O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
2. Modulli texnologiyani boshqa ta`lim texnologiyalari
bilan birgalikda
qo`llash imkoniyatlarining kengligi. So`nggi paytlarda modulli ta`limning boshqa
o`qitish
texnologiyalari
bilan
integratsiyalashuvi
natijasida
pedagogikada
«muammoli-modulli», «blokli-modulli o`qitish», «modulli-rivojlantiruvchi ta`lim»
kabi tutash texnologiyalar paydo bo`lmoqda. Bu ham modulli ta`lim
imkoniyatlarining kengayishiga hamda uning turli fanlarni o`qitishda safarbar
etilishiga olib keladi.
3. Fanlarni o`qitish jarayonini loyihalashga bo`lgan ehtiyojning ortib borishi.
Masofali ta`limning paydo bo`lishi o`quv materiallarini qaytadan tizimlashni taqozo
etadi. Bunda ham modulli texnologiya element va vositalaridan
foydalanish eng
maqbul yo`l hisoblanadi. Ko`pgina hollarda modulli o`qitish an`anaviy va masofadan
turib o`qitish o`rtasidagi oraliq shakl sifatida e`tirof etiladi. Demak, istalgan fan yoki
bilimlar sohasi masofali o`qitilar ekan, uning mazmuni mohiyati jihatidan modullarga
mos keluvchi bo`laklar asosida shakllantiriladi.
4. Modulli
texnologiyaning
mustaqil
ta`limdagi
o`rni.
Fanlarning
differentsiallashuvi, bilimlar va axborot ko`lamining ortib borishi zamonaviy
pedagogikada mustaqil ta`limning salmog’i oshib borishiga olib keladi. Mustaqil
ta`limda ta`lim
samaradorligini, kafolatli o`zlashtirishni ta`minlash maqsadida
ko`pincha o`qitish texnologiyalari qatorida modulli texnologiyadan foydalanilmoqda
va hokazo.
Qayd qilib o`tilgan sabablar turli fanlarni modulli o`qitish yaxshi samara
berishi mumkinligini asoslabgina qolmasdan, uning kelajakda
mustaqil va masofali
ta`limda istiqbolli ekanligini ham ko`rsatadi.
Keyingi yillarda respublikamizda oliy va kasb-hunar ta`limi tizimi
muassasalarida modulli o`qitish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi va natijalari
amalda tatbiq etildi. Bu sohada xaligacha izlanishlar olib borilmoqda,
tajribalar
o`tkazilmoqda.
Modulli o`qitish, kasbiy ta`limning zamonaviy masalalarini xar tomonlama
echish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun modulli o`qitish texnologiyasining
optimallashgan va sodda ko`rinishda ishlab chiqish muammosini xal etish zarur.