O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
Motivatsiyani
yuksak
darajada
shakllanishiga
muammoli
o`qitish
texnologiyasini qo`llanishi samarali hizmat qiladi. SHu bilan bir qatorda talaba
muammoni shakllanishini va uni echimini izlab topish usullarini o`rganadi.
YAngi o`quv materiallarni bayon etish jarayonida tarixiy vaziyatlardan,
qiziqarli voqealardan, ibratli iboralardan, maqolalardan va shu kabi qiziqarli
axborotlarni qo`llash motivatsiyaga samarali ta`sir etishi muqarrar.
O`qitish jarayonida pedagogning xulqi ibrati, auditoriyani boshqarish mahorati,
nutq madaniyati, yangi o`quv materialga munosabati, izlanuvchanligi va
qiziquvchanligi xislatlarni namoyon etilishi, ta`sirchan hatti-harakatlari albatta
talabalarni befarq qoldirmaydi, ularni faolligini, motivatsiyani oshiradi.
5. Modullik tamoyili. Bu tamoyil o`qitishni individuallashtirishning asosi
bo`lib hizmat qiladi.
Birinchidan, modulning dinamik strukturasi fan mazmunini qo`yidagicha uch
xil ko`rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi:
- to`la;
- qisqartirilgan;
- chuqurlashtirilgan.
O`qitishning u yoki bu turini tanlash talabaga havola qilinadi.
Ikkinchidan, modul mazmunini o`zlashtirishda, usul va shakllarning
turlichaligida ham modullik namoyon bo`ladi. Bu esa o`qitishning faollashtirilgan
shakl va usullari (dialog, mustaqil o`qish, o`quv va imitatsion o`yinlar va hokazo),
hamda muammoli ma`ruzalar, seminarlar, maslahatlar bo`lishi mumkin.
Uchinchidan, modullik, yangi materialni pog’onasimon o`zlashtirishda
ta`minlanadi, ya`ni har bir fan va har bir modulda o`qitish oddiydan murakkabga
qarab yo`nalgan bo`ladi.
To`rtinchidan, modulga kiruvchi o`quv elementlarining moslanuvchanligi
tufayli, o`quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati ko`zda
tutiladi.
6. Muammolik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashg’ulotlarni
amaliy yo`naltirilganligi tufayli, o`quv materialining o`zlashtirilish samaradorligini
O’zg
Vara
q
Hujjat
№
Imzo
Sana
Bet
Aslonova D.
Bajardi:
Rahbar:
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini
geometrik usulda yechish)
oshishiga imkon beradi. Mashg’ulotlar paytida gipoteza (faraz) ilgari suriladi, uning
asoslanganligi ko`rsatiladi va bu muammoning echimi beriladi. Ko`pchilik hollarda
bizning o`qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar (ular hatto yangi bo`lsa
ham), ammo misol uchun AQSHda o`qituvchi masalani o`rganish uslubini, o`zi
qo`ygan muammoni echish yo`llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini
ko`rsatadi va tushuntiradi. YA`ni u tadqiqotchi sifatida namoyon bo`ladi.
Birinchi navbatda, ayniqsa, ana shu narsa talabani qiziqtirib qo`yadi, unda
ijodiy fikrlash va faollikni tug’diradi.
7. Kognitiv vizuallik (ko`z bilan kuzatiladigan) tamoyil. Bu tamoyil
psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko`ra o`qitishdagi
ko`rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan
taqdirdagina o`zlashtirish unumdorligini oshiradi.
Aynan shuning uchun, kognitiv grafika-sun`iy intellekt nazariyasining yangi
muammoli sohasi bo`lib, murakkab ob`ektlar komp’yuter suratchalari ko`rinishida
tasvir etiladi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo`lib, rangli bajarilgan, kognitiv-grafik
o`quv elementlari (rasmlar bloki) hizmat qiladi. SHuning uchun rasmlar, modulning
asosiy bosh elementi hisoblanadilar. Bu esa:
Birinchidan, talabaning ko`rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi,
ya`ni o`rganish jarayoniga miyaning tasviriy o`ng yarim shari boy imkoniyatlari
qo`shiladi.
Ikkinchidan, o`quv materiali mazmunini o`zida zich joylashtirib ravshan
ko`rsatuvchi surat (rasm), talabada tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi.
Uchinchidan rangli suratlar, o`quv informatsion materialni qabul qilinish va
eslanish samarasini oshiradi, hamda talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo`lib
hizmat qiladi.
Insonning
bilim
olishi,
fikrlashning
xuddi
ikkita
mexanizmdan
foydalanganidek bo`ladi: ularning biri simvolli (shartli belgili) bo`lsa, ikkinchisi
geometrik (algebralik) bo`ladi.
|