O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə124/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

III-IV MAVZU: Psixik jarayonlar.
DIQQAT, SEZGI, IDROK, XAYOL.XOTIRA

REJA:
3.1. Diqqatning mohiyati.


3.2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.
3.3. Diqqatning vazifalari va turlari.
3.4. Diqqatning xossalari. Diqqatning rivojlanishi.
3.5. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
3.6. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi soxasidagi qonuniyatlari.
3.7.Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.
3.8.Idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.
3.9.Idrokning asosiy xossalari va turlari.
3.10. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar
3.11. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha.
3.12. Xayol turlari va jarayonlari.
3.13. Xayol va ijodkorlik.
3.14. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi
D

1. Diqqatning mohiyati


iqqat psixologik noyob hodisa bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar.
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, diqqat – bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning faoliyati bilan bog‘laydilar.[1]
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» ko‘rinishda uchramasligidan iborat. Diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. SHuning uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. Diqqat o‘zi nima?
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi.
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1]
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz qiyinlashadi.
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. Diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq.
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga o‘xshash hodisani ongimizga nisbatan ham tuzish mumkin: faoliyatimiz mohiyati ongimizning markazini egallagan bo‘ladi; ahamiyatga molik bo‘lmaganlari esa ongimizdan chetga surilib qoladi. Lekin boshqacha ham bo‘lishi mumkin: siz qandaydir jismga qaragan holda, umuman, boshqa narsa haqida o‘y surasiz. Bunda ongingizning «markaziy maydoni» ko‘rayotganingiz bilan emas, o‘ylayotganingiz bilan band bo‘ladi.
Ongimizni grafik tarzda tasvirlaydigan bo‘lsak, biri ikkinchisiga joylashgan ikki aylana ko‘rinishida chizish zarur. Katta aylana aniq bo‘lmagan ong, kichik aylana esa, – aniq ong yoki diqqat deb ataladi.[2]
Psixik bilish jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq. Diqqat bilan idrokning aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.
Perseptiv jarayonlar uchun diqqat tasvirlar chizgilarini farqlash imkonini beruvchi o‘ziga xos kuchaytirgich bo‘lib hisoblanadi, inson xotirasi uchun diqqat qisqa muddatli va operativ xotirada kerakli ma’lumotni saqlab turuvchi omil, yodda saqlangan ma’lumotni uzoq muddatli xotira zahirasiga o‘tkazishining zarur sharti, tafakkur uchun esa masalani tushungan holda echimini topishning shartli omili sifatida namoyon bo‘ladi.
Insonlararo munosabatlar tizimida diqqat o‘zaro hamfikrlik, odamlarning bir-birlariga moslashishi, shaxslararo nizolilarning oldini olish va o‘z vaqtida hal etishga yordam beradi.[2]
D

2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari.


iqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog‘liq. Ma’lum yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. Odamga ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi.[1]
Retikulyar formatsiyaning «ishga tushirish» mexanizmlari ichida taxminiy refleksni alohida ta’kidlab o‘tish joiz, bu refleks odam v hayvon organizmlarining atrof-muhitning barcha o‘zgarishlariga nisbatan tug‘ma reaksiyasidir. Masalan, xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk bolasi cho‘chib tushib, tovush kelgan tomonga ko‘zlarini qadaydi. Darsda o‘quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. Birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va berilib yozayotgan o‘quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar.
Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. Masalan, ma’lum vaqt oralig‘ida doimiy ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi seskantiruvchini ajratib olish uchun ma’lum mexanizmlar zarur. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda, odatda, mexanizmlarning seskantiruvchilarni filtrlovchi ikki asosiy: periferik va markaziy guruhlari ko‘rib chiqiladi. Periferik mexanizmlarga his-tuyg‘u organlarini sozlashni kiritish mumkin. Kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o‘zida mos keluvchi mushak nog‘ora pardasining ta’sirchanligini oshirgan holda uni tortadi.[1]
D.E. Brodbentning fikricha, diqqat – axborotni, aynan, kirib kelishda, ya’ni periferiyada tanlab o‘tkazuvchi filtr. U, agar odam bir vaqtning o‘zida turli axborotni ikki qulog‘i bilan qabul qilgan bo‘lsa, lekin qo‘llanmaga binoan, faqat chap qulog‘i bilan qabul qilishi zarur bo‘lgan holatda, o‘ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi. Keyinchalik periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko‘ra tanlab o‘tkazishi aniqlandi.
Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog‘liq. Nerv qo‘zg‘alishining kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi ta’sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo‘ladi. Kuchli qo‘zg‘alish u bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan kuchsiz qo‘zg‘alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo‘nalishda kechishini belgilaydi. Lekin bir vaqtning o‘zida ta’sir ko‘rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo‘shilish ehtimoli ham mavjud.[2]
Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o‘tish joiz. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo‘llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po‘stlog‘ining biror sohasida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo‘ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo‘ladigan bosh miya po‘stlog‘i sohasida qo‘zg‘alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o‘rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta’minlaydi.1
A.A. Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko‘ra, miyada doimo ma’lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson hulq-atvoriga ma’lum yo‘nalganlik bag‘ishlovchi qo‘zg‘alishning vaqtincha hukmron o‘chog‘i mavjud bo‘ladi. Dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to‘planadi va jamlanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo‘zg‘alish kuchaytiriladi. Bu xossalarga binoan, dominantlik qo‘zg‘alishning barqaror o‘chog‘i hisoblanadi, bu esa o‘z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi.[1]
SHunday bo‘lsada, na nerv jarayonlari induksiyasi qonuni, na dominantlik ta’limoti diqqatning, ayniqsa, ixtiyoriy diqqatning mexanizmlarini to‘laligicha ochib bera olmaydi. SHuning uchun, hozirgi zamon fanining taraqqiyoti diqqatning fizilogik mexanizmlarini tushuntirib berishga urinayotgan qator konsepsiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari neyrofiziologik jarayonlarga ko‘proq e’tibor ajratadilar. Sog‘lom odamlarda diqqatning zo‘riqishi sharoitlarida miyaning istalgan sohasida biolektrik faollikning o‘zgarishlari yuzaga kelishi aniqlandi. Bu faollikni peshona sohasida joylashgan neyronlarning alohida turi faoliyati bilan bog‘laydilar. Neyronlarning birinchi turi – «yangilik detektorlari» yangi rag‘batlar ta’sirida faollashadilar va ularga o‘rganib qolish darajasiga ko‘ra faollikni kamaytiradilar. Ulardan farqli ravishda «kutish» neyronlari organizm dolzarb ehtiyojni qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ob’ekt bilan uchrashganidagina qo‘zg‘aladilar.
Shunday qilib, diqqat bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan miya tuzilmalarining yaxlit tizimi faolligi bilan ta’minlanadi. Diqqat fiziologik mexanizmlarining o‘ta murakkab tuzilishi va uning tabiatiga nisbatan qarama-qarshi nuqtai nazarlar diqqatning bir qator psixologik nazariyalarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Diqqatning nazariyalari orasida T. Ribo nazariyasi keng ommalashgan nazariya hisoblanadi, uning fikricha, diqqat har doim hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida yuzaga keladi. Uning fikriga ko‘ra, ixtiyoriy diqqatning jadalligi va davomiyligi diqqat ob’ekti assotsiatsiyalangan emotsional holatning jadalligi va davomiyligi bilan ta’minlaganligi sababli, T. Ribo hissiyotlar va ixtiyoriy diqqat o‘rtasidagi alohida uzviy bog‘liqlikni ko‘ra oldi.[2]
Bundan tashqari, T. Ribo diqqat doimo organizmning jismoniy va fiziologik holatlarining o‘zgarishlari bilan birgalikda kechishini uqtiradi. Bunda diqqat tabiatini tushuntirishda Ribo harakatlarga alohida o‘rin ajratadi. Uning fikricha, diqqatning jamlanganlik holati organik reaksiyalar bilan birga diqqatni ma’lum darajada tutib turishning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan tana, yuz, gavda, oyoq-qo‘llar qismlarining harakatlari bilan birgalikda kechadi. Biror-bir ob’ektda diqqatni jamlash va ushlab qolishga ketkaziladigan urinish har doim fiziologik asosga ega bo‘ladi. Bu holatga, Riboning fikri bo‘yicha, mushak zo‘riqishi mos keladi, diqqatning chalg‘ishi esa, mushak charchog‘i bilan bog‘liq bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ixtiyoriy diqqat siri, Ribo nuqtai nazariga ko‘ra, harakatlarni boshqarish qobiliyatidan iborat. SHuning uchun ushbu nazariya diqqatning motorika nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas.
Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil boshqa yondoshuvlar ham mavjud. D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2]
P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. Uning konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat:
1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, obraz, fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa mazmuniga qaratilgan psixik harakatdan iborat.
2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va boshqalar ustidan nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat tomonidan gavdalantiriladi.
3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi.
4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan, qisqartirilgan holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday nazoratni ham diqqat sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy tarzda baholaydi, diqqat esa uning yaxshilanishini ta’minlaydi.
5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar shakllanishining natijasidir.
6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu oldindan tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘p sonli nazariyalarning mavjudligiga qaramasdan, diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Diqqat tabiati haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.[1]
D

3. Diqqatning vazifalari va turlari


iqqat inson hayoti va faoliyatida ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni faollashtiradi, qolganlarini esa susaytiradi, organizmga etkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga muvofiq holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi.
Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqat, hissiy va intellektual diqqat kiradi.
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar.
Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi.
Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik.
Ixtiyorsiz diqqat maqsad qo‘yish va iroda qatnashuvi bilan bog‘liq emas, ixtiyoriy diqqat uchun esa iroda boshqaruvi va maqsadning mavjud bo‘lishi shart. Odatda, ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishida jismoniy, psixofizik va ruhiy sabablarning yaxlit to‘plami bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, shartli ravishda quyidagi to‘rt darajaga bo‘lish mumkin.
Sabablarning birinchi guruhi tashqi qo‘zg‘atuvchi xususiyati bilan, avvalambor, seskantiruvchining kuchi yoki jadalligi bilan bog‘liq. Masalan, siz biror ishni ishtiyoq bilan bajarayotganingizdan, qo‘shni xonadagi yoki ko‘chadagi engil shovqinni eshitmaysiz. Lekin to‘satdan oldingizda polga tushgan og‘ir jismning baland tovushi eshitiladi, bu beixtiyor diqqatingizni jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqat uchun seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2]
Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar.
Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi.
Va, nihoyat, ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradigan sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his-tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi.
Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq. Lekin ixtiyoriy diqqatda bularning ko‘rsatadigan ta’siri bevosita emas, aksincha, bilvositadir.
Diqqatning yana bir turi mavjud. Ixtiyoriy diqqatga o‘xshash, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatiga ega bo‘lib, va dastlab iroda kuchini talab etadi, lekin keyinchalik odam ishga «kirib boradi»: faoliyatning natijasi emas, balki, uning mazmuni va jarayoni ham qiziqarli bo‘lib, ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bunday diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi diqqat deb nomlandi. Masalan, o‘quvchi qiyin arifmetik masalani echa turib, dastlab, unga ma’lum kuch sarf etadi. Masala murakkab, o‘quvchi chalg‘iy boshlaydi. U o‘zini, irodasini ishga solgan holda, masalani echishga majburlaydi. Mana, masalani echishga birinchi urinish natija berdi, echishning to‘g‘ri usuli belgilab olindi. Masala oydinlasha boradi. Masala o‘quvchining ishtiyoqini band eta boshlaydi. U endi chalg‘imasdan, qiziqarli masalaga kirishib ketadi. Diqqat ixtiyoriydan ixtiyorsizga aylandi.
Haqiqiy ixtiyorsiz diqqatdan farq qilib, ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy diqqatdan farqli ravishda bunda iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.[1]
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida o‘zaro bir-biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga tayanadi.
Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.
Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi.
Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich belgilar, jismlar yordamida boshqariladi.
Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq.
Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq.
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.[2]
D

4. Diqqatning xossalari


iqqat, uni mustaqil psixik hodisa sifatida xarakterlovchi qator xossalarga ega. Diqqatning asosiy xossalariga barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish, chalg‘ish va diqqat hajmi kiradi.
Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi. Bunday tebranishlarning davrlari N.N. Lange bo‘yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig‘i bilan esa 12 soniyaga teng bo‘ladi. Masalan, agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikrni jamlaydigan bo‘lsak, u holda u bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladi. Diqqat tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi (8.1 rasm).
Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo‘lib, u jamlangan jismning yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi isbotlandi. Diqqat barqarorligini o‘lchash uchun alohida harflarning tartibsiz ketma-ketligidan iborat Burdon jadvalidan foydalaniladi, bunda qaytariladigan harflar soni har bir satrda bir xilda bo‘ladi.
Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh miya po‘stlog‘idagi kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i faoliyatining xususiyati bilan bog‘liq.
Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra, odam ongli psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir nechtasini bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish oqibatida yuzaga keladi.[2]
Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo‘lishi mumkin), murakkabligiga (ruhiy zo‘riqishni talab etuvchi darajaga), ma’lumligi va odatiyligi darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog‘liqdir.
Diqqat taqsimlanishini o‘rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli jadvallar) jadvallari qo‘llaniladi.
Diqqatning bo‘linishi – bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi – bu sub’ektning o‘zining idrok qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning bo‘linishi bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilarning paydo bo‘lishidan dalolat beradi.
Bo‘linishning samaradorligi avvalgi va keyingi faoliyatni bajarish xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi (bo‘linish ko‘rsatkichlari engil faoliyatdan og‘ir faoliyatga o‘tishda ancha kamayadi, aksincha bo‘lganida esa, oshib ketadi). Bo‘linish natijasi insonning avvalgi faoliyatga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq: avvalgi faoliyat qanchalik qiziqarli va keyingisi unchalik qiziqish uyg‘otmagan bo‘lsa, diqqatning bo‘linishi shunchalik qiyinroq kechadi. Bo‘linishda asab tizimining xususiyatlari, xususan, asab jarayonlarining qo‘zg‘aluvchanligi tomonidan belgilangan individual tafovutlar mavjud.[2]
Diqqat hajmi – sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat ob’ektining muhim va belgilovchi xususiyatlaridan biri, uning o‘qitishda va mashq bajarishda umuman o‘zgarmasligidir. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda taxistoskopdan foydalaniladi – ma’lum sondagi seskantiruvchilarni shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat hajmi – individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning ko‘rsatkichi 5 ± 2ga teng bo‘ladi.
Diqqatning chalg‘ishi – bu diqqatning bir ob’ektdan ikkinchisiga ixtiyorsiz o‘tkazilishi. Chalg‘ish tashqi seskantiruvchilar ta’sirida yuz berishi mumkin. Diqqatni ko‘proq to‘satdan paydo bo‘ladigan, o‘zgaruvchan kuch va chastota bilan ta’sir ko‘rsatadigan jism va hodisalar chalg‘itadi. Diqqatning ichki chalig‘ishi kuchli kechinmalar, yot hissiyotlar, va odam ayni damda mashg‘ul bo‘lgan ishiga qiziqish va mas’uliyatning mavjud emasligi ta’siri ostida paydo bo‘ladi.[1]
Chalg‘ituvchi ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati to‘siqlarga moslashuvchanlik deb ataladi. Odamlarda bu qobiliyatning rivojlanishida nerv tizimidagi farqlar, aynan, uning kuchi, shuningdek, to‘siqlarga qarshilik ko‘rsatishni oshirishga qaratilagan maxsus mashqlar bilan belgilangan ko‘plab individual tafovutlar kuzatiladi
Diqqat xususiyatlarini o‘rganishda parishonxotirlik haqidagi masala muhim ahamiyat kasb etadi. Parishonxotirlik deb, odatda, ikki turlicha hodisaga aytiladi. Birinchidan, ko‘p hollarda parishonxotirlik deb, insonning atrofidagilarga e’tibor bermasdan, ishga haddan tashqari berilib ketishining natijasiga aytiladi. Parishonxotirlikning bu turi u yoki bu faoliyatda kuchli jamlanganlik natijasida yuzaga kelganligi sababli soxta parishonxotirlik deb ataladi.
Parishonxotirlikning umuman boshqa bir turi inson diqqatini hech bir narsada uzoq vaqt jamlay olmagan vaziyatda, hech birida ushlanib qolmasdan, muntazam ravishda bir ob’ektdan ikkinchisiga yoki bir hodisadan ikkinchisiga o‘tib turishida kuzatiladi. Parishonxotirlikning bu turi haqiqiy parishonxotirlik deb ataladi. Haqiqiy parishonxotirlikdan aziyat chekuvchi insonning ixtiyoriy diqqati o‘ta beqarorligi va chalg‘ib turishi bilan farqlanadi.
Haqiqiy parishonxotirlikning sabablari turlichadir. Bular asab tizimining umumiy izdan chiqishi, qon kasalliklari, kislorod etishmovchiligi, jismoniy yoki aqliy toliqish, og‘ir hissiy kechinmalar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, diqqat parishonxotirligining sabablaridan biri olingan taassurotlarning ko‘pligi, shuningdek, betartib havas va qiziqishlar ham bo‘lishi mumkin.

Diqqatning rivojlanishi


Diqqat o‘zining rivojlanish bosqichlariga ega. Bola hayotining birinchi oylarida faqat ixtiyorsiz diqqatning mavjudligi kuzatiladi. Bola dastlab kuchli yoki keskin farq qiladigan tashqi qo‘zg‘atuvchilarni sezadi. Uch oylik bo‘lishi bilan bola, hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar bilan ko‘proq qiziqa boshlaydi. 5-7 oyligida bola etarlicha uzoq vaqt davomida qandaydir jismni kuzatishi, ushlab ko‘rishi, og‘ziga olishi mumkin. Ayniqsa, yorqin va yaltiroq jismlarga bo‘lgan qiziqishi yaqqolroq ko‘rinadi. Bu ixtiyorsiz diqqatning to‘la rivojlanganligidan dalolat beradi.[2]
Ixtiyoriy diqqatning nishonalari, odatda, birinchi yilning oxiri ikkinchi yilning boshlariga kelib, namoyon bo‘la boshlaydi. Bolada ixtiyoriy diqqatning shakllanishi va rivojlanishi uni tarbiyalash jarayoni bilan bog‘liq. Bolaning atrofidagi odamlar asta-sekin bolani o‘zi istaganini emas, balki, uning qilishi zarur bo‘lganlarni bajarishga o‘rgatib boradilar.
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida bola o‘z harakatlarini o‘yin talablariga muvofiqlashtirishni va ularni qoidalarga mos ravishda yo‘naltirishni o‘rganadi. Ko‘pchilik jismlar va hodisalar bilan tanishib borish, oddiy munosabatlarni farqlash malakasining asta-sekin shakllanishi, ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlashish, ular bilan sayr qilish va o‘yinlar o‘ynash, boshqa jismlar va o‘yinchoqlarni o‘ynatish – bularning barchasi bolaning shaxsiy tajribasini boyitadi, shu bilan birga, uning qiziqishlari va diqqatini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining etarlicha barqaror emasligidan iborat. Bola yot seskantiruvchilarga oson chalg‘iydi, uning diqqati o‘ta hissiyotlidir. Asta-sekin bolada mashqlar va iroda kuchi yordamida o‘z diqqatini boshqara olish layoqati shakllanadi[1]
Ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida maktab alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab mashg‘ulotlari jarayonida bola intizomga o‘rganadi, unda qunt qilish, hulq-atvorini nazorat qilish layoqati shakllanadi. SHuni aytib o‘tish lozimki, maktab yoshida ixtiyoriy diqqatning rivojlanishi ham ma’lum bosqichlardan o‘tadi. Boshlang‘ich sinflarda bola mashg‘ulotlarda o‘z hulq-atvorini to‘liq nazorat qila olmaydi, unda ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi.
Yuqori sinflarda o‘smirning ixtiyoriy diqqati yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tariladi. O‘quvchi etarlicha uzoq vaqt davomida ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullana oladi, o‘z hulq-atvorini nazorat qiladi. Lekin, shuni ko‘zda tutish lozimki, diqqat sifatiga tarbiyalash sharoitlarining o‘zi emas, balki, yosh xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. 13-15 yoshlarda sodir bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar yuqori darajadagi toliqish va ta’sirchanlik bilan birgalikda kechadi, va ba’zi holatlarda diqqatning pasayishiga olib keladi.[1]
SHunday qilib, diqqatning rivojlanishida ikki asosiy bosqichni ajratish mumkin: asosiy xususiyati tashqi tomondan belgilangan diqqatning ustunligidan iborat bo‘lgan maktabgacha rivojlanish bosqichi va ichki diqqatning jadal rivojlanishi xususiyatiga ega bo‘lgan maktab davri rivojlanishi bosqichlaridir.

M
1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.


a’lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta’mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a’zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz. [1]


Tashqi olamdan bizni tanamizga milliard qo‘zg‘ovchilar hujum qiladi. Bizning qorong‘i ichki dunyoimizda esa sirli miyamiz ishlaydi. Bu fakt esa psixologiyaning yuqori ming yildan ortiq fundamental muammosini ko‘taradi. Masalani echishda bundan yuz yil avval psixologiya fan sifatida rivojlandi: Atrof muxitimizni o‘rab turgan siymolar miyamizga tushadi?
Zamonaviy tilda esa uni quyidagicha talqin qilsa bo‘ladi: tashqi olam xaqidagi tasavvurlarimizni qanday tuzishimiz; lagerdagi gulxanni yonishidan chiqayotgan tutunining aktiv neyron zanjirlariga aylanishi? Qanday qilib biz tirik neyroximiyadan olovn to‘lqinini, temperaturasini hamda olovni tutunini hidini anglaymiz? Miyamizda dunyoni rasmini aks ettirishimiz uchun, tashqi dunyoni fizikaviy energiyasini bilishimiz va uni nerv signallari shaklida kodlashiiz, va bu jarayon an’anaviy sezgi deyiladi. So‘ng esa biz buni olib biz o‘z sezgilarimizni tashkil qilishimiz va sharxlashimiz, va bu jarayon an’anaviy idrok deyiladi. Bizning kundalik amaliyotimizda sezgi va idrok uzilmas bir jarayonga aytiladi. 5 chi va 6 chi boblarda biz ikkala qismini birlashgan jarayonini ko‘rib chiqamiz. [1]
Biz bu bobni sensor retseptorlardan boshlab, yuqori darajadagi ma’lumotlarni ishlanmalarini ko‘rib chiqamiz. Kirish qismidagi sensor analiz, psixologiyada ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab ishlash deb nomlanadi. Sezgi jarayonining buzilishi xar erda bo‘lishi mumkin bu sensor retseptordan boshlab to perseptiv interpretatsiyada tugaydi. Masalan, inson ko‘zida katarakta bilan tug‘ilsa uni ko‘zlari yorug‘likni ko‘rmaydi, bu jarayonda eng murakkab mexanizm ishlasa xam ko‘rish ma’lumotlarini bilolmaydi. Miyasi shikastlangan bemorlarda ham qandaydir sezgi va idrok zanjirlari bor. Miya po‘stlog‘ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo‘qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari normal, lekin idroki normal emas. U ma’lumotlarni ko‘rib qabul qila oladi va insonni yuz tuzilishini xarakterlab bera oladi, lekin uni taniy olmaydi. Unga notanish chexrani ko‘rsatishganda u bunga e’tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko‘rsatishganda, avtonom nerv sistemasi reaksiyasi shuni ko‘rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. U o‘z chexrasini ko‘zguda ko‘rganda, yana shu chalkashlikga keladi. Miyani buzilganligi sababli, u ma’lumotlarni sxema bo‘yicha tepadan pastga qarab ishlolmaydi – to‘plangan bilimlarni sensor ma’lumotlar bilan bog‘lay olmaydi. 1[3]
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo‘ladi. CHunonchi, nurlarning ko‘zimizga ta’sir qilishi natijasida ko‘rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta’sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta’siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‘limiz yoki badanimizga tegib ta’sir etish natijasida teri (taktil – biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo‘ladi.
Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma’lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yuzaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a’zolariga ta’sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi.
Sezuvchi apparat, ya’ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a’zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir.
Sezgilarning nerv – fiziologik asoslari
Ma’lumki, sezgilar faqatgina tashqi ta’sirlar natijasida hosil bo‘lmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. SHuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi.[2]
Analizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga o‘tkazadigan maxsus transformator qismi;
analizatorning periferik bo‘limining markaziy analizator bilan bog‘laydigan yo‘llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;
analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq bo‘limlari.[2]
Analizatorning qobiq bo‘limida retseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan o‘zak, ya’ni markaziy qism va qobiqning turli joylarida ma’lum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism bo‘ladi. Analizatorning o‘zak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan bo‘lib, ko‘plab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, ya’ni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning o‘zaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobig‘ining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. Analizatorning o‘zagi analiz va sintez qilish funksiyasini bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.[2]
Tarqoq qismlar dag‘al analiz funksiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan ta’sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo‘llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda to‘g‘ri mo‘ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta’minlaydi.1
S
2. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi soxasidagi qonuniyatlari.

ezgilar qaysi a’zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri, muskul–harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a’zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.


Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi CH.SHerringtonga taalluqlidir. U retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi.
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya’ni ekstroretseptiv sezgilar;
Ichki tana a’zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya’ni interoretseptiv sezgilar.
Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to‘la o‘rganilmaganligi sababli uni “noma’lum hislar” deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. 2
Interoretseptiv sezgilar insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o‘zgarishida ko‘zga tashlanadi, bolada esa xatti–harakatning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. CHunki bola tana a’zolaridagi ichki holatini anglash, his qilish imkoniyatiga ega emas. SHuning uchun undagi xatti-harakatning umumiy o‘zgarishi belgilardan buni sezish mumkin.
Interoretseptiv sezgilar organizmdagi ichki jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashtirish muvozanatini ta’minlab turishning asosi hisoblanadi. Bu jarayonni bir so‘z bilan aytganda, organizmdagi jarayonlarni o‘zaro o‘rin almashib turishning gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. SHuningdek, mazkur sezgilar insonda yuzaga keladigan puls, zo‘riqish, affekt holatlarini yo‘qotish, tug‘ilib kelayotgan mayllarni qondirish bilan bog‘liq vazifani bajaradi. Natijada ichki tana a’zolarining faoliyatini izdan chiqarish holati yuz berishi mumkin.
Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. CHernigovkiylar tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi
Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to‘g‘risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi.
Pereferik retseptorlar muskullar, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus tanachalar shakliga ega va ular Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo‘zg‘atuvchilar muskullarning harakatlashuvi natijasida va bo‘g‘imlar holatining o‘zgarishi, nerv tolalari yordamida, orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqligiga etkaziladi. Qo‘zg‘ovchilar Burdax va Goll yadrosining quyi bo‘limlariga etib keladi va undan po‘stosti tugunchalaridan o‘tib, bosh miya katta yarim sharining qorong‘ulashgan zonasida harakatlarini yakunlaydilar.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o‘rganilgan.[1]
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o‘z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga perpendikulyar bo‘shliqda tutash holatda yotadi. [1]
Masalan, bosh holatining o‘zgarishi quyidagi sxemada ko‘rish mumkin:
a) endolimfa suyuqligiga bog‘liq qo‘zg‘alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po‘stining chakka bo‘lmasi;
d) miya apparatiga o‘tadi;
Vestibulyator sezgi apparati ko‘rish bilan bevosita aloqada bo‘lib, fazoni mo‘ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi.
Masalan, avtomobil yo‘lidan o‘tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
Ekstroretseptiv sezgilar intermodal, nospetsifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog‘i, tirsak, tizza uchlari) payqash – vibratsiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko‘rinishlari ham mavjud:
a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o‘ta kuchli tovushda, o‘ta yorqin yorug‘likda;
v) uch xil ta’sirning uyg‘unlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospetsifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik jumlalarni ajratish, qo‘l uchlari bilan sezish orqali ro‘yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo‘lib, bu narsa ko‘pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo‘l uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada etarli darajada o‘rganilmagan.
Sezgi turlari
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroretseptiv, proprioretseptiv, introretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
Ko‘rish sezgilari;
Eshitish sezgilari;
Hid bilish sezgilari;
Ta’m bilish sezgilari;
Teri sezgilari;
Muskul – harakat (kinestetik);
Statistik sezgilar;
Organik sezgilar;
Ko‘rish sezgilari
Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq modda bo‘lib, uni qorachig‘ deb ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yorug‘lik nurlari kiradi. 1[3]
Ko‘zlarning uchinchi pardasi to‘r parda deb nomlanib, u ko‘z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachig‘ bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‘z gavhari joylashgan bo‘ladi. YOrug‘lik nurlari unda to‘planib, so‘ng sinadi va to‘r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati tushadi.
Ko‘z soqqasining gavhari bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. To‘r parda rang va yorug‘likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari mavjuddir. Inson ko‘zini to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya’ni kunduzgi ranglar ko‘riladi.
Tayoqchalar yorug‘likni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘u paytlarda o‘z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To‘r pardaning eng sezgir joyi – sariq dog‘ning asosan, kolbachalar bilan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur’ati sariq dog‘ga tushadi. Bunday tarzdagi ko‘rish to‘g‘ri ko‘rish deyiladi.
Odam ko‘zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning ta’sirini sezadi.
Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo‘lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to‘la isbotlab berilgan.[2]
Ushbu nazariyaga binoan to‘r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo‘zg‘alishi qizil rang sezgisini, ikkinchi qo‘zg‘alishi yashil rang sezgisi va uchinchi qo‘zg‘alishi binafsha rang sezgisini hosil qiladi. Nazariyaga ko‘ra yorug‘lik to‘lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo‘zg‘atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug‘lik to‘lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‘zg‘aluvchanligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo‘ladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg‘iz to‘r pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki miya po‘stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar bilan ham bog‘liq ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjuddir. Zamonaviy ma’lumotlarga binoan tayoqchalarda ko‘rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko‘zga yorug‘lik ta’siri etganda ko‘rish purpuri kimyoviy yo‘l bilan parchalanib, tarkibiy qismlarga bo‘linadi va mazkur jarayon ko‘rish nervini qo‘zg‘atib, yorug‘lik sezgisini hosil qiladi va qorong‘ulikda esa purpur funksional holatini qayta tiklaydi.[1]
Eshitish sezgilari
Eshitish sezgilari tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi tonli, ikkinchisi esa bir necha tondan tashkil topadi. Tonlardan biri asosiy ton hisoblanib, u tovushning balandigini, kuchini belgilaydi, boshqalari keluvchi tovushlar sanalib, ular obertonlar deyiladi. Musiqa asboblaridan taralayotgan tovushlarning o‘ziga xosligi fan tilida tembr deb ataladi. Hatto nutq tovushlari ham ohangli tovushlar (unli tovushlar) yoki shovqinlardan (undosh tovushlar) tashkil topgan bo‘ladi.
Eshitish sezgilari organi quloq bo‘lib, tashqi quloqlar suprasi bilan eshituv yo‘lidan iborat. O‘sha quloqlar nog‘ora parda va unga yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha, sopdan va uzangidan tashkil topgan. Ichki quloq (quloq labirinti) o‘zaro birlashmagan uchta bo‘lakdan tuzilgan. 1[3]
Tashqi quloq havo to‘lqinlarini yig‘uvchi karnay vazifasini bajaradi. Nog‘ora parda va unga yopishgan suyakchalar havo to‘lqinlarini ichki quloqqa uzatadi. O‘rta quloq maxsus yo‘l orqali og‘iz va burun bo‘shlig‘i bilan tutashgan bo‘ladi. Ichki quloqlarning yuqori qismi uchta yarim doira kanaldan, o‘rta qismi kameradan va pastki qismi chig‘anoqdan tashkil topgan.
Ichki quloqlarning uchchala bo‘limi endolimfa nomli suyuqlikdan iboratdir. Ichki quloqlarning asosiy qismi chig‘anoqdan iborat bo‘lib, uning ichida kortiy organ mavjud, u gumbaz shakliga ega bo‘lib, asosida membrana joylashgan. Membrana uzunligi qisqarib boruvchi elastik tolalardan iborat bo‘lib, ular tarang tortilgan to‘rlarga o‘xshaydi. Uning yuqori qismida maxsus, tayoqchasimon hujayralar mavjud va ular kortiy dugalari deb yuritiladi. Membrananing tolalari endolimfaga ingichka qo‘llari bor maxsus hujayralar yordamida korniy dugalari orqali katta yarim sharlar po‘stining bo‘lagida joylashgan.[2]
Havo to‘lqinlarining harakati tufayli tovush chiqaruvchi jismlar tebranganida eshitish sezgilari hosil bo‘ladi. Agar musiqaviy tovushlar havo to‘lqinlarining sekin harakatlari natijasida vujudga kelsa, shovqinli tovushlar esa ularning notekis harakatlari natijasida yuzaga keladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.
Hid bilish sezgilari
Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu erda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga gaz holatida ta’sir etib, kimyoviy reaksiyalar yo‘li bilan ularni qo‘zg‘atadi. Oddiy gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish jarayonida burun havosiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo‘ladi.[1]
Ta’m bilish sezgilari
Ta’m bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ta’m bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus ta’m bilish so‘rg‘ichlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish “kurtaklari”ga ega. Ta’m bilish so‘rg‘ichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning o‘rtasi bo‘lsa mazani aks ettira olmaydi. Ta’m bilish so‘rg‘ichlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari joylashgan, ular ta’m bilish organidagi qo‘zg‘alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlariga yaqin joylashgan.[2]
Teri sezgilari.
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qo‘zg‘atuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda og‘riq sezgisiga aylanadi.[2]
Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman tashqarisida tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan o‘lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan, bo‘lib, uning o‘zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o‘rtasidagi masofani o‘lchaydi.
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po‘stining orqadagi markaziy nuqtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Muskul – harakat sezgilari, statik sezgilar
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og‘irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari–gavda muskullari, paylar, bo‘g‘imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo‘lib, ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul – harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi.[1]
Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo‘ladi, sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilar
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda, qizilo‘ngach, me’da, ichak, qon tomirlari, o‘pka va shu kabilarda joylashgan bo‘ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qo‘zg‘atuvchi-laridir.
Ularga quyidagilar kiradi;
a) Og‘riq sezgilar;
b) chanqoq sezgilari;
v) noxush tuyg‘ular;
g) ochlikni sezish.
Analizatorlar sezuvchanligining faoliyatdagi seskantiruvchilarga ko‘nikishining ta’siri ostida o‘zgarishi moslashish deb ataladi. Bunda umumiy qonuniyat quyidagidan iborat bo‘ladi: kuchli seskantiruvchilardan kuchsizlariga o‘tishda sezuvchanlik oshadi, kuchsizlardan kuchlilarga o‘tishda – kamayadi. Turli analizatorlar tizimlarining moslashish darajasi bir xilda bo‘lmaydi: yuqori moslashish taktil, haroratli, hid bilish va ko‘rish sezgilarida, zaif moslashish – eshitish va og‘riq sezgilarida kuzatiladi. Ularning orasidan hid bilish va taktil analizatorlar tez fursatda moslashadilar. Yod hidiga to‘liq moslashish bir daqiqadan so‘ng yuz beradi. uch soniyadan so‘ng bosim sezgisi seskantiruvchining 1/5 kuchini aks ettiradi. Qorong‘ilikka to‘liq moslashish uchun 45 daqiqa kerak bo‘ladi.
A.V. Petrovskiy tahririyati ostida chop etilgan darslikda moslashish hodisasining uch xil turi keltiriladi: seskantiruvchining davomli ta’sirida sezgining to‘liq g‘oyib bo‘lishidagi moslashish; kuchli seskantiruvchi ta’siri ostida sezgining susayishidagi moslashish. Moslashishning bu ikki turini «salbiy moslashish» atamasi ostida birlashtiradilar, chunki buning natijasida analizatorlarning sezuvchanligi kamayadi; kuchsiz seskantiruvchi ta’sirida sezuvchanlikning oshishi ham moslashish deb ataladi. Moslashishning bu turi ijobiy moslashish hisoblanadi. Bu turga, masalan, qorong‘ilik ta’sirida ko‘rish analizatori sezuvchanligining oshishida kuzatiladigan qorong‘ilikka moslashish kiradi.
Moslashish hodisasini retseptor faoliyatida seskantiruvchining davomli ta’siri ostida sodir bo‘ladigan chetki o‘zgarishlar yordamida tushuntirish mumkin. Ma’lumki, yorug‘lik ta’sirida ko‘z to‘r pardasi tayoqchalaridagi ko‘rish to‘q qizil rangi o‘chib ketadi. Qorong‘ilikda esa, aksincha, qizil rang tiklanadi, bu sezuvchanlikni oshiradi.
Moslashish hodisasi analizatorlarning markaziy bo‘limlarida kechadigan jarayonlar yordamida ham tushuntiriladi. Uzoq vaqt davomidagi qo‘zg‘alish natijasida bosh miya po‘slog‘i sezuvchanlikni kamaytiradigan ichki himoya tormozlanishi kuzatiladi. Tormozlanishning rivojlanishi boshqa o‘choqlarning kuchli qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi, bu esa yangi sharoitlarda sezuvchanlikning oshishiga yordam beradi.
Moslashish maqsadga muvofiq bo‘lgan biologik ahamiyatga ega. U kuchsiz seskantiruvchilarni aks ettirishda qatnashadi va analizatorlarni kuchli seskantiruvchilar ta’siridan himoya qiladi.
Sezgilar jadalligi faqat seskantiruvchining kuchi va retseptor moslashishining darajasiga bog‘liq bo‘lmay, ma’lum vaqtda boshqa his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’sirlarga ham bog‘liqdir. Boshqa analizator faoliyati ta’sirida analizator sezuvchanligining o‘zgarishi sezgilarning o‘zaro ta’siri deb ataladi. Sezuvchanlikning o‘zgarishi analizatorlar o‘rtasidagi po‘stloq orqali aloqalari, yuqori darajada bir vaqtdagi induksiya qonuni bilan tushuntiriladi. I.P. Pavlov bo‘yicha, kuchsiz seskantiruvchi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida oson tarqaluvchi (irradirlovchi) qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Qo‘zg‘alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. Kuchli seskantiruvchi ta’sirida, aksincha, jamlanishga moyil bo‘lgan qo‘zg‘alish jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga ko‘ra, bu holat markaziy bo‘limlardagi boshqa analizatorlarning tormozlanishiga va sezuvchanligining pasayishiga olib keladi.
Sezgilarning o‘zaro ta’sir qonuniyati quyidagidan iborat: biror-bir analizatorlar tizimidagi kuchsiz seskantiruvchilar boshqa tizimning sezuvchanligini oshiradi, kuchli seskaniruvchilar esa kamaytiradi. Masalan, kuchsiz ta’m bilish (nordon) sezgilari ko‘rish sezuvchanligini oshiradi, eshitish va ko‘rish sezgilari o‘rtasida o‘zaro ta’sir kuzatiladi. Analizatorlarning o‘zaro ta’sirlashishi, hamda, muntazam mashqlar natijasida sezuvchanlikning oshishi sensibilizatsiya deb ataladi. A.R. Luriya sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikki tomonini ajratib ko‘rsatadi. Birinchisi davomli, muttasil xususiyatli va organizmda ro‘y beradigan barqaror o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgani uchun ob’ektning yoshi aniq holatda sezuvchanlikning o‘zgarishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, his-tuyg‘u organlari sezuvchanligining kuchliligi yosh o‘tishi bilan oshib borib, 20-30 yoshlarda eng yuqori cho‘qqiga chiqadi, keyinchalik esa asta-sekin pasayib boradi. Sensibilizatsiya turiga ko‘ra, sezuvchanlik oshishining ikkinchi tomoni vaqtinchalik xususiyatiga ega bo‘lib, fiziologik, shuningdek, sub’ekt holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi favqulotda psixologik ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi.1[3]
Sezgilarning o‘zaro ta’sirlashuvida sinesteziya, ya’ni, qo‘zg‘alish ta’sirida boshqa analizatorlarga xos bo‘lgan bir xil sezgi analizatorining hosil bo‘lishi kabi holat ham kuzatiladi. Masalan, odamda tovushlar ta’siri ostida rangli sezgilar hosil bo‘lishi mumkin, ba’zi ranglar uyg‘unligi esa o‘z navbatida harorat sezuvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Hammaga ma’lumki, baland tovushlarni «yorqin» ranglar bilan, pastlarini esa «to‘q» ranglar bilan baholaymiz.
Sinesteziya sezgilarning his-tuyg‘u ohangini kuchaytiradi. Sinesteziya hodisasi barcha modalliklarga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash lozimki, sinesteziya individual tarzda ifodalanadi. Sinesteziyaga yorqin qobiliyati bor odamlar mavjud, boshqalarda esa u umuman kuzatilmaydi. A.R. Luriya o‘zining asarida bayon etilgan mashhur mnemonist SH. ni mufassal o‘rganib chiqqan. Bu odamda sinesteziya o‘ta yaqqol ifodalanadi. U barcha ovozlarni bo‘yalgan holda ko‘rgan, va ko‘p hollarda unga murojaat qilgan odamning ovozi, masalan, «sariq rangda va sochiluvchan» deb ta’riflagan. Eshitilgan ohanglar unda turli ranglardagi (och sariq rangdan binafsha rangigacha) ko‘rish sezgilarini uyg‘otgan. Idrok etiladigan ranglar u tomonidan «jarangdor» yoki «bo‘g‘iq», «sho‘r» yoki «karsillagan» tovushlar sifatida his etilgan. Shunday qilib, sinesteziya hodisasi – inson organizmi analizatorlar tizimining muntazam ravishda o‘zaro aloqada bo‘lishidan, ob’ektiv olamni hissiy aks ettirishning yaxlitliligidan dalolat beradi.2[3]
P
3. Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa

sixofiziologiyada bo‘sag‘alarning ikki turi: absolyut sezuvchanlik bo‘sag‘asi va farqlash bo‘sag‘asini farqlaydilar.


Ceskantiruvchining eng kuchsiz ta’siri ostida dastlab paydo bo‘ladigan sezilarli darajada his etish sezgining quyi absolyut sezuvchanlik bo‘sag‘asi deb ataladi. Yirik o‘lchamli ta’sirlanish ta’sirida ma’lum sezgining mavjudligi, ta’sirlanishning borgan sayin o‘sishi natijasida sezgining g‘oyib bo‘lishi yoki og‘riqli sezgi yuqori absolyut sezish bo‘sag‘asi deb ataladi.[2]
Absolyut sezuvchanlik sifatida kuchsiz seskantiruvchilarni sezish qobiliyati, farqlashga sezuvchanlik sifatida esa – seskantiruvchilar o‘rtasidagi kuchsiz farqlarni sezish qobiliyati tushuniladi. Seskantiruvchining eng kichik o‘lchami ta’sirida paydo bo‘ladigan dastlabki his etish sezuvchanlikning absolyut bo‘sag‘asi deb ataladi. Fiziolog olim G.V. Gershuni va xodimlarining tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, sezgi bo‘sag‘asidan quyiroqda joylashgan tovush seskantiruvchilari, miya elektr faolligining o‘zgarishi va ko‘z qorachig‘ining kengayishini yuzaga keltirishi mumkin. Sezgilarni hosil qilmaydigan seskantiruvchilar ta’sir doirasi G.V. Gershuni tomonidan «sensor osti sohasi» deb ataldi.[2]
Sezuvchanlik (bo‘sag‘a) va seskantiruvchining kuchi o‘rtasida qarama-qarshi bog‘liqlik mavjud: sezgining paydo bo‘lishi qanchalik katta kuch talab etgan bo‘lsa, odamdagi sezuvchanlik shunchalik past bo‘ladi. Sezuvchanlik bo‘sag‘alari har bir odam uchun o‘ziga xosdir.
Quyi va yuqori absolyut bo‘sag‘alarning kattaligi turli sharoitlar: inson yoshi va faoliyat xususiyati, retseptorning vazifa bajarish xususiyati, ta’sir etish kuchi va davomiyligi va h.k.lar ta’sirida o‘zgaradi. YUqori darajadagi sezuvchanlikka o‘spirinlik davrida erishiladi.[2]
Absolyut sezuvchanlik bilan bir qatorda nisbiy sezuvchanlik – ta’sir jadalligining o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanlik ham mavjud. Nisbiy sezuvchanlik farqlashning boshlanishi bilan o‘lchanadi. Sezgilar kuchi yoki sifatida unchalik sezilmaydigan farqni yuzaga keltiradigan faoliyatdagi seskantiruvchining kuchiga nisbatan eng kichik qo‘shimcha farqlash bo‘sag‘asi yoki ko‘p tomonlama bo‘sag‘a deb ataladi.
Farqlashga bo‘lgan sezuvchanlikni tajribada tadqiq etish Veber va Bugerga o‘rtacha, ya’ni, absolyut sezuvchanlikning quyi yoki yuqori bo‘sag‘alariga yaqinlashmaydigan seskantiruvchilar uchun haqqoniy bo‘lgan qonunni ifodalash imkonini berdi. Unga ko‘ra, seskantiruvchi orttirma kuchining uning asosiy kuchiga nisbati sezuvchanlikning ma’lum turi uchun doimiy kattalikdir. Bosimni (taktil sezuvchanlik) sezishda bu orttirma seskantiruvchi dastlabki og‘irligining 1/30 ga teng, eshitish seskantiruvchilari uchun bu konstanta 1/10 ga, ko‘rish seskantiruvchilari uchun – 1/100 ga teng.[1]
Nemis fizigi G. Fexner juda kuchsiz va o‘ta kuchli ta’sirlar ostida nisbiy bo‘sag‘alar o‘z ahamiyatini yo‘qotishini aniqladi. SHuningdek, u seskantiruvchining kuchi geometrik progressiya asosida oshib borishi bilan sezgi jadalligi arifmetik progressiya asosida oshishini aniqladi. Har taraflama sezuvchanlik ham farqlash bo‘sag‘asi o‘lchamiga nisbatan teskari bog‘liqlikda bo‘ladi: farqlash bo‘sag‘asi qanchalik katta bo‘lsa, har taraflama sezuvchanlik shunchalik kichik bo‘ladi.
I

1. Idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.


nson ayrim yorug‘ yoki rangli, tovushlar yoki aloqalarning o‘rganilmagan dunyosida emas, jismlar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. Inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning ko‘z o‘ngida yaxlit tasvirlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.[2]


«Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. Shuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat.[1]
Shunday qilib, idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni.[1]
Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi.[2]
Jismni yaxlit aks ettirish ta’sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta’m va h.k.) yaxlit to‘plamidan, bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo‘lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to‘plami bilan jism haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya’ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan jism haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa jismni tanib olish sodir bo‘ladi va u idrok etiladi, agarda mos kelmasa, sub’ekt uni topmagunicha, kerakli echimni izlash davom ettiriladi.
Idrok qilishda u yoki bu jismni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi, bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real olam jismini idrok qilishda insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi.
Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga ega. Jism bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan jism faol idrok etilishi, va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan jismni sezmasligimiz ham mumkin.
SHunday qilib, idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon.1
Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi.
Sezgilar taklif etilgan yo‘nalish darajasida idrok qilish jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi. Idrokning fiziologik mexanizmlarining o‘zi, qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining proeksiyali sohalardan integrativ sohalariga o‘tganida, real dunyo hodisalari obrazlari shakllanishining tugallanishi sodir bo‘ladigan keyingi bosqichlarda yaxlit obrazning shakllanishi jarayonlarida ishtirok etadi. SHuning uchun idrok jarayonini yakunlovchi bosh miya po‘stlog‘ining integrativ sohalari, ko‘pincha, perseptiv sohalar deb ataladi. Bu sohalarning vazifasi proeksiyali sohalarning vazifasidan tubdan farq qiladi. Bu farq u yoki bu soha faoliyatning izdan chiqishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ko‘rish proeksiyali sohasining faoliyati buzilganida markaziy ko‘zi ojizlik paydo bo‘ladi, ya’ni, periferiya – his-tuyg‘u organlarining to‘liq faoliyatida odam butunlay ko‘rish sezgilaridan mahrum bo‘ladi, u hech narsani ko‘ramaydi. Integrativ soha faoliyatining zarar ko‘rishi yoki izdan chiqishida jarayon boshqacha tus oladi. Odam alohida yorug‘ dog‘larni, qandaydir sharpalarni ko‘radi, lekin ko‘rganlarini tushunmaydi. Unga ta’sir etuvchilarni anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qoladi. SHunga o‘xshash manzara boshqa modalliklarning integrativ sohalari faoliyatining izdan chiqishida ham kuzatiladi. Masalan, eshitish integrativ sohalarining buzilishida odamlar inson nutqini tushunolmay qoladalar.
Idrokning fiziologik asosi, uning harakat faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri idrokning fiziologik asosini tashkil etadi.
Idrokning reflektorlik asosini I.P. Pavlov ochib berdi. Uning ko‘rsatishicha, idrokning assida shartli reflekslar, ya’ni, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida atrof-olam hodisalari yoki jismlarining retseptorlarga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi. Bunda nerv aloqalari hosil qilgan qo‘zg‘alishlarni qayta ishlashda analizatorlarning po‘stloq bo‘limlari yadrolarida tahlil qilish va sintezning murakkab jarayonlari sodir bo‘lganligi sababli, nerv aloqalari seskantiruvchilar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilish va sintez jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta’minlaydilar, va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.[1]
Idrok jarayonini ta’minlovchi vaqtinchalik nerv aloqalari ikki xil: bir analizator chegarasida va analizatorlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan turlarga ajratilishi mumkin. Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega bo‘lgan ko‘p tomonlama seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin egallaydilar. Masalan, bunday seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi alohida tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat bo‘lgan kuy xizmat qilish mumkin. Bu to‘plam yagona murakkab seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda nerv aloqalari seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki, ularning vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi. Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab sintez jarayoni sodir bo‘ladi.1
Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga kelishini I.M. Sechenov assotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) mavjudligi bilan tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning eshitiladigan obrazi bilan birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar).
SHunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro ta’sirini murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki analizatorli va tashqi analizatorli aloqalar yotadi.
I

2. Idrokning asosiy xossalari va turlari.


drokning asosiy xossalariga predmetlilik, yaxlitlik, strukturaviylik, konstantlik, anglanganlik, appersepsiya, faollik kiradi.
Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenov fikriga ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi.[1]
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi.[1]
Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan.
Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi.[2]
Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi.
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi.
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 metr masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha katta bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir.1[3]
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi.
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi.
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya deb ataladi.
Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato anglaymiz.
Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati motivlari, uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi.
Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin bo‘lgan mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko‘chadagi shovqinlarni eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol munosabat bildiradi.
Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi idrok illyuziyasi deb ataladi. Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar va h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi.[1]
Idrokning anglanganligi. Perseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan uzviy bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni ongli idrok qilish – unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga tayinlab, ma’lum so‘z bilan bog‘lashda ifodalanadi.[1]
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida axborot oqimidan rag‘batlar to‘plamini ajratib olish va ularning aynan bir xil ob’ektga tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan sezgilarning belgilar to‘plamining tarkibiga yaqin yoki o‘xshash bo‘lgan sezgilarni xotirada izlash jarayoni sodir bo‘ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul qilingan qarorni e’tirof yoki inkor etuvchi qo‘shimcha belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir bo‘ladi. Va, nihoyat, to‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt haqida yakuniy xulosa shakllanadi. Shunday qilib, idrok – bu ahamiyatga molik darajadagi intellektual jarayon.
Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni ko‘ramiz.[1]
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz. SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi.
SHaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z “ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin?
Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar
Bizning ko‘zlarimiz bir-biridan 2,5 dyuym masofada joylashganligi sababli ularning to‘rpardalari atrof-muhit manzaralarini biroz turlicha qabul qiladi. Miya ushbu manzaralarni solishtirganda, aynan to‘rsimon nomutanosiblik (ikki manzara o‘rtasidagi farq) masofani aniqlashga yordam beradi. Agar Siz barmog‘ingizni burun uchiga deyarli tegizilgan holda ushlab tursangiz, to‘rpardalarda barmoqning 2 ta har xil aksi paydo bo‘ladi (Siz bunga rasmda ko‘rsatilgandek, navbatma-navbat bir ko‘z, so‘ngra esa ikkinchi ko‘z qisilganda va barmoqlaringiz ingichka kolbasa ko‘rinishida bukilganda bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin). Katta masofada esa, aytaylik, uzatilgan qo‘l masofasida ushbu nomutanosiblik kamroq bo‘ladi.[2]
Stereoskopik filmlarni yaratuvchilar bir-biridan bir necha dyuym (1 dyuym – 25,5 mm) masofada joylashtirilgan ikkita kamera yordamida suratga olish orqali to‘rsimon nomutanosiblikdan kuchli taassurot hosil qiladilar (xuddi shunday imkoniyatni, ehtimol, kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan kompyu­terda ham yaratishni istardik). So‘ngra ekranga ko‘zoynak yoki chap ko‘z bilan chap kameraning “ko‘rish maydoni”, o‘ng ko‘z bilan esa – o‘ng kameraning “ko‘rish maydoni”ni ko‘rish imkonini beradigan maxsus moslama orqali qaralganda, to‘rsimon nomutanosiblikning odatdagi samarasi hosil bo‘ladi. Kompyuter namunalari uchun ham ushbu samara xosdir.1
Idrokning yana bir muhim xossasi – bu uning faolligi, yoki tanlab o‘tkazishi. Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar guruhini idrok qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning foni bo‘lib xizmat qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob o‘qib o‘tirganingizda ortingizda nimalar sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaysiz. SHunday qilib, idrok faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan.
Endi idrok turlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlarni keltirish mumkin. Tasniflanishlardan birining asosida idrokda ishtirok etuvchi analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko‘rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid bilish va ta’m bilish idroklari mavjud.[1]
Odatda, idrok – qator analizatorlar o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi. Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-tuyish idrokini aytib o‘tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. Odatda, ularning o‘zaro uyg‘unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab turlari hosil bo‘ladi. O‘quvchi tomonidan matn idroki ko‘rish, eshitish va kinestetik idrokni o‘z ichiga oladi.2[3]
Idrokning boshqa tur tasnifining asosini materiyaning mavjud bo‘lish shakllari: fazo, vaqt va harakat tashkil etadi. Bunga muvofiq ravishda fazoviy idrok, vaqt idroki va harakat idroki ajratiladi (10.1 rasm).
B archa jismlar fazoda joylashadi va istalgan hodisa ma’lum vaqtda mavjud bo‘ladi. Jismning fazoviy xossalariga kattalik, shakl, fazodagi holat kiradi.
Jismning kattaligini idrok qilishda uning to‘r pardadagi tasviri muhim o‘rinni egallaydi. Idrok etilayotgan jismning ko‘zning to‘r pardasidagi kattaligi ko‘rish burchagining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rish burchagi kattaligi qanchalik katta bo‘lsa, ko‘z to‘r pardasidagi tasvir ham shunchalik katta bo‘ladi. Jism kattaligini idrok qilish jismdan asta-sekin uzoqlashsakda, ko‘z to‘r pardasidagi jism tasviri kichiklashib borishi holatida ham saqlanadi. Bu hodisa jism kattaligi idrokining konstatligi deb ataladi.[1]
Jism kattaligi idroki jismning faqat to‘r pardadagi tasvirining kattaligi bilan emas, balki, jism bilan kuzatuvchi o‘rtasidagi masofaning idroki bilan belgilanadi. Bu qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin:
Idrok etilayotgan jism = Ko‘rish burchagi x Masofa.
Jismlarning yo‘qolishini qayd etish, asosan, ulargacha bo‘lgan masofaning o‘zgarishida, bizning jismlarni idrok qilishimiz tajribamiz hisobiga amalga oshiriladi. Tanish jismlarni ko‘rganimizda, kattalik konstantligi ancha oshadi va ajratib olingan geometrik shakllar idrokida sezilarli darajada kamayadi. Agar jismdan juda uzoqda bo‘lsak, u bizga haqiqiy ko‘rinishidan kichkina bo‘lib ko‘rinadi. Masalan, samolyotda uchib ketayotgan bo‘lsak, pastdagi jismlar bizga juda kichik bo‘lib ko‘rinadi.[1]
Jism fazoviy idrokining boshqa xususiyati jismlarning kontrastligidir. Biz idrok etayotgan jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta bo‘yli odam bo‘ylari baland odamlar orasida o‘zining haqiqiy bo‘y o‘lchamidan ancha kichik bo‘lib ko‘rinadi. Boshqa misol – geometrik shakllar idroki. Katta aylanalar o‘rtasidagi aylana, kichik o‘lchamli aylanalar orasidagi xuddi shunday diametrli aylanaga nisbatan kichik bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, jism kattaligi idrokiga jismning rangi ta’sir etadi. Och rangli jismlar to‘q rangli jsmlarga qaraganda bir muncha kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Katta hajmli shakllar, masalan, shar yoki silindr ularga mos bo‘lgan yassi tasvirlardan kichikroqdek tuyuladi.[2]
Jism shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi. Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga qaraganimizda uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida bo‘ladi. SHunday bo‘lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga ega holatda ko‘ramiz.
Uzoq masofada joylashgan jism shaklining idroki o‘zgarishi mumkin. Xuddi shunday, shaklning mayda detallari jismning uzoqlashgani sayin yo‘qolib boradi, uning shakli sodda ko‘rinishga kelib qoladi.[2]
Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari binokulyar ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz. Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. Binokulyar ta’sirning mohiyati, ikkala ko‘z bir xil jismga qarab turganida, bu jismning chap va o‘ng ko‘zlar to‘r pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi.
Lekin, binokulyar ko‘rish jism hajmli idrokining yagona sharti emasdir. Jism katta hajmini idrok qilishda, ushbu jism hajmli belgilarini bilish, shuningdek, katta hajmli jismda yorug‘lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga egadir.
Insonning fazoni idrok qilishi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu fazoning uch o‘lchamliligi bilan bog‘liq, shuning uchun, idrok qilishga bir qator hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi analizatorlarni ishga tushirish lozim. Bunda fazoni idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin.1[3]
Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko‘zni harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va undagi har bir o‘zgarish ko‘z holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi ikkinchi vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish jismlarning ko‘rish masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Binokulyar ko‘rish – bu jismlar ko‘rish masofasini idrok qilishning shartlaridan biri.
Jismlar uzoqligi va fazo chuqurligining idrokida ko‘zlarning konvergensiyasi va divergensiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki, jismlarning idrok etilishi uchun ularning tasviri chap va o‘ng ko‘zlarning to‘r pardasidagi mos nuqtalarga tushishi kerak, bu esa ikkala ko‘zning konvergensiyasisiz yoki divergensiyasisiz amalga oshmaydi. Konvergensiya deb ko‘z soqqalarining bir-biriga nisbatan qarama-qarshi aylanishi hisobiga ko‘rish chiziqlarining birlashishiga aytiladi. Masalan, bu nigohning uzoqdagi jismdan yaqindagiga o‘tishida sodir bo‘ladi. Teskari – yaqindagidan uzoqdagi jismga o‘tishida – ko‘z divergensiyasi, ya’ni, ko‘rish chiziqlarining ajralishi kuzatiladi.[2]
Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida jismlarning bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, jismlarning fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi galda , hatto, jismning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko‘ra ko‘proq muhim ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni jismlar holatiga baho bergan holda oddiy idrok etmaydi, u fazoda yo‘nalishini belgilaydi, buning uchun esa u jismlarning joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo‘lishi kerak.[2]
Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi murakkab tuzilgan vositalarni talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida ko‘rish, taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh miya po‘stlog‘ining uchlamchi sohalari yoki «to‘sish sohalari» xizmat qiladi.
Harakatni idrok qilish masalasini ko‘rib chiqamiz. Agar jism fazoda harakatlanayotgan bo‘lsa, u holda biz, uning harakatini yaxshi ko‘rinish sohasidan chiqishi bilan, unda yana nigohimizni to‘xtatishimiz uchun ko‘zlar yoki boshni harakatlantirishimizga majbur qilishining natijasi sifatida idrok etamiz. Bunda ikki hodisa sodir bo‘ladi. Birinchidan, jismning tanamiz holatiga nisbatan surilishi uning fazodagi harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, miya jismni kuzayotgan ko‘zlar harakatini qayd etadi. Ikkinchi holat harakat idroki uchun juda muhimdir, lekin ko‘zlar harakati haqidagi axborotni qayta ishlash mexanizmi o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayondir.[1]
Ammo, harakat idroki ko‘zlarning harakati bilangina tushuntirilmaydi,- ko‘z bir vaqtda qarama-qarshi tomonlarga harakatlana olmasada, biz bir vaqtning o‘zida harakatni ikki qarama-qarshi yo‘nalishda idrok etamiz. SHu bilan birga, harakat taassuroti uning reallikda mavjud emasligida yuzaga kelishi mumkin, masalan, kichik tanaffuslar bilan ekranda ob’ekt harakati fazalarini amalga oshiruvchi tasvirlarni ketma-ket ko‘rsatish. Bu stroboskopik ta’sir bo‘lib, uning yuzaga kelishi uchun alohida seskantiruvchilar ma’lum vaqt oraliqlarida bir-biridan uzoqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Stroboskopik ta’sirdagi eng katta tanaffus 0,45 sek.ga teng. Kinematografiyadagi harakatlar idroki xuddi mana shu ta’sir asosida amalga oshiriladi.[1]
Harakatlar idrokida vositali harakatlar tasavvurini hosil qiluvchi qo‘shimcha belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha belgilardan foydalanish mexanizmi harakatning biror-bir belgilarini aniqlashda ularning intellektual qayta ishlanishi va jismning harakatlanayotgani haqida fikr bildirilishidan iborat. Xuddi shunday, harakat tasavvuri harakatsiz jismning qismlari uchun noodatiy holatni yuzaga keltirishi mumkin. Harakat haqida tasavvurlarni hosil qiluvchi «kinetik holatlar» qatoriga, jismning engashtirilgan holati, shaklining noaniqligi va boshqalar kiradi.
Harakat idrokining barcha nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin. Nazariyalarning birinchi guruhi harakat idrokini oddiy, ketma-ket keladigan ko‘rish sezgilarining harakati o‘tadigan alohida nuqtalaridan hosil qiladi va harakat idroki bu oddiy ko‘rish sezgilarining qo‘shilishi natijasida yuzaga kelishini ta’kidlaydi (V. Vundt).
Ikkinchi guruh nazariyalarining ta’kidlashiga ko‘ra, harakat idroki bunday oddiy sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan maxsus sifatga ega. Bu nazariya vakillari (M. Vertgeymer)ning aytishicha, kuy tovushlarning oddiy yig‘indisi emasligiga, ulardan farqlanuvchi yaxlitlik bo‘lgani kabi, harakat idroki ham bu idrokni tashkil etuvchi oddiy ko‘rish sezgilarining yig‘indisiga teng bo‘lmaydi.
Vertgeymer fikricha, harakat idroki harakatlanuvchi jismlarning o‘zini idrok qilishdan farq qiluvchi maxsus kechinma hisoblanadi. Agar ob’ekt turlicha (a) va (b) holatdagi idrokining ikki ketma-ketligi bo‘lsa, u holda harakat kechinmasi bu ikki sezgilardan tuzilmaydi, balki, o‘rtada turib, ularni birlashtiradi. Bunday harakat kechinmasini Vertgeymer fi – fenomeni deb ataydi.
Vaqt idroki muammosini o‘rganishning murakkabligi vaqtning moddiy dunyo hodisasi sifatida idrok etilmasligidan iborat. Uning kechishi haqida esa ma’lum belgilar bo‘yicha mulohaza yuritamiz.[1]
«Biologik soatlar» nomi bilan tanish bo‘lgan oddiy marom hodisalari vaqt o‘tishining davomiyligi va ketma-ketligini idrok jarayonlari asosida yotadi. Ularga po‘stloq va po‘stloq osti hosilalarining neyronlarida kechadigan marom jarayonlari kiradi. Masalan, uyqu va hordiqning gallanishi. Qo‘zg‘alish va tormozlanishning gallanishi kabi nerv jarayonlarining davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqt haqida ma’lum axborotga ega bo‘lamiz. Bundan vaqt idrokini tadqiq etishda, ikki asosiy nuqtai nazarni: vaqt davomiyligi idroki va vaqt ketma-ketligini hisobga olish zarurligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Vaqt bo‘lagi davomiyligini sub’ektiv baholash, uning qanday voqealar bilan to‘laligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar voqealar ko‘p sodir bo‘lib, biz uchun qiziqarli bo‘lsa, u holda vaqt tez o‘tgan bo‘ladi. Va, aksincha, voqealar kam bo‘lib, bizga qiziqarli tuyulmagan bo‘lsa, u holda vaqt sekin o‘tgan bo‘ladi. Lekin o‘tgan voqealarni baholashga to‘g‘ri kelsa, u holda davomiylikni baholash teskari xususiyatga ega bo‘ladi. Turli-tuman voqealarga boy bo‘lgan vaqtning bahosini oshirib yuboramiz, vaqt bo‘lagi davomli bo‘lib tuyuladi. Va, aksincha, biz uchun zerikarli vaqtni munosib baholay olmaymiz, vaqt bo‘lagi ahamiyatsizdek bo‘lib tuyuladi.
Vaqt davomiyligini baholash hissiyotli kechinmalarga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar voqealar o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni hosil qilsa, u holda vaqt tezda o‘tib ketadi, salbiy kechinmalarda esa, vaqt bo‘lagi cho‘zilib ketgandek idrok etiladi.
Vaqtning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyat bu uni ortga qaytmasligidir, biz o‘tgan vaqtni qaytara olmaymiz. Shu sababli, vaqt o‘tishini voqealar qaytmaydigan ketma-ketligining ob’ektiv tartibini o‘rnatgan holda idrok etamiz.
Avval bo‘lib o‘tgan yoki endi bo‘ladigan voqelar tartibi yoki ketma-ketligini o‘rnatishdan tashqari, vaqtni jamlashdan foydalanamiz, ya’ni, ayni vaqtda qanday voqea sodir bo‘lishini bilamiz. Vaqt oralig‘ining ma’lum kattaliklaridan foydalanganimiz uchun vaqtni jamlash imkoniyati mavjuddir. Bunday oraliqlarga kun, hafta, oy, yil, asr va h.k.lar kirishi mumkin. Bunday oraliqlarning mavjudligi imkoniyati, ulardagi voqealar ma’lum almashinuvining gallanishi bilan belgilanadi, masalan, quyosh botishi va chiqishi.
Vaqt – yo‘nalishli kattalik, vektor bo‘lgani uchun faqat o‘lchov birliklari (soniya, daqiqa, soat, kun, oy, yil, asr) tizimi bilan emas, balki, hisob olib boriladigan doimiy boshlang‘ich nuqta bilan ham ta’riflanadi. Vaqtning tabiiy boshlang‘ich nuqtasi, vaqtni avvalgi o‘tmish va keyingi kelajakka ajratib turuvchi hozirgi zamondir.
Lekin hozirgi zamon ham namoyon bo‘lgan hodisalar qatorida o‘zining o‘rniga ega, ya’ni, vaqt hisobini olib borish nuqtalari mavjud. Aniq bir odam uchun bunday nuqta bo‘lib, uning dunyoga kelish sanasi, insoniyat uchun –umumiy qabul qilingan ma’lum nuqta, masalan, Muhammad Payg‘ambarning tug‘ilish sanasi hisoblanadi.
SHunday qilib, vaqt idrokida ikki, sub’ektiv va ob’ektiv-shartli nuqtai nazarni ajratish mumkin. Sub’ektiv nuqtai nazar bizning sodir bo‘layotgan voqealarni shaxsan baholashimiz, ob’ektiv-shartli esa – hodisalarning ob’ektiv oqimi va shartli boshlang‘ich nuqtalar ketma-ketligi yoki vaqt oralig‘i bilan bog‘liqdir. Agar birinchi nuqtai nazar bizning vaqtni his etishimizni aks ettirsa, ikkinchisi, vaqt yo‘nalishida harakatlanishimizga ko‘mak beradi.
A

4. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar


trof-olam jismlari birday idrok etilmaydi. Bir xillari yaqqol, «oldingi qatorga» surilgan holatda, boshqalari «orqaga o‘tib ketgan» holda, tushunarsiz holatda namoyon bo‘ladi. Bunga muvofiq ravishda idrok jismi, yoki ob’ekti, va bizga, bir vaqtning o‘zida o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi, lekin orqa planga o‘tib ketgan boshqa jismlardan iborat bo‘lgan fon ajratiladi. Masalan, kitob javonidan biror kitobni oladigan bo‘lsak, biz boshqa ko‘pgina kitoblarni idrok etamiz, lekin idrok predmeti, ob’ekti bo‘lib, bizga ayni damda zarur va biz izlayotgan kitob hisoblanadi.
Dastlab figura (jism) va fon o‘rtasidagi farq tasviriy san’atda yuzaga kelgan. Psixologiyada ushbu muammo mustaqil muammo sifatida daniyalik psixolog E. Rubin tomonidan ko‘rib chiqilgan edi. Yakka holatdagi, oldinga chiqqan, e’tiborni o‘ziga qaratuvchi hodisaviy maydon qismiga figura, uni o‘rab turuvchilarning barchasi esa fon deb aytiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, jism va fonning nisbati – bu dinamik nisbat. Ayni vaqtda fonga tegishli bo‘lganlar ma’lum vaqtdan so‘ng jismga, va, aksincha, jism fonga aylanishi mumkin. Bunga isbot sifatida rasmdagi ikkilangan tasvirlarni keltirish mumkin.1[3]
Jismni fondan ajratib olish, avvalambor, ular o‘rtasidagi farqning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Jism va fon bir-biridan qanchalik ko‘p farq qilsa, jism fondan shunchalik oson ajraladi. Xuddi shunday, fon va jism o‘rtasidagi ranglar, ayniqsa, bir-biridan keskin farq qiluvchi ranglar bo‘yicha tafovut muhim ahamiyatga ega. Masalan, sinf taxtasida bo‘r bilan yozilgan so‘z yaqqol ko‘rinadi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi daftarida u yozadigan siyoh bilan tuzatilgan xato esa umuman sezilmasligi mumkin. Agar jism o‘xshash jismlar qurshovida bo‘lsa, uni ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi. Agar daryo boshqa daryolarning oqimlari bilan o‘ralgan bo‘lsa, xarita bo‘yicha uning oqimini kuzatib bo‘lmaydi.
Jismni fondan ajratib olishni, birinchidan, jismning aniq obrazi bo‘lgan ob’ekt haqida ma’lumotga ega bo‘lish osonlashtiradi. Ikkinchidan, jismni fondan ajratish jism shaklining ustidan chizib chiqish yoki jismlarni qo‘l bilan saralash imkoniyatini engillashtiradi. Uchinchidan, jismni fondan ajratib olish o‘xshash faoliyat tajribasini orttirishni engillashtiradi.
Jismni yaxlitligicha idrok qilish bilan birga, uning alohida qismlarini ham idrok etamiz. Bu ikkala tomon ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi: yaxlitlikni idrok qilish uning qismlarini idrok qilish bilan belgilanadi, yaxlitlikning o‘zi ularning idrok etilishiga ta’sir etadi.[1]
Barchaga ma’lumki, jismning biror qismini o‘tkazib yuborsak yoki uni noto‘g‘ri talqin qilsak, yoki haqiqatda unga tegishli bo‘lmagan qismni uning qismi sifatida idrok etsak, jismning idrok etilishi keskin o‘zgarib ketadi. Bunday vaziyatlarda jismni o‘z holicha qabul qilolmaymiz. Masalan, boshqa so‘zlar bilan o‘xshash bo‘lgan va alohida yozilgan so‘zga bir qarashda («chol», «mol» va boshqa so‘zlar bilan o‘xshash bo‘lgan «pol» so‘zi), agar harflardan biri noaniq yozilgan bo‘lsa, uni noto‘g‘ri talaffuz qilib o‘qishimiz mumkin («pol» so‘zining o‘rniga - «gol»).
Ob’ektga tegishli qismlar umuman idrok etilmasa yoki noaniq idrok etilsa, yoki ayni damda idrok etilmay qoladigan bo‘lsada, shunga qaramay jismni tanib olamiz. Bu holat har bir jism faqat unga xos bo‘lgan tanish belgilariga ega bo‘lganligidan sodir bo‘ladi. Masalan, alohida harflari tushirib qoldirilgan so‘z keltiramiz «..z..li.». Darhol bu so‘zni, albatta, topa olmaysiz, chunki uning tanish belgilari bo‘lgan harflar tushirib qoldirilgan. Endi o‘qib chiqishga urinib ko‘ramiz: «go‘z.l.ik». SHunday qilib, alohida qismlarning idrok etilishi yaxlitlikning idrok etilishiga ta’sirini ko‘rib chiqdik.
Alohida qismlarning idrok etilishi yaxlitlikning idrok etilishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida savol tug‘iladi. Bu ta’sir, avvalambor, yaxlitlikni idrok qilishda undagi ba’zi bir qismlarining etishmayotganini sezmay qolishimiz mumkinligida kuzatiladi. Masalan, kitob mutoalasida ba’zan tushirib qoldirilgan, ortiqcha harflarni, ularning o‘rin almashganini sezmay qolamiz. Bunday holat o‘qish malakasining yuqori darajasidagi har bir so‘zning yaxlitligicha idrok etilishida kuzatiladi, bu esa uning alohida qismlarining yorqin ranglarda idrok etilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yaxlitlik va qismlar idrokining o‘zaro munosabati jism bilan tanishishning turli bosqichlarida birday kechmaydi. Bunda odamlarning individual farqlanishi muhim o‘rin egallaydi. Ko‘pchilik odamlarda idrokning boshlang‘ich davri yaxlitlikni alohida qismlarga ajratmay turib, idrok qilishning ustunligi bilan xarakterlanadi. Ba’zi odamlarda buning aksi kuzatiladi, birinchi navbatda, jismning alohida qismlari farqlanadi.[1]
Individual farqlanishga mos ravishda idrokning ikkinchi davri ham turlicha kechadi. Avval jismning umumiy shakli aniq qismlarga bo‘linmagan holda idrok etilsa, keyinchalik, ob’ekt qismlari borgan sayin aniqroq idrok etiladi. Va, aksincha, agar avval jismning qismlari ajratilgan bo‘lsa, yaxlitlikka o‘tish amalga oshiriladi.
Yaxlitlik va qismlarining idroki faqat individual xususiyatlarga emas, shuningdek, o‘tmishdagi tajriba va maylga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, etarlicha o‘qish tajribasiga ega bo‘lganimiz uchun matnni ko‘z yugurtirib, ko‘p hollarda xatoliklarga e’tibor bermay, tez o‘qiy olamiz. Lekin, agar matndagi xatoliklarni topishingiz kerak bo‘lib qolsa, ma’nosiga tushunib etmasangiz ham, so‘zlarning yozilishiga alohida e’tibor qaratasiz. SHunday qilib, idrokni tashkil etishda mayl muhim ahamiyatga molikdir.
Barcha odamlar o‘z qiziqishlari va mayllari, shuningdek, qator boshqa xususiyatlariga ko‘ra, bir-birlaridan farq qilsalarda, idrokda individual tafovutlar mavjudligini ta’kidlab o‘tishimiz mumkin (10.2 rasm).
Idrokdagi individual farqlar juda katta bo‘lsada, bu farqlarning aniq bir odam uchun emas, odamlarning yaxlit guruhiga tegishli bo‘lgan ma’lum tiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Idrok tiplariga: sun’iy (yaxlit) va tahliliy (tafsilotlarni aniqlash), tushuntiruvchi va tavsifiy, ob’ektiv va sub’ektiv tiplar kiradi.
Idrokning yaxlit tipi unga moyil bo‘lgan shaxslarda jism qoldirgan umumiy taassurot, idrokning umumiy mazmuni, idrok umumiy xususiyatlarining yorqin ifodasi bilan xarakterlanadi. Idrokning bunday tipi bo‘lgan odamlar mayda-chuydalarga kamroq e’tibor beradilar. Ular ko‘proq yaxlitlikning ma’nosini ilg‘ab oladilar, ko‘pchilik tafsilotlar esa e’tiborsiz qolib ketadi.
Idrokning izchillik tipiga mos shaxslar, aksincha, qismlar va tafsilotlarni aniq ajratib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Ularning idroki, aynan, shunga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Umuman olganda, jism yoki hodisa, idrok etilganlarning umumiy mohiyati orqa ko‘rinishga o‘tib ketadi, ba’zan esa, umuman sezilmaydi. Ularning hikoyalari doim tafsilotlar va xususiy qismlarni tasvirlashga to‘la bo‘ladi, buning orqasida yaxlitlikning mohiyati juda ko‘p hollarda yo‘qolib ketadi.
Idrokning ko‘rsatib o‘tilgan tiplari chetki qutblar uchun xosdir. Ko‘pincha, ular bir-birini to‘ldiradi, chunki, ikkala tipning ijobiy xususiyatlariga tayanuvchi idrok samarali hisoblanadi.[2]
Idrokning tasviriy tipiga xos bo‘lgan shaxslar, ko‘rgan va eshitganlari bilan chegaralanadi, idrok etilgan hodisaning mohiyatini tushuntirishga urinmaydilar. Odamlar faoliyati, voqealar yoki qandaydir hodisalarning harakatlantiruvchi kuchlari ularning e’tiboridan chetda qoladi. Aksincha, idrokning tushuntiruvchi tipiga xos bo‘lgan odamlar bevosita idrokda beriladiganlar bilan qoniqmaydilar. Ular doim ko‘rgan yoki eshitganlarini tushuntirib berishga intiladilar. Hulq-atvorning bu tipi ko‘pincha idrokning sun’iy tipi bilan uyg‘unlashadi.[2]
Idrokning ob’ektiv tipiga haqiqatda sodir bo‘layotgan voqealarga qat’iyan muvofiqlik xosdir. Idrokning sub’ektiv tipiga mos shaxslar esa ularga berilganlardan chetga chiqadilar va o‘zlaridan ko‘p narsa qo‘shadilar. Ularning idroki jismlarga nisbatan sub’ektiv munosabatga, avvaldan tarkib topgan taxminlarga asoslangan mulohazali munosabatni nohaq oshirib baholashga bo‘ysunadi. Bunday odamlar o‘z hikoyalarida idrok etganlarini emas, balki, bu haqdagi o‘zlarining sub’ektiv taassurotlarini, ayni damdagi his-tuyg‘ulari va kechinmalarini etkazadilar.
Individual farqlar o‘rtasida kuzatishdagi farqlash katta ahamiyatga ega. Kuzatuvchanlik – bu jismlar va hodisalardagi sezilarsiz, o‘z-o‘zidan ko‘zga tashlanmaydigan, lekin istalgan nuqtai nazar yuzasidan ahamiyatli yoki xususiyatga ega bo‘lgan belgini payqash malakasi. Kuzatuvchanlikka xos bo‘lgan belgi sezilarsiz, lekin ahamiyatli belgining idrok qilish tezligi. Kuzatuvchanlikdagi farqlar shaxsning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Xuddi shunday, qiziquvchanlik kuzatuvchanlikning rivojlanishiga ko‘mak beruvchi omil bo‘lib hisoblanadi.[1]
Idrokni oldindan mo‘ljallanganlik darajasiga ko‘ra farqlash mumkin. Oldindan ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va oldindan ko‘zlangan (ixtiyoriy) idroklar mavjud. Ixtiyorsiz idrokda biror jismni idrok qilish maqsadi yoki vazifasini qo‘ymaymiz, ixtiyoriy idrok esa maxsus ko‘zlangan maqsad yoki vazifaga yo‘naltirilgan. Idrok mustaqil faoliyat sifatida, ayniqsa, kuzatishda yaqqol namoyon bo‘ladi, kuzatish oldindan mo‘ljallangan, rejali va u yoki bu darajada davomli idrok bo‘lib, idrok ob’ektida sodir bo‘ladigan qandaydir hodisa yoki o‘zgarishni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.[1]
Ammo, kuzatuvchanlik ham idrok kabi tug‘ma xususiyat bo‘lib hisoblanmaydi. YAngi tug‘ilgan chaqaloq atrof-olamni jismlarning yaxlit manzarasi ko‘rinishida idrok etolmaydi. Bolaning atrof-olamdan jismlarni dastlabki ajratib olish hodisasini uning bu jismlarni sinchiklab qarayotganidan sezish mumkin.
B.M. Teplovning fikriga ko‘ra, bolada jismning predmetliligi belgilari erta go‘daklik davrida (2-4 oylikda) jismlar bilan harakatlarning shakllanishida namoyon bo‘la boshlaydi. 5-6 oylikka kelib, bolada qo‘llayotgan jismda nigohning jamlanishi holatlarining ko‘payishi kuzatiladi. Bog‘chachagacha bo‘lgan davrdan maktabgacha davrga o‘tishda o‘yin va konstruktiv faoliyat ta’sirida bolalarda ko‘rish analizi va sintezining murakkab turlari, shuningdek, idrok ob’ektini ko‘rish maydonida xayolan bo‘laklarga bo‘lib, har bir bo‘lakni alohida, so‘ngra ularni yaxlitlagan holda tadqiq etish layoqati tarkib topadi.[2]
Ta’lim olish jarayonida maktabdagi bola idroki faol ravishda rivojlanadi, bu jarayonlar bir necha bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich jismdan foydalanish jarayonida obrazining mutanosib holda tarkib topishi bilan bog‘liq. Keyingi bosqichda bolalar qo‘l va ko‘z harakatlari yordamida jismlarning fazoviy xususiyatlari bilan tanishadilar. Navbatdagi, psixik rivojlanishning yuqori darajalarida bolalar oz fursatda va ortiqcha harakatlarsiz idrok ob’ektlarining ma’lum xossalarini tanib olish, shu xossalar asosida ularni bir-biridan farqlash layoqatiga ega bo‘ladilar.
Idrok rivojlanishining muhim sharti mehnatdir, u bolalarda ijtimoiy foydali mehnat shaklida, masalan, uydagi vazifalarini bajarish bo‘yicha, shuningdek, chizish, yasash, musiqa, o‘qish va boshqalar bilan shug‘ullanishda namoyon bo‘ladi. Bola uchun o‘yinda qatnashish ham ahamiyatlidir.[2]
Katta odam bilan solishtirganda, yosh bola idrokining xususiyatlari qanday va ular nimada namoyon bo‘ladi? Avvalambor, bola jismlarning fazoviy xossalarini baholashda juda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Bolalarda, hatto, ko‘z bilan chiziqli chamalsh kattalarnikiga qaraganda yaxshi rivojlanmagan. Masalan, chiziq uzunligini idrok qilishda bolaning xatolari, katta odamnikiga qaraganda, taxminan besh marta ko‘p bo‘lishi mumkin. Vaqt idroki yana ham ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Bola «ertaga», «kecha», «oldin» va «kechroq» kabi tushunchalarni juda qiyinchilik bilan egallaydi. Bolalar jismlar tasvirini idrok qilishda ham qiyinchiliklarga duch keladi. SHunday qilib, bola idrokining o‘ziga xos xususiyatlari bola bilimining etishmasligi va unchalik katta bo‘lmagan amaliy tajriba bilan belgilanadi. Vaqt o‘tishi bilan bu muammolar bartaraf etiladi va katta maktab yoshiga kelib, bolalar idroki katta odam idrokidan sira farq qilmay qoladi.
X

1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.


otira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir. Xotirasiz inson «abadiy go‘daklik holatida» qolgan bo‘lar edi (I.M. Sechenov). S.L. Rubinshteyn ta’kidlaganidek: «Xotirasiz daqiqa mavjudotlari bo‘lar edik. O‘tmishimiz kelajak uchun o‘lik bo‘lardi. Hozirgi zamon kechmishiga ko‘ra o‘tmishda badar yo‘qolardi».[1]
Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po’stida hosil bo’ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo’lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo’lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo’ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi yillarda texnikaning g’oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o’z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o’rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko’ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o’zgarishi bilan bog’liqdir. O’tkazilgan tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo’lgan o’zgarish darrov o’tib ketadigan bo’lmay, ancha mustahkam bo’ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.1
Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘ziga xos xususiyati uning atrof-olamni bevosita aks ettirishga yo‘nalmaganligi, moddiy jismlar va hodisalar bilan ish eritmasligidan iborat. Jismlar olamini aks ettirish idrok va tafakkurda amalga oshiriladi. Xotira qabul qilingan obraz va tushunchalarni «ikkinchi aks ettirish» bilan ish ko‘radi.
Har bir bilish jarayoni uzluksiz xotiraga aylanadi, va har bir xotira biror bir boshqa narsaga aylanadi. Har bir psixik jarayon boshqa jarayonni amalga oshirishning sharti bo‘lib xizmat qiladi (yoki o‘sha jarayonning keyingi bosqichi). Bu uning «ikkilamchi» mahsulotga aylanib, tasavvurda amalga oshish qobiliyatiga ega bo‘lishini, jarayonning keyingi rivojlanishi uchun tayanch vazifasini o‘tashi mumkinligini bildiradi.
Xotiraning keyingi xususiyati uning bir yo‘nalishga: o‘tmishdan kelajakka qaratilganligidir. Inson xotirasining asosiy ishlash mexanizmi uning kelajakka yo‘naltirilganligidir. Xotiraning asosiy vazifasi uning kelajakka xizmat qilishidir. O‘tmishni aks ettirish kelajakda natijaga erishishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.[1]
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi:
- yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
- unutish tezligi – esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati;
- yodda saqlash hajmi – insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni;
- o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi – insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati;
- qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati;
- xotira shayligi – talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi.
Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning saqlanish joyi – bosh miya ekanligiga ishonar edilar. O‘tgan asrda avval xotiradan ko‘tarilgan voqealar haqidagi axborotni o‘timish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati uchun javobgar bo‘lgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Lekin miya qutisi qancha tadqiq etilmasin, axborot to‘plash va saqlash vazifasini bajaruvchi hech qanday soha aniqlanmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu vazifani yaxlit miyaning o‘zi, uning yarim sharlari bajaradi.
Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyatdir. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.[2]
Faqat xotira insoniylik madaniyatining yo‘qolib ketmasligiga, tafakkurimizning tadbiq etilishiga va tuyg‘ularimizning kechishiga ko‘mak beradi. Bosh miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan tashqi olam obrazlariizsiz yo‘qolib ketmaydi. Ular uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan iz qoldiradilar. Psixikamizdagi xotira ularning zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Unda kechadigan barcha jarayonlar mnemik jarayonlar deb ataladi (yunonchadan «mnema» - xotira).
SHunday qilib, xotira – bu inson tomonidan o‘tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni. Inson hayotida xotiraning o‘rni beqiyosdir.
Biz xotiramizning mavjudligiga shukronalar aytmog‘imiz lozim . U bizni noto‘g‘ri ishlashdan qaytarishdan tashqari, berilgan vaqtimizni to‘g‘ri taqsimlashga, hayotimizni to‘g‘ri belgilab olishimizga yordam beradi. Oilamizni tanish, o‘zimizning tilda gapirish, uyimizni topib kelish va oziq-ovqat va suv topish imkonini beradigan jarayon, bizning xotira hisoblanadi. U tajribalarimizdan bahramand bo‘lishga,tajribalarni xayotga tatbiq qilishga va yana qayta undan zavq olishga imkon beradigan jarayon albatta bizning xotira hisoblanadi Kimlarningdir yomonliklarini unutishimizga qarshilik ko‘rsatadigan xam bizning xotiralar hisoblanadi.
Sizning esda olib qolganingizjuda katta rol o‘ynaydi. Sizning to‘plagan bilim omboringiz, o‘tgan quvonch, g‘azab tufayli alamli xotiralar, yoki aybdorlik xisi xotira jarayonisiz mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. 1 
Tokio universiteti professori YAsudzi Miyasito rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi xotira mexanizmi bosh miya kul rang moddasining chakka qismida jamlanganini isbotladi. Xotira faoliyati chizmasini kashf etgan yaponiyalik olimlar dunyoga mashhur bo‘lgan akademik va neyrofiziolog N.P. Bextereva tasdiqlangan fikrlarni isbotladilar: miya hayotimizning har bir soniyasini esda saqlaydi, lekin bizga ayni damda u yoki bu masalalarni hal etishda zarur bo‘lganlarni yuzaga chiqaradi, xolos. Va, faqat ba’zi vaziyatlarda, masalan, cho‘kayotgan odamning ongida oxirgi daqiqalarda uning ko‘z o‘ngida butun hayoti yashin tezligida uchib o‘tadi; bunda miya unga so‘nggi imkoniyatni beradi: balki, avval senda shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandir, o‘sha usulni qo‘llab, omon qolishing mumkin.
X

2. Xotiraning psixologik nazariyalari.


otiraga tegishli bo‘lgan fizikaviy, kimyviy, biokimyoviy, fiziologik, axborotli-kibernetikaviy nazariyalar, shuningdek, psixologik nazariyalar guruhlarii mavjud. Bunday nazariyalar ichida xotira faoliyati qonuniyatlarini tushunish va uni boshqarish usullarini ishlab chiqishda foydali bo‘lgan psixologik nazariyalarni ko‘rib chiqamiz.[2]
Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo‘lib XVIII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Bu nazariyaga asosan xotira o‘xshashligi, vaqt va fazoviy yaqinligi bo‘yicha barqaror bo‘lgan qisqa va uzoq muddatli assotsiatsiyalarning murakkab tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu nazariyaga binoan, ko‘plab qonunlar, xususan, G. Ebbingauzning unutish qonuni kashf etilgan. Dastlabki soat davomida qabul qilingan ma’lumotning 60% gacha bo‘lgan qismi unutiladi, olti kundan so‘ng esa birinchi marta yodlab olingan matnning 20% dan kamroq qismi saqlanib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan assotsiativ nazariya bir qator hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashdi, ulardan asosiysi inson xotirasining tanlab o‘tkazish xususiyatini tushuntirib berish edi.[1]
XIX asrning oxirida assotsiativ nazariya geshtalt nazariyasi bilan almashindi. Bu nazariya uchun boshlang‘ich tushuncha va shu bilan birga, asosida xotiraning noyob hodisalarini tushuntirib berish mumkin bo‘lgan bosh tamoyil sifatida birlamchi elementlarning assotsiatsiyasi emas, balki, ularning dastlabki, yaxlit tashkiloti – geshtalt namoyon bo‘ldi. Aynan, geshtaltning shakllanish qonunlari ushbu nazariya vakillari (V. Vundt, E.B. Titchener va boshqalar)ning fikriga ko‘ra, xotirani belgilab beradi. Bu nazariya tarafdorlarining asosif fikri shundan iboratki, esda olib qolish va eslashda ma’lumot, odatda, assotsiativ asosda tarkib topgan elementlarning tasodifiy to‘plami emas, balki, yaxlit tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik geshtalt nazariyasi ham qator qiyinchiliklar, xususan, inson xotirasining filo- va ontogenezda shakllanishi va rivojlanishining murakkab muammosi bilan to‘qnash keldi. Gap shundaki, odamdagi xotira jarayonlarini ajratuvchi motivatsion holatlar va geshtaltlarning o‘zlari ham tarafdorlari tomonidan oldindan belgilangan va rivojlanmaydigan hosilalar sifatida qabul qilingan edi. Bu bilan xotira genezisi haqidagi masala ustidagi bahslar o‘z nihoyasiga etdi.[2]
Bixeviorizm va psixoanaliz vakillari ham xotira genezisi haqida qoniqarli javob topa olmadilar. Bixeviorizmchilarning xotira yuzasidan qarashlari assotsianistchilarning qarashlari bilan mos kelgan edi. Ular o‘rtasidagi yagona farq bixeviorizmchilarning materialni esda olib qolishdagi yordamning o‘rnini alohida ta’kidlab, o‘rganish jarayonlarida xotira faoliyatini o‘rganishga katta e’tibor qaratgan edilar (D. Uotson, E. Torndayk). Lekin bixeviorizmchilar insondagi ongli faoliyat va shaxs xususiyatlarining yordamga bog‘liqligini chetlab o‘tdilar.
Xotira hodisalarining shaxsga bog‘liqligi Z.Freyd tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, insonning ong osti mayllariga imkon bermaydigan barcha narsalar xotiradan siqib chiqariladi, va, aksincha, uning uchun yoqimli bo‘lganlar saqlanib qoladi. Bu bog‘liqlik tajribada o‘z tasdig‘ini topmadi. SHu bilan birga, Z.Freyd va izdoshlarining xizmatlari inson xotirasini o‘rganishda esda saqlash va unutish xotira jarayonlaridagi ijobiy va salbiy emotsiyalar, motivlar va ehtiyojlarning ahamiyatinin aniqlashdan iborat bo‘ldi. Psixoanaliz yordamida insonning motivatsion sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ong osti unutishning psixologik mexanizmlari aniqlandi va ta’rif berildi.
XX asrning boshlarida xotiraning mantiqiy nazariyasi yuzaga keldi, unga asosan, mos keluvchi jarayonlar faoliyati esda olib qolish zarur bo‘lgan materialni u yoki bu darajada kengroq ma’noli tuzilmalarga birlashtiradigan mazmun bog‘lovchilarining mavjudligi yoki mavjud emasligiga bevosita bog‘liq holatda bo‘ladi (A. Bine, K. Byuler). Esda olib qolish va eslashda matnning ma’noga ega bo‘lgan mazmuni ifodalanadi.
Hozirgi zamon psixologiyasida asosiy tushuncha o‘rnida shaxs faoliyatini uning barcha psixik jarayonlari, shuningdek, xotira jarayonlarining shakllanishini bog‘lovchi omil sifatida o‘rganadigan nazariya tan olinmoqda. Bu konsepsiyaga asosan, esda olib qolish, saqlash va eslash jarayonlarining kechishi ma’lumotning ob’ekt faoliyatida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Ma’lumot faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo‘lgan vaziyatlarda aloqalar yanada samaraliroq tarzda hosil bo‘lishi va dolzarblashtirilishi tajriba aniqlandi va o‘z tasdig‘ini topdi. Bu aloqalarning xususiyatlari, masalan, mustahkamligi va harakatchanligi ma’lumotning sub’ekt keyingi faoliyatidagi ishtirokining darajasi, bu aloqalarning ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Faoliyat nazariyasining asosiy fikri qisqacha quyidagicha ta’riflanadi: turli tasavvurlar o‘rtasidagi aloqalar, avvalambor, sub’ektning ulardan qay tarzda foydalanishi bilan belgilanadi.[1]
Inson xotirasining faoliyat sifatida o‘rganilishiga dastlab fransiyalik olimlarning, xususan, P. Janening ishlari sabab bo‘ldi. U birinchilardan bo‘lib, xotirani materialni esda olib qolish, qayta ishlash va saqlashga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi sifatida ta’rifladi. Jahon psixologiyasida bu konsepsiya L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson oliy psixik vazifalari kelib chiqishining madaniy-tarixiy nazariyasida rivojlantirildi. So‘ngra u A.N. Leontev, A.R. Luriya, P.I. Zinchenko, A.A. Smirnov va boshqalar kabi mashhur psixologlar tomonidan ishlab chiqildi.
X

3 Xotira jarayonlari va turlari


otira quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: esda olib qolish, esda saqlash va unutish.
Esda saqlash – bu idrok qilingan ma’lumotni eslab qolish va esda saqlash jarayoni. Bu jarayonning kechish darajasiga ko‘ra, eslab qolish ikki turga bo‘linadi: ko‘zlanmagan (ixtiyorsiz) va ko‘zlangan (ixtiyoriy). Ixtiyorsiz esda olib qolish – bu hech qanday vositalarsiz va kuchlarni namoyon qilmasdan bemaqsad eslab qolish. Masalan, o‘rmondagi sayr yoki spektakl tomoshasidan so‘ng eslab qolish uchun ma’lum maqsadni ko‘zlamagan bo‘lsakda, taassurotlarimizdan ko‘proq qismini yodimizga tushirishimiz mumkin. Inson uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan, uning qiziqishlari va ehtiyojlari, faoliyatining maqsad va vazifalaribilan bog‘liq bo‘lgan, barchasining esda saqlanib osonroq kechadi. Shuning uchun ixtiyorsiz eslab qolish ma’lum ma’noda tanlab o‘tkazish xususiyatiga ega va bizning atrofdagilarga bo‘lgan munosabatimiz bilan belgilanadi.
Ixtiyoriy esda saqlash maqsadsiz esda saqlashdan insonning o‘z oldiga ma’lum maqsad qo‘yib, yod olishning maxsus usullarini qo‘llashi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy esda saqlash yod olish vazifasiga bo‘ysungan o‘ziga xos murakkab aqliy faoliyatdir. Matarialni esda olib qolish usulariga yod olish kiradi, uning mohiyati o‘quv materialini to‘liq va xatosiz yod olmagunicha ko‘p marta takrorlashdan iborat. Masalan, she’r, qoida, ta’rif, qonunlar, formulalar, tarixiy sanalar va boshqalarni yod olish.[1]
Ixtiyoriy esda oib qolishning asosiy xususiyati – bu esda olib qolish ko‘rinishidagi yuklatilgan vazifada iroda kuchlarini namoyon qilish. Hayotdagi ko‘pchilik idrok qilinuvchilar esda olib qolish vazifasi yuklatilmagan bo‘lsa, esimizda saqlanib qolmaydi.
Yod olishda umumiy vazifa bilan birgalikda, xususiy, maxsus vazifalarning yuklatilishi ham katta ahamiyatga ekanligini ta’kidlab o‘tish joiz. Ba’zi vaziyatlarda, masalan, idrok qilinayotgan ma’lumotning faqat asosiy mohiyati, faqat asosiy fikr va ahamiyatga molik bo‘lgan dalillarni esda olib qolish, boshqalarida esa – so‘zma-so‘z esda olib qolish, uchinchilarida – dalillar izchilligi va h.k.larni aniq esda olib qolish vazifasi yuklatiladi.
S.L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, esda olib qolish amalga oshirilayotgan faoliyatning borishi xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, uning fikricha, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning yuqori samaradorligi haqida bir ma’noli xulosa chiqarish mumkin emas. P.I. Zinchenko, A.A. Smirnovlarning olib borgan tadqiqotlari ma’lum sharoitlarda ixtiyorsiz esda olib qolishning ixtiyoriy esda olib qolishdan samaraliroq bo‘lishini isbotladi.
Tizimli bilimlarning katta qismi, maqsadi ma’lum materialni xotirada saqlab qolish uchun esda olib qolish bo‘lgan maxsus faoliyat natijasida orttirilganligini hisobga olish zarur. Materialni esda olib qolish va eslashga qaratilgan bunday faoliyat mnemik faoliyat deb ataladi.
Esda olib qolingan materialning anglanganlik darajasiga ko‘ra anglangan va mexanik esda olib qolish ajratiladi. Mexanik esda olib qolish – bu idrok qilinayotgan materialning turli qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqani anglamasdan turib esda olib qolish. Bunga misol tariqasida statistik ma’lumotlar, tarixiy sanalar va h.k.larni esda olib qolishni keltirish mumkin. Mexanik esda olib qolishining asosini bog‘langanlik bo‘yicha assotsiatsiyalar tashkil etadi. Materialning bir qismi ikkinchisi bilan vaqt bo‘yicha uning orqasidan kelganligi sababli unga bog‘lanadi. Bunday bog‘lanishning yuzaga kelishi uchun materialni ko‘p marta takrorlash lozim.
Bundan farqli o‘laroq, anglangan holda esda olib qolish materialning alohida qismlari o‘rtasidagi ichki mantiqiy aloqalarni tushunishga asoslangan. Anglangan holda esda olib qolish doimo tafakkur jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosan, material qismlari o‘rtasidagi ikkinchi daraklovchi tizim darajasidagi umulashtirilgan aloqalarga tayanadi.
Anglangan holda esda olib qolish mexanik esda olib qolishdan ko‘ra samaraliroq ekanligi isbotlangan. Xuddi shunday, mexanik esda olib qolishda xotirada 1 soatdan so‘ng materialning faqat 40%, yana bir necha soatdan keyin esa – atigi 20%, angalangan holda esda olib qolishda esa 30 kundan keyin ham materialning 40% saqlanib qoladi.
Materialni anglash bir necha xil usullar yordamida erishiladi. Birinchidan, o‘rganilayotgan materialning asosiy fikrlarini ajratish va ularni reja ko‘rinishida guruhlash zarur. Ikkinchidan, ma’nodosh tayanch so‘zlarni ajratish. Ushbu usulning mohiyati mazmunga ega bo‘lgan har bir qismni esda olib qolish zarur bo‘lgan materialning bosh g‘oyasini aks ettiruvchi qaysidir so‘z yoki tushuncha bilan bog‘lashimizdan iborat. Uchinchidan, taqqoslash, ya’ni, jismlar, hodisa va voqealar o‘rtasida o‘xshashlik va farqlarni aniqlash. Ushbu usulning ko‘rinishlaridan biri o‘rganilayotgan materialni avval orttirilgan ma’lumotlar bilan solishtirish. Va, nihoyat, anglangan tarzda esda olib qolish va uning esda saqlanishining yuqori ko‘rsatkichiga erishish metodi takrorlash metodi hisoblanadi.[2]
Takrorlashni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash juda muhimdir. Psixologiyada takrorlashning konsentratsiyalash va taqsimlash usullari mavjud. Birinchi usulda materiallar tanaffuslarsiz ketma-ket takrorlanadi. Masalan, she’rni yodlash uchun 12 marta takrorlash talab etilsa, o‘quvchi uni yod olmagunicha ketma-ket 12 marta o‘qiydi. Taqsimlangan takrorlashda har bir takrorlash keyingisidan vaqt oralig‘i bilan ajratilgan bo‘ladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, taqsimlangan takrorlash konsetratsiyalangan takrorlashdan samaraliroqdir.
Samarali esda olib qolishning ixtiyoriy va ixtiyorsiz shartlari va qonuniyatlari aniqlangan.
Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli tabiiy seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu odam uchun ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar); alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘langanlari; faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning ahamiyatliligi va mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash; so‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish; materialning mazmundorligi va hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi; materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning ma’lum sharoitlarda eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda qo‘llash imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish, masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi.
Xotiraning ma’lum samaralari aniqlangan. Agar tekshiriluvchiga 10ta bo‘g‘inli qator berilsa, birinchi va oxirgi bo‘g‘inlar oson esda qoladi, o‘rtadagilari esa unchalik esda qolmaydi, – bu «chegara samarasi». B.V. Zeygarnik samarasi – tekshiriluvchilarga vazifalarni bajarish taklif etilib, ularga bir xillarini oxirigacha echishga imkon berilsa, boshqalari yakuniga etkazilmasa, oqibatda tekshiruvdagilar tugallanmagan vazifalarni to‘liq echilgan vazifalarga qaraganda 2 marta ko‘proq eslay oladilar.[2]
Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega. Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan. Dinamik esda saqlab qolish operativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli xotirada namoyon bo‘ladi. Dinamik esda saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda, aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi. Qayta tiklanish turli sharoitlarda, masalan, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi va ularning boshqa qismlar bilan almashtirilishi, material izchilligining o‘zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi.
Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga oshiriladi.
Eslash – bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv aloqalarini tiklash tashkil etadi. Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘qigan maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o‘qituvchi yoki maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin.
Ixtiyoriy eslashda ongli ravishda maqsadga ega bo‘lgan holda eslaymiz. Bunday maqsad bo‘lib o‘tmish tajribamizdan biror voqeani yodga tushirishga intilish, masalan, yaxshi yod olgan she’rni esga tushirish maqsadini ko‘zlaganimizdagi vaziyat hisoblanadi.[1]
Shuningdek, eslashning turli xillari: haqiqiy eslash, yodga tushirish, tanish mavjud. Alohida o‘rinni xotiralar – shaxsning tarixiy esdaliklari egallaydilar. Esga tushirishda ko‘zlangan maqsad – biror narsani eslash – asosiy masalani hal qilish imkonini beruvchi oraliq maqsadlarga erishish yordamida amalga oshiriladi. Masalan, qandaydir voqeani eslash uchun bu bilan u yoki bu darajada bog‘liq bo‘lgan dalillarni eslashga harakat qilamiz. Bunda oraliq zanjirlardan foydalanish ongli xususiyatga ega bo‘ladi. Esga tushirish, shuningdek, irodaviy jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Biror ob’ektni tanish uni idrok qilishda sodir bo‘ladi va insonda ob’ekt haqida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, uning shaxsiy taassurotlari (xotira tasavvurlari) yoki so‘z bilan ta’riflash (xayol tasavvurlari) asosida shakllangan ob’ektni idrok qilish sodir bo‘layotganin bildiradi. Masalan, tanishimiz yashaydigan, lekin o‘zimiz hech qachon u erda bo‘lmagan uyni taniymiz, tanish esa, tasavvurimizda aks etgan, bizga avval ta’rifi keltirilgan izlab topish mumkin belgilar asosida sodir bo‘ladi. Tanish jarayonlari bir-biridan ta’riflanish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Biz ob’ektga nisbatan tanish hissini tuyganimizda, lekin o‘tmish tajribadagilarga o‘xshata olmaganimizda tanish darajasi kamroq bo‘ladi. Masalan, yuz tuzilishi tanishdek tuyulgan odamning kimligini va u bilan qanday vaziyatlarda uchrashishimiz mumkinligini eslay olmaymiz. Bunga o‘xshash vaziyatlar tanishning belgilanmaganligi xususiyatiga ega bo‘ladi. Boshqa vaziyatlarda tanish to‘liq belgilanmaganligi bilan farqlanadi: biz odamni ma’lum shaxs sifatida darhol taniymiz. Shuning uchun ushbu vaziyatlar to‘liq tanish xususiyatiga ega bo‘ladi.[2]
To‘g‘ri tanishning turli xillari bilan bir qatorda tanishdagi xatoliklar ham mavjud bo‘ladi. Masalan, birinchi marta idrok qilinayotganlar, ba’zida tanishdek, avval xuddi shu ko‘rinishda sodir bo‘lgandek tuyuladi.
Tanish va eslashning har doim ham bir xilda samarali tarzda amalga oshirilmaydigan jarayonlarining juda qiziqarli o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab o‘tish lozim.Ba’zida biz qaysidir ob’ektni taniy olishimiz, lekin usiz eslay olmasligimiz mumkin. Bunga teskari vaziyatlar ham bo‘ladi: bizda paydo bo‘lgan tasavvurlarning nima bilan bog‘liqligini tushuntirib bera olmaymiz. masalan, bizni doimo qandaydir kuy ohangi «kuzatib yuradi», lekin uning qaerdan paydo bo‘lganini aytib berolmaymiz.
Unutish – avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining mavjud emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik asosini vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi po‘stloqdagi tormozlanishning ba’zi turlari tashkil etadi. Ko‘pincha bu mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so‘nuvchi tormozlanishdan iborat bo‘ladi. Unutish ikki asosiy shakl: a) eslash yoki bilish imkoniyatining mavjud emasligida; b) noto‘g‘ri eslash yoki tanishda namoyon bo‘ladi. To‘liq eslash va to‘liq yoddan chiqarish o‘rtasida eslash va tanishning turli darajalari mavjud bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ularni «xotira darajalari» deb ataydilar. bunday darajalarga quyidagilar kiradi: a) eslash xotirasi; b) tanuvchi xotira; v) engillashtiruvchi xotira. Masalan, o‘quvchi she’rni yod oldi. Agar biroz vaqtdan so‘ng uni bexato aytib bera olsa, – bu xotiraning eng yuqori, birinchi darajasi, agar o‘quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’rni kitob bo‘yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, – bu xotiraning ikkinchi darajasi; agar o‘quvchi mustaqil holda she’rni eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin takroriy yod olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida erisha olsa,- bu uchinchi daraja. SHunday qilib, ifodalanish darajasi o‘zgarib turishi mumkin. Unutish materialni chizmalashtirishda alohida, ba’zan ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini olib tashlashda, yangi tasavvurlarni odatdagi, avvalgi tasavvurlarga keltirishda ifodalanadi.
Unutish ifodalarning bir qancha turli xil ko‘rinishlarini o‘rganib, insonning ayni damda eslay olmasdan, bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng esga tushirishi yoki tanishi kabi vaziyatlar haqida ham aytib o‘tish lozim. Vaqt o‘tgandan so‘ng xotiradan ko‘tarilgan materialni eslash reminissensiya (xira esga keltirish) deb ataladi. Reminissensiyaning mohiyati, biz to‘liq eslay olmagan material idrok qilinganidan bir-ikki kun o‘tgandan so‘ng materialni birinchi marta eslashda kuzatilmagan dalillar va tushunchalar bilan to‘ldirilishidan iborat. Bu hodisa ko‘pincha katta hajmli materialni so‘zlab berish orqali eslashda kuzatiladi, bunga nerv hujayralarining charchashi sabab bo‘ladi. Reminissensiya ko‘pincha maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda, va ayrim holatlarda kattalarda ham kuzatiladi.[2]
Unutishning boshqa shakllari xatolik bilan eslash va tanishdir. Barchaga ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan idrok qilinganlar xotirada o‘z yorqinligi va aniqligini yo‘qotib, rangsizlanib, noaniq bo‘lib qoladi. Lekin avval idrok qilingan materialning o‘zgarishi boshqa xususiyatga ham ega bo‘lishi mumkin, bunda unutish aniqlikni yo‘qotishdan emas, esga tushirilganlarning haqiqatda idrok qilinganlarga muvofiq kelmasligidan iborat bo‘ladi. Bunda biz voqelikda mavjud bo‘lganlarni emas, boshqa narsalarni eslaymiz, chunki unutish jarayonida u yoki bu darajada idrok qilingan materialning chuqur qayta tuzilganligi, sifatining qayta ishlanganligi sodir bo‘lishi mumkin. Qayta ishlashga misol tariqasida voqealar izchilligining vaqt bo‘yicha noto‘g‘ri eslashni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda unutish jarayonlarining kechishi tezligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ma’lumdir. Xuddi shunday, odam materialni yaxshi tushunib etmagan bo‘lsa, unutish tezroq ro‘y beradi. SHuningdek, material odamga qiziqarli bo‘lmasa, uning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi.
Unutish tezligi, shuningdek, material hajmi va uni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar darajasiga bog‘liq: material hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, yoki uni idrok qilish qiyinchilik tug‘dirsa, unutish shunchalik tez sodir bo‘ladi. Unutish jarayoni tezligiga ta’sir etuvchi boshqa omil avvalgi faoliyatningsalbiy ta’siri – proaktiv tormozlanish, va keyingi faoliyatning salbiy ta’siri – retroaktiv tormozlanishdir. Agar faoliyat tanaffuslarsiz amalga oshirilsa yoki keyingi faoliyat avvalgi faoliyat bilan o‘xshash bo‘lsa, shuningdek, keyingi faoliyat avvalgisidan qiyinroq kechsa, retroaktiv tormozlanish aniqroq kuzatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qonuniyatni maktabdagi o‘quv ishlarini tashkil etishda hisobga olish zarur.
Unutish jarayonini tezlashtiruvchi boshqa muhim omil yosh ko‘rsatkichidir. YOsh o‘tishi bilan xotira ko‘pchilik vazifalarining izdan chiqishi kuzatiladi. Xuddi shunday, materialni esda olib qolish qiyinroq kechadi, unutish tezligi oshadi.
Unutish, shuningdek, asab tizimining turli kasalliklarida, kuchli psixik va mexanik shikastlanishlarda, aqliy va jismoniy toliqishda, tashqi seskantiruvchilar ta’sirida tezroq sodir bo‘ladi. Xotira buzilishlariga: amneziya (xotiraning yo‘qolishi), retrograd amneziya (kasallikdan avvalgi voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi) va anterograd amneziya (kasallikdan so‘ng sodir bo‘lgan voqeaga nisbatan xotiraning buzilishi). O‘ta toliqishda paramneziya – xotira aldanishi hodisasi ro‘y beradi. So‘zlarni eslashda xatolikka yo‘l qo‘yish kontaminatsiya («ahamiyatga ega») deyiladi.
Endi xotira tasnifiga nisbatan yondoshuvlar masalasini ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Xotira xossalarining turini ajratish uchun umumiy asos sifatida esda olib qolish va eslash jarayonlari amalga oshiriladigan faoliyat xususiyatlariga bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uch asosiy mezonlarga muvofiq ravishda ajratiladi:
- faoliyatda ustunlik qiluvchi psixik faoliyatning xususiyatiga ko‘ra, harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy xotiralarga bo‘linadi;
- faoliyat maqsadiga ko‘ra – ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiraga bo‘linadi;
- materialning mustahkamlanishi va saqlanib qolishi davomiyligiga ko‘ra – qisqa muddatli, operativ va uzoq muddatli xotiraga bo‘linadi.
Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko‘ra tasniflanishini birinchi marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu faoliyatlarning har biri harakatlar va ularning mahsuloti bo‘lgan faoliyat, sezgi, obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.[1]
Xotira turlarining mana shu to‘rt xilining xususiyatlarini keltiramiz.
Harakat xotirasi – bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko‘nikmalarning shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Emotsional xotira – bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Boshdan kechirilgan va xotirada saqlanib qolgan sezgilar harakatga boshlovchi yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarni uyg‘otgan harakatdan tutib qoluvchi xabarlar sifatida namoyon bo‘ladi.
Obrazli xotira – bu tasavvurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, ta’mlarga nisbatan bo‘lgan xotira. U ko‘rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta’m bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan eydetik xotira – ba’zi individlarning(eydetiklar) avval idrok qilingan jism va sahnalar o‘ta to‘laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo‘lgan odamlar uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo‘lmagan izchil ko‘rgazmalilik xususiyatiga ega bo‘lishi bilan tasavvurlarga o‘xshash bo‘ladi.
So‘z-mantiqiy xotira fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslashda ifodalanadi. So‘z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida inson aqliy qobiliyati axborot bazasi hosil bo‘ladi, ko‘pchilik fikrlash operatsiyalari (o‘qish, hisob va h.k.) amalga oshiriladi. So‘z-mantiqiy xotirada muhim o‘rinni ikkinchi xabar tizimi egallaydi. So‘z-mantiqiy xotira – bu o‘zining sodda shakllarida hayvonlarga ham xos bo‘lgan motorli, emotsional va obrazli xotiralardan farqli ravishda faqat insonga xos bo‘lgan maxsus xotira. Xotiraning bu turi maktab va oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv jarayonida bilimlarni o‘zlashtirishda etakchi o‘rinni egallaydi.
Xotira faoliyat maqsadiga bog‘liqligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiralarga bo‘linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega bo‘lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. Shunday maqsad ko‘zlanganida ixtiyoriy xotira haqida so‘z yuritiladi.
Axborot saqlashning vaqt bo‘yicha belgilanganligiga bog‘liq ravishda xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo‘lish mumkin. Chegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira qisqa muddatli xotira deyiladi.Bu xotira idrok qilinganlarning faqatgina umumlashtirilgan obrazini, uning ahamiyatga molik elementlarini saqlab qoladi. Xotira ushbu turining hajmi 5-7 ob’ekt bilan chegaralangan.[1]
Uzoq muddatli xotira – materialni chegaralanmagan vaqt oralig‘ida va axborotni chegaralanmagan hajmda ushlab qolish xususiyatiga ega bo‘lgan xotira turlaridan biri.
Operativ xotira – ma’lum faoliyatni bajarishda namoyon bo‘ladigan, shu faoliyatga qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiradan kelayotgan axborotni saqlashga binoan xizmat ko‘rsatuvchi joriy faoliyatni bajarish uchun zarur bo‘lgan xotira turi. Bu xotira turi axborotni saqlash davomiyligi va o‘z xossalariga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli xotiralar o‘rtasidagi oraliq holatni egallaydi. Operativ xotirada materialning saqlanish vaqti operatsiyaning bajarilish davomiyligi bilan aniqlanadi.
Anglanish darajasiga ko‘ra xotira mexanik va mantiqiy xotiraga bo‘linadi. Mantiqiy xotira – yod olinishi zarur bo‘lgan materialdagi mantiqiy aloqalarni o‘rnatish va tushunishga asoslangan xotira turi. Tafakkur va xotiraning aloqasi psixologiyada mavjud bo‘lgan tushunarli bo‘lgan narsa oson eslab qolinadi, degan aqidada qayd etiladi. Mexanik xotira o‘rganish va hayotiy tajriba orttirish qobiliyati shaklida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan xotira turlari alohida o‘zlari mavjud bo‘la olmaydi. Fikr va tushuncha xotirasi so‘z-mantiqiy xotira sifatida, shuningdek, har bir xususiy vaziyatda ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz bo‘ladi.
I

4.Xotirani o`rganish metodlari va amaliy tavsiyalar.


nson xotirasini yaxshilashning ko‘plab usullari mavjud. Mnemotexnik usullarning mohiyati yod olinishi zarur bo‘lgan materialni ma’lum taxlitda tuzishdan iborat. Mana shunday usullardan ba’zilari.


Maromlashtirish metodi ma’lumotni marom yoki qofiya bilan bog‘liq bo‘lgan she’r, qo‘shiq, satrlarga o‘tkazishdan iborat.
Emotsional assotsiatsiyalash metodi esda olib qolinadigan materialning inson hissiy kechinmalari bilan aloqasiga asoslangan. Insondagi kuchli his-tuyg‘ular va kechinmalar hosil qiladigan material oson esda olib qolinishi aniqlandi. Materialni yaxshi va oson esda olib qolish uchun bu materialni yodlayotgan odamda qiziqish uyg‘otishi kerak.
Aloqalar metodi matnning tayanch so‘zlarini yagona yaxlit hosilaga, yagona hikoyaga birlashtirishdan iborat.
Joylar metodi ko‘rish assotsiatsiyalarga asoslangan: esda olib qolish kerak bo‘lgan jismni aniq tasavvur qilib, uning obrazini xotirada oson topish mumkin bo‘lgan joy obrazi bilan birlashtirish zarur. Bu metod jismlar va joylar izchilligi tomonidan belgilangan assotsiatsiyalarga asoslangan.
Doimiy yo‘nalish sifatida ish joyigacha bo‘lgan yo‘l, xonadondagi xonalar va xonalar ichkarisidagi alohida «joylar» (divan, shkaf, kreslo va boshqalar) joylashuvi xizmat qilishi mumkin. Joylar ma’lum izchillikda raqamlanadi va esda olib qolinishi zarur bo‘lgan jismlar ko‘rish obrazlarini xotirada qayd etgan holda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha joylashtiriladi. Shu tarzda zarur material ma’lum izchillikda esda olib qolinadi.[2]
7.Amaliy tavsiyalar.
Insonga ko’plab turli-tuman jismlar va ҳodisalar o’z ta’sirini ko’rsatadi, lekin bir muncha muddatdan so’ng biz idrok қilgan jismlardan ba’zilarining obrazlarini tasodifan yoki bilgan ҳolda xotiramizda tiklashimiz mumkin. Bu ҳodisa tasavvur deb ataladi.
Tasavvurlarni xotiraning birlamchi va emostional ta’sir obrazlaridan farқlash zaruriyatiga e’tibor қaratish lozim.
Xotiraning birlamchi obrazlari deb, bevosita ob’ektning idrok қilinishidan so’ng paydo bo’ladigan va soniyalar bilan o’lchanadigan vaқt oraliғida saқlanib қoladigan obrazlarga aytiladi. Masalan, bir-ikki soniya biror jism – ruchka, stol lampasi, suratga tikilib turing, so’ng ko’zlaringizni yumib, uni iloji boricha yorқinroқ tasavvur қilishga ҳarakat қiling. Siz darҳol tez orada so’nuvchan va ғoyib bo’ladigan yorқin va jonli obrazni ҳosil қilasiz. Xotiraning birlamchi obrazlari izchil obrazlarga o’xshash ma’lum xususiyatlarga ega bo’ladilar: a) ob’ektni idrok қilishdan so’ng paydo bo’ladi; b) davomiyligi juda oz; v) yorқinligi, jonliligi va ko’rgazmaliligi ko’rgazmali tasavvurlarga қaraganda ko’proқ bo’ladi; g) yagona idrok ildiziga ega, umumlashtirishdan iborat bo’lmaydi.
Ikkinchi tomondan, ular izchil obrazlardan farқ қiluvchi, ҳaқiқiy tasavvurlarga yaқinlashtiruvchi xossalarga ega. Birinchidan, xotiraning birlamchi obrazlari idrok қilishda diққatning ma’lum ob’ektga yo’nalganligiga boғliқ. Ikkinchidan, yorқin izchil obrazni ҳosil қilish uchun uzoқ vaқt (15-20 soniya) ma’lum ob’ektga tikilib turish lozim, xotiraning yorқin birlamchi obrazlari esa davomiy bo’lmagan idrok қilish (1-2 sek.) vaқt oraliғida ҳosil bo’ladi.[1]
Emostional ta’sir obrazlari deb, bir jinsli ob’ektlar yoki kuchli ҳissiy ta’sir ko’rsatgan ob’ektni davomli idrok қilgandan so’ng ongda o’ta jonlilik bilan paydo bo’ladigan ixtiyorsiz obrazlarga aytiladi. Masalan, қo’ziқorin terib, o’rmonda uzoқ vaқt sayr қilgan odam uxlashga yotib, ko’zlarini yumganida uning ongida o’rmon manzaralari, barglar, o’t-o’lanlar obrazlari etarlicha yorқin ranglarda paydo bo’ladi. Yoki, қandaydir kuyni tinglaganingizdan so’ng u uzoқ vaқt «қuloқlaringiz ostida jaranglab turadi». Ko’pincha, bu ҳissiyotlarni junbushga keltirgan kuy bo’lib chiқadi. Emostional ta’sirli obrazlar aniқligi va ko’rgazmaliligi, va ixtiyorsizligi, shuningdek, umumlashtirishga ega bo’lmagan idrokning oddiy nusxasi ekanligi bilan izchil obrazlarga o’xshash bo’ladi. Lekin ular izchil obrazlardan idrokdan vaқt bo’yicha bir necha soatlar, ba’zida esa ҳatto bir necha kunlar bilan ajratilgan bo’lishi bilan farқ қiladi.
Barcha odamlar bir-birlaridan u yoki bu ko’rinishdagi tasavvurlarning ular ҳayotida ijro қiladigan rollariga ko’ra tafovutlanadilar. Ba’zilarda ko’rish, boshқalarda – eshitish, қolganlarida – ҳarakatli tasavvurlar ustunlik қiladi. Barcha odamlar tasavvur tipining ustunligiga ko’ra ko’rish, eshitish, ҳarakatli va aralash tasavvurlar ustunligi ifodalanadigan guruҳlarga ajratilishi mumkin.
Ko’rish tipiga mansub odam matni esga tushiradi, kitob saҳifasini tasavvur қilib, xayolan uni mutoala қiladi. Agar қandaydir raқamlarni, masalan telefon raқamini eslab қolish kerak bo’lib қolsa, uni қoғozda yozilgan tarzda tasavvur қiladi.
Eshitish tipiga mansub odam matnni xotirlab, talaffuz etilayotgan so’zlarni eshitgandek bo’ladi. Raқamlar ҳam eshitish obrazi shaklida yodda saқlanadi.
Ҳarakatli tipga mansub odam matn yoki raқamlarni yodda saқlab қolish uchun ularni ichida қaytaradi.
Ta’kidlab o’tish joizki, yorқin ifodalangan tasavvur tiplariga ega bo’lgan insonlar juda kam uchraydi. Ko’pchilik odamlarda u yoki bu darajada tasavvurning barcha ko’rsatib o’tilgan tiplari mavjud bo’ladi, va ushbu odamda қaysi tip etakchi o’rinni egallashini aniқlash mushkul ish. Ushbu vaziyatda individual farқlar faқat tasavvurlar ustunligida emas, balki, tasavvurlarning o’ziga xosligida ҳam ifodalanadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlarda tasavurlarning barcha tiplari yorқinroқ, jonliroқ va to’laroқ ifoda etilsa, boshқalarda u yoki bu darajada rangsiz va chizmalarga asoslangan bo’ladi. Yorқin va jonli tasavvurlar ustunligi kuzatiladigan odamlar tasavvurlarning obrazli tipiga mansubdir. Bunday odamlarning psixik ҳayotida tasavvurlar katta aҳamiyatga ega. Masalan, қandaydir voқealarni xotirlab, ular xayolan bu voқealarga tegishli bo’lgan aloҳida saҳnalarni «ko’radilar»; biror narsa ҳaқida muloҳaza yuritib yoki gapirib, ko’rgazmali obrazlar va ҳ.k.lardan keng foydalanadilar. [2]
Қator tadқiқotlar natijalariga ko’ra, bolalar ҳayotidagi ҳodisalar to’ғrisidagi birinchi xotiralar 1,5 yoshda paydo bo’ladi. Shuning uchun aynan shu vaқtda bolalarda «erkin tasavvurlar» paydo bo’ladi. Uch yoshga kelib esa, ko’rish tasavvurlari bola ҳayotida muҳim aҳamiyat kasb etadi. Ikki yoshda nutқiy tasavvurlar yuқori rivojlanish nuқtasiga etadi. Bunday tasavvurlarsiz bolaning nutқni egallashi, uning kattalar bilan muloқoti jarayonlarini amalga oshirib bo’lmaydi.
Tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik ҳayotida o’ta muҳim o’rinni egallaydilar. Odatda, bu yoshdagi bola obrazlar yordamida ko’rgazmali fikr yuritadi. Lekin bolalardagi birlamchi tasavvurlar yorқin bo’lmaydi.
Psixologik tadқiқotlarga ko’ra, tasavvurlarning aniқligi va yorқinligi mashқlarni bajarish ta’sirida oshib boradi. Tasavvurlar rivojlanishining muҳim sharti bo’lib etarlicha boy bo’lgan persteptiv ma’lumotlarning mavjudligi ҳisoblanadi. Bunday tasdiқlanishning moҳiyati tasavvurlarning idrokning odatiy usuliga boғliқligidan iboratdir va bu ҳolat aniқ muammolarni ҳal etishda ҳisobga olinishi zarur. Masalan, ko’pchilik chet tilidagi so’zlarni ko’rish orқali, o’z ona tilidagi so’zlarni esa eshitish-ҳarakat orқali tasavvur қiladi. Bu o’z tilimizni doimo eshitishimiz va odamlar bilan muloқot jarayonida nutқni o’rganishimiz, chet tilini esa, odatda, kitoblar yordamida o’rganishimiz bilan tushuntiriladi. Natijada chet tilidagi so’zlarni tasavvur қilish ko’rish obrazlari ko’rinishida shakllanadi.
O’қitish jarayonida tasavvurlarning persteptiv obrazlar asosida shakllanishini ҳisobga olish lozim. Tasavvurlardan erkin ravishda foydalanish uchun o’қuvchi mos bo’lgan persteptiv obrazlar asosida ma’lum turdagi tasavvurlarni shakllantirib olishi va ularni қo’llay bilish amaliyotiga ega bo’lishi zarur.
Tasavvurlar rivojlanishining muҳim bosқichi bo’lib, ularing ixtiyorsiz paydo bo’lishidan kerakli tasavvurlarni ixtiyoriy ҳosil қilish malakasiga o’tish ҳisoblanadi.[2]

1. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha


Insonning Er sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo‘lmagan sifat – yangilik yaratish qobiliyatini o‘rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to‘qnashamiz. Uning mohiyati insonning o‘z ongida real voqelikda hali mavjud bo‘lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o‘tmish tajribasi tashkil etadi.
Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o‘rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo‘lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo‘ladi. Tafakkur kabi xayol ham o‘tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan.[1]
Shunday qilib, xayol – bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol – bu obraz, tasavvur yoki g‘oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni.
Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo‘lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin bo‘lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o‘zida sodir bo‘lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo‘lganlar bilan u yoki bu darajada bog‘langan bo‘ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o‘zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Insonning individual taraqqiyoti jarayonida xayol tafakkur bilan uzviy aloqada shakllanadi. Xayol obrazlarini tuzish inson aqliy taraqqiyotining yuqori darajasidagina amalga oshishi mumkin.
Ko‘p hollarda xayol yangi echimni topish zaruriyati tug‘ilganida, ya’ni, harakatdan o‘zib ketgan holda aks ettirish talab etilgan muammoli vaziyatda yuzaga keladi.[1]
Xayol natijasida inson kelajakni oldindan ko‘ra oladi va o‘z hulq-atvorini boshqaradi, atrof-olamni ijodkorlik bilan o‘zgartiradi. Xayol – mehnat faoliyatida shakllangan psixik faollikning maxsus tarzda inson tomonidan ifodalanishi. Xayol voqelikni avvaldan aks ettirishni ta’minlaydi, bunda o‘tmishning kelajakdagi proeksiyasi hosil qilinadi. Xayol insonga vaziyatda yo‘l topishga va bevosita amaliy harakatlarning aralashuvisiz masalalarni hal etish imkonini yaratuvchi ko‘rgazmali-obrazli tafakkurning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Xayol obrazlari faqat insonda mavjud bo‘lgan real olam obrazlarining alohida tomonlarini qayta ishlab chiqish yo‘li bilan yaratiladi.
Xayol doimo insonning amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson biror harakatni amalga oshirishdan avval, uni qanday bajarish zarurligi va uni qanday bajarishini tasavvur qiladi. SHunday qilib, u avvaldan keyinchalik sodir bo‘ladigan amaliy faoliyatda ishlab chiqariladigan moddiy jism obrazini yaratadi.
Xayol faoliyati inson hissiy kechinmalari va uning iroda harakatlarini tadbiq etish bilan uzviy holda bog‘langan.[2]
Xayolning fiziologik asosi nerv aloqalarini dolzarblashtirish, ularning emirilishi, qayta guruhlarga qo‘shilib, yangi tizimlarga birlashishi, o‘tmish tajribada shakllanib bo‘lgan vaqtinchalik aloqalar yangi uyg‘unliklarining hosil bo‘lishidan iborat. Bunda mavjud bo‘lgan vaqtinchalik aloqalarning oddiy holda dolzarblashtirilish yangilikning yaratilishiga olib bormaydi. YAngilikning yaratilishi avval bir-biri bilan uyg‘unlashmagan vaqtinchalik nerv aloqalaridan hosil bo‘lgan uyg‘unlikni taqazo etadi. Xayol jarayoni ikkila xabarlovchi tizimlarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat. Bunda ikkinchi xabar tizimi – so‘z katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Barcha ko‘rgazmali obrazlar u bilan uzluksiz ravishda bog‘langandir. So‘z xayol obrazlarining hosil bo‘lish manbai bo‘lib xizmat qiladi, ularning tarkib topish yo‘lini nazorat qiladi, ularni saqlab qolish, mustahkamlash, o‘zgartirish vositasi hisoblanadi. Xayol doimo voqelikdan chetga chiqishdir,lekin istalgan vaziyatda xayol manbai – ob’ektiv voqelik hisoblanadi.
Inson hayotida xayol qator maxsus vazifalarni bajaradi. Ulardan birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Xayolning bu vazifasi tafakkur bilan bog‘liq bo‘lib, unga organik tarzda kiritilgandir.[2]
Xayolning ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat. O‘z xayoli ko‘magida inson qisman bo‘lsada, ko‘pgina ehtiyojlarni qondirish, uning natijasida yuzaga kelgan zo‘riqishni kamaytirishga layoqatli bo‘ladi.
Uchinchi vazifasi xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok, diqqat, xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Obrazlar vositasida inson idrok, xotiralar, iboralarni boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.
To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan foydalanib, ularni ongda bajarish layoqatidan iborat.
Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday dasturlarni tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.
Xayol yordamida biz organizmning ko‘plab psixofizioligik holatlarini boshqarishimiz, kutilayotgan faoliyatga moyillashtirishimiz mumkin. Insonning irodaviy yo‘l bilan xayol vositasida organik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi, nafas olish maromi, tomir urish tezligi, qon bosimi, tana haroratini o‘zgartirishi mumkinligini isbotlovchi dalillar ma’lumdir. Ushbu dalillar autotrening asosida o‘z tasdig‘ini topgan.[2]
Xayol

2. Xayol turlari va jarayonlari


turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi.

Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo‘lib, vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi. U masala tomonidan uyg‘otiladi va yo‘naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi va iroda nazoratiga bo‘ysunadi. Faol xayol o‘zida artistlik, ijodkorlik, tanqidiy, yaratuvchilik va antitsipiruyuщee xayol turlarini mujassamlashtiradi.
Obrazlarning mustaqilligi va haqiqiyligiga bog‘liq ravishda xayol yaratuvchi va ijodkor bo‘ladi.[2]
Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga yordam beradi.
Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib hisoblanadi.
Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.
Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.[1]
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladi. Bu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.[2]
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladi. SHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.
Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladi. Murakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba Galileyga jismlarning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan «qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi.[2]
Xayol jarayonlari - Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi.
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar.
Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish – o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Kahhor hikoyalari («O’g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.
Aktsentlashtirish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aktsentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi.
YUqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. CHunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.
Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.
Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.
Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi. [2]
I

3. Xayol va ijodkorlik


jodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik jarayonlar, shuningdek, xayol bilan ham uzviy bog‘langan. Xayolning rivojlanganlik darajasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.
Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.[1]
Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish mumkin bo‘lar edi»1. [3] Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.
Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I – tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish (ushbu muammoga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»); III – birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish); IV – tekshirish.[2]
G.S. Altshuller ijodiy masalarni hal qilishning yaxlit nazariyasini ishlab chiqdi. U ijodkorlikning besh darajasini ajaratdi. Birinchi daraja masalalari ushbu maqsadga mo‘ljallangan vositalarni qo‘llash bilan hal etiladi. Bunda umumiy qabul qilingan va ma’lum bo‘lgan bir necha xil echimlarni fikran tanlab olish talab etiladi. Bunda ob’ektning o‘zi o‘zgarmaydi. Bunday masalalarni echish vositalari yagona tor mutaxassislik doirasida bo‘ladi. Ikkinchi darajali masala ob’ekt ko‘rinishini zarur samaraga ega bo‘lish maqsadida bir muncha o‘zgartirishni talab etadi. Bunda bir necha o‘nlab variantlarni tanlash mumkin. Bunday masalalarni echish vositalari bir soha bilimlariga tegishli bo‘ladi. Uchinchi daraja masalalarining to‘g‘ri echimi yuzlab noto‘g‘ri echimlar orasida yashiringan bo‘ladi, chunki takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy o‘zgartirilishi zarur. Bu daraja masalalarning echish usullarini o‘xshash soha bilimlarida izlashga to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi daraja masalalarini echishda takomillashtirilayotgan ob’ekt to‘laligicha o‘zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning echimi fan sohasining kam uchraydigan ta’sir va hodisalar orasidan izlanadi. Beshinchi daraja masalalarini hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o‘zgartirish bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko‘p karra oshadi, vositalar esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida bo‘lishi mumkin. SHuning uchun, avvalo, kashfiyotni amalga oshirib, so‘ngra yangi ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning echimini topish zarur.
Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan biri ularni yuqori darajalardan quyilariga ko‘chirishdir.[1]
SHunday qilib, yuzaga kelgan obrazlarning tuyulayotgan engilligi, ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o‘zgartirish o‘z qonunlariga bo‘ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. YAngi tasavvurlar ongda mavjud bo‘lganlar asosida tahlil va umumlashtirish operatsiyalari yordamida yuzaga keladi. Oqibatda, xayol jarayonlari boshlang‘ich tasavvurlarning fikran tarkibiy qismlarga ajratish va ularni yangi uyg‘unlikda birlashishidan iborat bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o‘sha mexanizmlarga tayanadi.
X

4. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi


ayolning individual xususiyatlari odam xayolining rivojlanish darajasi va ko‘proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko‘ra tafovutlanishida ifodalanadi.
Xayolning rivojlanganlik darajasi o‘tmishdagi tajriba ma’lumotlarining obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash, shuningdek, bu qayta ishlash natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning kuchli va to‘laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va mo‘‘jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi. Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlarni quyi darajada qayta ishlanishi bilan ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko‘rgazmali tasavvur etish malakasini talab etuvchi mantiqiy masalalarni echishda qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Xayolning etarli darajada rivojlanmaganligida emotsional jihatdan boy va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas. [2]
Odamlar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko‘ra, aniqroq farqlanadi. Bir xil odamlar xayol obrazlarining o‘ta yorqinligi, boshqalar – o‘ta rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori darajasini ijodiy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi, olimlarda ko‘rishimiz mumkin.
Odamlar o‘rtasidagi farqlar ustun bo‘lgan xayol xususiyatlariga nisbatan aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga bog‘liq ravishda odatda, obrazlarning ko‘rish, eshitish, motorli va ko‘rish-eshitish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda kam uchraydi, odamlar ko‘proq xayolning aralash tipiga ega bo‘ladilar, chunki hayotda bir vaqtning o‘zida ko‘rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.
Turli odamlarda xayol ularning kasbiy faoliyati va ustun bo‘lgan ehtiyojlar sohasi bilan belgilanadi.[1]
Inson rivojlangan xayol bilan tug‘ilmaydi. Uning rivojlanishi ontogenezda sodir bo‘ladi va keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material bo‘lib xizmat qiladigan tasavvur zahirasining to‘planishini talab etadi. Xayol ta’lim-tarbiya jarayonida, shuningdek, tafakkur, xotira, iroda va sezgilar bilan birlikda shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi.
Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Idrok qilish va xayol o‘rtasidagi uzviy aloqa bola o‘z o‘yinlarida olgan taassurotlarini avval idrok qilingan jismlarni xayolda o‘zgartirigan holda qayta ishlay boshlaganida namoyon bo‘ladi. Stul samolyotga, quticha – avtoulovga aylanadi.
Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi bilan bog‘liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlarni emas, balki mavhum tasavvur va tushunchalarni ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash bosqichi bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning rivojlanishi bilan birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol obrazlari paydo bo‘lishining ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi bosqichi uning faol shakllarining yuzaga kelishi va xayolning ixtiyoriyligi bilan bog‘liq. Maktab yoshida xayolda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. O‘qitish jarayonida reproduktiv va ijodiy xayol faol rivojlanadi. Shunday qilib, insonda xayolning rivojlanishi qator omillarga bog‘liqdir.[2]

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin