O`zbekstan respublikasi joqari ha`m orta arnawli bilimlendiriw ministrligi



Yüklə 3,07 Mb.
səhifə59/179
tarix22.12.2023
ölçüsü3,07 Mb.
#190713
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179
OMK UM.PED.PS-UZB-3-KURS-2022-2023

Adolf Disterveg (1790-1866). I.G.Pestalotsining rivojlantiruvchi ta’lim ta`lim, I.F.Gerbartning tarbiyalovchan ta`lim to`g`risidagi g`oyalarini nemis demokrat-pedagogi A.Disterveg davom ettirdi. U Y.A.Komenskiyning tabiatga moslab o`qitish prinsipini yana bir talab-madaniyatga moslab o`qitish g`oyasi bilan to`ldirdi. Uningcha, maktab ta`limi madaniyat taraqqiyoti darajasiga mos bo`lishi zarur.
A.Disterveg fan tarixida birinchilardan bo`lib, formal va moddiy ta`lim nazariyalarini birlashtirishga urindi: formal ta`lim moddiy ta`lim bilan uzviy bog`liqdir; bilim va malakalarsiz formal ta`limning bo`lishi mumkin emas. A.Distervegning fikricha, madaniyat darajasiga mos ta`lim tarbiyaviy qimmatga ega. Bunday ta`lim nafaqat bolaning tafakkuriga, balki uning sezgilari, irodasiga ham ta`sir etadi. Bolani mustaqil faoliyatga yetaklovchi ta`lim haqiqat, go`zallik, ezgulikka xizmat qiladi, xarakter va ishonchni tarbiyalaydi. U mustaqil faoliyat va mustaqillik kategoriyalari mohiyatidan kelib chiqib, mustaqillikni ta`limning etakchi prinsipi sifatida sharhlaydi.
A.Disterveg Y.A.Komenskiy izidan borib, ta`limning uchta bosqichini ajratadi: sezgilar orqali bilish (narsa-hodisani sezish, idrok etish); xotirani ishlatish (bilib olingan narsalarni xotirada olib qolish); aqlni ishlatish (o`rganilgan bilimlar xususida o`ylash, mashq qilish). U ta`lim jarayoni xususiyatlarini o`rganib, fan tarixida birinchilardan bo`lib ta`limning tushunarliligi va puxtaligi prinsipi hamda bu prinsipni amalga oshirish uchun qator normativ qoidalarni belgilaydi: o`z vaqtida o`qitish; ko`rgazmali o`qitish; jadal va qiziqarli o`qitish; narsa-hodisalardan umumlashmalarga qarab borish; oddiydan murakkabga (osondan qiyinga, yaqindan uzoqqa, ma`lumdan noma`lumga) o`tish.
A.Disterveg o`zi asoslagan prinsiplar mohiyatini hisobga olib, ta`lim metodlarini tasnif etadi: rivojlanuvchan bayon, rivojlanuvchan suhbat. U ta`limda ikkinchi guruh metodlaridan ko`proq foydalanishni o`qituvchilarga maslahat beradi. Ikkinchi guruh metodlar, uning ta`kidlashicha, bolalarda izlanish, chog`ishtirish, mulohaza qilish, topa olish ko`nikmalarini taraqqiy ettiradi.
Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” (asar 1638-yilda yozib tugatilgan) kitobi bilan A.Distervegning “Nemis o`qituvchilarni tayyorlashga doir qo`llanma” (asar 1835-yilda chop etilgan) asari yaratilguncha 200 yil vaqt o`tgan edi. Ana shu davr ichida ta`lim prinsiplari va metodlarining asosiy xususiyatlari ajratilib, ta`lim jarayonining doimiy komponentlari o`qituvchi va o`quvchi faoliyati, o`quv materiali tushunchalari belgilangan, ma`lumot mazmunini moddiylashtirish darajalari (darslik, ko`rsatma qurol) aniqlangan, ta`limning tashkiliy formalari (masalan, dars) asoslangan edi. Bularning barchasi XIX asrning 1-yarmi oxirlarida ilmiy didaktikaning mustaqil fan sifatida shakllanganidan dalolat beradi.

Yüklə 3,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin