O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi


O ‘Z IN I -O ‘ZI TARBIYALASHNI VARQARORLASHTIRISH



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə153/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

O ‘Z IN I -O ‘ZI TARBIYALASHNI VARQARORLASHTIRISH
2-vaziyat
Sherzodning xulq-atvori og‘ir edi. U qaysarligi, haddan ortiq g‘ururliligi, dilozorligi bilan ajralib turardi. Uning darsdan qochishi deyarli har kuni takrorlanadigan bo'ldi.
An’anaviy choralar: ogohlantirishlar, talablar, takliflar, jazolash, parallel sinfga o ‘tkazish va boshqalar natija bermadi. Sherzodni maktabdan haydashga yoki internat-maktabga o‘tkazishga pedagoglaming ko'ngli bormasdi, chunki o‘smiming aqli ravshan edi. 0 ‘zining ana shu xulqatvori bilan u deyarli barcha fanlardan ulgurar edi. Sinfdoshlari ustidan qo‘pol hazil qilib kular edi. Uning qo‘polligi pedagoglar va sinfdoshlari bilan ziddiyatga olib keldi.
Sherzodga tarix fanidan dars beruvchi maktab direktori uni yaqindan tanir edi, ikkinchi chorak boshida u xonasiga o‘smirni chaqirib, uning oldiga yozgi oromgohga yo‘llanmani qo‘ydi.
- Yo‘llanma juda qimmat turadi, biroq bu yo‘llanmani sen bepul olasan. Tayyorlanishing uchun 2 kun muhlat beraman. To‘g‘risini aytsam, bu yo‘llanmani maktabning eng a ’lochi o‘quvchisiga topshirishim shart, lekin uni senga beryapman. Mana, senga berilgan tavsifnomani o‘qi.
Sherzod uni diqqat bilan o ‘qiy boshladi, lekin har bir jumladan keyin uning quloqlari qizara boshladi.
— Sen ushbu tavsifnomaga rozimisan? 0 ‘smir boshini egdi va “yo‘q” , deb g'o‘ldiradi.
— Ha, sen haqsan unda sen qanday bo'lishing kerakligi aytilgan. Men buni nima uchun qilayapman? Hozir tushuntirib beraman. Sen menga juda yoqasan, sen aqlli va kuchli yigitsan. Shuning uchun men senga kech bo‘lmasdan o'zingni o ‘zgartirishga imkoniyat bermoqchiman, bu narsa yangi shart-sharoitda osonroq boladi. U yerda seni hech kim tanimaydi va sen o'zingni eng yaxshi tomondan namoyon qiiishing mumkin. Albatta, men senga ishonib o ‘zimni hurmatimni, obro'yimni balki lavozimimni xavf-xatarga qo‘yyapman. Shuning uchun agarda sen quyushqondan chiqsang va ahmoqona qiliq qilsang — bu xiyonat hisoblanadi. Va yana esda tut: bu haqda maktabda hech kim bilmasligi kerak, bu mening va sening o‘rtamizdagi sir boiib qolsin.
O‘qituvchilar bilan esa o ‘zim gaplashaman. Sherzod kalovlangan holda turardi.
O‘smimi vokzalda kuzatayotib, direktor Sherzodni quchoqlab shunday dedi:
— Men senga ishonaman va xiyonatni amalga oshirmaysan, deb umid qilaman.
10 kundan keyin Sherzoddan direktor nomiga birinchi xat keldi:«Bir hafta ham o ‘tdi. Men biror marta ham nojo‘ya ish qilmadim».
Lagerdan kelishdan sal oldinroq direktor Sherzoddan yana bir xat oldi. U oldingi xatidan keskin farq qilar edi. U shunday deb yozgan edi: «Abdulla Rustamovich, men har kuni o‘zim bilan o ‘zim kurashaman va o'zgarishga harakat qilyapman: Men sizga xiyonat qilmayman».
Bu qat’iy qarorlar o ‘z kuchini yo‘qotmadi, Sherzod maktabga kelganda butunlay boshqa odamga aylangandi. So'zsiz, u o'zgargan, o'zini tutib olgan.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin