolalarda ma’lum sinf masalalarini echa olish qobiliyatini shakllantirish. Sinaluvchilar tegishli masalalar bilan tanishtirilib, ularni echish tartibi tushuntiriladi. So‘ngra ularga zarur malaka va ko‘nikmalarni orttirishga ko‘mak beriladi. Tajriba yakunida olingan natijalar baholanadi.
Dala tajribasi o‘z xususiyati bilan laboratoriyadagi bilan o‘xshashdir, faqat u insonning real hayotidagi voqelikda o‘tkazilishi bilan farq qiladi. Masalan, oliy o‘quv yurtida ta’limning yangi dasturini kiritish bo‘yicha tajriba olib boriladi, buning ustiga, dastur o‘quv jarayoniga real tartibda kiritiladi. Tadqiqotchilarni tajriba natijasida talabalar bilimining yaxshilanashi yoki ularning avvalgidek saqlanib qolishi qiziqtiradi. Buning uchun ular tajribagacha va tajribadan so‘ng talabalar bilimini tekshiruvdan o‘tkazadilar va tajribaning samaradorligi yuzasidan xulosa yasaydilar.
Qayd etish tajribasi deb, vazifasi ma’lumotlarni oddiy ravishda qayd etish va ta’riflash, ya’ni, jarayonga tadqiqotchi tomonidan faol aralashuvsiz haqiqatda ro‘y beradigan voqelarni qayd etishdan iborat bo‘lgan tajribaga aytiladi. Qayd etish tajribasi tabiiy tajribadan vazifalarning real holati oddiy qayd etilishi va olingan natijalar o‘zaro tajribagacha va tajribadan so‘ng solishtirilmasligi bilan farq qiladi. Masalan, bolalarda xotiraning rivojlanish darajasini aniqlash. Sinaluvchilarga materialni eslab qolish va namoyish qilishga doir vazifalar qatori taklif etiladi. Ularni bajarish natijalariga ko‘ra, xotiraning rivojlanganlik darajasi aniqlanadi.
Assotsiativ tajriba – K.G. YUng, M. Vertgeymer va D. Klyayn tomonidan bir vaqtda taklif etilgan va shaxs motivatsiyasini tadqiq etishga mo‘ljallangan loyihalash metodi. Bu metodda sinaluvchiga rag‘bat so‘zlar to‘plamiga javoban miyaga kelgan so‘zlarni iloji boricha tez aytish taklif etiladi. Bunda yuzaga kelgan tasavvurlar rag‘bat-so‘z va sinaluvchining javobi o‘rtasidagi bir xil tasavvurlarning turi, qaytarilishi, vaqtiga ko‘ra qayd etiladi.1[3]
S.L. Rubinshteyn tajribaning to‘rt xil o‘ziga xos xususiyatiga ta’rif bergan edi. Birinchidan, tajribada kuzatuvchi vaziyatga faol aralasha olmaydigan kuzatishdan farqli ravishda tadqiqotchining o‘zi o‘rganayotgan hodisani yuzaga keltiradi. Ikkinchidan, tadqiqotchi o‘rganilayotgan jarayonning kechishi va ifodalanishi sharoitlarini o‘zgartirishi mumkin. Uchinchidan, tajribada o‘rganilayotgan jarayonni aniqlash uchun qonuniyatli aloqalarni o‘rnatish maqsadida, alohida sharoitlarni o‘zgarishli tarzda istisno qilish imkoni mavjud. Va, nihoyat, to‘rtinchidan, tadqiqotchi olingan ma’lumotlarning matematik qayta ishlanishini qo‘llagan holda sharoitlarning miqdoriy nisbatlarini ham o‘zgartirishi mumkin.
Tajriba metodining muhim afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi sustkashlikka yo‘l qo‘ymay, uni qiziqtiruvchi psixik hodisaning yuzaga kelishini kutib o‘tirmasligi lozim. Tajribada tadqiqotchi sharoitlarni o‘zi yaratganligi uchun bu sharoitlarni, hamda, ularning sinaluvchiga ko‘rsatadigan ta’sirini ham to‘laligicha hisobga olish imkoniyati tug‘iladi. SHaroitlarning tadqiqotchi tomonidan yaratilishi ularni bir necha marta takrorlash imkonini beradi. Bunday takrorlash, bir tomondan, olingan natijalarning ob’ektiv tasdiqlanishi bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’lumotlar to‘planishi va ularni miqdoriy baholash imkoniyatlarini ochib beradi.
SHu bilan birga, tajriba metodining salbiy tomoni uni qo‘llashdagi maxsus yaratilgan sharoitlar o‘rganilayotgan psixik holatning tabiiy kechishini izdan chiqarishi mumkinligidan iborat (tajriba sharoitlari hayajon, qo‘rquv, o‘zining ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga intilishni keltirib chiqarishi mumkin), bu esa o‘z navbatida olingan ma’lumotlarning buzib ko‘rsatilishiga olib keladi.
Keyingi yillarda psixologik tashhislash metodlari, test sinovlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.[2]
Psixologiyaning ob’ektiv metodlariga, shuningdek, psixologik tashhislash, aniq shaxs, odamlar guruhi, u yoki bu psixik vazifaning holatlari, xususiyatlarini baholash yoki aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan test sinovlari ham kiradi.
Test deb, bir xil shaklda tuzilgan, qisqa, vaqt bo‘yicha chegaralangan, miqdoriy kattalik bilan ifodalangan individual tafovutlarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan psixologik tashhislash sinoviga aytiladi. Testlar yordamida odamlarni o‘zaro bir-biri bilan solishtirgan holda o‘rganish, ular psixologiyasi va hulq-atvoriga baho berish mumkin. Test sinaluvchining o‘zini tutishini belgilovchi qat’iy qoida bo‘yicha sinaluvchilar bajarishi zarur bo‘lgan vazifalar to‘rlamidan iborat. Testlarning bajarilishi javoblarning to‘g‘riligi mezoni bo‘yicha baholanadi. To‘g‘ri bajarilgan vazifalar uchun ballar belgilab qo‘yilgan. Testning rag‘bat materiali barcha sinaluvchilar tomonidan bir xilda qabul qilinishi kerak.
Testlarga berilgan javoblarni ishlab chiqishning ma’nosi shundan iboratki, olingan ma’lumotlar kalit yordamida baholashning ma’lum ko‘rsatkichlari, masalan, shaxsning xususiyatlari bilan solishtiriladi. Aniqlashning so‘nggi natijalari test ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topadi. Ularning tashhislashdagi ahamiyati, odatda, ko‘p sonli sinaluvchilarda statistik hisoblash yo‘li bilan olingan ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi.
Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi. SHakliga ko‘ra testlar individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi:
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra);
- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga ko‘ra;
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);
- kompyuter testlari.
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi: 1) ob’ektiv, ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emotsional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash; 2) so‘rov metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari; 3) «qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB).
Psixologiyada testlar bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy soha, shaxsning psixologik xossalari, shaxslararo munosabatlarni tadqiq etish uchun qo‘llaniladi. Masalan, Ayzenkning verbal matni aqliy qobiliyatlarni baholashga, Teylor testi esa xavotirlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan.
Klinik metod
eksperimental va differensial usullari odatda xatti umumiy faktlarni o'rganish uchun ishlatiladigan bo'lsa, klinik usul individual xususiyatlarini o'rganish uchun qaratilgan. klinik sozlama yoki jismoniy va ruhiy kasalliklar maslahat va davolash uchun kelgan odamlar parvarishlash va davolash tufayli atrof-muhit. Shu ma'noda, klinik usullari muammo yoki favqulodda xulq tub sabablarini tergov va taklif va tegishli shart-sharoit va imkon muolajalar ta'minlash vazifa bilan engish barcha usullarini eslatadi:[4]
Yaxshi klinik usuli tushunchasi sifatida ta'riflash mumkin klinik psixologiya juda tushunchasi, mavjud: Klinik psixologiya san'at va texnologiya yechimlari shaxsiyati tuzatish muammolar bo'ladi. Bu ta'rifga tahlili bizga tabiat va klinik usuli davolash haqida quyidagi xususiyatlarga ba'zi farq yordam mumkin;
(I) klinik usul xususan holda tegishli.
(II) shaxs ba'zi muammolar bor.
(III) tashxis qo'yish va davolash ikkalasi usullari Ushbu muammolarni hal qo'llaniladi.
(IV) klinik yondashuv barcha har bir bemorga nisbatan qo'llanila olmaydi, degan ma'noni anglatadi, bir san'at, shuningdek, ilm-fan va texnologiya, deb, va u sog'lom va insoniyat yaxshiroq yaratish zavq oladi.
Shunday qilib, psixologik tashxis tadqiqot va ruhiy muammolar davolash yoki individual kasallik bu usulning asosiy elementlari.1[4]
Testlar juda xilma-xil bo‘ladi. Quyida bulardan ba’zilari keltirilgan:
1. Yutuqlarga erishish testlari – sinaluvchining aniq bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish darajasini aniqlash imkonini beradigan psixologik tashhislash metodikalardan biri.
2. Idrok testlari – individning aqliy imkoniyatlarini aniqlovchi psixologik tashhislash metodikasi.
3. Ijodkorlik testlari – insonning ijodkorlik qobiliyatlarini o‘rganish va baholash metodikalarining jamlanmasi.
4. Shaxsni bilish testlari – individ shaxsining turli tomonlariga baho berish imkonini yaratuvchi psixologik tashhislash metodikasi.
5. Loyihalash testlari – psixologik izohlashga, ya’ni, sub’ekt tomonidan xususiy xossalari va holatlarining ustun bo‘lgan ehtiyojlar, mazmunlar va qadriyatlar ta’sirida ongli va ongsiz ravishda tashqi ob’ektlarga ko‘chirilishiga asoslangan shaxsni yaxlit o‘rganish uchun qo‘llaniladigan metodikalar jamlanmasi.
Yuqorida keltirilgan testlar turlarining aniq qo‘llanilishi haqidagi ma’lumotlarga A.X. Yugayning «Obщaya psixologiya: laboratorno-prakticheskie zanyatiya» (Tashkent, 2007) o‘quv qo‘llanmasi yordamida ega bo‘lish mumkin.[1]
6. Suhbat metodi o‘rganilayotgan muammoni qo‘shimcha ravishda yoritib berish uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Suhbat – bu nutq muloqoti orqali psixologik axborotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita yo‘l bilan ega bo‘lishni ko‘zda tutuvchi metod. Suhbat sinaluvchi, uning harakatlari mayllari va motivlari, psixik holatlari va boshqalar haqida ma’lumot olishning asosiy usuli bo‘lib xizmat qiladi.
7. Psixologik intervyu – insonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya jarayonida qo‘llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, etarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan psixolog yordamida so‘z iboralari, mimika, holat, tovush sifati, tashqi ko‘rinish, harakatlarning o‘ziga xosligi, faollik darajasi, hissiy reaksiya va boshqa muloqotning barcha omillari kabi manbalardan inson haqida katta hajmli axborot olish mumkin.
8. Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita.
9. Sotsiometriya – o‘zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo‘llash uning validligi (oldindan belgilab qo‘yilgani bo‘yicha baholash uchun mos kelishi) va ishonchliligiga (takroriy va qayta tadqiq etishda bir xil natijalar olish imkonini beruvchi) bog‘liqdir.
Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori samaradorligini aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlar.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin