Nazorat uchun savollar
1. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarishga ta’rif berish?
2. Menejment, ta’lim muassasasi menejmenti deganda nimani tushunasiz?
3.Ta’lim sohasini boshqarish qaysi subektlar tomonidan amalga oshiriladi? Ularning vakolatlariga nimalar kiradi?
4. Ta’lim muassasasida jamoatchilik boshqaruvi qanday amalga oshiriladi?
5. «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida»gi Nizomga ta’rif bering.
6. «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risida»gi Nizom haqida gapirib bering.
7. Ta’lim muassasasi Ustaviga ta’rif bering.
8. Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillarini aytib bering.
9. Ta’lim muassasasida ichki boshqaruvning vazifalarini ko’rsating.
10. Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat?
11. Direktor va uning o’rinbosarlari vazifalarini ayting.
12.Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi?
13. Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering.
14. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi?
15. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish maqsadini bayon eting.
16. Yosh o’qituvchilar bilan olib boriladigan metodik ishlar nimalardan iborat bo’lishi zarur?
16-MAVZU: Pedagogik kompetentlik va kreativlik
Mashg’ulot rejasi:
1. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
2. Pedagogik qobiliyat – pedagogik mahoratning asosi sifatida
3. Pedagogik texnika haqida tushuncha
4. Pedagogik takt va Pedagogik odob
1. PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNING TUZILISHI VA MOHIYATI.
“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘z ida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. SHu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘z ini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amaldayuqori darajada qo‘llay olinishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan aloxida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki xar bir mustakil yuna- lish buyicha integrativ bilimlar va xarakatlarning O‘z lashtiri- lishini nazarda tutadi. SHuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni urga- nishni, muxim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lu- motlarni izlab topish, ularni kayta ishlash va O‘z faoliyatida kullay bilishni takozo etadi.
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning moxiyati qisqacha yoritiladi.
a) Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik kursatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan mulokotga kirisha olish.
b) Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayerlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona xal qilish, faoliyati natijalarini real baxolash, BKMni izchil rivojlantirib borish bulib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘z ga tashlanadi.
Ular O‘z ichida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
1. psixologik kompetentlik - pedagogik jaraenda soglom psixologik muxitni yarata olish, talabalar va ta’lim jaraenining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni O‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
2. metodik kompetentlik - pedagogik jaraenni metodik jixatdan oqilona tashkil etish, ta’lim eki tarbiyaviy faoliyat shakllarini tugri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muofiq tanlay olish, metodlarni samarali qullay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash;
3. informatsion kompetentlik - axborot muxitida zarur, muxim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yigish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, urinli, samarali foydalanish;
4. kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan taщidiy va ijodiy endoshish, O‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
5. innovatsion kompetentlik - pedagogik jaraenni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jaraenining samaradorligini oshirishga doir yangi goyalarni ilgari surish, ularni amalietga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
6. kommunikativ kompetentlik - ta’lim jaraenining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bulish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko'rsata olish.
7. SHaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy usishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda O‘z ichki imkoniyatlarini namoen qilish.
8. Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilgortexnologiyalarni O‘z lashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
2.PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH FUNKSIYALARI.
Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jaraѐnida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga kelinadi.
“Kompetentlik” so‘zining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Kompetensiya shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelaѐtgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiradi.
Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z ustida ishlay oladigan shaxsni tayѐrlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim va tarbiya jaraѐnida ѐshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, haѐtiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunѐqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga, ѐshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni echish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim.
Kompetentli pedagog o‘z kasbining yetuk ustasi – egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyatda qo‘llay olish layoqatiga ega, mas’uliyatli, faol, tashabbuskor, ijodkor shaxs. Pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravishda o‘z bilim va mahoratini oshirib, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, ilg‘or xorijiy pedagogik tajribalar, metod va usullarni muntazam o‘rganib, pedagogik kasbiy bilim va ko‘nikmalar hamda shaxsiy sifatlarga ega bo‘ladi va uning amaliy faoliyati davomida zarur kompetensiyalari rivojlanadi . Har qanday ilmiy tadqiqotni amalga oshirishning metodologiyasi tanlab olinadigan g‘oyalar, nazariya va yondashuvlar asosida o‘rganiladigan hodisa va jarayon mohiyati talqin qilinishida o‘z ifodasini topadi, obyekt to‘g‘risidagi tasavvurlar modellashtiriladi, uni samarali rivojlantirishning mexanizmlari, vosita va pedagogik shart-sharoitlari aniqlanadi. Bunda pedagogikaning ijtimoiy fan ekanligidan kelib chiqib, u yoki bu g‘oyani ifoda etishda unga asos bo‘ladigan yo‘nalishlardan biri tizim va tizimli yondashuvga alohida e’tibor qaratildi.
Pedagogika sohasida olib borilgan nazariy va empirik tadqiqotlar natijasida tizim tushunchasining mohiyati o‘rganildi. Tizim ma’lum bir yaxlitlikni hosil qiluvchi, bir-biri bilan ma’lum bir munosabat va bog‘lanishlarda bo‘lgan elementlar majmuasi.
“Pedagogik tizim” tushunchasi tizim va pedagogikaning tarkibiy elementlariga asoslanadi. Shuning uchun bu elementlar talqiniga murojaat etamiz. Masalan, I. Y. Potoroko maqsadni aniq ifoda etuvchi tizimni “ma’lum bir vaqt oralig‘ida aniq bir maqsad doirasida muhitdan ajratib olingan chekli funksional elementlar va ular orasidagi munosabatlar to‘plami” sifatida izohlaydi. Aniq bir tizimlarni loyihalash va tahlil qilishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur: - tizim ishlashining maqsadi; - tizim komponentlari va ularning munosabatlari; - tizimi bilan muhitning o‘zaro ta’siri. Tizim tartibli ravishda joylashgan va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan alohida-alohida qismlar birligini ifodalovchi yaxlitlikdir.
Tizim– ma’lum bir tashqi shart-sharoitda muammoli vaziyatlarni yechish maqsadiga qaratilgan mehnat faoliyati, funksiyasi va tuzilmasi. Uni tuzilmaviy tahlil qilish ikki kategoriyada amalga oshiriladi: subyektlar (ular o‘zaro ta’sirlashib, tizimning mavjudligiga asos bo‘luvchi maqsadga erishish uchun xizmat qiladi) va obyektlar (ular bilan ta’sirlashuv natijasida subyektlar shaxsiy funksiyalarini amalga oshiradi). Yuqorida ko‘rsatilgan tizimning shakllanish bosqichlari muammoli vaziyatda qo‘llanilishi tizim maqsadi, mehnat faoliyati, mehnat funksiyalari va tuzilmasini aniqlash tashqi muhit tomonidan chegaralangan sharoitda faoliyat ko‘rsatuvchi real tizimlarning etaloni bo‘lib xizmat qila oladigan tashkiliy-metodik tizimni yaratish imkonini beradi.
3.PEDAGOGIK KREATIVLIK MOHIYATI.
Kreativlik va Pedagogik kreativlik tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy pedagogikada ,,Kreativ pedagogika" tushunchasi qo'llanila boshlaganiga hali u qadar ko'p vaqt bo'lmadi. Biroq o'qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo'lgan ehtiyoj ,,Kreativ pedagogika"ning turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta'minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o'qitish metodikasi, ta'lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g'oyalari tashkil etadi.
,,Kreativ pedagogika" fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin.
Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi taqozo etadi. Shaxsda kreativlik xususiyatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab Kreativlik tushunchasining ma'nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra ,,Kreativlik–o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui" sanaladi.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash eng avvalo muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talablardan o'quv topshirig'i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tanishishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (Ko'p tomonlama fikrlash) keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to'g'ri yechimda to'xtaladi (Bir tomonlama fikrlash).
Kreativlik ( lot. ,,create" – Yaratish, ,,creative" – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g'oyalarini ishlab chiqarishga tayorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida muayyan faoliyat turida namoyon bo'ladi.
Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa kreativlikni, zexni o'tkirlikni belgilab beradi, ,,Talabalar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi".
Dostları ilə paylaş: |