O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
An`anaviy ta`lim jarayonining asosiy kamchiligi esa, o`qituvchining talaba
ustidan mutlaq hokimlik maqomiga ega bo`lishidan iboratdir. Ta`lim berish va hamda
shaxsning rivojlanish qonuniyati esa darsni tashkil qilishi, talabaga maslahat berishi
hamda uni nazorat qilib turishi lozim. Modulli texnologiya mana shu vazifani
bajaradi, ya`ni o`quv jarayonida sub`ekt- sub`ekt munosabatlarga keng yo`l ochadi.
Modulli texnologiyani texnik fanlarga qo`llayotganda o`quv materialini bloklarga
bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`quv materialining bir qismi bo`lib,
biror belgisi (o`xshashligi, joylashishi, hajmi, vazifasi va hokazo) bilan ajraladi.
Blokning o`zlashtirish me`yori turlicha bo`lishi mumkin, o`quv materialining bitta
abzatsidan to bo`limigacha yoki biror predmetdan boshlab, bir nechta yo`nalishgacha
qamrab olgan bo`ladi.
Blokli ta`limda – o`quv materiali mazmuni qayta qurish asosida bloklarga
ajratiladi[7]. Undan talabalarga turli xil intellektual vazifalarni ongli bajarishga
imkoniyat yaratishda hamda o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalardan o`quv
masalalarini echishda foydalanish mumkin. Bunday o`qitish dasturida o`quv materiali
ketma – ket quyidagicha bloklarga ajratiladi:
Axborot bloki (o`zlashtirish lozim bo`lgan axborot);
Test – axborot bloki (o`zlashtirilgan axborotlarni tekshirish);
Axborotlarni korrektsiyalash bloki (noto`g’ri javoblarda qo`shimcha
tushuntirish, yordam berish, mashq ishlash);
Qo`llash bloki (masala echish, o`zlashtirilgan bilim asosida topshiriqlarni
bajarish);
Tekshirish va tuzatish bloki.
Modulli o`qitish, kasbiy ta`limning quyidagi zamonaviy masalalarini xar
tomonlama echish imkoniyatini yaratadi.
Modul – faoliyatlik asosida o`qitish mazmunini optimallash va tizimlash,
dasturlarni o`zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta`minlaydi;
- o`qitishni individuallashtirish;
- amaliy faoliyatga o`rgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida
o`qitish samaradorligini nazorat qilish;
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
- kasbga qiziqtirish asosida, faollashtirish, mustaqillik va o`qitish
imkoniyatlarini to`la ro`yobga chiqarish.
Modulli o`qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq :
ta`lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
malakali professor-o`qituvchilar tarkibi darajasi;
talabalar tayyorgarligi darajasiga;
kutiladigan natijalar bahosiga;
didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
modullar natijasi va tahliliga.
Modulli o`qitishda amaliy va nazariy mashg’ulotlar birga olib boriladi, har
bir modul yangi material bilan to`ldirilib borilishi kerak.
Bir qator tadqiqot ishlarida modulli o`qitish qo`llanilganda quyidagi
afzalliklar va imkoniyatlar bo`lishi keltiriladi:
fanlar ichidagi modullar orasidagi o`qitish uzluksizligini va uzviyligi
ta`minlanadi;
ha bir modul yaxlit tugallangan o`quv jarayoniga moslashgan;
talabalar o`zlashtirishi muntazam va samarali nazorat qilinadi;
har bir modul to`la o`zlashtirilgandan so`ng ikkinchi modulga o`tiladi.
Buning natijasida, o`kuvchi etarli bilimlarga, ko`nikmalarga ega bo`ladi.
Modulli metodika o`qitishda faoliyatlilik, tizimli kvantlash, qiziqtirish,
modullilik, muammolilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga
muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Modulli o`qitish texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki,
bunda har qaysi bosqichda talabalar o`quv materiali bo`yicha etarli bilim, ko`nikma
va malakalarni egallaganlaridan keyingina keyingi bosqichga o`tadilar.
Modulli o`quv materiallari bilan mustaqil ishlashni quyidagicha amalga
oshirish mumkin:
talabalarning o`quv materiali tuzilishi bilan tanishishi;
berilgan savollarga modulli o`quv materialidan va boshqa manbalardan
javob izlash;
|