Murakkab berk zanjirli elektrtarmolarini kontir toklari va tugun kuchlanishlari usullida hisobloash Reja:
1. Elektr zanjir va uning elementlari 2. Zanjir kismi va to‘la zanjiruchun om qonuni 3. Ish, energiya va quvvat 4. Joul - Lents qonuni 5 Qarshiliklarni ketma-ket, parallel va aralash ulash 6. Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonuni 7. Tok manbaining ikki ish rejimi 8. Simlarda elektr energiyasini uzatishda kuchlanishlarning tushishi 9. Murakkab elektr zanjirlarni xisoblash
ELEKTR ZANJIR VA UNING ELEMENTLARI Elektr toki o’tadigan y o’ldagi turli elektr tuzilmalar yig’indisi elektr zanjiri deyiladi. Har qanday elektr zanjir uchta asosiy elementdan, tok manbaidan, iste’molchilardan va tutashtiruvchi simlardan tashkil topgan b o’ladi
Tok manbai elektr zaryadlarni berk zanjirda yurgizib ma’lum ishni bajaradi. Ayrim musbat zaryadni berk zanjirda yurgizish ishi elektr yurituvchi kuchi (EYUK) deyiladi: EYUK ning birligi — Volt (V):
1 Volt =
Elektr yurituvchi kuch manbalarining bir necha turi bor:
Galvanik elementlar:
Akkumulyatorlar;
Elektr generatorlar;
Kremniyli yarim o’tkazgichli fotoelementlar (kuyosh batareyalari).
Elektr energiya iste’molchilari qatoriga elektr energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi elektr dvigatellar, yoritish lampalari, elektr energiyani issiqlik energiyasiga aylantiruvchi isitish asboblari va hokazolar kiradi.
Elektr zanjirlarda asosiy elementlardan tashqari uzgichlar, knopkalar, rele, kontaktorlar, himoya asboblari, masalan, saqlagichlar va avtomatlar, nihoyat kontrol o’lchov asboblari: ampermetrlar, voltmetrlar, schyotchiklar va hokazolar ishlatiladi.. Bu sxema tok manbai Е, uzgich В, reostat R va yoritish lampasidan tashkil topgan.
OM QONUNI To’la zanjir uchun Om qonuni quyidagicha ifodalanadi: berk zanjirda tok qiymati elektr yurituvchi kuch qiymatiga tug’ri proportsional, ichki va tashqi qarshiliklarning yig’indisiga teskari proportsional bo’ladi:
yoki
r0 — tok manbaining ichki qarshiligi, R — zanjirning tashqi qarshiligi, — tok manbaining ichki qarshiligida kuchlanishning tushishi,
— tok manbaining qisqichlar orasidagi kuchlanishi, I — tok kuchi.
Agar rasmdagi sxema uzilgan bo’lsa, I=0 bo’ladi va:
Demak, uzilgan zanjirda tok manbaining qisqichlar orasidagi kuchlanishi, uning EYUK ga teng bo’ladi.
Agar tashqi qarshilikning uchlarini kalta sim bilan tutashtirsak, uning qarshiligi R=0 bo’ladi. Shuning uchun bo’ladi.
Bunda:
Manbaning ichki qarshiligi kichik bo’lgani uchun zanjirda katta tok paydo bo’ladi. Bu tok qisqa tutashuv toki deyiladi. ,