2.3. Modulli o`qitish texnologiyasini qo`llashning o`ziga xos xususiyatlari
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan o`quv
modulni ishlab chiqishdagi asosiy holat – uning mazmunini ko`rgazmali tarzda,
ishlatishga qulay ko`rinishda namoyish qilish hisoblanadi. «Modul» atamasi
etimologik jihatdan bilimlarni siqish, komponovka qilish ma`nolarini bildiradi.
Modulni o`zlashtirish samaradorligi faqatgina dasturlashga oid o`quv materialining
to`liq bo`lishiga emas, bu ma`lumotlarning qanday komponovka qilinganligiga
bog’liq. Fanlarning xususiyatlariga ko`ra bilimlar, ma`lumotlar turlicha komponovka
qilingan bo`ladi. Bilimlarni komponovka qilishning quyidagi modellari mavjud:
mantiqiy model, mahsulot (produktsion) modeli, freymli model, semantik tarmoq
modeli va hokazo.
Mantiqiy model sifatida matematik aksiomalar va teoramalarni mantiqiy
predikatlar yordamida yozilishini keltirish mumkin. Masalan, «Ikkita a va b to`g’ri
chiziq uchinchi c to`g’ri chiziqqa parallel bo`lsa, ular o`zaro paralleldirlar» tarzida
yoziladigan teoremani quyidagi ko`rinishda ham yozsa bo`ladi: (a//c, b//c)^#&(a//b).
Ko`rib turganimizdek, teorema mantiqiy shaklda yozilganda ancha kam miqdorda
belgilar ishlatiladi va ixcham bo`ladi.
Mahsulot (produktsion) modeliga misol qilib dasturlashdan biror bir
laboratoriya ishini bajarish yoki masalani echish uchun ishlatish bo`yicha qonun-
qoidalar, ko`rsatmalar, hisoblash uchun kerakli formulalar to`plamini keltirish
mumkin.
Freymli model yordamida axborot «siqiladi», shaklga solinadi, tizimlashtiriladi
va maxsus jadvallar ko`rinishiga keltiriladi. Freym (ramka) – bu oldin to`plangan
bilimlarni tasvirlash birligi bo`lib, uning ma`lum bir qismlari joriy vaziyatga qarab
o`zgartirilishi mumkin. Freym slotlar deb ataladigan yacheykalardan iborat bo`lib,
ularning har biri o`z vazifasiga ega bo`ladi.
Semantik tarmoq modeli bilimlarni graflar, blok-sxemalar, rasmlar orqali
tasvirlashga asoslangandir. Odatda, gumanitar ma`lumotlar umumlashtirilib, tayanch
konspektlari, graflar, gneseologik daraxtlar va hk. ko`rinishida sistemaga solinadi.
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib nima uchun matematiklar mantiqiy
yoki mahsulot modelini, biologlar, kimyogarlar va tibbiyot xodimlari esa freymli
hamda semantik modellarni afzal ko`rishadi, degan savolga javob topish mumkin.
Ravshanki, biror bir fanni o`rganishda semantik tarmoq modelini ishlatmasdan iloj
yo`q.
Biz “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanini modulli
o`qitishda modulni o`quv mazmuni siqiq tasvirlangan blok-sxema bilan boshlashni
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Modulning yakunida esa butun moduldagi
nazariy ma`lumotlarini qulay va kompakt ko`rinishda ifodalovchi qisqacha konspekt-
sxema bilan yakunlagan ma`qul.
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanida o`quv modulini
o`zlashtirishning samaradorligi faqat undagi o`quv materialining tasvirlanish usuliga
emas, o`qituvchi tomonidan topshiriqlar to`plamining qanchalik malaka bilan ishlab
chiqilishi va tuzilishiga bog’liq. Topshiriq istalgan o`quv predmeti mazmunining
asosiy struktura birligi hisoblanadi. Topshiriq muammosi o`qitishda etarlicha
munozarali muammo bo`lib, uning mohiyatini anglab etishga bag’ishlab ko`plab
pedagogik va psixologik tadqiqotlar o`tkazilgan. Hal etilishi o`quvchilarga yangi
bilimlar va ko`nikmalar beradigan biluv topshiriqlari M.I.Maxmutov tomonidan
ularning qo`yilish usuli, mazmuni muammoli va muammosiz bo`lishiga qarab
differentsiallab chiqilgan.
Agar topshiriq ta`lim oluvchi tomonidan o`zlashtirilgan bilimlar va unga
noma`lum bo`lgan ba`zi bir bilimlar o`rtasida munosabatlar o`rnatib, muammoli
vaziyatlarni yuzaga keltirsa, bunday topshiriq muammoli hisoblanadi. “Axborot-
kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan mumammoli topshiriqlar va
muammoli vaziyatlar ta`lim jarayonida shuning uchun kerakki, faqatgina ularni
qo`llash yo`li bilangina ijodiy fikrlash muhiti yaratiladi.
So`nggi yillarda pedagogikada o`tkazilgan yangi tadqiqotlar to`lqini
muammoli o`qitishning boshqa turdagi o`qitish usullari bilan integratsiyalashuviga
olib keldi. Jumladan, muammoli-modulli o`qitish nazariyasi yaratildi. Muammoli-
modulli o`qitish nazariyasi muallifi M.A.Choshanov, muammoli va modulli
|