Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriqlar 1-topshiriq. Y.A.Komenskiy asarlarida “ta`lim prinsiplari” qanday asoslangan edi?
2-topshiriq. Y.A.Komenskiy va A.Distervegning ta`lim prinsiplarini tushuntirishdagi tafovutlarni aytib berishga tayyorlaning?
3-topshiriq. “Zamonaviy adabiyotlarda ta`lim prinsiplarining yoritilishi” mavzusida munozaralar o`tkazishga tayyorlaning?
Mustahkamlash uchun topshiriqlar 1-topshiriq. Ta`limning ilmiyligi va o`quvchilar uchun tushunarliligi prinsiplarining xususiyatlari to`g`risida kursdosh o`rtoqlaringizdan birortasi bilan savol-javob o`tkazing.
2-topshiriq. Sistemalilik va izchillik prinsiplarini amalga oshirish qoidalarini o`z mutaxassisligingizga oid misollar vositasida bayon qilish bo`yicha mashq qiling.
3-topshiriq. Mustaqillik va faollik prinsiplarini keltirilgan namuna vositasida o`zaro chog`ishtiring:
4-topshiriq. “Ko`rgazmalilik va onglilik o`zaro aloqador, yetakchi prinsiplar” mavzusida referat yozing.
5-topshiriq. “Ta`lim prinsiplari tizimi” mavzusida munozara o`tkazishga tayyorlaning.
Nazorat savollari
Ta`lim prinsipi deb nimaga aytiladi?
Ta`lim prinsiplarini mohiyati deganda nimani tushundingiz?
Ta`lim prinsiplari tizimi deganda nimani angladingiz?
Siz o`qiyotgan darslikda qaysi prinsiplar haqida gap ketgan?
Ta`lim prinsiplarini belgilash o`lchovlarini aytib bering.
Ta`limning ilmiyligi va tuShunraliligi prinsiplarining farqli va o`xshash jihatlarini aytib berishga tayyorlaning.
Ta`limning sistemaliligi va izchilligi prinsiplariga qiyosiy tasnif bera olasizmi? O`z fikrlaringizni bayon qilng.
Mustaqillik va faollik nima?
Frensis Bekonning sensualistik qarashi qaysi prinsipning asosi sanaladi?
Ko`rsatmalilikni onglilik bilan aloqadorligini isbotlang?
Ta`lim prinsiplaridan kompleks foydalanish talabini bajarishda o`qituvchi nimalarga rioya qilishi shart?